MY BELOVED BEAST
— nima qilyapsan
Taehyung hatto otishim mumkinligidan taahvishlanmasdi. Qurolni toʻgʻrisa kelib turib oldi
— hech narsa shunchaki bu kichkintoyga qiziqib qoldim
Uni hayotida birorta ayol boʻlmaganligi bu shunchaki gʻayritabiiy biroq koʻrinib turibdiki mukammallik aks etgan bu erkak har qanday ayolga yaqinlashavermaydi lekin uning eʼtiborini tortish zavqli.
Aqlingni yigʻ hoy qiz bunday erkaklarga sen faqat oʻyinchoq boʻlishing mumkin.
— nega tikilib qolding
— qurolingizni oling, menga endi ruhsat
Oʻzimga kelgancha toʻpponchasini qoʻliga tutqizdim va ketishga shaylanganimda
— indinga uyimizda bayram boʻladi doʻstlarim kelishadi
— doʻstlaringiz ham sizga oʻxshaganmi
— doʻstlarim dedim...
Takidlab gapirdi Taehyung
— tushunarli
Yerga qaragancha kinoyali jilmaydim
— hech qanday tomoshalarsiz oʻz ishingni bajar, unutma sen meni sevgan qizim emas xizmatchisan doʻstlarim obroʻli shaxslarni farzandlari
Har bir gapini qulogʻimga quyardi
— mayli men boray ishlarim bor
Shunchaki chiqib ketdim
Bugun Taehyung aytganidek baʼzim edi. Oyimning mazasi boʻlmaganligi sababli ozroq vaqtga uyga ketgandim, kelgunimga qadar deyarli yollanma afinsantlar barcha narsani tayyorlab qoʻyishgan edi. Ammo bu oddiy bazim emas, stollarda ovqatdan koʻp ichimliklar hatto mahsus chekuvchi vositalar 2 soat ichida uyning klubdan farqi qolmagandi. Biroz jirkanch va yana oʻsh chehra
— senga 1 soat ichida qayt demabmidim bundan tashqari oʻsha takasaltang akang ham yoʻq
Yumshoq kreslo ustida oʻtirgancha telefondan bosh koʻtarmasdan beparvolarcha gapirgan bu gapidan biroz jahlim chiqdi
— haligi.. oyimni ahvoli biroz ogʻirlashdi shu uchun qolib ketdim
— birgina onang uchun akang va sen ham uni atrofida parvonasan. Bilib qoʻy bu yerda xizmatchi degan noming uchun pul toʻlanmaydi
Yerga qarab olgancha jahlim chiqsada yelkamga ilib olgan sumkamni mahkam siqimlab uni jim eshitib oʻtirdim.
— qaqqayib turmasdan ishinga bor
— hoʻp
Tazim qilib egnimga fartugimni ilib oshxonaga bordim u yerda mehmonlar uchun hamma narsa tayyorlab qoʻyilgandi. oshxona boʻylab aylanib hamma narsani koʻzdan kechirar ekanman bu narsalar atigi bir kecha uchun ekanligi...
— boy boʻlish shundaymi? Na oilasini boqish na kelajak tashvishlantirdi. Oddiygina kecha uchun shuncha harajat qilishadi. Men bunday hayotni faqat orzu qilishim mumkin orzu. Lekin yaqinda bu narsalar men kabilarni qadri kabi uloqtiriladi
Hayollar osmonidan tushib ishga kirishdim mehmonlar allaqachon kelishgandi. Qoʻlimga ichimliklarni olib tarqatishni boshladim aksiga olib Minhi ham yoʻq edi hech boʻlmasa u boʻlganda oʻzimni ancha hotirjam his qilardim. Ishimni davom ettirar ekanman Jungkook ham borligi mutlaqo hayolimdan koʻtarilgan edi
Hammaga ichimlik tarqatib Taehyung oʻtirgan stolga kelganda ichimlikni endi qoʻyib qaddimni rostlab oldinga qaragimda menga qarab tilini ogʻiz boʻshligʻi boʻylab aylantirgan yigitni koʻrib koʻzlarim kosasidan chiqqudek boʻldi
— ajoyib seni bu yerda uchratarkanman deb sira oʻylamagan edim
Jungkook gʻolibona kulgancha qoʻliga piyva solinga qadahni olib
— esingdami ustimga piyva toʻkib yuborganing oʻshanda men hatto shamollashim mumkin edi va bu ish hammani oldida boʻldi.
Hammani koʻzi menda edi shu bilan birga Taehyung ham Jungkookni jim kuzatardi. Jungkook esa oʻljasini atrofida aylanayotgan chiyaboʻridek tevaragimda aylanardi.
— men doim hisobni teng qilganman ortiq ham kam ham emas
Nima qilishni bilmay yerga qaragancha turardim birdan boshimdan pastga oqayotgan sovuq suyuqlikni sezdim. Usti boshim shalabbo boʻldi, ustimga kiyib olgan oq koʻftamdan badanim yaqqol koʻrinib turibdi. Xoʻrligim keldi umrimda bunchalik xoʻrlanmgandim hamma ustimdan kulardi. Oxiri chiday olmay u yerdan yugurib ketib qoldim.
Boshim chalkashdi qayerga borishni bilmasdim qoʻllarim bn koʻrinib qolgan koʻkragimni yopib tepaga chiqyotganimda kimgadir urilib ketdim muvoznatni yoʻqotdim lekin urilib ketgan odamim ushlab qoldi.
— hoy ahvolingiz yaxshimi
— men...
Hovliqqanimdan nima deyishni bilmay qoldim sinchkovlik bilan kuzatdi va qoʻlim bn oʻzimni toʻsishga harakat qilyotgnimni koʻrib ustidagi jaketini ustimga yopdi
— ustingizdan spirtli ichimlik hidi kelyapti kimdir sizga zoʻravonlik qildimi
— men haligi...
Endi yigitga gapirmoqchi boʻlganimda birdan orqamdan kimdir kelib tirsagimdan tortib oʻziga qaratdi
— ishingizni tugatib hammangiz keting degandimku, nega haligacha bu yerdasan
Dedi Taehyung koʻzini mendan olib yigitga qaratib
— men shunchaki xonimni bu ahvolda koʻrib
— men ishing tugadi dedim
Yigit ortiqcha gapirmay imo bilan menga mulozamat qilib u yerdan ketyotganda
— hoy
Taehyung egnimdagi jaketni oldida yigitga tutqazdi va tezda ustimga oʻzini bejirim ust kiymini tashladi.
*
Taehyung Taerini oʻzini xonasiga olib kirdi. shkafidan oʻzini futbolkasini oldi va qizga tutqazib
— dushga kirib yuvinib olda kiyimingni alishtirib ol
Taeri birdan kulib yubordi Taehyung esa shunchaki uni jim kuzatdi
— siz qanday odamsiza oʻzi qanday odam, avval jerkib tashlaysiz, haddini bildirib qoʻyasiz ustidan kulasiz, keyin esa mehribonlik qilasiz. Qoyil shunchalar osonmi a, osonmi birovning gʻururi bilan oʻynashish toʻgʻri siz boysiz lekin bu degani istagan payti kambagʻalni ustidan kulish mumkin degani emas. Toʻgʻri sizda pul bordir lkn menda gʻurur bor
Shunday deb ustidagi jaketni ham olib Taehyungning qarshisiga otdida eshikdan chiqib ketyotganda
— bu ahvolda qayerga bormoqchisan
— bu sizni qiziqtirmasin
— yaxshi lekin aytib qoʻyay hozir yarim tun koʻchada yurish havfli ayniqsa bu holatda, maslahatim yaxshilikcha qol
Uning gapi toʻgʻri bu holatda ketolmayman uni ustiga ustimdan alkagol hidi anqib yotibdi, bu holatimdan oyim va Jaemin havotir olishi aniq
— Yaxshi qolaman har qalay sizni xonangizda emas
Pastga oʻzimni xonamga tushdim chiroqni yoqishga harakat qildim lekin yonmadi aksiga olib telefonim ham yoʻq. Qorongʻuda hech nima qilolmayman. Jin ursin meni xonamni tamirlatish kerak edi, boshqa xonalarga ruxsatsiz kirolmayman. Miyyamda kelgan yagona chora bu juda daxshatli edi. Men oʻzimni tozalab olishim uchun Taehyungni xonasidan boshqa manzilim yoʻq. Taqdir men bilan juda adolatsiz qay yuz bilan hozir qaytib boraman. Oxiri chidolmay bezlarcha bordim, eshikni taqillatdim eshikni ochgan Taehyung meni koʻrib ovozsiz kulib yubordi
— men... haligi... xonam
— dush qabul qilib ol senga kiyim qoʻygandim kiyib uxla
— xonamda chiroq yonmayapti shuning uchun keldim
Gʻolibona irshaygancha menga yoʻl ochdi.