MY BELOVED BEAST
Gavjum koʻcha mashinalar yoʻlni toʻldirib oʻtar ekan ularni shovqinidan hatto yomgʻirda chappillayotgan oyoq tovishlarimni ham eshitmasdim. Uydan chiqqanimda yomgʻir yogʻmayotganligi uchun soyabon olib chiqmagan edim. Nima maqsadda chiqqanim ham ahamiyatsiz qayergadir bormasam oʻzimga ish emas kasal topishim aniq, bolalikdan anginaning nozik va kasalga moyillik holatidan aziyat chekaman. Sochlarim allaqachon hoʻl muzlashni boshladim oxiri oldimdan chiqqan qahvaxonaga kirdim, yomon ob-havo uchunmi ichkarida hech kim yoʻq edi. Balki bu tigʻiz ish jadvali tufaylidir, ustimdagi shalabbo boʻlgan nimchamni yechib qoʻlimga oldim va oldinga qarab yurib restoranga koʻz tashlay boshladim. Hech kim koʻzimga koʻrinmagach chetda turgan stollardan biriga oʻtirdim va yomgʻir tinishini kuta boshladim.
*
Taeri atrofni kuzatar ekan ishini qilyotgan bir afintsant yigit unga koʻzi tushar ekan yurayotgan yoʻlidan toʻxtadi va qizga tikildi. Bundan hijolat boʻlgan Taeri
— tinchlikmi yuzimda nimadir bormi
Qoʻlini yuziga olib borgancha unga bosh egib yaqin qarab turgan yigitni yuzlariga koʻz yugurtirdi
— siz oʻsha ustiga piyva toʻkilgan qiz
— siz buni qayerdan bilasiz
— bu men oʻsha sizga kiyim bergan yigitman eslolmayapsizmi
Yigit stolga qizni qarshisiga oʻtirdi va uni esiga solish uchun tinmay gapirardi
— ha esladim, yollanma xizmatchilardan birisiz... Endi esladim ammo siz bu yerda nima qilyapsiz yoki u qoʻshimcha ishingizmi
— yoʻq bazimlarda xizmat bu bizni restoranimizning qoʻshimcha servis xizmati buyurtma boʻyicha ishlaymiz
— Haa tushunarli
Taeri shunday deb yana sukut saqlab boshini uyoq buyoqqa burib atrofga qarardi, yigit unda koʻzini uzmay yana uni gapga tutdi
— ochigʻi yigitingiz koʻrinishidan qoʻpol koʻrindi oʻshanda sizga zarar keltiradigan nimadir qilmadimi
— yoʻgʻe u meni yigitim emas men ham sizga oʻxshagan ishchiman, u meni xoʻjayinim
— yoʻgʻe ammo harakatlaridan oddiy boshliqqa oʻxshamadi
— umuman olganda u mutloq tushunarsiz odam, bir qarasang yaxshi bir qarasang juda qoʻrs harakatlarini oldindan bashorat qilib boʻlmaydi
Shunday deb Taeri qoʻlidagi nimchasi yonidagi stulga qoʻydi va sovuqdan jimirlagan tanasini ozgina qimtidi buni sezgan yigit ʼʼ hozirʼʼ degancha restoran oshxonasi tomon ketdi. 5 daqiqa deganda yigit qoʻlida issiq qahva ushlagancha keldi
— hojati yoʻq edi meni hijolat qilyapsiz
— qoʻysangizchi, bu shunchaki bir stakan qahva bir inson salomatligidan ustun boʻlolmaydi oʻzingizni asrang hozir kuz va yoz oraligʻi
— oldingizda hijolatdaman
— hech qisi yoʻq aytgancha ismingiz nima
— Taeri, Jung Taeri
— tanishganimdan xursandman Taeri men Soobinman
— men ham xursandman Soobin
Ular yana biroz sukut saqlashdi. Taeri qahvasini ichayotib bir yigitga bir atrofga qarar edi, Soobin esa faqat Taeriga
— Aytgancha bu ob-havoda nima qilib yuribsiz
— ish qidirib tirikchilik degandek
— haa, lekin siz Kimlar uyida xizmatchi ekaningizni aytib oʻtdingiz menimcha
— shunday edi ammo hozir emas
— nega
— buni muhokama qilishimiz kerakmi ?
— mayli aytishni istamasangiz majbur qilmayman
Orada yana oʻlik sukunat Soobin oz boʻlsada qiz bn suhbatlashishga harakat qilardi, ammo javob yoʻq. Yana oʻzi gap boshladi
— demak ish qidiryapsiz, menimcha bu yer sizga qulay boʻlsa kerak
U shunday deb qoʻlini yoygancha restoranga ishora qilgan koʻyi Taeriga yuzlandi. Kutulmaganda kelgan taklifdan hayron boʻlgancha
— mumkinmi, meni ishga olishadimi
— nega endi yoʻq oʻzi shundogʻam boshliq qoʻshimcha afintsant qidirib yurgandi
— qoyil omadim kelganiga qarang, xoʻjayiningiz qayerda u bilan gaplashsam boʻladimi
Ham hursand ham hayron boʻlganidan tez tez gapirdi qiz
— hozircha yoʻq bugun boshliqni qizini tugʻilgan kuni, shuning uchun restoran bugun deyarli meni ixtiyorimda
— nima sizdan boshqa odam yoʻqmi
— bor lekin oshpazni tashqaridagi odamlar bilan nima ishi bor
Ikkalasi ham bu gapdan soʻng jilmayarkan Taeri boshini yerga qaratgancha.
— nima uchun deyarli tanimagan odamingizga yordam beryapsiz
Dedi va yana yigitga qaradi
— men hali hech nima qilmadim
— nima boʻlganda ham sizni oʻrningizda boshqasi ogʻiz qimirlatishni malol koʻrardi
— aytaylik chiroyli qiz bilan yaqindan tanishish uchun harakat
Soobin oʻynoqi koʻzlari bilan qizga gapirarkan Taeri yuzidagi tabassumini saqlagancha
— menga ortiqcha harakat qilganlar va suymaganga suykalganlar yoqmaydi
Taerining bu gapidan Soobinni kayfiyati birdan uchib ketdi va gʻalati xolatga kelib qolganligi sabab gapirolmay qoldi
— me..n... shunchaki...
— siz unday emassiz, men siz bilan yaxshi muloqotni saqlayapman
Soobin siniq jilmaydi va atrofga yana sukut choʻkdi ikkalasi ham ketma-ket yomgʻir tomchilari yuvayotgan shisha devordan koʻchaga qarashdi
Qorongʻu, qandaydir qizil xonada edim egnimda ochiq tungi kiyim, tepa va pastgi qismiga qilingan toʻrdan koʻkraklarim yaqqol bilinar, ortiqcha birgina harakat bilan ortim bilinib qoladigan darajada edi. Nafasim qisa boshladi, qayerda ekanimni bilmayman iloji boricha yurib bu yerdan chiqishga harakat qilardim. Deraza tomon yaqinlashdim pastda tanish mashinani koʻrdim. Bu... Bu Jungkookni mashinasi derazadan otilib chiqishga harakat qilib kuchim bilan itardim ammo boʻlmasdi ovozim boricha Jungkookni chaqirdim ammo u eshitmasdi. Mashinasini old shishasidan yuzi alas alas koʻrinardi lekin shunchaki oʻsha tanish sigarasini mashinasidan qoʻlini chiqargancha yerga chertib u yerdan ketdi. Nahot... U meni hato payqamadi. Ana endi ichimdagi vulqon yanada qoʻzgʻala boshladi tanam 50 gradusda yona boshladi ustimdagi shu bir parcha shoyi matoni ham otib yirtib yuborgudek boʻldim. Kimdir kelib orqamdan quchganini his qildim yuzini boʻynimga koʻmdi tartibsiz ammo aqldan ozdiruvchi harakatlar bilan qornimni silab sochimni hidlagancha
— seni qattiq sogʻindim my rudy
Bu ovozdan soʻng butun tanam harakatdan toʻxtab qoldi bir pas oldin oʻt boʻlib yonayotgan tanam muzlatilgan kanservadek qotib qoldi kipriklarimni pirpiratgancha hatto bu odamni tahmin qilishga choʻchidim
Men nima baham ko‘rganimni ko‘ring: My wings — Teletype @Mi Brauzer | https://teletype.in/@not_me_0326-95590/T-4efUssRI
— sen qanday qilib bu yerdasan bunday boʻlishi mumkin emas
Koʻzlarim beixtiyor yoshlandi oʻzimni tutishga harakat qilardim ammo ovoz toʻnim va tanam sotib qoʻyardi. Keskin ikkala yelkamdan ushlab oʻziga qaratdi
— ket qoʻyib yubor meni, iltimos tinch qoʻy. Nima kerak senga oʻzi
Yuzimni burishtirgancha gʻinshina boshladim, qoʻyib yuborishini soʻrab yolvordim, lekin bu unga yoqardi. Yoqimsiz kulgusini namoyish etgancha oʻziga yaqin tortdi
— bugun emas azizam, bugun chiroyli qomatingdan faqat men bahra olaman
U shunday deb kiyimimga osildi unga qarshilik qildim bir zumda egnimdagi koʻylak boʻlaklarga ajralganini his qildim va oʻzimni quchgancha baqirib yubordim.
Oʻrnimdan sapchib turdim tartibsiz nafas olar ekanman honada faqat hansirashib eshitilardi, tanamni quchib turardim. Darhol egnimga qaradim kiyimim bor edi. Xudoga shukur bu tush edi, boʻlganda ham dahshatli. bunday tushlar bezovta qilmay qoʻyganiga ancha boʻlgandi nega yana birdan. Telefonimni qoʻlimga olib soatga qaradim, birdan Jungkookni qumsadim. Qoʻngʻiroq qildim. Bir necha urinish javob bermadi. Tushim miyyamda gavdalanar ekan battar asabim buzilib telefonni uloqtirgancha egnimga xalatimni ildim va balkonga chiqdim.
Darvozadan qoʻlida paket koʻtarib kirayotgan yigitga nigohim tushgan koʻyi unga qarab turdim u ham buni sezgandek tepaga qaradi. Qoʻlini silkitda va qoʻlidagi paketni koʻrsatgancha meni taklif qildi. Yuzimga jilmayish oldim va pastga tushishga qaror qildim ayni damda men gaplashish uchun faqat uni koʻrdim.
Havo yaxshi boʻlganligi sabab Jaemin qoʻlidagi qahva va kurvasanni hovlidagi stolga idishlar olib kelib joylashtirar ekan uy ichidan uni kuzatgancha Minhi chiqib keldi.
— hayrli tong
— senga ham hayrli tong, ohho ertalabdan nimalar koʻtarib yuribsan
Minhi stolga yaqinlashar ekan oʻzining sevimli qahvasi va kurvasanni koʻrib koʻzlari quvonib ketdi, buni koʻrgan Jaemin ham mamnun jilmaygancha
— hali nonushta qilmagandirsiz deb oʻylab yoʻlda kelayotib sotib oldim
— hmm toʻgʻri kim ham nonushta tayyorlab berardi. Taeridan keyin hatto xizmatchi olishga ham bosh qotirmadim ochigʻi
— akangizni singlim bilan qanday muammosi borligini bilmayman oʻzi ham menga aytmayapti, jiddiy nimadir bormi, singlim osonlikcha ishdan kechmaydi
Jaemin jiddiy ohangda gapirar ekan Minhi uning jahli borligini sezdi. Albattada axir Taeri uni singlisi.
— ularni orasida jiddiy nimadir sodir boʻlgan boʻlishi mumkin emas chunki uning ishida hammasi joyida edi menimcha bu biroz muddatga
— nima boʻlganda ham hammasi yaxshi ekaniga ishonishga harakat qilaman.
Oraga sukut choʻmdi Minhi qahvasini hoʻplagancha boshini har tomon harakatlantirar ekan Jaemin yana unga yuzlandi
— oʻzingiz ahvolingiz yaxshimi, koʻzlaringiz qizargan kechasi yaxshi uxlolmadingizmi
— ha biroz ishlarim koʻp edi shunga kam uyqu va koʻzlarim zoʻriqqan
Tushlarini hayolidan oʻtkazib soxta jilmaygancha soʻzladi.
— Jungkook bilan qay darajada yaqinsiz
— bu qanday savol?
— shunchaki, munosabatlaringiz chetdan kuzatayotgan odam uchun qiziq
— toʻgʻri Jungkook bilan koʻp vaqtimizni birga oʻtkazmayapmiz hozircha, lekin bundan avvallari men akamdan ham koʻproq Jungkook bilan birga boʻlganman. Toʻgʻri tan olish kerak u koʻp qizlar bilan tanishgan lekin bu bizni ormizga sovuqchilik tushirolmaydi, men uning yagona va pok muhbbatiman
Jaemin Minhini jim tinglagancha jilmayib qoʻydi
Men bunday deb oʻylamayman Minhi xonim hali shunday qilayki hatto oʻsha sevgilingni yuziga ham qaramaydigan boʻlasan
Jaemin holidan shu soʻzlarni oʻtkazgancha qahvada hooʻplab mazza qilib kurvasan yeyotgan qizni kuzatdi.