CHARLATAN
Atrof bir zum jim jit boʻlib qoldi va bir zum jinoyatchi oʻziga kelib koʻzi avval shokka tushib qolgan Heiga keyin uzoqdan yugirib kelayotgan Soonghunga tushdi va pichoqni ushlab turgan qoʻlni bir harakat bn ozod qildi va koʻzdan gʻoyib boʻldi.
— Hyeong qay... Yo Xudo qoʻlinga nima boʻldi
Endi nolib gapirmoqchi boʻlgan Soonghun Hyeongni qoʻliga qarab nafasini yutib shoshib qoldi.
— hech qisi yoʻq shunchaki jarohatlandim
biroz qoshlarini chimirib mardlikka solgancha ogʻriqqa chidashga harakat qildi va tinmay kotibi xol ahvol soʻrayotgan qizga qarab gap ochdi
— Ahvolingiz yaxshimi
— ha men yaxshiman biroq siz yax..shi.. em..as..iz
Hei Hyeongga gapirayotgan paytda koʻzi Soonghunga tushdi va beixtiyor qoshlari chimirildi
— taqdirni beshavqatligini qarang sen bn ayni damda shu yerda uchrashaman deb oʻylamagandim oʻgay singiljonim
— men ham bundan mamnun emasman ammo hozir tortishib oʻtirsak doʻstingni ahvoli ogʻirlashishi mumkin
— shu yaqin atrofda shifoxona bor janob Yun ikkalamiz olib boramiz
Soonghun tilini ogʻiz boʻshligʻida asabiy aylantirib yana eʼtiborini aka-singillarga tushunqiramay qarab turgan qizga qaratdi.
— yaxshiyam vaqtida kelibsiz, ammo anchagina qon yoqotgansiz mana bu dorilarni oʻz vaqtida iching qoningizni koʻpaytirishga yordam beradi
— rahmat doktor
Hamma shifokor bn iliq hayrlashib tashqariga chiqdi
— 2 yil don-daraksiz ketding hattoki qoʻngʻiroq ham qilmading ota-onamizdan arazlab ketganding biroq dadam meros haqida ogʻiz ochishi bn yugirib kelibsan ochigʻi qoyil qolmadim. Gʻururli koʻringaning bn ham xudbinliging oliy darajada...
— ota-onamiz emas ular seni otang va onang, xudbinlikka kelsak, dadam kabi qon qonimgacha singib ketgan
Hei bir zum jim turdi va lab uchida kulimsirab
— haligacha ulgʻaymagansan, hali ham yosh bolasan
— men allaqachon ulgʻaydim ammo seni koʻzlaring atrofni bolalarcha koʻryapti
— kechirasizu qadrdonlar bu yer jamoat joyi oʻtgan-ketgan hamma sizlarga qarab turibdi tinchroq joyda dildan suhbat qursangiz boʻlmaydimi
— dadamni yoniga borib ishimizni hal qilaylik keyin oʻzimizni uyimizga ketamiz
— uyimiz?...
— ketdik
Soonghun shunday deb Hyeongni yetaklab ketdi. Xuddiki Heilinga ʼʼ biz yaqinmiz ʼʼ degandek qilgisi keldi.
yigit asabiylashgancha qoʻlini qarsillatardi. Shunchalik bezovta ediki tomirlari qoʻllarindan torib boʻynigacha yoʻgʻon tarqalgan boʻrtib turardi va atrofdagi qorongʻu, sovuq, qoʻlansa manzara holatni yanada dahshatliroq qilardi.
— hoʻsh, hoʻsh, hoʻsh Jeon Jungkook endi buni qanday oqlaysan
Qoʻlida beyzbol bitasini yerga urgancha zinalardan tushib kelayotgan odam Junkookga qarata gapirdi
— qiz qayerdan paydo boʻlib qolganini bilmayman bu rejada yoʻq edi
Jungkook kapshonkasini yechib asabiylikdan qaltirayotgan tanasini jilovlashga harakat qilgancha gapirdi
— ammo sen menga vada berganding, qolgani menga qiziq emas
Erkak zinalardan tushib yigitning qarshisidagi kresloga qulayroq oʻrnashdi
— menga yana imkon ber hammasini toʻgʻirlayman
— vaqt tigʻiz Jungkook, men senga yana qanday qilib ishonay ayt, sen anchadan beri asablarim bn oʻynashyotgan sichqon boʻlib kelding, qoʻlga tushib qutulib qolishing uchun sabab yaratib bersamda sen undan foydalanolmading, senga yana qanday ishonay
— bu safar qurbonlar bitta boʻlmaydi vada beraman, Park Jaemin ham oʻyindan chiqadi
— shundoq ham bir oyogʻi goʻrda boʻlsa
— qancha tez qutulsang shuncha yaxshi
— mayli... Senga yana imkon beraman, biroq... Bu imkoniyatdan foydalana olmasang bilib qoʻy, sen uchun ham oʻyin tugaydi
Erkak avval bir maromda soʻzining soʻngida sekin ammo tahdidli gapirar ekan Jungkook shunchaki bosh silkib qoʻyaqoldi xolos.
Soonghun kelganiga bir necha soat boʻlgan boʻlsada hech ham koʻzini otasidan va otasini yelkasiga suyanib olgan ayoldan koʻzini uza olmasdi. Bir tomonda esa Hei shunchaki Soonghun hayolidan nimalar oʻtkazyotganiga nega bunchalar onasi va dadasiga uzoq tikilayotganini oʻylab hech ham koʻz uzmasdi bu paytda Park Jaemin va Park Isul osmondan tarasha tushgandek Soonghunga ergashib kelgan Hyeongga nega kelgani nima maqsadda ekani va kimligini unga tikilib bilmoqchi boʻlishyotgandek edi goʻyo. Bechora Hyeong esa hayron boʻlganidan har kimga bir-bir olasarak boʻlib qarab chiqardi, nihoyat sabri tugab otli nigohlarning sukutini buzdi
— hayrli kun, janob Park va Park xonim tanishganimda xirsandman mening ismim Jung Hyeong
Oldin hech ham kares madaniyati haqida maʼlumotga ega bolmagan qiz kattalarga taʼzim qilib salom berish oʻrniga shunchaki qoʻl uzatib qoʻya qoldi.
— A u hayjonlandi shekilli bunaqa paytda hamma nima qilyotganini unutib qoʻyadi
Hyeongning bu qiligʻidan Sunghoon oʻziga keldi va qizni muallaq qolgan qolini oʻziga tortib
— oʻrningdan turib taʼzim qilib salom ber - Dedi pichirlab.
Hyeong bilinar bilinmas dovdiragancha oʻrnidan turib taʼzim qilib salom berdi va Sunghoonga qarab koʻzini kosasi boʻylab aylantirgancha ensa qotirdi
— endi maqsadga oʻtsak eshitishimcha ahvolingiz ogʻir ekan maqsad pullarni ayri boshlash boʻlsa tezroq shuni hal qilib bu yerdan ketaylik - jiddiy ohangda dedi Sunghoon
— kelganingga hech qancha ham boʻlmadi, dadamni sogʻligida muammo borligini bilibsan hol ahvol soʻramaysanmi - birdan meros haqida gap ochgan oʻgay akasiga zarda qilgancha gapirdi Heilin
— kattalar gaplashganda aralashma deb oʻrgatishmaganmi hech
— yetar ikkingiz ham bas qiling. Meros hammaga tegadi lekin qanchaligi oʻzingizga bogʻliq. Men mol-mulkim ulgʻaymagan gʻoʻl qiz va yigitga boʻlib berishni xohlamayman. Men peshona terimni oila qurgan mustaqil va ahil erkak va ayolga berishni istayman
PovHyeong
Bu gapdan keyin yalt etib qariya Parkka qaradim soʻng yuzimni Sunghoon tomon burib tushinqiramay bosh irgʻitdim. Qoshlarini salmoqli chimirgan Sunghoon hotirjamlik bilan yana otasiga yuzlandi
— nima biz turmush qurishimiz kerakmi Heilin bn bir vaqtda, sizni tushunolmay qildim
— bir vaqtdami ketma-ketmi menga farqi yoʻq oila qurgan ulishini oladi
— lekin dada merosga egalik qilishni oila qurishga nima aloqasi bor tushunmayapman - dedi Heilin yanada nigohini chuqurlashtirib
— aloqasi bor, mulkka egalik qilish, maʼsuliyat talab etadi, maʼsuliyat esa birinchi oʻrinda oila orqali his etiladi, qachonki oila qursangiz meni yelkamdagi yukimni his qilib meni tushunishni boshlaysiz, aks holda meni shuncha mehnatim siz uchun shunchaki oʻyinchoq
— lekin dada qanday oila quraman, hatto sevganim ham yoʻq
Heilin tobora asabiylasha boshlardi
— bu meni muammoyim emas qizim, boya aytganimdek oila qur va ulushingni ol
Park Jaeminning qarori qatʼiy edi. Nimani oʻylagan bilmadimu lekin men bu oʻyinga qoʻshilishni istamasdim, ammo Sunghoonning qarashlari menga yoqmayapti. Oʻrnidan turgancha ortidan yurishimga ishora qildi, shunchaki soʻzsiz ergashdim. Garchi bu menga taalluqli emas lekin, qarshimdagi bu yigitchani hozir aytadigan gaplari chindan miyyani junbushga keltiradigan ekani maʼlum
— Hyeong meni diqqat bn eshit bilasanmi hozir
— nima demoqchi ekanligingni bilib turibman, biroq aslo, aslo hayolinga ham keltirma baribir rozi boʻlmayman
— tushun bu muammolarni hal qilishning yagona yoʻli agar menga yordam bersang istaganingni qilaman mayli mendan uzoqroq yur desang ham roziman
Sunghoon bu gaplar qanday ogʻzidan chiqayotganiga tushunmasdi xuddi tili zaboni oʻziga boʻysunmayotgandek edi goʻyo
— Sunu oila qurish oʻyinchoqmi seningcha bir oila bir nikoh shartnomasi qadrini bilmaysanmi bu rishtani oʻz nafsi yoʻlida qurbon qilish paskashlik aslida
— ....
Sunghoon yerga qaragancha xoʻrsinib uni jim tingladi
— aqlingni yigʻib yaxshilab oʻylab ol, meni senga javobim yoʻq
— sen ham yaxshilab oʻylab ol hali vaqting bor tez qaror chiqarma
Gapirishni istamadim chindan ham murakkab vaziyat
Bugungi ogʻir kundan keyin dam olish maqsadida tepaga xonamga chiqib uxlab qolibman bir payt xonadagi taqir-tuqur ovozlardan uygʻonib ketdim sekinlik bilan oʻrnimdan turib shovqin kelayotgan tomonga qaradim va qoʻlimga ilingan qalin kitobni mahkam ushlab deraza tomon harakatlandim birdan ortimda sharpa misoli paydo boʻlgan qora narsadan choʻchib tokchaga chiqib olgan joyimdan sirgʻalib yiqilib ketdim.
Ammo yerga tushganga nisbatan yumshoqroq, yoʻq nahot oʻsha qora sharpa ustiga tushgan boʻlsam, bu kim boʻldi nahot meni oʻldirishga kelgan boʻlsa miyyamga kelgan fikrlardan qoʻrqib oʻrnimdan sapchip turib qoʻlimga yana nimadir ilib olib otishga shaylandim ammo uning gaplari meni toʻxtatdi
— qutqargan odamga ham shunaqa qiladimi
— qutqargan nima haqida gapiryapsan, gapir kimsan xonamda nima qilyapsan
Biz tomonlarda endi uchrashgan odamga sizlab murojat qiladi, koʻrinib turibdiki sizdan kattaroqman xonim hurmat saqlang - yigit behijolat yalpayib yotib olgan joyidan irgʻanib turib oyoqlarini bir biriga chalishtirib menga qarab gapirdi
— menga odobnoma darsini oʻtgandan koʻra kimligingni ayt xonamda nima qilyapsan
— aytaylik oʻgʻri, sizni oʻgʻirlab oʻziniki qilmoqchi boʻlgan oʻgʻri - yigit sekin oʻrnidan turib ogʻir qadamlar bn menga yaqinlashib yuzini yuzim tomon yaqinlashtirgan on uning bu surbetomus gapidan keyin qoʻlimdagi kitob bn bir tushirmoqchi boʻldim ammo abjirlik bilan kitobni qoʻlimdan tortib oldi
— th..th..th qizishmang yaxshilikcha gaplashib olsak boʻladiku - irshaygancha lab burib qoʻydi
— meni noʼmalum, surbet va bezbetlar bn maydalashishga vaqtim yoʻq
— nega buncha ilondek zahar, eshshakdek qaysarsiz, istasangiz bir harakat bn bariga barham berishga yordam berishim mumkin - uning iljayishi asabimga oʻynadi qanday bilagimga kuch kirganini bilmay qoldim, birdan yuziga tarsaki tortib yubordim
Hayron qolgancha oʻzini oʻnglolmay qoldi va jagʻini ushlab olib yana maynamga oʻynaydigan tabassumini yuziga oldi
— ha ochigʻi kutilmagan ish boʻldi, ammo zoʻr zarba boʻldi
— kotib Jeon, bu yerda nimalar bolyapti
Birdan dadam kelib qoldi va bizga qoshlari chimirgancha qarab turar ekan endi gapirmoqchi boʻlganimda yonimdagi surbet nusxa vaziyatni qoʻliga oldi
— aytganingizdek hujjatlarni olish uchun tepaga xonimni xonasiga chiqqandim, qarasam eshik qiya ochiq ekan, ustiga ustak xonim uxlab yotgan ekan bezovta qilishni istamay oʻzim olishga qaror qildim - u gaplarni shunday mohirona soʻzlardiki bundan shunchaki kulishdan boshqa hech narsa qilolmadim va endigina yana oʻgʻiz ochaman deganimda u yana gapimni ustidan keldi
— endi qogʻozlarni olaman deganimda tashlanib qolsalar boʻlarmi, havotirga xojat yoʻq - uning emotsiyalar bn gapirishiga tikilib qarab turarkanman beixtiyor qoshlarim tepaga koʻtarildi, hatto dadam ham ishonch bilan uni tinglayapti, u nafaqat surbet balki oliy darajali aktyor ham
— mayli hujjat masalasi hal boʻlgan boʻlsa ortimdan yuring - dadam shunday deb pastga tushib ketdilar ortlaridan esa men bu surbetni orqalab pastga tushdim
— Heilin sen hali juda yoshsan hali tajribang yetarli emas shu sababdan senga tajribali yordamchi kerak
" E hudo shu nusxa senga kotib boʻladi demasalar boʻldi "
— tanish Jeon Jungkook sening kotibing bundan soʻng sen bilan birga ishlaydi, oʻrgatadi va yoʻli kelsa oʻrganadi
— hayollarimdan ham nafratlanman... - dedim pichirlab -
— dada siz meni hali ham yosh bola deb oʻylaysizmi men allaqachon ulgʻaydim menga hech kimni yordami kerak emas
— meni gapimni takrorlashga majbur qilma, men obdon oʻylab qaror chiqaryapman, keyin seni yosh bola demayapman hali tajribang yetarli emas dedim
— hoʻp unda janob Yoon menga kotiblik qilsin, necha yildan beri siz bilan ishlaydilar oʻylaymanki, hamma ishni ham ustalari qilgani maqbul - ataylab kesatgancha takidlab gapirdim
— ahvolim ogʻirdir toʻgʻri lekin hali beri ishlay olaman va hali sizlarga hech narsani topshirib qoʻyganim yoʻq shuning uchun Yoon hali oʻzimga ham kerak - ayni damda dadamning nafaqat bu gaplari balki qarshimdagi nusxani turqi ham asabiylashtiradi
— gap bitta Jungkook senga loyihalar va statistika boʻyicha bir necha tushuntirish ishlarini olib boradi, meni xafa qiladigan ish qilmaysan degan umiddaman - dadam shunday deb ketib qoldi men esa dadamdan nigohimni oldimda unga qaragancha asiylashgancha koʻzimni kosasi boʻylab aylantirib oʻrnimdan turib
— borib tayyorgarlik koʻray keyin siz kompaniyaga ketamiz kotib Jeon
Shunday deb u yerni tark etdim...
Jungkook Heilin ketgancha tabassum qilgancha unga mulozamat koʻrsatdi va ketishi bilan darhol yuzi jiddiy tortdi va kostyumini toʻgʻirlab u ham u yerni tark etdi
*
PovJungkook
Bu tomoshani tugatib oshxona tomon qaqragan tomogʻimni hoʻllash uchun yoʻl oldim birdan kimgadir urilib ketdim undan uzr soʻrab qaraganimda uning yuzini koʻrib tanamni sovuq ter bosdi, u menga qaragan sayin tanamda chumoli yurgandek jimirlardi. Oʻzimni qoʻlga olib tezroq u yerdan ketishga shaylandim axir yuzim yopiq edi u meni tanishi mumkin emas
— mazur tutasiz - endi ketaman deganimda uni ovozi yana meni toʻxtatdi
— shoshmang - u menga yaqin kela boshladi va qarshimda toʻxtab