MY BELOVED BEAST
Gavjum koʻcha mashinalar yoʻlni toʻldirib oʻtar ekan ularni shovqinidan hatto yomgʻirda chappillayotgan oyoq tovishlarimni ham eshitmasdim. Uydan chiqqanimda yomgʻir yogʻmayotganligi uchun soyabon olib chiqmagan edim. Nima maqsadda chiqqanim ham ahamiyatsiz qayergadir bormasam oʻzimga ish emas kasal topishim aniq, bolalikdan anginaning nozik va kasalga moyillik holatidan aziyat chekaman. Sochlarim allaqachon hoʻl muzlashni boshladim oxiri oldimdan chiqqan qahvaxonaga kirdim, yomon ob-havo uchunmi ichkarida hech kim yoʻq edi. Balki bu tigʻiz ish jadvali tufaylidir, ustimdagi shalabbo boʻlgan nimchamni yechib qoʻlimga oldim va oldinga qarab yurib restoranga koʻz tashlay boshladim. Hech kim koʻzimga koʻrinmagach chetda turgan stollardan biriga oʻtirdim va yomgʻir tinishini kuta boshladim.
*
Taeri atrofni kuzatar ekan ishini qilyotgan bir afintsant yigit unga koʻzi tushar ekan yurayotgan yoʻlidan toʻxtadi va qizga tikildi. Bundan hijolat boʻlgan Taeri
— tinchlikmi yuzimda nimadir bormi
Qoʻlini yuziga olib borgancha unga bosh egib yaqin qarab turgan yigitni yuzlariga koʻz yugurtirdi
— siz oʻsha ustiga piyva toʻkilgan qiz
— siz buni qayerdan bilasiz
— bu men oʻsha sizga kiyim bergan yigitman eslolmayapsizmi
Yigit stolga qizni qarshisiga oʻtirdi va uni esiga solish uchun tinmay gapirardi
— ha esladim, yollanma xizmatchilardan birisiz... Endi esladim ammo siz bu yerda nima qilyapsiz yoki u qoʻshimcha ishingizmi
— yoʻq bazimlarda xizmat bu bizni restoranimizning qoʻshimcha servis xizmati buyurtma boʻyicha ishlaymiz
— Haa tushunarli
Taeri shunday deb yana sukut saqlab boshini uyoq buyoqqa burib atrofga qarardi, yigit unda koʻzini uzmay yana uni gapga tutdi
— ochigʻi yigitingiz koʻrinishidan qoʻpol koʻrindi oʻshanda sizga zarar keltiradigan nimadir qilmadimi
— yoʻgʻe u meni yigitim emas men ham sizga oʻxshagan ishchiman, u meni xoʻjayinim
— yoʻgʻe ammo harakatlaridan oddiy boshliqqa oʻxshamadi
— umuman olganda u mutloq tushunarsiz odam, bir qarasang yaxshi bir qarasang juda qoʻrs harakatlarini oldindan bashorat qilib boʻlmaydi
Shunday deb Taeri qoʻlidagi nimchasi yonidagi stulga qoʻydi va sovuqdan jimirlagan tanasini ozgina qimtidi buni sezgan yigit ʼʼ hozirʼʼ degancha restoran oshxonasi tomon ketdi. 5 daqiqa deganda yigit qoʻlida issiq qahva ushlagancha keldi
— hojati yoʻq edi meni hijolat qilyapsiz
— qoʻysangizchi, bu shunchaki bir stakan qahva bir inson salomatligidan ustun boʻlolmaydi oʻzingizni asrang hozir kuz va yoz oraligʻi
— oldingizda hijolatdaman
— hech qisi yoʻq aytgancha ismingiz nima
— Taeri, Jung Taeri
— tanishganimdan xursandman Taeri men Soobinman
— men ham xursandman Soobin
Ular yana biroz sukut saqlashdi. Taeri qahvasini ichayotib bir yigitga bir atrofga qarar edi, Soobin esa faqat Taeriga
— Aytgancha bu ob-havoda nima qilib yuribsiz
— ish qidirib tirikchilik degandek
— haa, lekin siz Kimlar uyida xizmatchi ekaningizni aytib oʻtdingiz menimcha
— shunday edi ammo hozir emas
— nega
— buni muhokama qilishimiz kerakmi ?
— mayli aytishni istamasangiz majbur qilmayman
Orada yana oʻlik sukunat Soobin oz boʻlsada qiz bn suhbatlashishga harakat qilardi, ammo javob yoʻq. Yana oʻzi gap boshladi
— demak ish qidiryapsiz, menimcha bu yer sizga qulay boʻlsa kerak
U shunday deb qoʻlini yoygancha restoranga ishora qilgan koʻyi Taeriga yuzlandi. Kutulmaganda kelgan taklifdan hayron boʻlgancha
— mumkinmi, meni ishga olishadimi
— nega endi yoʻq oʻzi shundogʻam boshliq qoʻshimcha afintsant qidirib yurgandi
— qoyil omadim kelganiga qarang, xoʻjayiningiz qayerda u bilan gaplashsam boʻladimi
Ham hursand ham hayron boʻlganidan tez tez gapirdi qiz
— hozircha yoʻq bugun boshliqni qizini tugʻilgan kuni, shuning uchun restoran bugun deyarli meni ixtiyorimda
— nima sizdan boshqa odam yoʻqmi
— bor lekin oshpazni tashqaridagi odamlar bilan nima ishi bor
Ikkalasi ham bu gapdan soʻng jilmayarkan Taeri boshini yerga qaratgancha.
— nima uchun deyarli tanimagan odamingizga yordam beryapsiz
Dedi va yana yigitga qaradi
— men hali hech nima qilmadim
— nima boʻlganda ham sizni oʻrningizda boshqasi ogʻiz qimirlatishni malol koʻrardi
— aytaylik chiroyli qiz bilan yaqindan tanishish uchun harakat
Soobin oʻynoqi koʻzlari bilan qizga gapirarkan Taeri yuzidagi tabassumini saqlagancha
— menga ortiqcha harakat qilganlar va suymaganga suykalganlar yoqmaydi
Taerining bu gapidan Soobinni kayfiyati birdan uchib ketdi va gʻalati xolatga kelib qolganligi sabab gapirolmay qoldi
— me..n... shunchaki...
— siz unday emassiz, men siz bilan yaxshi muloqotni saqlayapman
Soobin siniq jilmaydi va atrofga yana sukut choʻkdi ikkalasi ham ketma-ket yomgʻir tomchilari yuvayotgan shisha devordan koʻchaga qarashdi
Qorongʻu, qandaydir qizil xonada edim egnimda ochiq tungi kiyim, tepa va pastgi qismiga qilingan toʻrdan koʻkraklarim yaqqol bilinar, ortiqcha birgina harakat bilan ortim bilinib qoladigan darajada edi. Nafasim qisa boshladi, qayerda ekanimni bilmayman iloji boricha yurib bu yerdan chiqishga harakat qilardim. Deraza tomon yaqinlashdim pastda tanish mashinani koʻrdim. Bu... Bu Jungkookni mashinasi derazadan otilib chiqishga harakat qilib kuchim bilan itardim ammo boʻlmasdi ovozim boricha Jungkookni chaqirdim ammo u eshitmasdi. Mashinasini old shishasidan yuzi alas alas koʻrinardi lekin shunchaki oʻsha tanish sigarasini mashinasidan qoʻlini chiqargancha yerga chertib u yerdan ketdi. Nahot... U meni hato payqamadi. Ana endi ichimdagi vulqon yanada qoʻzgʻala boshladi tanam 50 gradusda yona boshladi ustimdagi shu bir parcha shoyi matoni ham otib yirtib yuborgudek boʻldim. Kimdir kelib orqamdan quchganini his qildim yuzini boʻynimga koʻmdi tartibsiz ammo aqldan ozdiruvchi harakatlar bilan qornimni silab sochimni hidlagancha
— seni qattiq sogʻindim my rudy
Bu ovozdan soʻng butun tanam harakatdan toʻxtab qoldi bir pas oldin oʻt boʻlib yonayotgan tanam muzlatilgan kanservadek qotib qoldi kipriklarimni pirpiratgancha hatto bu odamni tahmin qilishga choʻchidim
— sen qanday qilib bu yerdasan bunday boʻlishi mumkin emas
Koʻzlarim beixtiyor yoshlandi oʻzimni tutishga harakat qilardim ammo ovoz toʻnim va tanam sotib qoʻyardi. Keskin ikkala yelkamdan ushlab oʻziga qaratdi
— ket qoʻyib yubor meni, iltimos tinch qoʻy. Nima kerak senga oʻzi
Yuzimni burishtirgancha gʻinshina boshladim, qoʻyib yuborishini soʻrab yolvordim, lekin bu unga yoqardi. Yoqimsiz kulgusini namoyish etgancha oʻziga yaqin tortdi
— bugun emas azizam, bugun chiroyli qomatingdan faqat men bahra olaman
U shunday deb kiyimimga osildi unga qarshilik qildim bir zumda egnimdagi koʻylak boʻlaklarga ajralganini his qildim va oʻzimni quchgancha baqirib yubordim.
Oʻrnimdan sapchib turdim tartibsiz nafas olar ekanman honada faqat hansirashib eshitilardi, tanamni quchib turardim. Darhol egnimga qaradim kiyimim bor edi. Xudoga shukur bu tush edi, boʻlganda ham dahshatli. bunday tushlar bezovta qilmay qoʻyganiga ancha boʻlgandi nega yana birdan. Telefonimni qoʻlimga olib soatga qaradim, birdan Jungkookni qumsadim. Qoʻngʻiroq qildim. Bir necha urinish javob bermadi. Tushim miyyamda gavdalanar ekan battar asabim buzilib telefonni uloqtirgancha egnimga xalatimni ildim va balkonga chiqdim.
Darvozadan qoʻlida paket koʻtarib kirayotgan yigitga nigohim tushgan koʻyi unga qarab turdim u ham buni sezgandek tepaga qaradi. Qoʻlini silkitda va qoʻlidagi paketni koʻrsatgancha meni taklif qildi. Yuzimga jilmayish oldim va pastga tushishga qaror qildim ayni damda men gaplashish uchun faqat uni koʻrdim.
Havo yaxshi boʻlganligi sabab Jaemin qoʻlidagi qahva va kurvasanni hovlidagi stolga idishlar olib kelib joylashtirar ekan uy ichidan uni kuzatgancha Minhi chiqib keldi.
— hayrli tong
— senga ham hayrli tong, ohho ertalabdan nimalar koʻtarib yuribsan
Minhi stolga yaqinlashar ekan oʻzining sevimli qahvasi va kurvasanni koʻrib koʻzlari quvonib ketdi, buni koʻrgan Jaemin ham mamnun jilmaygancha
— hali nonushta qilmagandirsiz deb oʻylab yoʻlda kelayotib sotib oldim
— hmm toʻgʻri kim ham nonushta tayyorlab berardi. Taeridan keyin hatto xizmatchi olishga ham bosh qotirmadim ochigʻi
— akangizni singlim bilan qanday muammosi borligini bilmayman oʻzi ham menga aytmayapti, jiddiy nimadir bormi, singlim osonlikcha ishdan kechmaydi
Jaemin jiddiy ohangda gapirar ekan Minhi uning jahli borligini sezdi. Albattada axir Taeri uni singlisi.
— ularni orasida jiddiy nimadir sodir boʻlgan boʻlishi mumkin emas chunki uning ishida hammasi joyida edi menimcha bu biroz muddatga
— nima boʻlganda ham hammasi yaxshi ekaniga ishonishga harakat qilaman.
Oraga sukut choʻmdi Minhi qahvasini hoʻplagancha boshini har tomon harakatlantirar ekan Jaemin yana unga yuzlandi
— oʻzingiz ahvolingiz yaxshimi, koʻzlaringiz qizargan kechasi yaxshi uxlolmadingizmi
— ha biroz ishlarim koʻp edi shunga kam uyqu va koʻzlarim zoʻriqqan
Tushlarini hayolidan oʻtkazib soxta jilmaygancha soʻzladi.
— Jungkook bilan qay darajada yaqinsiz
— bu qanday savol?
— shunchaki, munosabatlaringiz chetdan kuzatayotgan odam uchun qiziq
— toʻgʻri Jungkook bilan koʻp vaqtimizni birga oʻtkazmayapmiz hozircha, lekin bundan avvallari men akamdan ham koʻproq Jungkook bilan birga boʻlganman. Toʻgʻri tan olish kerak u koʻp qizlar bilan tanishgan lekin bu bizni ormizga sovuqchilik tushirolmaydi, men uning yagona va pok muhbbatiman
Jaemin Minhini jim tinglagancha jilmayib qoʻydi
Men bunday deb oʻylamayman Minhi xonim hali shunday qilayki hatto oʻsha sevgilingni yuziga ham qaramaydigan boʻlasan
Jaemin holidan shu soʻzlarni oʻtkazgancha qahvada hooʻplab mazza qilib kurvasan yeyotgan qizni kuzatdi.
Yarim kunlik ishini boshlash uchun restaran tomon shoshib harakat qilyotgan qiz Restaranning bejirim bezatilgan eshigini ochgancha chiqib kelayotgan yigitni ham hayron ham asabiylik qurshoviga tushdi va tez tez qadamlar bilan yigit tomon yaqinlashdi.
— bu yerda nima qilyapsiz
— seningcha, restaranda nima qilishim mumkin
— gapni aylantirmang bu yerga ovqatlangani kelmagnsiz, bu restaran siz kabi mijozlar uchun bir yulduzi kamlik qiladi.
— 1 yulduzlimi 5 mi farqi yoʻq yulduzi boʻlmasa ham qornim ochmi kelaveraman, sen uchun kelmayman albatta
Taehyung oxirgi jumlani aytgancha Taeri boʻyi tengi egildi
— umidvor ham emasman, bir birimizga halal bermay yashashimizni taklif qilib qolardim
— nima qilsang qil, omadingni bersin
Taehyung shunday deb mashinasi tomon yoʻnaldi va yana toʻxtab ortga qayrilgancha
— agar ishingda muammo boʻlsa eshiklarim doim ochiq
Qimmatbaho koʻzoynagini taqqancha mashinasini oʻt oldirib u yerni tark etdi.
— ataylab qilyapti
Oʻziga oʻzi soʻzlagancha restoranga kirdi qiz. Qoʻlidagi sumkasini doimiy joyiga ilgancha buyurtmalar stoliga tiralgancha oʻyga tolgan yigitni koʻrib yuziga tabassum yugurgancha u tomon yurdi. Shu 8 kun ichida Soobin Taerida yaxshi taassurot qoldirgandi va anchagina yaqin doʻstga aylanishgandi. Taeri ohista qadamlar bilan yaqinlashib yigitning yelkasidan qoʻli bilan turtib qoʻydi. Bu harakatdan hayollari tarqagan Soobin Taerini koʻrib jilmayib qoʻydi.
— hayrli kun
— oʻzinga ham hayrli boʻlsin, xoʻsh onangni ahvoli yaxshi ekanmi
— ha yan yaralari kengayyapti tezroq aperatsiya qildirishimiz lozim qonlari bulgʻana boshlayapti
Taeri ohista xoʻrsingancha soʻzlar ekan bundan Soobin ham oʻzini aybdor his qilgan koʻyi zoʻrgʻa Taeriga soʻzladi
— Taeri bilasanmi... Ochigʻi oldingda hijolatdaman, oʻylab ish qilishim kerak edi
— nimadir boʻldimi
Soobin endi gapiraman deganda oraga sovuq ohang bilan xoʻjayin qoʻshildi
— Taeri ishga kelib ovora boʻlma deb hech kim seni ogohlantirmadi chogʻi
— tushunmadim mendan biror xato oʻtdimi?
— gap senda emas manabu oʻzim boshimcha yigitchada menga hech qanday hizmatchini keragi yoʻq edi ammo u oʻrnimga qarorlar chiqarib doʻstini ishga taklif qilibdi
— lekin janob 8 kun davomida shu yerda ishladim ammo hech narsa demadingiz nega aynan bugun bunday deyapsiz
— qarorlarimni muhokama qilishga ruhsat bermadim
— boya ketgan yigit u aytdimi pul taklif qildimi? Janob pullar insonlar qadr qiymatidan ustunmi
— bu qanday surbetlik, restaranimga kelib koʻr koʻrona ochkoʻzlikda ayblayapsan, shuncha payt ruhsatsiz ishlab bu qanday beadablik, darxol koʻzimdan daf boʻl maosh haqida esa oʻylab ham oʻtirma
— pullaringiz boshingizda qolsin
Taeri soʻngi bor Soobinga qarab qoʻydida jahl bn retaranni tark etdi, Soobin esa yerga qaragancha jim qoldi.
Ancha kech tushib qolgandi Seulni deyarli yarmini aylangan qiz oyoqlarini bazor sudragancha oxiri chidolmay sumkasini yerga otib sochlarini toʻzgʻitgancha psixopatlar deb harakat qilib oxiri ogʻirligini piyodalar va mashina yoʻlagini ajratib turgan kichik toʻsiqqa tashladi
— taqdir meni bu odamga muhtoj qilyaptimi, yoki bu odamning oʻzi yoʻllarimni yopib qoʻydimi, butun shahar menga ish bermaydigan darajada men bilan nima ishi bor. Hh aqldan ozish mumkin
Boshini tepaga qaratib biroz yulduzlarni tomosha qildi va yana oʻrnidan siljib oyogʻini sudragancha uyi tomon yoʻl oldi.
Oyoqlarim meni buyrugʻimni bajarmayapti yana qanday qilib Kimlar uyi deya yozilgan peshtahta qarshisiga kelib qolganimni aqlimga sigʻdirolmayapman qanday qilib men bu odam bilan yuzma-yuz boʻlishim mumkin uning yuzimga qarab ustimdan kulayotganini tasavvur qilish bu mening kamsitilish darajamdagi eng olisi biroq men ilojsizman bu hayotda gʻururdan ham ustunroq narsalar bor. Qoʻlimga telefonni olib chuqur uhh tortdim va oʻzim uchun yoqimsiz boʻlgan raqamni terdim. Kutib turgandek telefonga javob berdi. Jin ursin yoqimsiz kulgusi telefon ortidan sezilib turibdi
— ortiqcha soʻzga xojat yoʻq men shunchaki ishimga qaytaman va hojayinim sifatida sizdan ortiqcha hech nima demasligingizni iltimos qilmoqchiman
— qoʻriqchilar eshikni ochib berishadi
Ortiqcha soʻz aytmadi va telefonni oʻchirdi. Hayratlanarli men undan hech boʻlmasa " baribir qaytib kelarkansanku " degan gapni kutgandim. Eshik yoniga taqillatish uchun yaqinlashdim lekin u ochiq ekanini sezib qoldim, eshikni sekin hovliga kirdim undan oʻtib esa uy ichiga kirdim, Taehyung aytgan qoʻriqchilardan asar ham yoʻq edi. Uy nihoyatda sokin, bu bir tomondan men uchun yaxshi boʻlsa bir tomondan yuragimni gʻash qilardi sekin oshxona tomon harakatlandim.
— mayli hech kim yoʻq ekan sokinlikda ishlarimni bitirib olaman
Oʻzimga oʻzim gapirgancha yigʻilib qolgan idishlarni yuvishga tushdim. Orqamda qandaydir ovozlarni payqadim, avvaliga eʼtibor bermadim, keyin yana sezgach ohistalik bilan qoʻlimni tova tomon harakatlantirdim. Ovoz yaqinlashganini sezib keskin ortga qaradim
Taehyung Taeri bilan aloqani yakunlab Minhiga qoʻngʻiroq qilishni boshladi ertalabdan beri singlisini koʻrmagani uchun undan habar olishni xohladi, bir necha urinishlar ammo u javob bermadi. Keyin Jungkookga qoʻngʻiroq qildi
— eshitaman
— Jungkook qayerdasan
— ofisda
— Minhi oʻsha yerdami
— yoʻq kechadan beri u ofisga kelmadi
— u qoʻngʻiroqlarimga javob bermayapti, uyda ham yoʻq edi
— nimalar deyapsan qanaqasiga yoʻq boʻladi
— bilmayman
— hoʻp hozir qayerdasan
— ofisga kelib qoldim
— yaxshi hozir chiqaman
Jungkook goʻshakni qoʻydida tezlikda pijamasini qoʻliga olib ofisdan otilib chiqib ketdi.