MY BELOVED BEAST
— hikoyadagi har bir voqea yozuvchining estetik hayoloti yuzasidan oʻylab topilgan —
Yoshi 20 lar atrofidagi qiz kutubxona boʻylab aylanar ekan kechagina 1000 nusxada chop ettirib ommaga havola etgan asarlari tez surʼatda sotilyotganidan mamnun boʻlgancha oʻquvchilar uchun moʻljallangan joyga borib oʻtirdi va sumkasidan katta planshetini oldi va sensirli ruchkasi uchini tishlagancha derazaga qarab gʻoyalar oʻylashni boshladi. Oradan yarim soat oʻtdi soat millari oʻtib borar ekan haligacha hech narsa yozmagandi.
Planshetini stolga qoʻyib ogʻirligini tashlagancha suyanib chuqur uhh tortdi va qarshisidan kelgan ovoz tufayli keskin boshini koʻtardi
— hech narsa hayolinga kelmayaptimi
Yoshi 30 lar atrofidagi ayol qoʻlida qizning yozgan kitobini varaqlagancha gapirdi
— Hayrli kun,
Mulozamat va biroz hayronlik bn gapirdi Arlian
— toʻgʻrisini aytsam ha lekin buni qayerdan bildingiz
Yanada yaxshiroq stolga joylashdi. Ayol kitobni qoʻydi va u ham qizning koʻzlariga tikilda va pushti lablarini oʻrta kenglikda yoyib jilmaydi
— menam toʻgʻrisini aytsam sen bn birga kitob doʻkoniga ortingdan kirgandim eʼtiborimni tortding bu yerlik emasmisan
— yoʻq bu yerlik emasman, Ha aytgancha ismim Arlian, Arlian Harveston Fransiyalik yozuvchiman men haqimda eshitgandirsiz menga nisbatan " Young, but gold " atamasini ishlatishadi
Qiz ayol bn yaqinroq tanishib oʻzi haqida undan maqtovli gaplar eshitishni xohladi va tez gapirgancha mushtarak koʻzlar bn ayolga tikildi
— ochigʻini aytsam yoʻq, ammo tanib olaman, men Hyeong man Jung Hyeong
Arlian yosh bolalarcha xafa boʻlgandek qilib lunjini shishirib oldi va ayolning qoʻlini siqib qoʻydi. Zum oʻtmay, ming xil xarakterligi tutib qolib yana ayolni gapga tutdi
— Hoʻsh Jung xonim kim boʻlib ishlaysiz, nimalar bn shugʻullanasiz
— men qoʻshiqchiman, ammo asosan qoʻshiq yozish bn shugʻullanaman va 30 dan ortiq qoʻshiqlar muallifiman
— ajoyib bu darajaga yetish oson boʻlmagandira, menga aytib bera olasizmi balki qiziqarli asar yozaman, odamlar uchun hayotiy vaqealar qiziq
Arlian qoʻliga planshetini oldi va sensirli ruchkani qoʻlida aylantirib, diqqatini ayolga qaratdi
— kel yaxshisi senga boshqa hikoya aytib beraman
— nima haqida
— bir qiz haqida, bu hikoyani qanday tariflash esa senga bogʻliq
— oʻhoo halitdan qiziqib ketyapman tezroq aytaqoling
— unda eshit...
21-asr yozlaridan biri hamma narsaning eng avj pallasi, ish, hayot, muvaffaqiyat, sevgi, jirkanchliklar va pok tuygʻular hammasi birda kimdir hamma narsaga ega hayotda yashashdan maqsad faqat kayfu - safo qilish, kimdir esa shu kayfu - safo evaziga kun koʻradi.
Hozirgi kunning eng trenddagi raqsbop qoʻshigʻi klubni larzaga solgancha yangrar ekan unga oʻyinga tushyotgan odamlarga hatto koʻz qiri bilan qarab boʻlmasdi qanchalar jirkanch, nopok hirslar butun tanasini egallab olgan bu yigit qizlarni hozir ayni damdagi maqsadi ham oʻynash ham ehtiyojlarini qondirish edi. Jungkook ham shundaylar orasida raqsga tushar ekan hech kimga eʼtibor bermasdan avjiga chiqardi va ora orada uni chettan kuzatib turgan Taehyungni oʻzi tomon chaqirardi.
Yana har doimgidek shu yerga keldim alkagol hidiga toqat qilolmayman meni sezgi aʼzolarimning eng ashaddiy qotili aslida ammo majburman, boshqa hech bir joyda bu yerda beriladigan mablagʻlarni qayta topolmayman yana ozgina yana ozgina fursat keyin albatta boshqa joy topaman, hayotimiz bundan yaxshiroq boʻladi, sabr qil Hyeong... Sabr.
Qiz oʻziga oʻzi gapirgancha ishlashda davom etardi. Har tomonga likkillayotganlarning qoʻlidan qadahlarni terarkan birdan ortidan kelib turtgan odam tufayli qoʻlidagi patnisni tushirib yubordi.
— hoy qizaloq koʻzinga qarab yursang boʻlmaydimi
— buzilgan hayollaringni yigʻib atrofinga qarab yursang boʻlmaydimi
Qiz yerdagi boʻlaklardan koʻzini yigit tomon oldi va alam bn baqirdi. Jungkookni kayfi tarqab qizga yaqin keldi
— ovozingni koʻtarmaslikmi maslahat beraman, kim bn gaplashyotganingni bilmaysan chogʻi
— sendek gazandalar tinchkina ishini qilib yurganlarga halaqit bersay-u yana jimgina qarab turish kerak ekanda a?
Hyeongning alam-u gʻazabi burnigacha kelgandi. Chunki singan idishlar uchun u yo ishdan boʻshashi yoki maoshsiz qolishi aniq edi.
Jungkook qizning tirsagidan mahkam siqimladi va
— yerdagi axlatingni tozalab koʻzimdan yoʻqol
Deya Hyeongni chetga itarib, anchadan beri ularni jim kuzatyotgan Taehyungni yoniga bordi
— lanati qoʻgʻirchoq kim bn oʻynashyotganini bilmaydi shekilli
— eʼtibor berma bunaqalar hali koʻp uchraydi
Hyeong gʻazabdan butun tanasi titrar ekan qon-qonigacha singib ketgan qasoskor va qaysar harakteri tufayli shaht bn yigitlar tomon harakatlandi va qoʻliga katta idishga solingan piyvani olib Jungkookning yuziga sepib yubordi.
— sen
Jungkook endi vatamom aqldan ozar darajaga yetgandi. Vajohat bn oʻrnidan turar ekan, qarshisidagi maxluqdan hadiksiragan qiz yarim qadam ortga siljidi
— ahmoq, bitch seni sogʻ qoʻymayman
Oʻljasiga tashlangan sherdek otilgan Jungkookni Taehyung ushlab qoldi
— Jungkook bas qil u qiz bola
— qoʻyib yubor bu lanatiga dars berib qoʻyaman
— oʻzingni bos jahl ustida obroʻyinga putur yetkazma hamma senga qarab turibdi
Taehyung Jungkookni tinchlantirishga urinar ekan sezdirmay Hyeongga ket deya ishora qilar ekan qiz orqasiga qaramay katta tezlikda klubdan qochib ketdi.
— 1 soatdan soʻng —
Hyeong oyogʻini sudragancha uyi tomon yaqinlashdi, soat tungi 3 lar onasi uxlaganiga umid qilgancha sekinlik bn uyga kirdi va tanish oyoq kiyimni koʻrib qoshlarini chimirdi.
— bu takasaltang navbatchilikda qolishi kk emasmi yoki yana ishdan boʻshadimi, hoy ramase
Hyeong endi shaht bn toʻpalon qilishga otlanganda vaqt allamahal ekanini tushundi. Oʻzini bosib olgancha xonasiga koʻtarilib oʻzini divanga tashladi
Endi nima qilaman, qayerdan ish topaman, ustiga ustak Jaemin, axx Jaemin nega bunchalar loqaydsan aqalli sen ishda qolsang boʻlardiku.
Qiz bezovta hayollar bn qanday uyquga ketganini ham bilmay qoldi.
Hyeong kam uyqulik tufayli xarsang kabi bosayotgan boshini changallab pastga tushdi va koʻzi bemalol ovqatlanib oʻtirgan akasiga tushishi bn bosh ogʻrigʻi esdan chiqib shiddat bn stol yonida paydo boʻldi.
— haydashdimi yoki ketdingmi
— bu gapni qayerdan olding
— koʻp gapirma kecha navbatchilik qilishing kk edi
Jaemin qoʻlini va ogʻzini sochiqqa artib stolga ogʻirligini tashlagancha
— hoʻp ketdim shunga nima boʻlibdi
— Jaemin nima boʻlibdi deganing nimasi axir...
— qizalogʻim uygʻondingmi
Qiz gapini tugatmasidan onasi qoʻlida quymoqlar bn oshxonadan chiqib keldi
— ha oyi
— kecha, kech kelgan koʻrinasan koʻzlaring osti qorayib qolibdi balki, boshqa joyda ishlarsan axir kunduzi farroshlik qiladigan joylar ham borku pulni koʻp berar ekan deb bunday kechgacha qolib ketishing yaramaydi
Jung xonim Hyeongning klubda ishlashini bilmasdi, agar bilgan taqdirda bunga aslo ruxsat bermasdi.
— hoʻp oyi boshqa ish topaman
— mana bu takasaltangga ham top yoʻqsa bir oʻzingga qiyin boʻladi
— ishdan boʻshaganidan habaringiz bormi
Hayron qoldi Hyeong
— exx qizima oʻz tuqqan bolamni bilmas ekanmanmi
*
— oyi biz ketyapmiz
Oyoq kiyimini kiygancha onasini chaqirdi Hyeong
— mayli bolalarim omad, albatta bugun ishlaringiz yurishib ketadi
— albatta
Aka - singil uyidan uzoqlashar ekan koʻcha boʻylab aylanishdi
— agar ozgina boʻlsada maʼsuliyatli erkak boʻlganingda, koʻchada bunday sarson boʻlmasdik
— agar sen ham bir marta boʻlsa ham gʻururingni chetga surganingda bunday yurmasdik
Aka- singil bir birini yodlab olgan edi. Doim Hyoeng nimadir desa Jaeminning ham quroli oʻqlangan turardi
— shifokorlar aperatsiya tezlashtirish kk deyapti
Oz muddatli sukuddan soʻz gap ochdi Jaemin
— qancha
— uzogʻi bir oy, pul topmasak boʻlmaydi, oyim oʻlishi mumkin
Hyeong jim boʻlib qoldi yoʻlni oʻrtasida yigʻlab eʼtiborni tortmaslik uchun lablarini tishlari orasiga oldi
— hali hammasi yaxshi boʻladi, ishlarimiz yurishib ketadi
Hyoeng shunday deb Jaeminning yelkasidan qoʻlini oʻtkazib oldi va yoʻl chetida turgan eʼlonga koʻzi tushdi.
Eʼlonda uyga xizmatchi yoʻllash haqida yozilgandi va qandaydir raqam va uy manzil yozilgan edi
— Jaemin qara
— hozir qoʻngʻiroq qilamiz
Goʻshak koʻtarildi va
— hayrli kun eʼlon boʻyicha qoʻngʻiroq qilyotgandik
— ...
— ha
— ...
— ha albatta, hoziroq yetib boramiz
Aloqa yakunlandi.
— hoʻsh
— qani yur singiljon baxt qushi yelkamizda
Hyeong Jaeminning gaplaridan xursand boʻlib unga ergashdi.
Ulkan uy qarshisida toʻxtagan aka singillar qoʻngʻiroqni chalar ekan eshikni oddiy ammo nafis kiyingan qiz ochdi
— Anyeong
Qiz iliq tabassum bn Hyeong va Jaeminni kutib olar ekan Jaemin qizga koʻzi tushishi bn oyoq uchidan to soch tolasigacha skaner qildi va shaxvoniy kulib qoʻydi biroq bir biri bn ovora qizlar buni sezmadi
— Salom xonim, biz eʼlon boʻyicha kelgan edik
— ha kiravering ogohlantirishgan edi. Ismim Kim Minhi
— men Hyoengman xonim
Minhi avval Hyeong bn keyin Jeamin bn qoʻl berib koʻrishar ekan Jaemin Minhini qoʻlini siqayotib sezilar sezilmas silab qoʻydi, bundan biroz hijolat boʻlgan Minhi ahamiyatsiz qoldirib ularni uyga taklif qildi
— demak ishingiz haqida tushuntirib oʻtsam, Hyeong sen, ha aytgancha senlasam maylimi
— albatta xonim
— sen uyimizda xizmatchilik qilasan, ovqat qilish tozalik, hamma narsaga eʼtibor qaratasan asosan ishing shundan iborat, ha avvalo maʼlumotingizni koʻrsam boʻladimi?
— albatta
Hyeong Minhini qoʻliga oʻzini va Jaeminni shaxsini tasdiqlovchi hujjat va bir necha maʼlumotnoma tutqazdi
— ajoyib, ishga qabul qilinasiz ammo muhim qoidalarni eslab qoling, akamning injiqliklari sabab birorta xizmatchi qolmadi hisob faqat anchadan beri ishlayotgan qari xizmatchimiz Chan xonim bor biroq endi u ancha qari doim ham bizni xizmatimizni qilolmaydi
— hoʻsh
— Hyeong maoshingdan xavotir olma 2 baravar toʻlayman, ammo iltimos akamni injiqliklariga chidayman deb vaʼda ber
— men haligi
— chidaydi
Birdan aytilgan bu soʻz ikkala qizni ham eʼtiborini tortdi va Hyeong Jaeminga qarab maʼnoli qosh chmirib qoʻydi biroq u bunga eʼtibor bermay Minhiga yuzlandi
— hoʻp men nima qilishim kerak
— sizni ishingiz juda muhim Jaemin bizga ham haydovchilik ham qoʻriqchilik qilasiz, tajribangiz bor ekan, faqat sitqi dildan ishingizni bajarishga vaʼda berasizmi
— albatta menga ishonsangiz boʻladi
— demak kelishib olgan boʻlsak joylashishing mumkin Hyeong
— nima men shu yerda yashaymanmi
Qiz hayron boʻlgancha Minhiga yuzlandi
— albatta, axir aytdimku eng sodiq xizmatchimiz boʻlishingni xohlayman deb, hoʻsh
Hyeong bir Minhiga bir Jaeminga qarab qoʻyar ekan Jaemin bosh qimirlatgach rozi boʻldi.
Vanihoyat butun uyni yigʻishtirib boʻldim uy koʻrinishidan toza koʻrinmasin koʻz ilgʻamas changlari bir tuyaga yuk edi, ochigʻi oldin hech ham buncha koʻp ishlamagan edim, Minhi koʻp pul taklif qilgani ham bejizga emas. Nachora shukur qilib ishlashim kk onam uchun, nimayki boʻlsa ham tayyorman.
Oshxonada soʻngi ishini yakunlab uxlash uchun oʻzi uchun ajratilgan xonaga ketyotganda birdan ortidan kimdir kelib quchganda endi baqiraman deganda vaqt allamahal ekanini va uni quchib turgan odam gʻirt mast ekanini sezdi
— singiljon xonamga eltib qoʻysangchi, eshityapsanmi oyoqlarimni sezmayapman axir
Chiroq oʻchiq boʻlgani uchun odam bir birini ilgʻashi qiyin edi, Yigit mastlikda Hyeongni singlisi deb oʻylardi.Hyeong sekinlik bilan yigitni tanasini koʻtarishga harakat qilib u tomon oʻgirlar ekan yigit yanada ulkan tanasini kichik jussaga mixlab qizni bagʻriga bosib yuzini qizni boʻyniga koʻmdi
— sendan nega dafnani hidi kelyapti, doim atirgul ifori taralib turardiku, negadir boʻying oʻsganmi Minhi bu senmisan
— Aka
Birdan chiroq yonib butun uy nurga toʻldi, aka soʻzini uzoqdan eshitgan yigit boshini koʻtarib qizga qaragancha nimalarnidir eslab koʻzlarini katta katta ochdi
— Sen...