MY BELOVED BEAST
— sen klubdagi qiz
— siz
Hyeong birdan Taehyungni oʻzidan itarib yubordi
— men haligi
— bir biringizni taniysizmi
Minhi ularga yaqinlashgancha dedi
— ha eski tanishlar
— qoʻyil shunaqa eski tanishlarni chaqirib turish kerak ekan kayfingiz tez tarqab ketarkan
— maynavozchilikni bas qil, xonamga ortimdan suv olib bor
Hyeongga qarata dedi Taehyung
Birozdan soʻng qoʻlida suv bn kirgan qiz divanda choʻzilib yotgan yigitni koʻrib uxlab qolgan deb oʻyladi va suvni qoʻyib endi chiqib ketaman deganda kuch bn bilaklari ortga tortilar ekan toʻgʻri yigitning qarshisiga oʻtirib qoldi
— nima qilyapsiz qoʻyib yuboring
— sen qiz qadamingni oʻylab bosmaysan chogʻi, yoki nima xavf bn oʻynashish senga yoqadimi yoki
— men ishlayapman xolos, keyin meni muammoyim doʻstingiz bilan siz bilan emas
— bu yerdan ket, ortiqcha muammo kerak boʻlmasa
— nima qilishni oʻzim bilaman, men singlingiz bilan kelishib olganman va qolishga vaʼda berganman
— qaysar mushuk aytganimni qil, bir kun ham menga chiday olmaysan
— bu meni ishim baxtga qarshi hoʻjaynim ekansiz men chidayman va hech qayerga ketmayman, men ishlayman
— yaxshi koʻramiz qachongacha chidar ekansan
Taehyung shunday deb uni qoʻyib yubordi va divanga oʻzini tashlab koʻzlarini yumib oldi, Taeri esa oʻrnidan turib istehzo bilan kiyimlarini toʻgʻirlab xonani tark etdi.
Erta tongda aka singillar ovqatlanar ekan Taeri quymoqlarni ularning oldiga qoʻyib, quymoqlar ustidan endi qiyom quyayotganda birdan Taehyung qoʻlidan ushlab toʻxtatdi.
— menga quymoqni qulupnay murabbosi bilan birga yeyishni yoqtiraman,
— yaxshi
Taeri oshxonaga borib qulupnay murabbosini olib kelib endi surtmoqchi boʻlganda
— yoʻq negadir endi quymoq yegim kelmayapti yaxshisi tuxum qovurib kel men uchun boʻlaqol
Taehyungni beqarorliklaridan sabri toʻlayotgan qiz nigohi Minhiga tushar ekan Minhi aytdimku degandek ishora qildi
— hoʻp... janob...
Qiz oʻzini bosgancha 2 dona tuxumni qovurib keldi va endigi gapdan soʻng battar jazavasi qoʻzidi
— buncha sekin qinirlamasang ishtaham boʻgʻildi buni endi oʻzing yeyishing mumkin
Taehyung ataylab oʻynoqi soʻzlar bilan qizni asabiga tegdi
— Janob Kim sabrim bn oʻynashish yoqyaptimi
— qarshilik koʻrsatishga haqqim bor deb oʻylaysanmi xohlasang shu yoki iahdan boʻshashing mumkin
Taeri hech narsa demadi shunchaki shu ishdan ham ayrilmaslik uchun alamini zoʻrgʻa ichiga yutib oʻzini bosdi.
— aka oshirib yubormayapsizmi, axir bechorani tovbasiga tayantirasizku
— ishlarimga aralashma Minhi nima qilyotganimni yaxshi bilaman, shu yerning xizmatchisimi bu degani mening ham xizmatchim uni istaganimdek ishlataman, qarshiliklar bormi
— yoʻq aka sizga qarshi chiqib boʻlarmidi
— tezroq kampaniyaga bor bugun muhim namoyish bor, kecha malikasi taqdimoqti, hammasi koʻngildagidek oʻtishi kk
— siz bormaysizmi
— boraman bir ikkita ishlarim bor uyda qiladigan
— aka
— ket
— yaxshi kuningiz hayrli oʻtsin
Minhi shunday deb uyni tark etdi. Taehyung meynomxonaning shisha qismidan yaqqol koʻrinib turgan oshxonada ishlayotgan qizga qaragancha
— oʻzim seni qoʻlga oʻrgatib olaman chayr boʻricha...
Kechga muhim taqdimot boʻlar ekan hamma iloji boricha ofisda tezroq ishlarini bitkazishga oshiqar edi kechki Taqdimot Yulduzi esa Minhi edi. Uzun qora koʻylak kiygan qizni har tomondan pardpzchilar oʻrab olgan iloji boricha tezroq makiyaj qilib bu goʻzallikni suratlarga muhrlash uchun oshiqishardi. Va soʻngida hammaning nigohlarini rom etgan bu qizga chettan qarayotgan bir nigoh boshqacha iliqlik berardi.
Tunmay turli pozalarda turib rasmga tushayotgan sevgilisini zimdan kuzatayotgan Jungkook yanada unga nisbatan mehri joʻshib boraverardi. Goʻyoki Minhining egnidagi qora koʻylak oq ranga kirib u uchun kiyilgan toʻy libosidek koʻrinardi goʻyoki.
Suratga olish ishlari tugab Jungkookni koʻrgan Minhi beixtiyor tabassum qilgancha etagini koʻtarib yugurgancha oʻzini Jungkookni quchogʻiga otdi. Yigit sevgilisini quchib aylantirdi va yerga qoʻyib endi oʻpaman deganda qiz qarshilik qildi
— hoy uyatsiz nima qilyapsan hamma qaratyaptiku
— nima boʻlibdi, oʻpsang oʻzimni sevgilimni oʻpamanda
— qoʻysangchi, hoʻsh aytchi koʻrinishim qalay
— juda goʻzal, jahonga dunyolarga tatigulik goʻzalsan, sevgilim
Sevishganlar bir birga iliq tabassum qilib suhbatlashar ekan ularning suxbatiga anchadan buyon Minhini chetdan kuzatib turgan Jaemin aralashdi
— sizga hamma narsa yarashishini bilardim ammo bu darajada deb oʻylamagandim, nihoyatda betakrorsiz
Minhi Jaeminning soʻzlariga mulozamat bn javob qaytarar ekan Jungkookning avzoyi buzilib ketdi
— sen kimsan
— Jungkook tanish bu Jaemin, meni ham haydovchim ham qoʻriqchim, bilasan xavfsiz emasaman
— himoya qilish kk boʻlsa men borman ortiqcha odamlar shart emas
— Jungkook bas qil, sen doim ham yonimda boʻlolmaysanku
— menga ishonavering janob xonim men bn xavfsiz
— meni uzoqdagi xavfdan koʻra yaqindagisi xavf tugʻdirishiga ishontirma, har kimga ham ishonavermayman
Jungkook Jaeminga maʼnoli qarab qoʻyar ekan Jaemin ham jiddiy nigohini saqlagancha uni koʻzlariga tikildi. Bundan noqulay boʻlgan Minhi vaziyatni qoʻliga oldi.
— kelinglar yaxshisi uyga boraylik akam kelaman deganiga ancha boʻldi ammo undan hali darak yoʻq
— yuraqol sevgilim takasaltang akang yana hamma ishni bizga tashlab qoʻymoqchi koʻrinadi.
Oshxonada ishlarimni tugatib Balkonga chiqdim atrofga nazar solar ekanman yengil shabada yuzimga urildi. Naqadar sokin keng uyning har bir burchgidagi daraxtlar shu darajada mohirlik bilan ekilgan-ki oʻzga dunyoning oʻzgacha xusni, moʻjizasi kabi. Oʻzimni endigina yengil his qila boshlab chuqur nafas olib koʻzlarimni yumdim soniyalar ichida koʻzimni ochib soʻngi rusmli Porche mashinasidan tushib, Minhini belidan quchgancha kelayotgan odamni koʻrim tirnogʻimni uchidan tepa soch tolamgacha titrab ketdim. Orqaga tisarilib sekin qoʻzgʻalar ekanman oʻsha kungi vajohati hamon koʻz oʻngimda edi. Yana qochdim, bu safar ham, goʻyoki oʻlimi yaqin echkidek tipirchilab qayerga qanday qochishni bilmasdim, oxiri oldimdan chiqqan birinchi xonaga otilib kirdim.
— birovlarni xonasiga ruxsatsiz kirish odobdan emasligini oʻrgatishmaganmi
Ovozdan birdan seskanib ketdim bu Taehyung edi. Noiloj qolganimdan nafaqat tanam balki tilimdan chiqqan soʻzlar ham jilovsiz edi.
— janob Kim iltimos menga yordam bering u.. u shu yerda
Taehyungning yengidan ushlab olib tashqari tomon ishora qildim
— kim... Kim keldi.
Taehyung qoshlarini hiyol chimirib yuzini menga yaqinlashtirdi
— doʻstingiz, klubdagi u meni aniq oʻldiradi oʻsha kungi vajohati hali koʻz oldimdan ketmaydi
Gapirish barobarida koʻzlarimni pir-piratgancha nafas olishga harakat qilardim. Ammo Taehyungning reaksiyasidan asabim buzildi. Qaddini rostlab menga mazahomuz qaragancha kulardi, men esa haligacha hech nimani tushunmay ahmoqqa qaragancha uni kuzatdim
— koʻrinishingdan diyonatli, qaysar qiz deb oʻylagandim oʻylab qarasam gʻirt quyon yurak ekansan
Uning gaplaridan soʻng hayolimni jamlab oʻzimni holatimni oʻylab asabim buzildi. Bu odamni yonida chorasiz qolish bu juda daxshatli
— men shunchaki... Men... Borishim kerak
Vaziyatdan shunchaki ketish bilan chiqib ketmoqchi edim, biroq eshikka tiralgan uzun qoʻllarni koʻrib ortga qayrildim
— shu yerda oʻtir, u oʻsha kuni mast edi, lekin Jungkook osonlikcha unutmaydi...
Taehyungning nigohlari... U goʻyo lablari bilan emas nigohlari bilan gapirgandek tuyuldi. Shunchaki boʻysundim va qaddini rostlab, eshikdan chiqqancha zinadan pastga tushgancha koʻzimni uzmadim va oʻsha yigitni koʻrishim bilan eshikni yopib oldim.
— Janob Jeon biz tomonlarga qadam ranjida qilibdilar, hoyna hoy sevgilisi uchun boʻlsa kerakda
— Janob Kimhatto uyimga bormay qoʻyganini inobatga olib doimgidek yana oʻzim koʻrgani keldim
Doʻstlar bir-biriga yaqin kelib quchoqlashgancha koʻrishishdi...
Taehyung chiqib ketgach eshikdan uzoqlashib xonasiga koʻz yugirtira boshladim. Xonani sinchkovlik bilan kuzatar ekanman xona did bilan bezalganligiga amin boʻldim. Xona antiqa buyumlar va turli sertifikatlar bilan toʻldirilgan edi.
Va albatta oʻzining suratlari koʻrinib turibdiki u oʻzini juda sevadi. Borgan sari unga qiziqishim ortib borardi mukammal tanasi va yuzini koʻz-koʻz qilgan. Eng hayratlanarlisi unda onasi va singlisidan oʻzganing rasmi yoʻq, nahot uning hayotida biror ayol yoʻq. Ehtirosli koʻzlar, lablar, mukammal tana har qanday nopok hislarni jumbushga keltiradi lekin doim uning tushunarsiz injiqliklari buni inkor qiladi. Nihoyat suratlaridan koʻzimni uzib diqqatimni uning kichik shikafining ochiq qolgan tirqishidan koʻrinib turgan yaltiroq narsaga qaratdim. Qiziqqonligim yanada joʻshib shikafchani ochdim bu narsa taxminan 35 sm chiqadigan keramika va oltin suv yugurtirilgan qurol edi. Lekin u qurolni nima qiladi.
— Taeri...
Ortimdan kelgan ovozdan keskin ortga qaradim va oʻzim bilmagan xolda qurolni toʻgʻirladim.
Taehyung bir qurolga qarab qoʻydida ogʻir qadamlar bilan qoʻrquvsiz men tomon qadam bosdi...