My wings
Atrofda hamma maydondagi qizga hayrat ila qarab tutar ekan Wan ham bundan hayron ham qoʻrqan edi va birdan usta Geozar oʻrnidan qoʻzgʻaldi va biroz qizga qarab turdi va hammaning nigohi unga qaratildi va oradan biroz vaqt oʻtib u Wanga qarata imtihondan oʻtganiga ishora qildi va Wan bundan biroz hayratlandi va hursand boʻldi va hakamlar yaʼni maktabning barcha oʻqituvchilari va boshqa oʻquvchilar orasida oʻzaro muhokama boshlandi va bu orada Minhi va Taehyung ham hayratini yashira olmayotgan edi va bu orada yaʼna ikki inson ham .
Imtihon ham oʻtdi va oʻquvchilar saralandi va hammaga katta zalga yigʻilishdan oldin tanaffus berildi va bu orada Wan maktab boʻylab aylanayotgan edi va hamma unga qaragancha nimalarnidir shivirlardi va u bu holatdan biroz noqulay boʻlardi va tezroq yoʻqotib qoʻygan sherigini topishga harakat qilardi. Hamon Minhini qidirayotgan Wan deyarli butun qasrni oʻrganib chiqqandi va birdan koʻzi qiya ochid turgan eshikka tushdi va ichkarida kimdir borligini fahmladi ichkariga sekin moraladi ammo ichkarida hech kim yoʻq edi. Wan sekin eshikni ochdida ichkariga yaxshilab nazar soldi va ichakaridagi goʻzallikni koʻrib tamoman lol qoldi va angraygancha xona ichkarisi tomon yurib borar ekan oyogʻi ostidagi muz maydonini fahmlamagan edi yoshligida qorni muzni koʻrgan boʻlsada hech qachon uchib koʻrmagan edi ( besoʻnaqayligi sabab ) shu payt birdan oyogʻi toyib muvozanatni yoʻqotdi va endi yiqiliman degan bir paytda nozik bellaridan ushlagan baquvvat qoʻllarni his qildi.
Men butkul hayratda edim hayotim davomida bunday goʻzallikni koʻrmagan edim ochigʻi koʻp muxliklarni koʻrganman ammo bir inson tomonidan qilingan bunday manzarani koʻrmagan man. Hona goʻzalligiga mahliyo boʻlib oyogʻim ostidagi muzni butkul unutibman. Oʻ yoʻq tamom hoz qulayman qattiq ogʻrisa kk yoki yana qayerimnidir sindirib olaman... Yoʻq yiqilmadim kimdir meni ushlab oldi kim ekan bu
Qiz qoʻrqqanidan chirt yumib olgan koʻzini asta ochdida haloskorining yuzlariga tikildi va bu oʻsha xaloskori yani ikki karra xaloskori edi
Yigit shunday degancha uni ushlab turib gapirar ekan Wan shunchaki unga tikilgancha qarab turgan edi
Wan bu gapdan oʻziga keldi va uni qoʻllariga suyanib turganini koʻrdi va tezda oʻzini oʻnglab turgan bir paytda yana muvozanatni yoʻqotdi va endi yiqiliman degan bir paytda yana uni yigit ushlab oldi
Wan biroz uyaldida sekin qoʻzgʻalib undan mahkam ushlab oldi va yigit bunga hech qanday reaksiya bildirmadi va uni quruq joyga chiqarib qoʻydi va
- Senga yana aytaman bu yerda oʻzingga hushyor boʻlib yur yoʻqsa sen bn yomon xodisa yuz beradi shuni unutma va yana bir gap bugun sinovda qilgan ishing ham senga yordam beramaydi
Wan boshini yerga qaratgancha hoʻp deganday silkiddi va yigit bunga miyigʻida jilmayib ketayotgan vaqt kimdir uni kiyimidan ushlaganini sezib ortga qayrildi
- Hech boʻlmasa ismingni aytib ket ( Wan shu paytgacha hamma uni qoʻl harakatini tushungani uchun u ham buni tushunadi deb oʻylagandi va tahmini toʻgʻri chiqdi )
- Soonghun mening ismim Soonghun muz saltanati shaxzodasi. Senikichi omadsiz qiz
Bu gapdan keyin Wan keskin unga qarab yuzini burishtirdi
Wan biroz ensa qotirdi va qoʻllarini qimirlatib ismini aytdi "Wan" " Haewan"
- Yaxshi Wan koʻrishguncha bundan keyin seni qutqarib qolishimga toʻgʻri kelmaydi ortiq deb umid qilaman
Soonghun shunday deb ketib qoldi Wan esa qoshini chimirgancha hayron boʻlib qolib ketti
Anchadan beri zalda sherigini kutayotgan qiz sherigi uni qidirayotganidan behabar uni kutardi va birdan uni yonidan oʻtib ketayotib unga ham gap tashlab oʻtib ketayotganidan ensa qotirdi
- Qiziq kimlardir bugun kimlarnidir uslubi bn sinovdan oʻttimi
- ( Koʻzini koʻz kosasi boʻylab aylantirgancha uh tortib) Nima bu uslubga mualliflik huquqing bormi yoki nima sen tomondan asos solinganmi buni hammamizga oʻrgatishgan
- Balki lkn agar sen mendan koʻchirmaganingda hech narsa qilolmasding
- Menga qara nima qilsam ham sinovdan oʻtardim va agar sen buni mendan oldin qilganing uchun oʻzingdan faxrlanayotgan boʻlsang unda faxrlanib yuraver
- Hh 😏 nima qilasan qanday oʻzingni koʻrsatasan bu seni ishing lkn shuni bilib qoʻyingki mendan oʻtib hech narsa qilolmaysan men baribir doim bir qadam oldinda man aynan hozirham
- ( Minhi unga ola qarash qilib turdida keyin miyigʻida kulgancha) Yaxshi koʻramiz keyinam shu basharang mamnun kularmikan
- Albatta aslo xavotir olma
- ....
- Mayli senga omad ( u shunday deb ketib qoldi )
- Ablax kalamush ( gʻazablangancha) Jungkook Minhini yonidan ketayotib eshikdan kirayotgan Wanga koʻzi tushdi
- Jungkook Minhini yonidan ketayotib eshikdan kirayotgan Wanga koʻzi tushdi
U shunday deb Wanni oldiga bordi
Wan oldiga kelgan yigitga hayron qarab salom deganday sal taʼzim qildi
Wan biroz uyalgancha ha deganday bosh qimirlatdi
- Qoyil qilding lkn seni oldin hecham koʻrmagan ekanman ( qiziquvchanlik bn )
- Men ham sizni koʻrmaganman ( qoʻllarini qimirlatib )
- Nima
- Meni tushunmayapsizmi ( qoʻllari bn)
- Sen gapirolmaysanmi
Wan boshini silkitib xoʻrsinib qoʻydi
- Ha tushunarli bu biroz achinarli lkn nailoj bu seni qoʻlingda emasku ( biroz yaqin kelib ) nima boʻlsa ham boʻsh kelma bu yerda senga oʻxshaganlarga oson boʻlmaydi gʻaroyib qizaloq
Jk shunday deb unga koʻz qisib qoʻydi va zalni tark etdi. Wan esa eshitganlarini biroz tahlil qildida endi ketaman deyotganda kimgadir urilib ketti
- Bu nimasi (deb gʻinshiyotgan yigit qoqilib ketgan odamini koʻrib yuzi oʻzgardi va ) bu senmisan Wan
- Ha
- Qoyil seni uchrataman deb oʻylamagan edim ochigʻi meni lol qoldirding nafaqat meni balki butun maktabni ham seni birinchi marta koʻrganimda bunchalik kuchli ekaningni biomagandim
- Men ham bilmagandim bu qanday boʻlganini bilmayman hammasi birdan boʻldi ( qoʻllari bn)
- Nima boʻlganda endi sen hammani eʼtiboridasan oʻzingni koʻrsat va bugun seni kuchlilar guruhiga qabul qilishadi deb oʻylayman
- Rostanmi ( hayron boʻlgancha )
- Ha oʻzongni koʻrsat ( Taehyung shunday deb jilmayib Wanni boshini silab qoʻydi )
Wan birdan Minhi kelgani uchun u tomonga qaradi va Taehyung ham undan qoʻlini oldi va Minhi ham Taehyungga biroz hayron qarab yana Wanga yuzlandi
- Nima qilib yuribsan qani kettik
- Hoʻp ( Wan shunday ishora qilib Taega jilmayib hayr deganday qilib Minhi bn ketti )
Taehyung esa uni ortidan jilmayib qoʻydi va biroz qarab keyin oʻz joyiga ketti. Birozdan keyin barcha kutgan vaqt keldi va bu orada Jungkook ham keldi.
Qoʻngʻiroq ovozi jarangladi va usta Geozar soʻzga chiqdi
- Qadirli oʻquvchilar barchangizni Mortal Louis maktabida oʻquvchi sifatida tanlab olinganingiz bn tabriklayman. Bu natijaga erishish hammani ham qoʻlidan kelmaydi va bu yerda soʻngiga qadar qolish ham koʻpchilik buyuk afsungar va mavjudodlar shu yerdan chiqqan va bu butun olamdagi yagona qudratli maktab emas va siz bizni maktabimiz shani va oʻz mahoratingizni va kuchingizni toʻgʻri ishlatishni oʻrganish uchun ham bu yerda oʻqiysiz shunday ekan oʻzingizni koʻrsating
Bu soʻzlardan soʻng hamma baralla baqirdi va yana tinchlik saqlandi
- Endi esa sizlarni ikki guruhga ajratamiz qaysi guruhda oʻqishingizni esa mana bu kitob hal qiladi siz esa shunchaki unga qoʻl tekkizasiz
Shunday qilib hamma birin ketin kelib kitobga qoʻl tekkiza boshladi va kitob guruhlarga ajrata boshladi va navbat Taehyungga kelgan edi va kitob Taeni Mortal uchun tanladi . Keyin yana bir necha kishidan soʻng navbat Jungkookka keldi va kitob uni Louis uchun tanladi va keyin navbat Minhiga keldi va uni kitob Louis uchun tanladi. Bir necha navbatdan keyin Soonghunga keldi va kitob uni Louis uchun tanladi va birozdan soʻng navbat Wanga keldi u kitobga yaqin keldi va chuqur nafas olgancha kitobga qoʻl tekkizdi kitob avvaliga uni Louis uchun tanladi biroq nimadir yuz berdi va birdan kitob rangi oʻzgarib uni Mortal uchun tanladi koʻpchilik bundan hayratga tushdi biroq direktor Geozar hotirjamlikni saqlagancha
Wan bundan biroz hayron va hafa edi chunki Minhi Louisda edi va Wan joyiga bordi va
- Havotir olma ikkita guruhda boʻlsak ham bitta xonadamizku bir birimiz bn oz muddat boʻlmaymiz xolos
- Balki ( Wan xoʻrsingancha )
Shunday qilib marosim tugadi va hamma tarqaldi va oʻqituvchilar majlis qilishdi.
- Oldin hecham bunday boʻlmagan kitob hech qachon yanglishmaydi bu yerda boshqa gap bor
- Menimcha bu gʻayraoddiy qiz tufayli kitob ham taʼsirlangandir
- Bu kitob afsun olamidagi eng qudratli kitob unga hech bir mavjudod taʼsir qilolmaydi
- Yoʻq bu yerda boshqa gap bor
- BAS Qilinggg
Bu shovqinlardan sabri toʻlgan direktor baqirdi va oʻzini bosib barmoqlari bn peshonasini ishqalagancha
- Bu yerda kitobda muammo yoʻq bu yerda boshqa gap bor bu qizaloqda bir gap bor
- Bu nima deganingiz bu qizga taklifnoma joʻnatganda hech nima bilmaganmidingiz
- Bu qizga taklifnoma joʻnatmaganman
- Lkn qanaqasiga axir unda aynan sizni taklifnomangiz boʻlgan muhir ham siznikiku
- Aynan shunday buni koʻzdan qochirishim mumkin emas
- Unda nima qilamiz
- Hech nima shunchaki unga ham boshqa oʻquvchilar singari muomala qiling oʻqiting shunchaki kuzating
- Hoʻp
- Hoʻp
- Bu qiz menga nimanidir eslatyapti
Usta Geozar derazadan oy tomon qarar ekan oʻyga toldi va barcha oʻtmishda boʻlgan voqealarni tahlil qila boshladi.