May 20, 2022

Prizident makrablari haqida

Imeg:Mbaza.Uz

Tarixi

018-yil 16-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrifi chogʻida, Nukus shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida, Oʻzbekistonning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etilishi toʻgʻrisida eʼlon qildi va 4 oydan soʻng „Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qarorni imzoladi.2019-yilning iyun oyida „Prezident maktablari toʻgʻrisida nizom“ tasdiqlanib[18], sentabrda „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish toʻgʻrisida“ Prezident farmoni eʼlon qilindi[19]. Prezidentning 2021-yilda imzolagan qaroriga muvofiq, agentlik nomi „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ga oʻzgartirildi.

Qabul qilish tartibi.

Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi. Prezident maktablariga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar STEAM fanlardan oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. Bundan tashqari, talabgor oʻquvchilar oʻqiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub boʻlishi lozim.

Har bir alohida Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi. Unga qadar oʻquvchilar quyidagi 3 ta bosqichdan oʻtishadi.

Hujjatlarni qabul qilish bosqichi.

Qabul komissiyasiga oʻquvchining quyidagi hujjatlari elektron tarzda „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ sayti orqali onlayn topshiriladi: tugʻilganlik haqida guvohnoma (kinder pasport) nusxasi, tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnoma nusxasi[sharh 1], 3x4 o'lchamdagi rasm, baholar tabelining nusxasi, oʻquvchining ota-onasi yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslarning fuqarolik pasporti ma'lumotlari. Agarda hujjatlarni topshirishda kamchiliklar kuzatilsa, ularni 48 soat ichida tuzatib, qayta joʻnatish talab etiladi.

Kirish imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish bosqichi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarini oʻtkazish muddati va joylari qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalar qoʻllangan holda maxsus ajratilgan joylarda oʻtkaziladi. Kirish imtihonlari takroran oʻtkazilmaydi. Kirish imtihonlarini oʻtkazish paytida talabgorlar, kuzatuvchilar, bino rahbarlari hamda ishchi guruhining masʼul shaxslariga aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish, talabgorlarga kirish imtihonlariga maʼlumotnoma materiallari va elektron hisoblash texnikasini olib kirish va foydalanish taqiqlanadi. Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi guruhning masʼul shaxslari oʻquvchini majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi. 1-bosqich saralash imtihoni hisoblanib, matematika fanidan 30 ta test topshirigʻidan iborat. 2-bosqich tanqidiy fikrlash (16 ta masala), muammoni yechish boʻyicha (24 ta masala) va ingliz tilidan test savollaridan iborat.

Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (soʻrovnomalar, testlar, javoblar va boshqalar) maxfiy xarakterga ega hisoblanadi hamda ularning maxfiyligi taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va Davlat test markazi tomonidan taʼminlanadi. Oʻtgan yillarga tegishli boʻlgan baʼzi bir test namunalari „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytiga yuklab borilishi mumkin.

DAVOMI KEYINGI MAQOLALARIMIZDA...