June 6, 2019

Imkoniyat bahosi nima?

Imkoniyat qiymati deb, inson bir narsani qilish imkoni bo’la turib, boshqa narsani tanlagani sababli qo’yib yuborilgan fursat qiymatiga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, imkoniyat narxi bu muqobil tanlovni iste'mol qilmaslik natijasidan kelib chiqqan "xarajat".

Masalan, bir joyda tekinga lavash tarqatishyapti deb tasavvur qilaylik. Shu lavashni olish uchun bir soat navbat kutishingiz kerak. U yerda navbatga turishingiz bilan, shu vaqtda yana boshqa biror narsani qilish imkoniyatidan voz kechdingiz. Demak, tekinga lavash yeyishning imkoniyat bahosi, uning o’rniga qila oladigan narsalardan iborat. Shu bir soat kutishning o’rniga ishlashingiz, kompyuter o’ynashingiz, kitob o’qishingiz, kerak bo'lsa, uhlab dam olishingiz ham mumkin edi.

Shuning uchun, o'sha tekin lavash, aslida “tekin” emas, chunki uni olish uchun siz boshqa narsalardan voz kechdingiz. Diary of Economist