June 6, 2019

Haliyam o‘tiribsanmi?

Umr yo‘limizni tekis deb o‘ylama. Shunday joylari borki, sen bexosdan yiqilasan. Ana shunda seni xaraktering namoyon bo‘ladi. Yiqilgan joyingda yotaverib, kimdandir yordam kutasanmi, yoki qayta turib yo‘lingda davom etasanmi ? Bu seni tanloving. Inson kuchli bo‘lishi uchun ichida adrenalin paydo bo‘lishi kerak. Bu uchun esa motivatsiya kerak. Motivatsiya bo‘lishi uchun esa motivni tanlay olish kerak. Sen shunday bir maqsad qo‘yginki, unga intilish uchun bor kuchni sarflaydigan darajaga yet. Yurganda ham, turganda ham, hatto, uxlaganda ham xayolda o‘sha motiv bo‘lishi kerak. Ana shunda senda jilovlab bo‘lmas adrenalin bo‘ladi. Sen maqsadga erishmasdan qo‘ymaysan. Kimgadir bittagina so‘z motivatsiya bera olsa, kimgadir kitob. Yana kimgadir esa atrofidagi voqealar ta‘siri uni harakatga undaydi. Har kimni xarakteri har xil. Hamma individual. Motivlar ham turlicha. Ammo maqsadga erishish uchun harakat, u uchun paydo bo‘ladigan shijoat o‘xshab ketishi mumkin. Cho‘qqini zabt etmoqchimisan ? Bu uchun alpinist bo‘lish shart emasligini miyangga uqtira ol. Abituriyentmisan ? O‘quv dargohida yurganingni tasavvuringga sig‘dir. Ana shundagina sen u tomon intilasan. Ichingda o‘sha narsaga loyiq ekanligingni his etib turasan. Miyaga men omadsizman, hech nima qo‘limdan kelmaydi degan funksiyani berib qo‘ysang, demak xuddi o‘sha tilda aytilgan so‘zlar amalda ham ko‘zga ko‘rinadi va sen haqiqatdan ham hayotda hech nimaga erisholmay qolib ketaverasan. Muvaffaqiyat kaliti harakat ekanligini yodingdan chiqarma. Undan tashqari esa kitob ham asosiy rollardan birini bajarishi doim xayolda tursin. Hozirgi kunda ham mashhurlikka erishgan va ko‘pchilik uchun kumir darajasidagi insonlarning uyida mo‘jaz kitob javoni bor. Demak kitobni ham qo‘ldan qo‘ymaslik kerak.

Xullas, bugun senga orzu bo‘lib turgan, xayolingda aylanib turgan narsa ertaga real hayotda o‘zingniki bo‘ladi. Bu uchun esa tinmay harakat qilish lozim. Haliyam o‘tiribsanmi ? Ma'rufjon Ochilov