Birinchi dars - Kirish darsi !
Ijodkor ahlida qilingan ishga 2 donagina tarif bo’ladi.
1-tarif : Bo’miydi bu..
2-tarif : Vauv bo’larkanu !
Assalomu alaykum sizlar bilan Men Nuriddin Mo’sajonov. Bugundan boshlab sizlarga o’z audio mahsulotingizni vauv effektiga chiqarishda o’z maslahatlarimni berishni boshlayman.
Ushbu ko’rsatmalar Telegramda yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sifatli audio mahsulot tayyorlashda sizga foydali manba bo’ladi !
O’zim haqimda aytadigan bo’lsam, Hozirda IT ( Axborot texnologiyalari ) bo’yicha universitetda o’qiyman. O’z soham bo’yicha internetda ko’plab loyihalarda qatnashaman. SMM , Video va audio operatorligi va boshqa sohalar…
Audio operatorligi bilan 4 yildan beri shug’ullanib kelmoqdaman. Ushbu soha bo’yicha bir nechta ustozlardan dars olganman. Eng katta mahorat darsi RUXSOR FM radiosisda ish olib borganimda bo’lgan
Audiokontent sifati aslida qanchalik muhim?
Ijtimoiy tarmoqlarda bloglarni kuzatib turaman. Yaratuvchi rolida bo’lganim uchun ko’proq , berilayotgan bilimdan ko’ra sifatga ahamiyat qilaman . Ayniqsa audio soxasiga ))
Bazida shunday holatlar bo’ladiki , berilayotgan bilimlar haqiqatdan zo’r . Lekin sifatga kelsak…..
Nega oz bo’lsa ham ushbu sohani bilimini olishga , sifatli kontent yaratishga va insonlar mb va vaqt sarflaginiga yarasha sifatli mahsulot tayyorlashga urunishmaydi??
Degan savollar qiynab keladi.
Berilgan bilimlarga amal qilib, oddiy elementar qoidalarga amal qilmay , quloqni og’ritadigan va eng qizig’I ohirigacha zo’rga tinglab olinadigan audio tayyorlaydigan yaratuvchilardan bo’lmasligingizni hohlayman.
Unda boshladik !
SIFATLI KONENT UCHUN SIFATLI QURILMA ZARURMI?
Qurilmalar qanchalik qimmat bo’lishi bu asosan ishingizni yengillashtiradi . Bu soxada endi ish boshlagan insonlarda bir noto’g’ri tushuncha bor . Qimmat qurilma ( MIkrafon , komyuter , eng yaxshi dastur va h.z) olsam hammasi a’lo darajada bo’lib ketadi. Chunki u qimmat va judayam sifatli mahsulot qilib beradi degan tushuncha biroz xato ekanligidan so’z boshlamoqchiman. Sifatli qurilma to’g’ri yaxshi sifatni beradi qachonki siz sifatli ishlashni bilsangiz !
4 yil davomida ko’plab tajribalar qilish natijasida shu narsani tushunib yetdim . Sifatning eng asosiy omili bu sifatli ishlashdir! Bu degani oddiy qurilmadaham yuqori sifatli mahsulot tayyorlasa bo’ladi degani !
Shu kungacha yaxshi video,audio yoki rasm tayyorlash uchun qurilmani qimmatrog’idan olish kerak u siz qiyin deb o’ylagan bo’lsangiz , bugundan fikringizni o’zgartirishingizga to’g’ri kerak bo’ladi!
Auidolarga qaytsak , siz eshitgan va qo'shimcha ( t.me/audio_namuna )kanalida tashlab borilayotgan audiolarni tayyorlah uchun bizga 3 donagina instrument kerak bo’ladi halos.
Telefon , Kompyuter va yaxshi ishlash ko’nikmasi )).
Telefon – Avtorni ovozini yozib olish uchun qurilma. ( IPHONE yoki SAMSUNG smartfonlari). Ishlashingiz davomida sifatni yahshilab borishingiz mumkin. Buni vaqt soati keladi va bunga ehtiyojni o’zingiz sezasiz. Undan avval esa audio bilan ishlash ko’nikmangizni yaxshilab olishingiz kerak.
T.me/Audio_Namuna kanalida yoritib borilayotgan Telefonda yozilib montaj qilingan Audio podcastlarni ( Iphone X ) yoki boshqa oddiy qurilmalarda yozib olinadi va kompyuterda montaj qilinadi. Montaj bo’yicha ohirgi darslarimizda ma’lumot beramiz.
Kompyuter – Tayyor ovozni yoki yangittan ovoz yozib olib montaj qilish uchun kerak bo’ladi. Kompyuter ishingizni vaqtingizni va eng asosiysi asabingingizni tejashda o’z foydasi ko’rsatadi. :)
Men sifatni judayam qadriga yetganim va sifat ishqibozi bo’lganim uchun faqat kompyuterda montaj qilaman. Telefonda ham montaj qilsa bo’ladi lekin.. Ko’nglingizdagi vauv effektidek montaj qilish judaham mushkul. Maslahatim kompyuterda ishlang , asabingiz ketayotgan vaqtingiz va energiyangiz o’zingiz uchun qadrli bolsa albatta !
Ish ko’nikmasi : Sizni hursand qiladigan yangiliklarim judayam ko’p. Aytilaverib siyiqasi chiqqan bo’lsaham bu gapni aytmoqchiman, “ODAM qildimi demak SIZ ham qila olasiz! “ .
Ish ko’nikmasi albatta ushbu sohaning bilimi olish va biroz tajriba ortidan keladi.
Tajribamdan kelib chiqib , bir gapni be’malol ayta olaman! ODDIY telefondaham ancha muncha ovoz yozish studyalaridan sifatli kontent tayyorlasa bo’ladi!
Buning uchun sizda bir dona kompyuter telefon va ishlash ko’nikmasi bo’lsa yetarli. Ha yana bir narsa hohish ham bo’lsa albatta, siz ham shunday kontent qila olasiz!
Hulosa : Qurilmaning sifati sizni ishingizni qachon sifatli qiladi , qchonki siz sifatli ishlashni bilsangiz !
Oddiy telefonda ham ovoz yozish studiyalaridan sifatli kontent tayyorlash mumkin!
Bunga misol qilib telefonda yozib olib tayyorlagan mahsulotlarimni ko’rishingiz mumkin .
Montajlardan lavhalarni ko’rish uchun >> t.me/Audio_Namuna
Ertangi kunda ko’rishguncha o’zingizni ehtiyot qiling !
Bilim olishga bo’lgan ishtiyoqingizni hurmat qilaman !
- Hurmat bilan Nuriddin Mo'sojonov