Audiolar qanday yaratiladi! (2- kun )
Audio yozib olishni 2 turga bo’lgan bo’lardim :
1) Yonma-yon, birgalikda tayyorlash. Avtor bilan operator birgalikda bir joyda tayyorlashi. Bunga misol qilib ovoz yozish studiyalar va boshqalar. Ushbu sohani ustun tarafi operator bilan avtor bir birini tushunishi va bir biridan kutayotgan ishni yaxshiroq tushuna oladi.
2) Masofadan Ishlash. Agar sizning ishingizni ko‘ngildagidek yurituvchi kadrni yaqin atrofdan topa olmasangiz masofadan ishlashingiz ham mumkin. Buning yaxshi tomoni, vaqtni kelishish osonligi, yaʼni o‘zingizga qulay vaqtda ovozni yuborasiz operator ham o‘ziga qulay vaqtda montaj qila oladi. Freelancer bo'lib ushbu soxadan qizig'i daromad olishingiz mumkin. Yaxshi daromad topish uchun biroz tajribali bo'lishingiz kerak. Yaxshi tajriba ko'roq shug'ullanish ortidan keladi.
Freelancer bo'lib ushbu sohada qo'shimcha daromad topib turaman.
Buyurtmaga qarab o'rtacha ishlash vaqtim 1 soat vaqtim ketadigan bo'lsa, 5 - 15 $ atrofida yoki undan yuqori. Bu loyihaga qarab belgilanadi.
Audio Namuna kanaldagi loyihalarim , audio podcastlar formati 2-usulda masofadan ishlash usulida tayyorlanadi. Birga ishlayotgan avtorlar ovozini yozadi va internet orqali yuboradi. So‘ng uni montaj qilib kanalga sifatli fonlar va qo‘shimchalar introlar qo‘yib kanalga joylaymiz.
Agar siz ish beruvchi sifatida atrofingizda audio video yoki SMM bo‘yicha yaxshi mutaxassis topa olmasangiz buni xavotirlanadigan joyi yo‘q. Internetda ushbu sohada ish olib boradigan yoshlarni ko‘p topsa bo‘ladi. Faqatgina yaxshi taklif va qidirish bo‘lsa bas.
Ishlash uchun minimal talabni bunday qo‘ygan bo‘lardim.
Telefon – SAMSUNG kompaniyasining o‘rta qismi ( S6 dan yuqori ) Iphone bo‘lsa ( 6s dan yuqori bo‘lgan ) markadagi telefonlardan foydalanishni maslahat berardim. Redmi oilasi telefonlari ham sifat bo'yicha yuqori. Narxi arzon bo'lsa ham mikrofonga juda ham yaxshi ishlagan. Undan oddiyroq telefonda ham yozsa bo‘ladi yuqoridagi asab haqida gapirgan gapimni inobatga olib qo‘yasiz ))
Iphone X, SAMSUNG S10 markadagi telefoningiz bo‘lsa bu judayam yaxshisi degani. Chunki oxirgi chiqayotgan markalarni Mikrofon qismiga yetarli sifatda ishlashmoqda!
Kompyuter – audio operatorligiga ofisniydan yaxshiroq kompyuterlar kerak bo‘ladi. Agar video uchun mo‘ljallangan super grafikali kompyuterlar bo‘lsa bu judayam yaxshi ish quroldir.
Agar imkoningiz bo‘lsa bira to‘la video uchun moslangan kuchli kompyuterdan olganingiz maʼqul, audio sal qiziqqaningizdan so‘ng o‘zingiz bilmagan holatda video produstionga qiziqib qolasiz ))
Xulosa: Internet orqali bo‘lsa ham, kichik imkoniyatlar bilan ham yaxshi audio mahsulot tayyorlasa bo‘ladi. Shunchaki xohish biroz harakat va ishlash ko‘nikmasi bo‘lsa yetarli.
Yana o‘sha gap ))
Oddiy telefonda ham ovoz yozish studiyalaridan sifatli kontent tayyorlash mumkin!
Muhimi ishlashni bilish kerak. Bu haqida tez kunda yozaman.
Ertangi kunda ko‘rishguncha o‘zingizni ehtiyot qiling!
Bilim olishga bo‘lgan ishtiyog‘ingizni hurmat qilaman!
Muallif : Nuriddin Mo‘sojonov