June 19, 2020

Ovoz yozishga qanday tayyorgarlik ko’rish kerak ? (3-kun)

Ovoz yozishni va u bilan ishlashni 2 darajaga bo‘laman :

1)      Kundalik turmushda shaxsiy masalada .

2)      Musiqa sohasi bilan shug‘ullanuvchi insonlar uchun .

Bu turdagi sinflar bir biri bilan asosan sifat bo‘yicha farqlanadi. Bizning ishlarimiz birinchi guruhga kiradi. O‘z blogimizni yuritish, dublyajlar , tarjimalar , roliklar tayyorlash va boshqalar. Bu sohada o‘zingizni erkin his qilib ishlashingiz mumkin. Qo‘yiladigan minimal talablarga amal qilinsa bo‘ldi . 2-guruhga Shov-biznes industriyasi misol bo‘ladi. Qo‘shiqlarni yaratilishda judayam ko‘plab qoidalar mavjud. Buni ovoz yozish studiyasida bo‘lgan vaqtlarim ko‘rib, oddiy odam hazm qilishi uchun ancha vaqt ketishini bilganman. Sizga yaxshi yangilim bizga birinchi guruh qiziq va shu sohada ishlaymiz.

1)      Audio qanday masalada bo’lishini rejalashtirish .

Foydalanuvchi sizni audio kontentingizni oxirigacha va keyingilarini ham tinglashini xohlasangiz bu bo‘limni yaxshilab o‘qing.

Bazi audiolar bor 30 minutdan ko‘p lekin ulardan 3 minutlik audio foydaliroq va qiziqroq. Ularning asosiy farqi rejasiz va tartibsiz tayyorgarliksiz boshlanganligidir.

Siz audio yozishdan avval 2 minut o‘zingiz bilan suhbat uyushtiring , bunda sizga qog‘oz va ruchka sizga yaxshi hamroh bo‘ladi. Shu vaqt ichida audio davomida nimalarni gapirish kerakligi va qanday tartibda gapirish haqida bilib yozib oling . Yozib qo‘ysangiz audio davomida ko‘z tashlab eslab olishingizga ham qulay bo‘ladi. Yozish va tartiblash orqali tinglovchini zeriktirmay qo‘yishingiz va audioni yoki videoni har bir daqiqasini foydali maʼlumotlar bilan boyitishingiz mumkin bo‘ladi.

Ovozni qayerda yozish kerak :

Ovoz yozish uchun hammada ham akustikasi yuqoriga bo‘lgan ovoz yozish xonalari mavjud emas. Nima qilamiz ? Uyimizdagi devorlar bilan o‘ralgan xonasiga kiramiz ))

Xonada bazi bir normalarga eʼtibor qilish judayam kerak !

1)      Xonaning tinchligi. Iloji boricha tinch hech kim bezovta qilmaydigan tashqaridan turli xil shovqin tovushlar ( Shum ) kirmasligiga ahamiyat qaratish kerak. Qanchalik tinch bo‘lsa shunchalik odam qulog‘iga yoqimli va sifatli ovoz chiqadi.

2)      Xonaning aks sado holati iloji boricha past bo‘lishi kerak. Agar Reverb ( reverbiratsiya ) ga tushunsangiz buning foizi iloji boricha kam bo‘lishi kerak.

Telefon yoki mikrofon bilan oraliq masofa qanday bo‘lishi kerak?

Audio eshitayotganingizda ovoz pastlab ham yuqori ham bo‘lib ketmasligi uchun oraliq masofa juda ham muhim . Bu masofani mikrofonni yozishdan avval bir necha marta test qilib ko‘rish orqali bilish mumkin.

Audio tinglayotganda ovozni ko‘tarish yoki pasaytirish tinglovchiga malol keladi. Oraliq masofani saqlashda yozuvchi qurilmani bir masofada ushlashga harakat qiling. Qo‘lingizda ushlab yozishni maslahat bermagan bo‘lardim. Chunki qo‘lingizni biroz qimirlatishingiz audioda qattiq shumga aylanadi.

Telefonni tutib turuvchi qo‘shimcha qurilma sotib olishingiz sifatni yaxshilaydi va ishlash qulayligini beradi. Bu qurilmalarni ko‘plab magazinlardan 20.000 so‘mdan 150.000 gacha xarid qilish mumkin. Holatiga qarab narxi qimmatlashadi.

3-maslahat: Audio yozishdan avval bir necha minut biror ixtiyoriy matn o‘qib oling . Ovozingiz do‘rdiragan xuddi uyqudan turgandek o‘zingizga g‘alati eshitilmasligini taʼminlaydi bu usul )) . Odatda men hazillashib yonimda oadm bo'lganda " Do Re Mi Fa Sol ... :)) " deb qo'yaman.

1-2 daqiqada ovoz normal tonga tushib oladi!

4- maslahat : Yozishdan avval ovqat yoki fastfood yemang.

Odatda shunday o‘rgatishgan menga. Menimcha ustozlar bejizga aytishmaydi!

5-Maslahat ovozni kechki vaqtlarda yozishga odatlaning.

Avvalo imkonga qarab lekin, kechki vaqtda insonni emotsiyalari ovoz yozish uchun judayam taʼsirli va foydali bo‘ladi. Tinglovchiga ichingizdagi gaplarni ko‘ngildagidek yetkazishni xohlasangiz maslahatim kechki paytda yozing ! Audio mahsulotingizni ham kechki payt tinglatishga odatlantiring. Ta'sir doirasi yuqori bo'ladi.

Ovoz yozish studiyalarda asosan ovozlar kechki payt yoziladi. Gap shunday!

XULOSA : Sifatdan ko‘nglingiz chiqmasa , qurilmadan o‘pkalamang!

Uni ko‘ngildagidek ishlashishi uchun ko‘ngildagidek muhit yaratib qo‘ying!

Yana o‘sha gap ))

Oddiy telefondavham ovoz yozish studiyalaridan sifatli kontent tayyorlash mumkin!

Muhimi ishlashni bilish kerak. Ertangi kunda ko‘rishguncha o‘zingizni ehtiyot qiling !

Muallif : Nuriddin Mo‘sojonov