Sifatli ovoz yozish bo'yicha ko'nikma.
Endi amaliy ishga o’tsak !
Ovoz yozishning dastlabki tushunchalarini sizlarga qo‘ldan kelgancha yetkazishga harakat qildim. Bugun endi amaliy qismga o‘tsak .
Audio mahsulotni tayyorlash bosqichlarini yozib chiqsam :
1. Ovoz yozish jarayoni .
2. Uni tayyor holatga keltirish ( Montaj qilish )
3. Kontent tayyorlash uchun zarur bo‘lgan narsalar .
4. Ko‘nikma va montaj qilish bilimi.
1. Audioni yozib olish.
Sizlarga asosan oddiy qurilmalarda qanday qilib yozishni tushuntirganim uchun , Mikrofonlarning 1 va 2- turida ovoz yozishni tushuntiraman.
Dastlabki normalarga amal qilib tayyorlanasiz, so‘ng telefonda oddiy diktofon dasturi yoki qo‘shimcha Hi-Q deb nomlangan va boshqa dasturlar mavjud. Bularning farqi shunchaki yozishga qulayligi. Audio sifatiga deyarli taʼsir ko‘rsatmaydi.
Ovozni yozishni boshlaysiz, agar ochiq suhbat yoki ahamiyatlilik darajasi yuqori bo‘lmagan audiolar bo‘lsa ovoz yozish jarayonida so‘zda adashib ketish holatlari bo‘lsa bunga eʼtibor qilmay to‘g‘rilab ketasiz. Hammada ham xatolar bo‘ladi bu oddiy holat. Shaxsan o‘zim ham ko‘p xatolar qilib turaman. Bularni montaj jarayonida yopib ketsa bo‘ladi. Muhimi sifatli qilib past-balandiga ahamiyat qilib yozib olish. Audio yozayotganda birinchi urinishni o‘zidayoq yozib ketmang, dastlab test qilib ovozni toni , xonaning holati , uzoq yaqinligini , eng asosiyi mikrafon yoqilganmi shuni tekshirib oling.
Nega bu testni aytyapman, ko‘plab ovoz yozish jarayonida 10-20 minutlar atrofida gapirib bo‘lgandan so‘ng kompyuterga qarasam mikrofon yoqilmagan yoki ovoz noto‘g‘ri yozilayotgan holatlar bo‘lgan . Buni sezgandan so‘ng bir marta gapirgan narsani ikkinchi marta gapirish , ham ishtiyoqni ham kayfiyatni tushiradi. Buni orqasidan asablar buzilib , qizig‘i ko‘pincha qaytdan gapirmaslik holati bo‘ladi)).
2. Uni tayyor holatga keltirish .
Tayyor ovozni men kompyuterda montaj qilaman. Telefonda montaj qiladigan ko‘pchilikni ko‘rishimiz mumkin, lekin uni montaj demagan bo‘lardim. Shunchaki ovozga fon qo‘yish degan bo‘lardim .
Sifatli , quloqni bezdirmaydigan , mashinada yoki ixtiyoriy kolonkada qo‘yganingizda sizni uyaltirib qo‘ymaydigan audio tayyorlashni yoki yog‘yee shu telefonda yozilganmi deydigan holatlar bo‘lishini xohlasangiz maslahatim kompyuterda sozlang.
Ha aytgandek shunchaki kompyuterda qilindi degani bu sifatli chiqadi degani emas, buni ham o‘ziga yarasha usullari bor. Bunga qiziq misol qilib bir qiziq voqeani aytsam :
Birinchi marta radioga borganim esimda . O‘sha paytlarda ovoz yozib yurardim. Eng qizig‘i 84 $ ga olgan mikrofonimda. Uni olganimga 6 oycha bo‘lgandi. Radiodagilarga o‘zimni audoyimni qo‘yib berishimga to‘g‘ri kelgan. Radiodada eng sifatli qurilmalar ishlatiladi. Kalonkada o‘z ovozim jaranglashni boshladi . Birdaniga xijolat bo‘lishni boshladim . Ovozimdan emas , birinchi o‘rinda uni montaj qilganimdan.
Chunki oddiy telefon kolonkasida ko‘plab bilinmaydigan holatlar bo‘ladi. Mashinada , yoki sifatli eshitish qurilmalarida yoki har xil joylarda eshitayotganda sifat judayam bilinadi. Shunga ahamiyat berib qo‘ying. Menga o‘xshab uyalib qolmang demoqchiman.
3. Kontent tayyorlash uchun zarur bo‘lgan narsalar .
1. Dasturiy taʼminot . Dastur va qo‘shimcha paketlar.
Ovoz yozish uchun studiyalarda yoki havaskor operatorlarning deyarli 80 % qismi CUBASE dasturidan foydalanadi.
Men ham Cubase dasturidan foydalanaman. Cubase dasturi foydalanish jihatidan va sifat jihatidan 1-o‘rinda turadi. Shuning uchun man sizga ushbu dasturni tavsiya qilgan bo‘lardim o‘rganishni.
Bundan osonroq yengilroq FL Studio yoki Audiocity degan dasturlar ham bor. Lekin ishlashga, boshqarishga va chiroyli narsa tayyorlashda qiynalib ketasizlar. Asab kerak bo‘lsa boshidan Cubaseni o‘rganing ))
Cubase dasturini qayerdan olsa bo‘ladi ?
Cubase dasturi ikki turga bo‘linadi . Original va boshlang‘ich to‘liq bo‘lmagan . Ko‘rinishi ishlashi deyarli bir xil bo‘ladi , lekin tayyorlagandan so‘ng sifatda farq qiladi. Original versiyalari internetda uchratish juda ham qiyin. Men hozirda Amerika original versiyasini ishlataman. Radioda yurgan paytimda o‘tkazib olganman. Men ishlatadigan dasturni qanday olish mumkinligi haqida post oxirida aytaman )
Qo‘shimcha paketlar va tayyor projestlar - bu asosiy dasturning boshlang‘ich instrumentlariga qo‘shimcha qurollardir. Yaʼni mashinani yangi olasizda unga qo‘shimchalar o‘rnatgandek gap.
Cubaseni boshlang‘ich imkoniyatlari bilan vauv effektini qila olmaysiz . Bunga qo‘shimcha paketlar zarur bo‘ladi. Iloj boricha ilmiy emas oddiy odam tushunadigan tilda tushuntirmoqchiman.
Tayyor proyektlar – bu bir marta sozlanib olinib uni qayta qayta ishlatish degandek. Yani bir marta ovozga moslab sozlab olinadi va shu sozlash bilan ishlataverasiz degani. Sizdan qoladigan narsa unga mos fon va unga qo‘shimchalar qo‘shish qoladi xalos.
Telefondagi vauv effektini mana shu qo‘shimcha effektlar beradi. Radioda yurgan vaqtlarimda sifatli kolonkalarda man ham tayyor proyekt qilib olganman. Hozirgi sizlar eshitayotgan audiolarni shu proyektda tayyorlayman. Oddiy telefon ovozini qo‘shimcha paketlarda qilingan proyekt asosida qilinsa ancha muncha studiyadan yaxshi chiqadi. Va nihoyat shu joyiga olib keldim))
Yaxshi dastur va packet sizni ishingizni yengillashtiradi.
Fonga qo‘yish uchun fon minuslar .
Bu ham katta o‘rin tutadi. Musiqani mos qo‘yishga doim harakat qiling. Bu o‘zingizga bilinmasligi mumkin agar boshlang‘ich bo‘lsangiz, ko‘proq bunaqa formatdagi narsalar ichida yuradigan insonlarga bu erish bo‘lib qoladi. G‘amgin matnlarga g‘amgin sho‘x emotsiyali matnlarga unga mos minus ishlatish kerak. Mashinani baloni o‘rniga uni ro‘lini o‘rnatib qo‘ymaslikga harakat qiling. Agar qiynalsangiz buni qanday qilishni post yakunida bilib olasiz))
Qo‘shimcha ovozlar - bu kaftingizga dunyodagi barcha ovozlarni ushlashdek gap . Yaʼni musiqani yana-da jonlantirish uchun ishlatiladi. Bunga xar xil ovozlar radio, rasmga olingan ovoz , mashina ovozi , odamlarni qarsagi va boshqa narsalar.... Bu qo‘shimchalar orqali audio juda ham jonlanadi. Bu FX packet deyiladi.
Ko‘nikma va montaj qilish jarayoni .
Eng yakuniy va qiziq bo‘limga va nihoyat yetib keldik. Montaj qilish va uni tayyor holatga keltirish ham o‘ziga yarasha bir soha va kasbdir. Shu kungacha sizlarga matn orqali ovoz yozishgacha bo‘lgan jarayonni, unga qanday tayyorlanish kerakligini menga tez -tez beriladigan savollar asosida o‘z tajribalarimdan oddiy inson tilida tushuntirib berishga harakat qildim.
Montaj qilish , boshlang‘ich ovoz operatorligiga kirish uchun kompyuter va unga qo‘shimcha qurilmalar ( naushnik , telefon , holatga qarab mikrofon ) kerak bo‘ladi xalos. Men oddiy uyda yozaman va tayyorlayman. Oddiy inson yarata oladigan imkoniyatlar bilan. Qimmat mikrofon qimmat texnika va akustikasi yuqori bo‘lgan xona bo‘lishi shart emas. Boshlanishiga oddiy instrumentlardan boshlasa bo‘ladi. Qo‘lingizdagi telefon va kompyuteringiz sifatli audio mahsulotlar (podcast , YouTube uchun ovozlar , reklama, pechat, tabriklar va h.z. )
Mening kuchli tarafim audio sohasi. Qo‘limdan keladigan va maza qilib qiladigan sohamdan Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab insonlarga yordam berib kelaman.Audio bo‘yicha ko‘plab insonlarga tavsiyalar va yo‘llanmalar berib boraman.
Yaqinda bu maslahatlarimni ko‘proq odam bilishini va oddiy imkoniyatlar bilan ham judayam ko‘p ishlar qilish mumkinligini tizimli qilib to‘liq tushunchalar bilan o‘rgatishni yo‘lga qo‘ydim. Real loyihalar ustida amaliy darslarni tayyorlab chiqdim.
Eng qizig'i , Audio operatorlik bo'yicha O'zbek tilidagi ilk kurs !
(Odatda studiyadagi operatorlar o'z bilimini berishni umuman hohlashmaydi, oddiy dasturni o'zini 50 $ degan holatlarni ham ko'rganman )
4 yil davomida olgan tajribalarim xatolarim va ishlashdagi sekretlarni tizimli qilib tartiblab bir to‘plamga keltirdim.
Matn ko‘rinishida bergan darslarimni to‘liq video shaklda bir kurs holatida o‘rganishingiz mumkin .
Ushbu kursni qanday o‘rganish mumkin ?
Hozirgi karantin vaqtida online format rivojlangani uchun kursga ikki xil usulda qatnashish mumkin . Online formatda yoki yuzma-yuz dars davomida o‘rganishingiz mumkin.
Online qatnashayotgan o‘quvchilarimiz platforma orqali darsni o‘rganishlari va yuqoridagi aytib o‘tilgan qo‘shimcha dasturlarni pochta orqali qo‘lga kiritishadi.
Yuzma-yuz holatda o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarimiz biroz ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi. Yaʼni dars davomida mavzu bo‘yicha o‘zini savolini berishi va darsni to‘liqroq tushunish imkoniyati bo‘ladi. Lekin yuzma-yuz formatga o‘quvchilar kamroq 3-6 ta oraliqda olinadi.
Yuzma -yuz darslarimiz GroundZero coworking markazida bo‘lib o‘tadi .
Darslarimiz jami bo‘lib bir 1 oyga mo'ljallangan.
Yuzma yuz darslarimiz haftada bir marta bo‘ladi. Jami 4-5 ta dars.
Dars davomida barcha o‘quvchilar qanday imkoniyatga ega bo‘ladi:
1-bo'lim umumiy tushunchalar :
- Umumiy tushuncha .
- Yo'nalishlar va ular haqida.
- Musiqalarni to'g'ri tanlash .
- Komyuterlar va ularni tanlash bo'yicha.
- Mikrafonlar va ularni tanlash .
- Qayerdan sotib olish .
- Eshitish moslamalarini qanday turdagisini tanlash.
- Ishlash uchun qo'shimcha qurilmalar haqida.
2-bo'lim : Ovoz yozish jarayoni.
- Ovoz yozishdan oldingi tayyorlanish.
- Mikrafonga gapirish qoidalari.
- Bilishingiz kerak bo'lgan qoidalar.
- Hayajonni va gapirishdagi qo'quvni qanday yengish mumkin.
- So'zda adashib ketish yoki tutilishlarga yechim.
- Ovozingizning rivojlantirish bosqichlari.
- Birinchi audioni tayyorlash.
- O'z usulini yaratish.
3-bo'lim : Montaj jarayoni
- Dastur haqida.
- Dasturni interfeyslari
- Dasturdan foydalanish usullari.
- Lifehack usullar.
- Loyihalar bilan ishlash va ularni boshqarish.
- Ovoz montaj haqida tushuncha va qolgan amaliy loyihalar ustida bajarilgan 20 ga yaqin darslar.
- Yakuniy qism .
Yuqoridgi darslarga qo'shimcha darslar yana yoziladi. O'quvchilarni o'z ovozlarini montaj qilish va ularga yangi tushunchalar berish bo'yicha darslar tayyorlanib turadi.
Qatnashish uchun 3 dona tariflardan birini tanglang :
Tarif 1 (Online qatnashish uchun mo'ljallangan ) :
Yuqoridagi 3 ta bo'limning barcha darslari taqdim etiladi. Online ko'rishlari yoki O'zbekistonda yashasa pochta orqali qabul qilish imkoniyati.
CUBASE dasturini original versiyasi .
Qo'shimcha paketlar ( Ovozni tiniqlashtirish , qo'shimchalar qo'shish va h.z ) .
+ Tayyor proyekt ( Sifatli va qoidalarga javob beruvchi sozlama ) . Shunchaki ovozingizni tashlaysiz va foydalanaverasiz. Qaytadan sozlash shart emas.Radioda tayyorlangan .
Original sifatli va litsenziya talab etmaydigan musiqalar va FX qo'shimchalar.
Youtube va video taxrirlashda bemalol ishlatsa bo'ladigan to'plam .
Tarif 2 (Yuzma qatnashish uchun mo'ljallangan ) :
Yuqoridagi 3 ta bo'limning barcha darslari yuzma yuz tarzda o'tiladi.
Qurilmalar bilan dars davomida bevosita ishlash .
+ Loyihangiz uchun ovoz yozib ko'rish imkoniyati .
+ CUBASE dasturini original versiyasi .
+ Qo'shimcha paketlar ( Ovozni tiniqlashtirish , qo'shimchalar qo'shish va h.z ) .
+ Tayyor proyekt ( Sifatli va qoidalarga javob beruvchi sozlama ) . Shunchaki ovozingizni tashlaysiz va foydalanaverasiz. Qaytadan sozlash shart emas. Radioda tayyorlangan .
Original sifatli va litsenziya talab etmaydigan musiqalar va FX qo'shimchalar.
Youtube va video taxrirlashda bemalol ishlatsa bo'ladigan to'plam .
Ushbu tarifni qulayliklari darslarimiz ko'proq, chuqurroq va dars davomida tushunmay qolgan joylaringiz bo'lsa ularni so'rashingiz mumkin.
Barcha jarayonni o'z ko'zingiz bilan ko'rib ko'nikma hosil qilish imkoniyati.
Yaxshi muhitda yaxshi jamoa bilan o'rganish imkoniyati.
Tarif 3 (Boshlang'ich video operatorlik ) :
Ushbu tarifga yuqoridagi tariflarni to'liq darslari.
Uy sharoitida oddiy qurilmalar bilan o'z blogingizga yoki boshqa maqsadda video olish va uni montaj qilish uchun. Eng asosiy maqsad oddiy texnikalardan foydalanib video olish . Agar qiziqqangalar bo'lsa , buni ham mahorat darsi qiberishim mumkin ))
Ushbu kursda telefon orqali video olish va uni yoki kompyuterda yoki telefonda montaj qilish haqida so'z boradi. Video uchun kuchli parametrdagi kompyuteri yo'q bo'lgan insonlarga qulay darslik.
Boshlang'ich video operatorlik kursiga ushbu mavzular kiradi.
- Umumiy tushuncha .
- Boshlanishiga qanday kamerada boshlasa bo'ladi.
- Yoritishning ahamiyati .
- Ovozni sifatli yozish .
- Montaj uchun oddiy dastur va unda yaxshi sifatga erishish.
- Videolarni konvertlash va uni youtubega joylash .
- Youtubeni boshlang'ich tushunchalari.
Ushbu mini kurs darslari bizning kanalga joylanayotgan videolarni noldan tayyor mahsulotga kelgunicha bo'lgan jarayonni qanday bo'lishi haqida tayyorlangan.
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha t.me/Nuriddin_GO ga bog'laning .
Ro‘yxatdan o‘tishda tushunmovchilik bo‘lsa +998913252120 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki telegram orqali yozishingiz mumkin.
Kursdagi ma'lumotlar orqali tayyorlangan namunalarni : t.me/Audio_namuna kanalida ko'rishingiz mumkin.
SIZ UCHUN YANA BIR TAKLIF !
O‘z blogi yoki boshqa bir loyiha uchun sifatli audio kontent tayyorlashni hohlaydi ammo kursda qatnashib o‘zlashtirishga va tayyorlashga vaqti bo‘lmaydigan insonlar uchun ham imkoniyatlar mavjud. Biznes boshqaruvchilari yoki asosiy ishidan vaqt ajrata olmaydigan insonlarga qulay taklif.
Ushbu kanalimizdagidek siz ham audio loyihalar yoki video kontent qilishni hohlasanagiz sizni hamkorlikka chaqiraman. Sizdan ovoz bizdan sifatli montaj degandek !
Hamkorlik dasturi bo‘yicha t.me/Nuriddin_GO ga bog'laning yoki +998913252120 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki telegram orqali yozishingiz mumkin.