Ovoz yozish uchun qanday mikrafon zarur ? (4-kun)
Mikrofon bu ishingizni asosiy qismlaridan biridir. Mikrofonlar oilasini ko‘plab turlari mavjud. Musiqa ilmi tomonidan sizni boshingizni og‘ritishni xohlamagan bo‘lardim. Oddiy insonga tushunarli qilib tushuntirmoqchiman. Mikrofonlarning asosiy farqi ular bilan ishlashdagi qulaylik va asabni tejash orqali farqlagan bo‘lardim. Sifat borasiga kelsak ovoz yozish bo‘yicha ishlash mahorati bo‘lsa, oradagi farqni anchaga kamaytirishingiz mumkin. Darajasi bo‘yicha 3 turga bo‘laman:
1-bosqich : Oddiy telefon . Boshlang‘ich daraja.
Telefon orqali ham yaxshi audiolar yozsa bo‘ladi . Internetda judaham ko‘plab monolog Audio Hikoya hattoki oddiyroq qo‘shiqlarni ham yozishganini ko‘rsak bo‘ladi. Yaxshi montaj qilingandan so‘ng eshitib rostdan shu ham telda yozilganmi demasangiz man ushbu sohadan ketaman ))
Lekin kamchilik tomonlarini sanashim ham kerak. Telefonda ovoz yozishda qiyinchiliklar :
- Ovozni yozib uni kompyuterga tashlashda ,uni yig‘ishda , agar xatolik joylari bo‘lsa uni qayta o‘zgartirishda qiyinchiliklarga duch kelasiz! Asablaringizni qiynaysiz ))
- Masofa ushlashda biroz qiyinchilik bo‘ladi. Agar derjatel olinsa biroz yengillashadi.
- Video olayotganda bu turdagi mikrofondan foydalanib bo‘lmaydi . Aniqrog‘i ko‘rinish tomondan noqulay chiqadi va uzoq masofadagi ovozlarni ushlashi qiyin bo‘ladi.
Keyingi turdagi Mikrofonlar olgani imkoningiz bo‘lmasa , tajriba yig‘ish uchun va boshlashga shundan boshlasangiz ham bo‘ladi. O‘sha gap )) . Men ham dastlab telefonda yozishdan boshlaganman.
2-Bosqich mikrofonlari:
Ushbu turdagi Mikrofonlar o‘rta sinf. Bu sinfdagi mikrofonlarda ishlash ancha qulay. Sifat ham shunga yarasha yaxshi. Bu turdagi mikrofonlarni ushlab turush uchun qurilma shart emas. Bu ham bir qulaylik.
Bizning hozirgi Hikmat kundaligi kanalimizdagi podsastlarimiz ushbu turdagi qurilmada yoziladi. Dastlabki 4-5 podsast telefonda yozilgan tinglashingiz mumkin.
Deyarli kamchilik tomonlari yo‘q. Oddiy bloglarga va o‘zingiz uchun ovoz yozish uchun sifati yetarli bo‘ladi.
Ushbu turdagi mikrofonlarni musiqa magazinlardan yoki internet do‘konlaridan topishingiz mumkin.
Ushbu turdagi mikrofonlarni ham turli xildagisi bor. Ularning ichida tavsiya qiladiganim va Baraka topadiganingiz bu – BOYA deb nomlangan mikrofondir. Narxi 15 $ atrofida bo‘lsa kerak.
Ushbu mikrofondan olsangiz bir o‘q bilan ikki quyonni urushingiz mumkin.
Ham audio yoza olasiz ham video uchun foydalana olasiz. Bu turdagi mikrofonlarni siz TV sohasida ko‘p ko‘rgansiz.
3-Yuqori turdagi Mikrofonlar oilasi.
Ushbu oiladagi mikrofon o‘z nomi bilan aytilganidek yuqori sifatni beradi. Asosan ovoz yozish studiyalari yoki shu soha bilan shug‘ullanuvchi insonlarda foydalanadi. Eshitganda vauv effektini beradigan Mikrofonlar oilasidir. Zar qadrini zargar bilar degandek , ishlash jarayonida sifatdan qoniqmaslik holati ortib boradi. Dastlab oddiy telefonda boshlagan bo‘lsam, hozirda shu oilaga kiruvchi mikrofondan foydalanaman.
Asosiy ustunliklari :
- Sifat yuqori darajada. Ovozni o‘ta aniqlik bilan yozilishi.
- Montajda operatorni qiynalmasligi.
- Ovoz yozish jarayonida spikerni ovozini yozishda qulaylik va tezlik ortadi.
- Har qanday sohada qo‘llash mumkin ( Dublyaj , Reklama Anons, Musiqa kuylash va h.z)
- Va boshqa bir qancha qulaylik buni ish jarayonida bilasiz.
Ushbu turdagi Mikrofonlar narxi minimal narx 80 $ boshlanadi. Shu paytgacha uchratganlarim ichida eng qimmati Neuman deb nomlangan studiya mikrofoni 6400$ bo‘lgan.
Ushbu guruhlarni 2 turidan boshlashni maslahat bergan bo‘lardim. Imkonga qarab albatta.
Ko‘plab ovoz yozish jarayonlarida bir xulosaga kelganman, sizning sifatli audio kontent yaratishingizni 20 foizini qurilmangiz va 80 foizini esa sizning ishlash qobiliyatingiz tashkil etadi.
Oddiy telefonda yoki 2-turdagi mikrofonda (yozish normalariga amal qilgan holatda ) yozilgan ovozingizni ham yaxshi montaj va bazi qoidalarga mos holatda ishlov bersangiz, studiyada yozilgandek judayam sifatli mahsulot tayyorlasa bo‘ladi. Qachonki siz ushbu qoidalarni o‘rganib montaj qilishni yaxshi o‘zlashtirsangiz. Shundagina sizga qurilmani farqi deyarli qolmaydi!
Ushbu ishlash ko‘nikmalarini qanday o‘rganish haqida keyingi darslarda yozaman.
XULOSA : Sifatli audioni tayyorlashning 80 foizi – bu audio bilan ishlash ko‘nikmasidir!
Yana o‘sha gap ))
Oddiy telefonda ham ovoz yozish studiyalaridan sifatli kontent tayyorlash mumkin!
Muhimi ishlashni bilish kerak. Ertangi kunda ko’rishguncha o’zingizni ehtiyot qiling !
- Muallif : Nuriddin Mo'sojonov