November 23, 2019

Vaqtni boshqarish qoidasi

@Motivator_admin

Oltin maqolda shunday deyilgan: “Inson nimani eksa, o'shani o'radi”. Agar biz yaxshilik qilsak, shuning evaziga kelajakda mukofot olishimiz mumkin. Shunday ekan vaqtni yaxshilik uchun ishlataylik. O'z vaqtingizni nafaqat hech kimga zarar yetkazmasdan yashash kerak, balki yanada ko'proq yaxshilik qilish kerakdir.

Vaqtni oilaga, ishga, o'qishga, do'stlarga va hordiqga taqsimlay olish eng muhim vazifalardan biridir. Shu narsalarga vaqt ajratish juda muhim! Yaqinlaringiz va do'stlaringiz bilan har bir vaqtni qadrlash kerak. Ularning yonida bo'lish, ularni sevish va ularga ko'proq e'tibor ajratish lozim, chunki keyin shunday imkoniyat bo'lmasligi ham mumkin.

Xa albatta, biz ishlashimiz ham kerak, chunki yashashimiz uchun pul kerak. Ammo ish ham chegaralangan bo'lishi kerak. Rejalashtirilmagan ish vaqti bo'lsa, ularga o'z vaqtida rejalashtirish qiyin bo`ladi.

Bizda qancha vaqt qolganini bilmaymiz, shuning uchun Xudo bergan vaqtni donolik bilan sarflaylik.

Muallif : @Motivator_admin