November 23, 2019

Kursni o'qishni tanlashingiz uchun sabab!

Sizga bir savol bersam Aslida bu kurs sizga nega KERAK??

Bir voqeani sizga aytsam bir kuni menda qiziq bir holat ro'y bergan . Boshqa viloyatdagi bir tanishimning iltimosiga ko'ra bir kitobni qidirib ko'rishim kerak edi.

Ko'p borib turadigan bir kitob magaziniga bordim. Va u kitobni bor yoki yo'qligini qidirdim. U kitobni topdim va rasmga olib oldim.

Kitob magaziniga ataylab keldim , kel bir yangi kitoblarni ko'rib qo'yay dedimda kitoblarni ko'rishga o'tib ketdim. Bilim uchun ilojim bo'lsa hech qachon pul sarflashdan og'rinmaganman va qochmaganman. Bu yerda hamma kitob qidirish bilan bant edi, hamma o'zi qiziqqan mavzuda. Psixologiyaga qiziqqanim uchun shunga oid 2 kitob menga yoqib qoldi.

Do'kon sotuvchisiga to'lov qilayotganda unga jilmayib :

-- Rosti kitob ko'rganigina kirgan edim , qiziqib shu kitobni ham sotib oldim.

Shunda u yerdagi sotuvchi qisqa va judaham tushunarli gap aytdi :

-- Bu kitobni qiziqishga sotib olganingiz yoq, Bu sizga kerakligi uchun sotib oldingiz .

deb jilmayib javob qaytardi.

Bu hikoyani nega aytmoqchiman , Ushbu kurs reklamasini ko'rib qo'shildingiz, shu yerga kursni tinglab keldingizmi demak bu mavzu hozir sizga kerakli mavzudir.

Insonlarning hayotini o'zgartirishga oldin judaxam ko'p harakat qilar edim. Balkim Online Maktab ochilishiga ham shu sababdir.

Hozir oldingidek emas, Oldin do'stlarimga o'rgangan bilimlarni o'rgatgim kelib ,ushbu kurslar ularning oylik daromadidan 2-3 barobar qimmat bo'lsaham men ularga tekinga o'rgatishga harakat qilardim. Buning natijasi nima bo'ldi deb o'ylaysiz??

Atrofimda hamma hayoti zo'r tomonga o'zgargan insonlar bo'ldi deb o'ylaysizmi?

Yo'q , Men o'ylagandek emas ekan. Men qiziqtirb o'rgatgan o'quvchilarimdan men kutgan natija bo'lmadi. Bo'ldi lekin judaham kam.

Buning asosiy sababi faqatgina BITTA!!

Ularda bunga qiziqish va hohish bo'lmagan. Ular o'sha o'zining sen menga tegma men senga tegmayman deb nomlangan hayotini o'zgartirishnio hohlashmadi.

ENG ASOSIY NARSA BU QATTIQ ISTAK VA HOSHISHDIR!

Siz ushbu yergacha qiziqib keldingizmi demak bu bilimlar sizning hayotingizda hozir kerak ! Va albatta bu sizda O'z ta'sirini ko'rsatadi. Huddi menda amalga oshgandek!

Kursni o'rganishning qiyin joyi yo'q , Misol ishlamaysiz yoki haftalab o'ylanadigan joyi yo'q.

Shunchaki audioni tinglaysiz. Qarashingiz va harakatlaringizni o'zgartirasiz!

Siz chin ko'ngildan harakat qilib , berilgan topshiriqlarni amalda bajarib boring. Natijani biz sizga kafolatlaymiz!

Har bir inson baxtli va omadli bo'lishga haqli. Siz hayotga bir marta kelasiz va siz shu umr davomida katta maqsadlar qo'yib to'q va faravon hayot kechirishga haqlisiz. Shunday ekan siz o'zizni qaroriz bilan kelishib hayotizni o'zgartira olasiz, bu qo'linggizda!

Bu sizning imkoniyatingiz!