"Yashamoq" -ko'z yoshlarga g'arq bo'lgan asar.
"Yashamoq" asari hayot qadri,achinarli taqdirlar,inson irodasi haqida juda ta'sirli roman. Kitobda oddiy oila hayoti orqali 20 asr jamiyatdagi bo'lib o'tgan voqealarni tasvirlaydi.
Mayli, spoyler bo'lsa ham ozgina kitob voqealaridan aytib ketaman. Bosh qahramon Figui boy oilada tug'ilganu lekin aksar yoshlar qiladigan xatolar bilan ya'ni qimor va maishatga berilib,oilasining bor boyligini yo'qotadi.Ana endi u uchun hayotning past balandlari boshlanadi. Dehqonchilik bilan shug'ullanadi, urushga boradi, moliyaviy kamchiliklar va eng og'iri yaqinlarini yo'qotishlar boshlanadi. U barchasiga dosh beradi va yashashda davom etadi. Shuning uchun ham asarni nomi "Yashamoq" deb nomlangandir.
Shu yerda bir narsani aytib o'tay,Jenshen Figuining turmush o'rtog'i shunchalar sadoqatliki, ta'riflashga til ojiz. Ko'p joylarda hayron qoldim. Shaxsan men ham judayam sadoqatli va fidokor insonman yaqinlarimga nisbatan, ko'p o'ylardim buni sal kamaytirishim kerak deb. Endi esa bu hislatlarimdan faxrlanishni boshladim.
Menga eng yoqqan tomoni asar sodda va oddiy, samimiy yozilgan. Adabiy bo'yoqdorlik deyarli yo'q. Muallif asarni realistik va minimalistik uslubda yozgani bilan har bir sahifasi insonni yuragini parcha-parcha qiladi.To'g'risi asarni o'qiyotganimda hech ham yig'lamadim faqat ta'sirlandim. Lekin buni yozayotganimda ko'z yoshlarimni to'xtata olmadim. Gaqni qisqa qilaylikda, asardan men nimani o'rgandim shuni gaplashaylik
Hayotning har bir lahzasi juda juda juda qadrli. Boylik, mansab hattoki yaqinlarimiz ham vaqt o'tishi bilan bizni tashlab ketishi mumkin. Lekin biz shunda devorni bir chekkasiga borib, hech kim bialn gaplashmasdan o'tirishimiz kerakmi albatta yo'q. Yashashga va oldinga harakat qilishga majburmiz.
Agar siz hayot, taqdir va sabr haqida yanada yaxshiroq anglamoqchi bo'lsangiz, "Yashamoq" asari sizga yordam beradi.O'qib ko'ring,bu asar befarq qoldirmaydi.
Sizlarga hozir o'zimga yoqqan va ta'sirlantirgan joylarini keltirmoqchiman