Save me
Tungi 00:13 atrofi yozgi iliq shamol esib atrofdagi daraxtlarning bargini chayqaltirmoqda. Katta o‘rmonzorda faqatgina qora mashinaning chiroqlari nur taratar, mashina yurib tuproqli yerni changini to'zg'itar edi. So‘ngi manzilda mashina toxtadi. O‘rmondagi tashlandiq kulba bolib u yer eski hattoki hidiga ham chidab bo‘lmaydi. Uy ichidan dodlagan ovozlar yangrar ekan qora mashinadan Janob Kim tushib oldinlab qadam bosdi. Uy eshigining tutqichini ushlab ichkariga kirdi. Atrofda hech qanday uy jihozi yoq faqatgina uyning qoq markazida turgan yosh yigit uning yuzlari shilingan burnidan qon oqib kozlari ko‘kargan uni yog‘ochli stulda qo‘llaridan tortib to oyog'i va ogzigacha bog‘lab qo‘yishgan u qanchalik harakat qilmasin bu bogichlardan qutula olmasdi. Janob Kimni kirganini ko‘rgan ikki barzangi yigitni urushdan toxtab xo‘jayiniga tazim qildi. Asabiy holatda erkak galstukini biroz tortqilab oq ko‘ylagining bir ikkita tugmasini yechib qattiq zarba bilan stulda boglab qoygan yigitni aymasdan urdi. Qattiq musht oshqozoniga kelgan yigit joyida bukchayib qoldi. Kim bir necha marta qarshisidagi yigitni urganidan song uning yuzidan ushlab oziga qaratdi. Baland va odamni titratadigan darajada baqirdi.
- sen itvacha osha kuni mening zavodimda mollarim yonib ketgan kun tasvirlar yozib olinadigan joyda kameralarga tegibsan gapir kimga ishlaysan it - yigitni bo‘ynidan bog'a boshladi.
- janob men hech nima qilmadim iltimos qoyib yuboring - yigit boynida kuchli qollar bolgani sabab past va yuzi qizargan holatda javob berdi
- sen it kimni aldayabsan xo‘jayining kim ayt dedim! Tillingni sugurib olaman lanati
- janob otinaman qoyib yuboring men osha kuni og'rilardan yashirinish uchun kirgandim u yerga xudo haqi sizning zavodingiz kirmoqchi emasdim. Hech nimaga tegmadim -
Yigit songi sozlarini yakunlar ekan Kim uni qoyib yubordi. Chunki rostanam yigit to‘gri gapirgandi. Buni sezgan va uning kozlarida bir daqiqayam yolgon yuz ifodasini kormagan Kim uni uloqtirib yubordi. Boyagi ikki barzangiga Kim ishora qildi.
- uni qoyib yuboringlar ogziga siqgan pulni beringlar - erkak qolidagi qoni artib qayta yigitga qarata gapirdi - agar bizni fosh etsa yo‘q qilib tashlanglar buni!
Ikki barzangi bosh silkitgancha yigitni turgizdi. Kim tashqariga chiqib chuqur nafas oldi. Chontagidan telefoni olib yordamchisiga qongiroq qildi.
- Hyunjin bu biz qidirgan inson emas uning bu ishlarda aloqasi yoq
- buni sezgandim u juda qorqoq, shunchaki siz ishonchingiz komil bolishi uchun u yerga borishingizni aytgandim
- buning ozi yetmaydi Hyunjin biz osha insoni topishimiz kerak bu ishlarni boshida turgan chayoni izlashimiz kerak. Bunday holatlar qayta takrorlamaslikgi uchun
- janob bir narsani aniqlagandekman bu ishga bir tomondan aloqasi yo‘q bir tomondan..
- yodingizda bolsa Janob o‘g‘lingiz Taehyungning avtohalokatga uchragan kun u mollar saqlanadigan joyga borgandi. Lekin siz unga ishlarga aralashmasligini aytingiz jahl bilan chiqib ketib so‘ng baxtsiz hodisaga uchradi. Hozir ham kop marotaba shubhali ishlar qilmoqda. Bir necha marta bir ozi yolg‘iz kochada aylanib keldi. Balki oshanda jahli chiqgani sabab alamini olayotgan bo‘lsa-chi
- Yetar Hyunjin ! u oglim mening pushti kamarimdan bo‘lgan farzand hech qachon eshtiyabsanmi menga aslo xiyonat qilmaydi. Avtohalokat oz yo‘liga u araz qilib yuradiganlar emas. Bu ishni qilmoqchi bolsa allaqchon oldin qilib bolar edi. Bu ishda uning biror qoli yoq bunga aminman sen qidirishda davom et
- yaxshi janob shunchaki har bir ehtimolga jiddiy e'tibor qaratmoqni lozim kordim. Janob Taehyyg haqida bunday demoqchi emasdim
- seni juda yaxshi bilaman oz ishining ustasisan Hyunjin shu kungacha bunga kop marotaba ishonch hosil qildim. Mollar masalasi tugasa senga bir ikki kun dam olish uchun ruxsat beraman va ish haqing oshadi.
- raxmat janob etibor va ishonch uchun
- arziysan Hyunjin ertaga tushlikda uyga kel Hyunjin
Erta tong otar ekan keng xona boylab qandaydir ovozi yangradi. Yotoqda yotgan Mareana turib bu ovoz ozining telefonidan kelganini sezib uni tumpa yonidan olib ochirib qoydi. Kozlarini ishqalab chuqur xorsingancha kechgacha voqeani qayta esladi.
G‘irt ahmoqman qancha uxlagan bolsamda miyamdan hech ham kechaga sodir bolgan voqeani unuta olmayabman nega ahir Xvan Hyunjin u meni rad etdi. Kecha tantiq qiz va erkatoy deb mazaxladi. Yetmaganiga bir birimizga togri kelmasligimizni aytdi. Sevgimni butkul rad etdi. Ahir uni qattiq sevaman hattoki ko‘ngli o‘ksib qoldimi demaydi. Jin ursin faqatgina ozimni sharmada qildim xolos ichimdagi saqlab yurgan hislarni bekorga oshkor qildim. U meni tanlamasligi anniq edi. Nima bo‘lishini kutganding nimani o‘ylading Mareana? u ham sendek sevishini aytib dil izhor qilishinimi. Qattiq adashding Mareana u aytganidek menga hech kim yaqinlashmaganligi do‘stim bolmagani va dadamning istagi yani buyruqiga kora u men bilan butun vaqtini kochada uyda o‘tkazdi. Bundan boshqa narsa yoq ikkimizni ortamizda. Osmonlarda uchib u haqida oylar edim. Endi nafaqat bu orzularim yerga qarab quladi. Balki yuragimdagi chin sevgi ham chilparchin boldi. Men xato qildim uni unutaman ha eng togrisi shu. Nafaqat menga balki Hyujinga ham shunda yaxshi boladi.
Xayolarga chomib yotoqda aydolga oranib otirgan qiz oyisini eshikdan kirib kelganini sezmay qoldi. Miya bugun juda kop pardoz qilgan va hatdan tashqari ochiq kiyingan shu sababdan Mareana oyisiga qarab qotib qoldi. Biroz u oyisiga tikilgancha gapirdi
Mareana- oyi tinchlikmi bugun juda bezanib olibsiz ertalabdan- qiz oylanib qolgancha qoshimcha qildi- biror yerga bermoqchimisiz. Topdim yana osha galati kibor oyimcha dugonalaringiz oldiga borasizmi
Miya- ha xuddi shunday meni aqili qizim osha kibor oyimchalarni ortda qoldirish maqsadida maftuhkor kiyindim. Yarashganmi?
Mareana- juda chiroylisiz oyi - tasdiq ma'nosida oyimga bosh silkitib qo‘ydim yotoqda hali hamon turar ekanman oyim menga tikilib qoldi. Hayron boldim va nigohlarimni uzib qayta yotmoqchi bolganimda oyim doimgidek chaqqonlik bilan yotoqimning chekasidan joy oldilar.
Ayol yotoq yoniga yaqinlashib u yerga otirib oldi. Qizining to‘zg‘ib ketgan sochini tarab qoydi. Tabasum qilib unga qaradi
Miya- Mareana qizim nega yig‘lading biror gap boldimi yoki oqishingda kimdir senga gapirdimi nega kozlaring qizargan
Mareana- hammasi joyida oyi yig‘laganim yoq tashvishlanmang - ammalab oyimni tinchlantirishga harakat qilmoqdaman eng yomoni shu agar oyim eshitsalar Hyunjin bilan bolgan voqealarni tab tortmasdan dadamga borib aytadilar. Oyim ham boshqalardek insonlarning tabaqasiga qarab ajratadilar.
Miya- ishondim deb o‘ylama Mareana hozir kech qolyabman uyga qaytishim bilan bu mavzuda gaplashamiz - ayol yotoqdan turib eshik yoniga yaqinlashdi. Qayta ortga burilib qiziga qaradi- sal bo‘lsa yodimdan kotarilar edi. Mareana tushlikda pastga tush otang tayinlab qoydi.
Mareana xop degandek boshini qimirlatib eshikdan chiqib ketayotgan oyisiga soxta tabassum qilib qoydi.
Marmar toshlardan yasalgan oppoq hamomda sochlarini yig‘ib olib faqatgina bitta fudbolkada yerga o‘tirib olgan Hanlin erining oyoqlarini hushbo‘y hid taratuvchi sovun orqali yaxshilab yuvib qoymoqda. Bu ishni qizga ep kormagan Taehyung boynadan beri ichida la'natlar o‘qimoqda
Soat chamasi 11:45 atrofi kecha kechqurun tuni bo‘yi Hanlin bilan suhbatlashdik. Doim u bilan suhbatlashish meni tinchlantiradi. Har bir voqeani maroq bilan tasvirlab beradi. Bu qiz men nogironga aylanganimning 2- yilida hayotimda kirib kelib o‘chmas iz qoldirdi deya olaman. Yillar davomida bu zulmatda bir ozim qolib ketishimni oylar edim. Aslida hayot men oylagandek qorong‘i emas. Shunchaki bu nurni men qidirmaganman, lekin bazida oylab qolaman nega Hanlining hayotini bu darajada qiyinlashtirdim? yagona sababchi faqatgina ozim boshqa bir inson emas men uni otasidan va yaxshi hayotidan mahrum qildim. Barcha ayb ozimda uning baxtidan va hotirjamlikidan ko‘ra sevgimni afzal kordim. Hozir ham doimgidek har 3 kunda oyoqlarimni meni rozilikimsiz yuvish bilan ovora boladi. U doim menga nisbatan nafaqat sevgi balki hurmat ham namoyon qilgan. Agarda kimdir dunyodagi mukammal ayol kim desa buni baland ovozda Hanlin ekanligini ayta olaman.
Hayolga chomgan yigit qarasaki allaqachon xotini Hanlin uning oyoqlarini sovunlab bolgan. Navbat oyogdagi ko‘pikni suv bilan yuvib tashlashda qolganida Hanlin suvning haroratini yani issiqligini va sovuqligini tekshirayotgan edi. Buni yaqqol sezgan Taehyung unga qarata gapirdi.
Taehyung- suvni haroratini tekshirishing shart emas barbir oyoqlarim hech nimani his qilmaydi- unga shunday degancha bir nuqtaga tikilib qoldim va kecha undan yashirincha qilgan ishimni hayol qila boshladim. Agar u buni eshitsa qanchalik mendan xafa boladi. Yoki xursand bo‘ladi?
Hanlin- m..men haligi Tae - duduqlanib qoldim jin ursin nega doim shunday boladi. Bazida bu harakatlarim chetdan atayin qilgandek, lekin rostanam men hayolan shu xatoni qilib qoydim. Taehyungni xafa qilmoqchi yoki yuziga ro‘kach qilmoqchi emasdim. Oyoqlari yurmasligini shu kungacha turmushimiz davomida bir marotaba ham gapirmadim. Lekin Tae u negadir shu kunlarda doim har gapining birida buni takrorlayapti u nimadan buncha asabiy ahir tushunmayapman ?
Taehyung- hammasi joyida aytgancha men malikam tayyorlab beradigan kuksini sogindim - birdan jilmayib unga gapirdim. Uni xafa qilmoqchi emasman, sevgilimning soniyalar otmasdan chehrasi ochildi. Agarda men ozimni yaxshi his qilmasam kun boyi hech qanday tabassumsiz Hanlinga qarasam u ham men kabi shunday qiladi. Xuddi bir butundek go‘yo hozir ham jilmayganim uchun menga qoshilib tabbasum qildi. Men so‘ngi qarorim ko‘proq o‘ylantirmoqda hozir butkul unga bog‘lanib qolganman lekin bu tarzda umrbod davom etmaymiz.
Hanlin- yaxshi qadrli erginam siz uchun mahsus Kuksu tayyorlayman avval sizni tarribga keltirishimiz lozim- birdan uning mayin va erkalab gapirgani juda yoqdi. Undan boshqa gapni kutgandim. Yani uning yuzidagi sovuqonlik muhiti bir necha kun ketmaydi deb oylagandim biroq unday bolmadi. Ozimni ancha yengil his qildim. Va ikkimiz ham tartibga kelib oshxona tomon yol oldik