June 25, 2025

Chegarasiz Sevgi

1- EPISODE

Quyosh allqachon nur taratib bolgan. Tongi yengil shabada barglar shitirlashi turli jonzotlar qushlar itlar va mushuklar ovozi yangramoqda. Bu esa yana bir ajoyib kun boshlanishiga ishora demakdir. Ulkan yotoqdan turgan jussa korpani chetga surgancha poldagi shipaklarini kiydi. Xona tomon tutashtirilgan ayvonga chiqgan qiz panjaralar tutqichini ushlab chuqur nafas oldi. Xuddiki bu nafas ol hayotdan bahra ol degandek go‘yo. Qayta xonaga kirgan qiz oyoqlarini hammom eshigi tomon yo‘naltirdi. Yuzini sovuq suv bilan yuvib bo‘lgach pardoz jihozlarini rakvina yonidagi tormadan oldi. Oppoq yuzga pushti upani surgan qizning keyingi harakatlari laplarida toxtadi. Ularni chiroyli qilib boyagach sochlarini tarab yoyib oldi. U yerdan chiqib xonadagi javondan pushti rangli ko‘ylagini kiydi. Zinalar tomon pastga tushib oshxona tomon bordi. Oziga qora qahva tayyorlagan qiz bir ikki qultum ichgach uni stolga qo‘yib har doim ishga ketishidan oldin kiradigan xona tomon bordi. Eshikni sekin ochgancha avval divanda uxlab yotgan enagaga qarab qoydi. Song esa chaqoloqlar yotoqiga qaradi. Jaji kozlari ochiq bo‘lgan yotoqda uyg‘ongan bolani korishi bilan yuzida keng tabbasum paydo boldi. Bolani yotoqidan olgan qiz uni quchog‘iga olib peshonasidan opib qoydi. Qiz bolasaning iforini hidlab baxramand boldi. Uni sochlarini silab jilmaydi
- Mening kichkintoyim uyg‘onibtiku mittiginam bolajonim oying seni juda yaxshi koradi.

MIRA

Qizga javoban kulib qaragan bolani yuzi uni yanada yoqimtoy qilmoqda qiz jilmayib qoydi. Bolani qayta u joyiga yotqizdi. Oxirgi bor opib qoyib u xonadan chiqdi.
Oraliq 1 saotdan song ishga yetib kelgan qiz oziga tegishli bolgan joy yani suratga olish maydonchasi tomon qadam tashladi. Uni kelganini sezgan mohir suratchi Jack ortiga qarab qizga jilmaydi
- hayrli tong nihoyat kelding Mira bugun ishlarimiz tiqilib yotibti naqd 10 pardoz vositalarini reklama qilish kerak

JACK

Shoshib aytilgan sozlardan Mira kulib qoyib Jackga javob qaytardi
- unda qani olg‘a
Boshini qimirlatgan suratchi Jack stilis qizlarni chaqirdi. Mira har doimgidek pardoz xonasi tomon borib qora jarmdor kresloga otirib kozlarini yumdi. Uning ortidan kelgan qizlar dastavval Mira ozi uydan qilgan pardozini ochirishdan boshlashdi. Miraning oppoq yuziga yana oq upa surib uning kozlarini tepa qismini boyay boshlashdi. Uning shishib turgan laplarini kompaniya ishlab chiqargan qizil lab bo‘yog‘i bilan yanada maftunkor qilishdi. Sochlarini tarab bolgach pardozchilar unga tayyor bolganini aytishdi. Vazminlik bilan turgan Mira oynaga qarab o‘zini yuziga qaradi.
- ajoyib
Bir ogiz soz aytib oziga ozi tikilib qoldi. Ortidagi qiz unga qarab gapirdi
- xonim maxsus kiyim anavu javonda
- yaxshi ketishingiz mumkin ozim kiyaman.
Tazim qilib qiz chiqib ketdi. Mira endi kiyimlarini yechmoqchi bolganida telefoni chiringlab qoldi. Ahamiyatsiz qoldirmoqchi edi toki telefon yozuvdaki sozlar Dahye deb yozilganini ko‘rmaguncha ( Dahye enaga va Miraning yaqin dugonasi)
- alo eshitaman Dahye - shoshqaloqlik bilan avval ozim javob qaytardim hatto birinchi qongiroq qilgan dugonam bolsada
- Mira Mira .. - telefondagi ovoz toxtab qoldi nafas rostlagan qongiroq ortidagi qiz qayta tilga kirdi - Suhon uning tobi yoqga o‘xshaydi istmasi 37 yuqori
- NIMA - baqirib yuborgan qiz biroz tinchlanib qayta quloqlariga telefoni tutdi - 15 daqiqada uyda bolaman
Shoshilgancha ustki kiymini olgan Mira tashqariga chiqib ketdi.

- JEON XONADONI -

Hashamatli uy ichida keng yozilgan dasturxonda yoq narsani ozi yoq. Jeonlar xonadonida bugun barcha oila vakillari yig'ilgan. Uzun dasturxon atrofida yoshi katta bolgan Janob Jeon va undan bir ikki yil kichikroq yoshdagi ayol Jeon xonim ham shu yerda. Mehmonxona eshigidan viqor bilan kirib kelgan ikkita uzun boyli va kelishgan yigitlar kimligini taxmin qilish mumkin. Ulardan katta yoshlisi ismi Yoongi xuddi Jeon xonimning ozginasi ikkinchi Jungkook esa bir tomchi suvdek otasiga tortgan. Stullarga yonma yon otirgan yigitlar ovqatga qol chozib tamadi qila boshlashdi. Ularni har bir harakatini kuzatiyotgan Janob Jeon Yoongiga qarata gapirdi.

JK

- Yoongi qachon Amerikaga jo'naysan? 2 kundan so‘ng barcha qurilish mollarini olib kelish kerak xomashiyolarimiz tugab bormoqda
Qolidagi qoshiqni qo‘ygan bashang kostyum shim kiygan Yoongi nigohlarini otasiga qaratdi
- bugun kechga samolyot uchadi. Borishim bilan hammasidan xabar olib qaytib kelaman albatta mollar bilan
Boshini qimirlatib qoygan Janob Jeon boshqa bir ogiz soz demay ovqatlandi. Stul ustidagi pishirilgan go‘shti Jeon honim olib Jungkookning likopchasiga qoydi
- Jungkook oglim sen yaxshi ko‘radigan uslubda pishirilgan bu go‘shtlar yeya qol
- albatta oyijon
Jungkookning oyisi unga tabbasum qilgancha ovqatlanishda davom etdi
Janob Jeon yuzini quruq salfetka bilan artgancha bu safar ikkinchi ogilga qaradi
- ertadan kompaniyada ish boshlaysan
Og‘ziga solgan go‘shtni Jungkook bu gaplardan so‘ng yuta olmay tiqilib qoldi. Unga suv uzatgan oyisi kozlari bilan Jungkookga ishora qilayotgan edi. Bu koz ishorasi ayni damda " xop degin " manosida qimirlayotgan edi. Jungkook laplarini salfetka bilan artib qoshlarini uyib otkir nigohini otasiga qaratdi.
- men u yerga bormayman
- borasan dedim!
Oziga monan tarzda javob qaytargan otasiga u qarab qoldi
- men kosmetika kompaniyasida ishlamayman ota!
- ishlaysan u yerdagi ish boshqaruvchi va direktor ishdan haydaldi. Sen ular o‘rniga borib ishlaysan
- hech qachon ota! bir chaqaga arzimaydigan joyda ishlamayman men avvalgidek clubni boshqarishda davom etaman
- bu iltimos emas buyruq Jungkook va ikkinchidan sen aytayotgan bir chaqaga arzimaydigan kompaniya sening bir necha marotoba muammoga uchragan clubingni zararni qoplab bergan
( yani club qarzga botganda bu kompaniya daromadi clubni zararini qoplab bergan )
- ota lekin...
- lekin degan narsa yoq ertaga tongda u yerda bol
Ornidan turib ketgan erkak jahl ila oz xonasi tomon qadam tashlab ketib qoldi. Jungkookga nim tabassum qilgan oyisi uning stoldagi musht bo‘layotgan qollarini ushlab siladi. Va Janob Jeonning ortidan ketdi. Dasturxon atrofida faqatgina ikki aka- uka yolg‘iz qoldi. Boyadan beri jim o‘tirgan Yoongi nigohlarini ukasiga qaratdi.
- otamni aytganini qil barbir u o‘zini gapini gap deb biladi
- qachongacha ozini yosh boladek tutadi.
- hech qachon Sen kompaniyaga men esa amerikaga
Chuqur uh tortgan yigit akasining keyingi gaplarini e'tiborsiz qoldirib stuldan ko‘tarilgancha xonasi tomon emas aksincha asosiy eshik tomon chiqib ketdi. Unga bir nimalar degancha Yoongi stulda qolib ketdi. Jumgkookga bu gaplar besamar ekanligini faxmlab ertaga ertaroq turishini eslab xonasi tomon yol oldi.

YOONGI

Seul markazida tungi tinimsiz mashinalar o'tishi baland binolar va svetafor chiroqlari barcha nurlar oqshomga ozgacha muhit yaratmoqda. Chindanam Tungi Seul ajoyib ayniqsa bu zavqni yanada oshiriyatgan va his qilayotgan qora kiyimdagi yigit shiddat bilan mototsikl haydab tanasiga sovuq shamolni olib kirmoqda... Jungkook katta yolga chiqdi va tezligni ohirgisiga qoyib zavqlandi. Bu zavq xuddi alokol ichib ozini muzdek suvga tashlagandek va bu adrenalin bermoqda

Pov jungkook

Doim shunday yashashni istayman ozgacha zavq bilan... tanam va ruhim har bir kunni shunday his etsin. Hozirgi holatimning na otamga na boshqasiga aloqasi yoq shunchaki doim ozimda qandaydir bo‘shliq korsam shu adrenalin his etishni istayman to‘xtovsiz shamol shiddatli tezlik bu ajoyib juftlik lekin bu vaqtincha.. qayta yuragimdagi bu boshliq paydo bolsa tamom! nega ketmayapti chuqur boshliq? nimadir kamdek nimadir yoqdek nimadir rangsizdek kimd...dir ....

Hayollarga cho‘mgan yigit so‘nggi ichidagi so‘zlarni deb ko‘zlarini qattiq yumib oldi. Qayta ochganida motaskil tezligini eng yuqorisiga qo‘yib yashin tezlikda zulmatdek qob qorong‘i ko‘cha tomon singib ketdi..

- Erta Tong -

Mayin shabada esmoqda yotoqda uxlagan Mira asta sekin kozlarini ocha boshladi. Kipriklar harakat keldi, Mira dastavval ko‘zlarini ishqaladi. So‘ng esa yotoq yonidagi bolaga qaradi. Erta tongdan qizning yuzida keng tabbasum paydo bo‘ldi. Buning sababchisi albatta shirin bolib uxlayotgan chaqaloq, 11 oylik Suhon edi. Bolaning tagiga maxsus korpacha va yostiqchalar qo‘yilgan. Kechagi ishdan so‘ng Mira Suhoni bir daqiqagayam yolg‘iz qoldirmadi. Ishidanam ruxsat olmay shoshilinch uyga kelgan Mira birinchi navbatda bolasini oyladi. Uning kechadan beri tushamayotgan haroratini deb u ancha xavotir oldi. Shu sabadan kechasi bilan unga qarab chiqdi. Hozir Mira kaftlarini sekin bolaning peshonasiga qoyib harorati bor yoki yo‘qligini tekshirdi.

SUHON

Kechagi tinimsiz yig‘idan so‘ng bola ancha charchagan va hozir yoqimtoy bolib yotmoqda, harorati esa tushgan Mira uning lo‘ppi yuzidan opib qoyib uni sekin ko‘tardi. Suhon uygonmasligi uchun uni orqasini silgancha xonasidan chiqib bolaning xonasiga kirdi. Suhonni ozining belanchagiga qoyib songi marta uxlab yotgan ogiliga Mira qarab qo‘ydi va yerdan chiqib ketdi. Mehmonxoning divanida cho‘zilib telfon kovlayotgan Dahye dugonasini jussasini korib telefonini o‘chirdi. Va Miraga qarab qoydi. Qiz doimgidek oxshona kirib u yerdan ozining qora qahvasi bilan chiqib keldi. Dugonasi otirgan divaning qarshisiga u joylashib olib qahvani simirgancha oylanib otirdi. Dahye unga tikilgancha gapirdi.
- suhonni harorati ancha tushdi ahvoli ham yaxshi
Mira boshini silkitgancha uning gapini tasdiqladi.
- Mira sening ahvoling yaxshimi
- bir navi
Nimadir deyishni unga istamayman chunki ozim ham ozimga nima bo‘layotgani bilmayman
- demak qoniqarli ham emas
dugonamga jumboqli qarab qoydim
- bilmadim bilmadim Dahye
Mira qolidagi qahvani qoyib divanga suyandi. Kozlarini shiftga qaragancha tikilib qoldi.
- bola va ish ancha charchatdi bazida Suhonga yomon qarayabman deb o‘ylayman
Dahye kulimsiragancha dugonasiga qaradi
- qoysangchi Suhoga hatto ishlamaydigan uyda o‘tiradigan ayollardan ham alo qarayabsan
- balki
Dahyening cho'rt kesalgi tutushini bilib kozlarimni yumdim
- balki emas bu rost ! Va na ish na bola bunday tushginliginga sababchi emas asl sababchi Mingyu
- yetar osha isimni tilga olma
Ancha vaqtdan beri nafaqat ismi balki butun jismini unutishni xohlagan insonimning ismi quloqlarimga yangradi. Bilmadim negadir asbiylashyabman
- nega ekan Mira xonim

Dahye

Olovga moy sepgandek Miraga sapchidim
- Dahye
- meni aldayotgan bo‘lishing mumkin lekin o‘zingni alday olmaysan! uni juda sog‘inganing ma'lum
- ishga ketishim kerak Suhon xonasida
Stakandagi qahvani ichib bolgach Dahyening bittayam gapini ozimga olmay tezda xonamga kirdim eshik ortidan uning so‘zlarini eshitdim
" bir kun kelib uni qarshingda ko‘rsang nima qilasan " yuragim tez urmoqda bilmadim bazida hech nimani o‘ylamasdan kuni boyi faqat kozlarimni yumib sokin qolishni istayman. Mingyu uni 11 yarim oydan beri kormadim, qarib 1 yil desayam boladi. YOQ YOQ. Bas yetar ! Ishga ketishim kerak miyyamdagilarni bir chetga surib quvvatga qoyilgan tqlefonimni oldim. Telefoni yoqishni bilan bir talay javobsiz qo‘ng‘iroqlar- u xabarlar eh xudoyim kecha hatto Jackgayam xabar qilmadim. Ishdan shiddat bilan chiqib ketganimni eslab boshimni ushlab qoldim. Tez tayyorlanishim kerak !

- Moonlight Club -

Clubdagi xonalarda pishilab uxlayotgan Jungkook bir necha marta yotoqdan qo‘zg‘aldi. Uyqusi buzilgani anniq yostiq tagidagi telefon tinimsiz jiringlayapti hozir javob berilmasa yorilishi anniq. Kozlarini hamon ochmagan Jungkook qoliga telefoni olgancha yashil tugmachani bosdi
Narigi tomondan baland ovoz keldi
- demak hatto uyg'onmading Jungkook! Tez tez qimirlab soat 9: 00 kompaniyada bol vaqtida
- yana qanaqa kompaniya aka
- ozing aytgandek bir chaqaga arzimaydigan otamizning kompaniyasi
- uhh
- otamga ertalabdan u yerga borganingni aytim men amerikaga boryabman Jungkook ozingni togri tutib muomalarsiz ishla
- qachon qaytasiz
- 2-3 kunlarda xayr
Yoongi koshagni qoymoqchi boldi. Biroq narigi tomondan ovoz keldi
- bexatar parvoz
Akamning tabbasum qilganini sezdim- telefoni ochirdim navbat ozimni epaqaga keltirish. Yelkalarimni shiftga kotargancha biroz ozimni tetiklashtirdim. Kechagi zavqdan song to‘gri shu yerga keldim. Biroz ichimlik ichib ozimni duch kelgan bosh xonalarning biriga tashlaganimni eslayman. Bu yer club shu uchunam bu xonadan chiqib yuvinish xonasi tomon bordim.

- 1 soatdan so‘ng -

Kompaniya eshikidan kirib kelgan Mira shoshilgancha lift kirdi. Ancha kech qolganini sezdi. Yetmaganiga kechangi birorta ish ham bajarilmagan Qiz shularni oylagancha hayol surdi. Lift endi yopilganda ichkariga oyoqlarini tirgan yigit kirib oldi. Mira notanish yigitning bu qiliqlariga ensa qotirib qoygancha qo‘llarini liftning tugmachalari tomon yurgizmoqchi ediki sharta birinchi bolib qarshisidagi yigit liftni 6 qavatini bosdi.

- birinchi men bosmoqchi edim
- ulgirgin edi qizaloq
Boyadan beri bu yigitni endi yuzini kora oldim. Uning qilgan bu shurtbetligi negadir qattiq jahlimni chiqarib yubordi. Yetmaganiga bunaqa gapu sozlari asab tolalarimni yeb bitirmoqda. Men ham anoyilardan emasman olti raqamini ochirib oringa uchni bosdim. Qarshimdagi yigit birdan menga juda yaqin kelib lift tugmalarida qolib ketgan barmoqlarim ustiga ozining ogir bo‘rtib chiqgan vena tomirli qo‘llarini qoydi.
- o‘yin oynama qizaloq asibylashsam ozinga yomon boladi
- lekin sen boshqalarni asabiga tegsang maylida - a ?
- buni qaraya bu yuz orqasida sodda quyoncha yuzli emas aslida shartaki tulkicha bolishini kim oylapti
- haddingdan oshma tarbiyasiz avvaliga liftga oyog‘ingni tiqding, men tugmalarni bosmoqch bolganimda sen bosding keyin esa hozirgi axloqsiz gaplaring barchasi..
Qiz sozlarini yakunlamasidan yigit uning gaplarini bolib ortadagi masofani yoq qildi
- buni qaraya bu kompaniyada odobnomadan dars beradigan inson nima qilib yuribti
- men bu kompaniyada..
- bilaman oddiy faroshsan
Yana osha harakat tinglamasdan ozing gapini o'tqasizish usuli bu yigit tobora jahlimni chiqayapti
- ey jinurgur - bu safar bu lanatining gaplariga dosh berolmay uning ikki oyoqlari orasiga zarba berdim. Menga yopishib ketgan bu shilqim joyida bukchaygancha qoldi. Meni esa vaqtida ochilgan lift eshiklari qutqarib qoldi.

1- qism tugadi Aktiv boling !