Hidden Love
Atrof sokin, bulutlar turli xildagi shakllar yaratib ko'm ko‘k osmonga ko‘rk bag‘ishlamoqda. Osmoning eng yuqorisidan barcha narsa hattoki insonlardan tortib katta binolargacha kichik, chumolidek ko‘rinmoqda. Bulutlardan o‘tib kelayotgan samolyot bir necha soatdan so‘ng Korea havo yo‘li aeroportida qo‘nadi. Samolyot ichidagi insonlar turli xil din va irqlarga ega. Ayrim samolyot ichidagi insonlar shunchaki sayohatga va aylanish uchun kelgan bo‘lsa biznes klassda beg‘am uxlab kelayotgan Mira esa oz vataniga yani Koreaga necha yillar deganda qaytib kelmoqda. Mira o‘rindiqda uxlagan, sochlari yoyib ko‘zlariga maxsus yotish uchun mo‘ljallangan matoni taqib olgan. Yo'lak boylab kelayotgan Стюардесса ( ozbek tilida nima deyishini bilmayman 🤣 ) joyida to‘xtadi va pishillab uxlayotgan Miraga biroz termulib tomoq qirdi.
- xonim chiptangizni qayta ko‘rsata olasizmi - ayol bir ikki yengil Mirani iyagini ushlab silkitdi. Hali hamon chuqur uyqudagi Mira uyg‘onmadi. O‘rniga esa alahlsiragancha gapirdi.
Mira: yoq oyi urmang iltimos men shunchaki buni keyinroq aytmoqchi edim-alahsirab alla nimalarni gapirgan Miraning so‘zlaridan so‘ng ayol yo'talgancha yana bir marotaba uni yelkasidan ushlab uyg‘otishga harakat qildi. Bu safar o‘rnidan turib ketgan Mira birdaniga chinqirab yubordi. Mira refleks tarzda qo‘llari bilan yuzini to‘sib oldi. Uning harakatlaridan yana hayron qolgan ayol gapirdi.
- xonim uyg‘otib yubordim va mazur tuting sizni qo‘rqitib yubordim - ayol aybdorlik hissini tuyib gapirdi. Mira ko‘zidagi matoni olib ayolga qaradi.
Mira: hechqisi yo‘q men shunchaki juda yomon tush kordim va siz bu qo‘rqinchli tushdan meni xalos etdingiz- nim tabassum qilib qarshimdagi ayolga jilmayib qo‘ydim.
- tushunganingizdan xursandman aytgancha chiptangizni korsata olasizmi xonim
Mira: ha albatta - yonimdagi sumkam ichidan chiptani olib ko‘rsatdim. U chiptani ko‘rib bo‘lgach tazim qilib bu yerdan ketdi. Men esa sochlarimni to'g'rlab oynadan atrofga nazar tashladim. Samolyot oynasidan atrof juda gozal ko‘rinar ekan. Ayniqsa bulutli osmoning go'zalikiga qarab qoldim va ichimda nimalarnidir o‘ylay boshladim. Oynaga boshimni qo‘yib barmoqlarim bilan ularga chizdim. Shunchaki tabassum qilayotgan yuz ifodasini chizdim xolos. Va qayta ko‘zlarimni yumib o‘rindiqga suyandim. Bu daxshatli tush edi. Lekin bu bir necha soatdan so‘ng haqiqatga aylanib sodir bo‘lmasa boldi. Uyga qaytib kelganim barchaning ayniqsa oymining jahlini chiqarishi anniq. Qanday qilib uyga kiray? Balki yashirincha kirsam bolar. Uhh yoq ahmoqona fikr barbir sezib qolishadi. Lanati ukam bilib qolsa tamom. Naqadar hayot qiyin
-KOREA SEUL, TAQDIMOTLAR XONASI,
Janob Chomin bir necha marta urunsada o‘ziga kerakli odam bilan telefonda bog‘lana olmadi. Boshlovchining bir qo‘lida sovrin ikkinchi qo‘lida esa qog‘oz undan ism sharif yozilgan inson nomimi aytar ekan. Xo'rsingancha Chomin kostyumini to'g'rlab endi, sahnaga chiqmoqchi bo‘ldi. Biroq sahna chiroqlari orqadagi erkakga qaratildi. Kostyum shimdagi kelishgan erkak sahna tomon qadamlarini qo‘ydi. Janob Chomin qarsak chalib erkakga ko‘zini qisib qo‘ydi. Atrofdagi pardalar ko'm ko'k va har bir stollardagi insonlarning butun diqqat e'tibori sahnadagi erkakga qaratilgan. Barcha chiroqlar o‘chirilib butun yorug‘lik sahnadagi erkakga tushirildi. Chamasi 29 yoshlardagi erkak qora sochli, boyi uzun, ko‘zlari sharsimon aylana shakilda, erkakning ideal jag'i uni yanada kelishgan ko‘rsatmoqda. Uning ravon ovozga ega ekanligi hozirgi nutqidan bilish mumkin. Erkak mikrafon oldiga yaqin kelib so‘zladi
- Barchangizga hayrli kech janoblar va xonimlar ismim tanish bo‘lsa kerak, agar unday bolmasa o‘zimni tanishtiray men Jeon Jungkook 29 yoshdaman bugun yillar davomida harakatim besamar ketmaganliga ishonch hosil qildim. Qo'limdagi hozir boshlovchi taqdim etgan bu sovrin mening harakatlarim dalilidir. Sizning bizning va hammamizning hayot yo‘limizda mashaqqatli yo‘llar mavjud bu uzun yo'llarda qoqilmang maqsadni oldinga qoyib harakatlanishda davom eting!
Jungkookga barcha insonlar olqishlar chalishdi. U sahnadan tushib janob Chomin o‘tirgan stol yoniga keldi. Jungkook unga tazim qilib salomlashdi.
Chomin: Jungkook kelmaysan deb o‘ylagandim, hattoki sahnaga sovrini olish uchun hozir ozim chiqmoqchi bo'ldim
Jungkook: biroz ishlarim chiqib qoldi. Shunga vaqtida kela olmadim
Chomin: Muhimi sovringa ega bolding va eng yaxshi loyiha egasi deb taqdirlanding. Sen bilan ishlash meni zavqlantirmoqda
Jungkook: Meni ham xursand qilmoqda va suhbatimizni
keyinroqga qoldirsak hozir ketishim kerak- Chomin bilan xayrlashib bo‘lgach tashqariga chiqdim va mashinamni o't oldirib gazni bosidim. Oynadan taralayotgan yengil shamol tanamni muzlata oldi.
Jungkookning mashinasi maktab yonida toxtadi. U atrofga nazar tashlab sekin qadamlar qo‘ya boshladi. Har bir burchakda ajib xotiralar uning yodiga keldi. Chunki u bu maktabda tahsil olgan va yoshlik davrlari qayta gavdallanmoqda. Maktab hovlisi tomon yurar ekan uning yelkasiga kimdir qo‘lini qo‘ydi. U ortga nigoh tashladi. Jungkook hayrat aralash tabassum qildi. u qarshisida o‘zining sinfrahbarini ko‘rdi.
Jungkook: hali ham maktabda ishlayabsizmi ? men allaqachon nafaqaga chiqgansiz deb o‘ylar edim
- men qariga o‘xshab ko'riniyabmanmi Jeon- ayol qoshlarini chimirib o‘quvchisiga savol berdi
Jungkook: yoq ustoz mazur tuting bunday ma'noda gapirmadim
Ustoz xandon otib kuldi. Va Jungkookga maktab hovlisidagi orindiqga o‘tirishini ishora qildi. Qisqa yo‘talib u Jungkookga qaradi.
-Jungkook sen bilan faxrlanaman sendek o‘quvchi bizni maktabimizda tahsil olganidan- u Jungkookni yelkasiga urib qoydi va gapini davom etirdi- har kuni seni televizorda ko‘rsatishganida o‘zgacha tuyg‘uni his qilaman ofarin Jeon
Jungkook: bu sizning mehnatlaringiz samarasidir. Chunki sizdek mehribon ustoz menga talim bergan
-men emas balki sening o'z ishtiyoqing! va mashaqqatli kunlardan so‘ng shu darajaga kelishinga o‘zing yagona sababchisisan. Aytgancha bu yerda nima qilib yuribsan
Jungkook: ish boyicha direktor chaqirgandi. Sinfxonalarni boshqacha dizaynda yangilash uchun
- tushunarli demak mahoratli loyhachi bu yil maktab ichini o‘zgartirar ekanda
Quyosh charaqlab atrofga nurlarini taratmoqda. Hozirgi toza havo har qanday odamni ko‘nglini bahramand qiladigan holatda shu tufayli bugun Dange tog‘ida kop odamlar sayohat qilish uchun kelgan. Qoyatoshlar bo‘ylab kelayotgan odamlarning har biri o‘zing orzusi maqsadi va tilaklarini ro'yob bo‘lishi uchun toshga yozishmoqda. Aytishlari boyicha bu yerda nima yozilsa osha yuz beradi. O‘sha insonlar ichida hattoki 55 yoshlardagi qalin uch dugona ham bor bular Hesu, Chanmi va Soyun ular doim bu yerga tez tez kelib turishadi. Hozir bu ayollar shu toshlarga oz orzularini yozishmoqda Hesu bo'r bilan shunday yozdi. "Qizim oglim va tentak erim hammiz baxtli yashaylik" pastda yana qandaydir jumlalar bor edi. "qizimning to‘yi tezroq bolishni istayman" Hesuning yozganlarini ko‘rgan Chanmi xandon otib kuldi.
Hesu- nima kulgili- jahl bilan dugonamga qaradim
Chanmi- shunchaki juda axmoqona gap yozding kulgim qistayabti - og‘zimni tosib olib Hesuning ustidan kuldim
Hesu- buni qaraya Chanmi xonimning ozi nima yozibti - uning yozganini baland oqidim. - " Keyingi safar Parijdan ozim uchun eng qimmat koylak olaman" shumi seni orzuying bu orzu emas istak deb ataladi.
Chanmi- farqi yoq muhimi erishish - qo‘llarimni ko‘ksimga birlashtirib ayyorona jilmaydim
Hesu- hali hamon ham osha Chanmisan xuddi avvalgidek muz xonim
Soyun uzoq gap talashishdan song birdan kulib yubordi. Va ular yoniga yaqin kelib gapirdi
Soyun- bahsingiz tugagan bolsa endi ketamizmi Hesu xonim va muz xonim
Ular qarab qoygan Soyun nihoyat ularni tinchlantirishga muvoffiq boldi. Biroq toki Chanmi qayta gap boshlamaguncha
Chanmi- ustingdagi sport kiymini qayerdan olding Hesu
Hesu- qizim Aqshdan jo'natgandi. Matosi mayin va sifati a'lo juda - mag‘rurlangancha unga javob berdim
Chanmi- meni o‘glim esa menga qimmat sof tilladan shunday sovg‘a berdi- boynidagi taqinchoqni dugonalarimga korsatdim
Hesu- Meni qizim esa hademay turmush quradi. To'y amerikada boladi - bosh kelmagan Hesu yanada ozini kuchli his etdi.
Chanmi- shuyam maqtanadigan narsami hee meni o‘glim esa bugun eng yaxshi loyhachi nomini oldi. Va aytgancha uni atrofida unga maftun bolgan ayollar juda juda kop azizam
Soyun ularga anqayib qoldi. Hesu endi bir nima demoqchi bo‘lganida Soyun ularni ikki qo‘li bilan bir qo‘li Hesuda ikkinchisi esa Chanmida
Soyun- judayam qornim ochdi. Qani ketdik qizlar TEZROQ
Yo‘lovchilar o‘tirishi uchun mo‘ljallagan aeroportdagi qator stulchalarda emas Mira ozining katta pushti chamadoning ustida o‘tirib, aeraportdagi katta oynadan atrofni kuzatiyabtdi. Tashqaridagi samalyot maydonchasida birin kettin qayta samolyot uchib ketar edi. Miraning samolyoti qo'nganiga 2 soat boldi. Shu vaqt ichida hali hamon Mira yolg‘iz o‘tirib nimalarnidir oylamoqda. Yugurib kelayotgan qadam tovushlarini eshitib u osha tomonga qaradi. Soni Miraning maktab chog‘idagi eng yaqin dugonasi shoshib keldi. Mira oyoqlarini yerga qo‘yib chamadondan tushdi. Soni tashqaridan yugurib kelgani uchun ikki yuzi qizarib nafas olishni unutgandi. Mira unga qo‘li bilan ishora qildi. Nafasini rostlab Soni bazur dugonasini yoniga keldi. Uni korib kozlari kattalashdi.
Soni: yo xudoyim Mira ROSTAN KELDINGMI ? men boshida ishondim lekin yarim yo‘lda kelayotganimda ikkinchi marta qo‘ng‘iroq qilding va bu hazl deb oyladim. Huddi o‘tkan yildek ahmoq qiz
Mira: qara shu yerdaman meni quchoqlamaysanmi ? - qo‘llarimni keng yoydim. Quchoqlashish uchun biroq Soni qo‘lini mening chamadonim tomon uzatdi va uni olib ketib qoldi. bilgandim shunday bolishini
Buyurtmalar o'z vaqtida kelar ekan Mira quvonib ovqatlarga qaradi. Uni zimdan kuzatiyotgan Soni dugonasini diqqat bilan kuzatdi. Mira esa ovqatlarini tatib ko‘rish bilan ovara u barcha dasturxondagi taomlarni yedi. Faqatgina birgina narsadan tashqari achichiq tokpokidan.
Soni: bu taomni yaxshi ko‘rar edingku - Soni Miraning likopchasiga ularni qoymoqchi boldi biroq Mira ularni rad etdi
Mira: hozir achchiq narsalar yemayman Soni- stoldagi suvni olib ichidim va qahvaxonaning yon atrofiga qaradim.
Qahvaxona eshiki ochilar ekan undan yuzi tinniq boyi uzun yigit kirib keldi.
Yigitni tanigan Mira stoldagi ovqat menyusini olib yuzini tostdi. Mira Soniga ishora qildi. Hech nimani tushunmagan Soni uni aytganini qildi . Ular xiddi biror nima tushib qolgandek boshlarini egib polga qarab otirishdi. Yigit qahvaxonadagi buyurtma qilingan taomlarni olib ketdi. Soni va Mira uni ketganiga amin bolib boshlarini kotarishdi.
Soni: u kim edi? Mira nega bunaqa yashirindik
Mira: nahotki tanimading bu ukam og‘zimdan chiqib ketgan so‘zlardan so‘ng Soni nigohini mendan uzmadi Soniga soxta jilmayib qaradim
Soni: TO‘XTA! Seni qaytganingni ota onang ukang bilishmaydi demak
Mira: yoq Soni men ularga syurpriz qilmoqchiman - ko‘zlarimni olib qochib bazur gapirdim
Soni kulib yuborib dugonasiga qaradi.
Soni: bunga ishondi deb o‘ylayapsanmi? buni avvaldan bilishim kerak edi. Meni bekorga bir o‘zimni aeroportga chaqirmading. Va Niyyating kaltak yani oyingdan men seni himoya qilishim uchun chaqirding- yuzimni yoq degandek harakatlantirib Miraga qaradim. U jilmayib menga umid bilan boqdi.
Mira: iltimos Soni yoq dema ahir eng yaqin dugonlarmiz
Stol ustidagi telefon birdan chiringlab ketdi. Bu Sonini telefoni edi. U qo‘ng‘iroqga javob berib bo‘lgach telefonini sumkasiga solib keyin uni bo‘yniga ildi. Mira Sonini birdan turib ketganini korib u ham turdi.
Mira: qayerga ? Soni ahir vada berganding men bilan birga uyga borishga
Soni: meni qiyin operatsiya kutyapti bir insoni hayotini qutqarib qolishim kerak. Bu mening vazifam endi osha yerga borishim kerak xayr
Mira: meni hayotim ham xaf ostida Soni ketma iltimos- Sonini qo‘lini qattiq ushlab olgancha unga yalindim
Soni: bir-ikkita kaltak bilan olib qolmaysan agar shunday bolsa ozim ko'maman seni azizam
Soni qahvaxonadan chiqib ketdi. Mira esa stoldagi tokpokini ko‘rib unga tikilib qoldi.
Mira qornini ushlab sekin ko‘cha boylab yura boshladi. Va o‘ziga o‘zi nimalardir yoli bo‘yi g'udrlab keldi.
Mira: jin ursin qahva xonadagi bor ovqatni yedim endi 1 hafta ovqatsiz yura olaman yaramas Soni esa meni tashlab ketdi. Uyga endi qanday kiraman va oyimga nima deyman uff jonga tegdi hammasi
Mira ko‘cha bo‘ylab piyoda yurib keldi. Atrofdagi o‘zgarib ketgan yangi binolarga ko‘zi tushib ularni tomosha qila boshladi. Ohirgi marta u bu yerni 5 yil avval ko‘rgandi. Hammasi o‘zgargan binolar ko‘chalar va uylar xuddi boshqa yerdek notanish joydek Miraning ko‘zi tanishroq binoga tushdi. Uning yoniga yaqin keldi. Bino hali hamon avvalgidek. Biroq boshqacha uslubda ta'mirlangan Mira eshik tutqichini ushlab birdan yodiga keldi.
Mira: B.. bu yer eski bog‘cha binosi
Eshik tutqichini qoyib yuboramay uni ochmoqchi boldim, hali hamon osha yerda tik turib qoldim ? Birdan ortimdan kelgan erkak ovozi meni biroz cho‘chitib yubordi va tanamni osha tomonga yo‘naltirdim
- kechirasiz sizga kim kerak ?
Ortga boqgan Mira tanish chehrani korib anqayib qoldi. Erkak ham Mirani tanidi va hayrat bilan unga boqdi. Ko‘zlar to‘qnashib bir biriga termulib qoldi. Sokin jim-jitlikda va hech harakatlarsiz shunchaki nigohlar bir biridan uzilmadi.
My girls bu mening birinchi fanficim qo'ldan kelgancha yaxshi yozishga harakat qildim va sizlarning e'tiboringiz men uchun juda muhim azizlarim zero bu meni yana qayta fanfic yozishga undaydi.. !