Save me
Qorong‘u xonaning derazlari ochlib pardalar chetga surildi. Xona markazida yotoq bolib u aylana shakilda, choyshablaridan tortib yostiqlarigacha qora, yotoqxona katta bo‘lgani tufayli yuvinish, kiyinish xonalari alohida qisimda, devorlar oppoq bolib yotoqning chap tarafida ayvon mavjud u yerdan yengil shamol kelib xonaga taraladi. Yotoqda tinch orom olayotgan chamasi 29 yoshlardagi kelishgan ko‘zlari qahva rangli, nim pushti uzun laplar, to'lqinsimon kipriklar va oziga xos sariq rangli sochlar erkakni yana ko‘rkam ko‘rsatar edi. Erkakning yonidagi rafiqasi yarim soatdan beri uni shu tarzda kuzatar ekan yana bir bor erining kelishganliga tan berdi. Quyosh nurlarni sochib uni yuziga yorug‘likni keltirdi. Qiz erini yuzini quyoshdan himoya qilgandek kaftlarini keng ochib to‘sqinlik qildi. Ko‘zlar beixtiyor asta ochilar ekan qiz kaftlarini tortib olib uyg‘ongan eriga qaradi. U ko‘zlarini ochiboq qarshisida rafiqasini ko‘rgani sabab iliq tabassum qildi.
- mening suyukli xotinim allaqachon erta uyg‘ongan ekanda- qizni burnini chimchilab qo‘yib gapirdi- shuncha vaqt menga termulib turdingmi
- Taehyung sevgilim sizni hali endi yarim soatdan beri tomosha qildim- qiz noligancha laplarini burushtirib oldi
Qiz shu darajada muloyim va yoqimtoy gapirdiki erkak kulib uni ozi tomonga tortib quchib oldi. Tanalar mayin choyshab tagida birlashib iliqlik hosilar qilar edi. Qiz ham javoban erini qattiq quchoqladi. Taehyung qizning boshini silab opib qo‘ydi. Qiz ko‘zlarini yumib boshini erining koksiga qoyar ekan ohista erkak uning qulog‘iga pichirladi
Taehyung- Hanlin turishimiz kerak ahir unutdingmi senga vada bergandim - quchog‘imda ko‘zlarini yumgan boyagi qiz darrov boshini ko‘tarib menga mehr bilan tikilib qoldi va bo‘ynimga qo‘llarini qoyib soniyalar otmasdan uning mayin laplarini yuzimda his etim men eng sevgan his aynan mana shu uning shirin laplari !
Hanlin- sevgilim sizni qattiq sevaman - uni bo‘yniga qo‘llarimni qo‘yib yuzini turli qisimlaridan bo‘sa oldim bo'salarni tugatib bo‘lgach asta yotoqdan turmoqchi boldimki erim bilagimdan ushlab meni oziga torti bu safar laplarimiz birlashdi. Doim uni yuzidan o‘psam bu xuddi unga kamlik qilgandek bo‘sa istaydi.
Bir necha daqiqa bir biridan shirin bo‘sa olgan yigit va qiz nafas yetishmovchiligi sabab istar istamas bosani toxtatishdi. Qiz turib ustidagi ochiq tungi ko‘ylakni yashiradigan harir halatni olib yelkasiga ildi. Hanlin Taehyunga qarab u tomon bormoqchi ediki eri "yo‘q" degandek qo‘llarini silkitib ishora qildi. Erkak qo‘llari bilan sariq sochlarini ortga taragancha ko‘zlarini chuqur yumib qayta ochdi va qo‘llarini keng yoydi. Qiz mamnun jilmayib ozining javoni tomon yo‘l oldi. Yotoq yonida turgan nogironlar aravachasi Taehyung uchun mana 2 yildir-ki nogiron oyoqlari uchun eng yaqin suyanchiq bo‘lib qolgandi. 2 yil 24 oy 730 kun o‘sha baxtsiz hodisadan keyin shuncha vaqt otdi. Hayot turli xil sinovlarini beradi ularga qarshi kurashish haqiqiy matonatni anglatadi. U yotoqning chetiga kelib aravachani ushlab o‘tirib oldi. Qora tugmasini bosar ekan harakatga kelgan aravacha o‘zi yura boshladi. Xonadagi barcha jihozlar nogironlar uchun mo‘ljalgan bolib hammom va hojat xonadan bemalol foydalanish mumkin. Bu qulaylikni Hanlin o‘ylab topgan u astoydil harakat qilib erini tuzalib ketishini istaydi. U singari ayollar haqiqiy sadoqat ramzidir. Aslida bu ikki yosh butun dunyoning gaplariga va norozliklariga qarshi borib oz sevgilariga yetishishdi. Hozirda birga baxtli hayot kechirishyapti. Ular o‘rtasidagi kuchli sevgi doim hammasiga yechim bolgan hozir ham Taehyung o‘zi xohlamasada yana shifokor huzuriga boradi. Chunki u ozining sevikli rafiqasi va doim tim qora ko‘zlariga maftun bo‘lib kelgan Hanlini xafa qilishni istamaydi. Boshidan bu sevgi xuddi jarlik yoqasida turgadek edi go‘yo nafaqat Hanlining otasi qarshlik qildi. Balki Taehyung otasi va uni xushlamaydigan o‘gay onasi ham bu nikohga qarshi edi. Biroq Taehyung va Hanlin barchasiga qo'l siltab ularga qarshlik qilayotgan odamlarga barvo qilmay nikoh qurishdi. Keyinchalik Teahyug o‘zining ikkiyuzlamachi o‘gay onasidan yiroqlashish uchun Seuldan ketishdi.
Aksiyalari tushib gazab va asabiy holatda uy ichkarisida mehmon xonaning shishali stolida ruchkani shiqirlatgancha o'tirgan Kim varaqalarni tita boshladi. Hech nima o‘xshamayapti kompaniya ishlab chiqargan yangi mollar buyurtma qilgan lekin ular kecha kechasi soat 01:45 yonib ketgan bu ishni kim nega nima uchun qilganini bilmaydi. Shu sabab hozir o‘zi yollagan odamlar orqali buni tekshiriyapti asta qadamlar tashlab uning yoniga xotini Miya keldi. U stoldagi to‘la qog‘ozlarga qarab qoshini uchirdi.
- Azizim tinchlikmi stolingiz qog‘ozlar bilan to‘lib ketibdi. Kechqurun ham xonaga kelmadingiz hammasi joyidami ?
- Joyida emas Miya aksiyalar tushib ketdi yetmaganiga mollar qaysidir ablah tomonidan yo‘q qilingan
- nima shuncha ish bo‘lib ketibdi kim qilgan bolsa ham qo‘llar sinib kozlari oqib tushsin yaramaslar- biroz oylangancha eshitganlarini hazm qilmoqchi ediki birdan eriga qaradi.
- Nimadir bo‘ldimi Miya gaping bormi menda - unga tikilib turgan xotiniga qaradi
- ha bu ishlarda Taehyungni qo‘li bordir? azizim bularni u qilgani anniq
- Miya u meni o‘glim dushmanim emas bunaqa xayolarga borma hech qachon
- to‘gri u oglingiz lekin osha lanati qizga uylanganidan song barcha narsadan uni mahrum qildingiz hozir qasos olish uchun buni qilayotgan bo‘lsa-chi meros ham yaqinda talab qiladi.
- Miya kim uni sariq chaqasiz qoldirdi deb aytdi u meni yakka-yu yagona o‘glim men uni bunday vaziyatda qoldirmayman, osha qiz bilan esa juda baxtli uni allaqachon kechirganman shu sababdan notog‘ri gumonga borma
- nima uni kechirdingizmi? qaraya nega shuncha vaqtdan beri buni sezmadim? ha albatta sizga o‘gil tug‘ib bermaganim uchun buni ro'kash qilyabsizmi sizning nafaqat o‘g‘lingiz balki qizingiz ham bor unga e'tibor qarating
- men ularni ajratganim yoq shu kungacha bundan keyin ham shunday davom etadi.
- bunga ishonmayman osha nogiron o‘g‘lingiz sizni nog‘orasida o'ynatyapti
- bas yetar Miya ket seni bu gaplaringni eshtishga holim yoq ishlarim tiqilib yotipti
Miya jahl bilan eriga zarda qilib og‘ir qadamlar bosib oz xonasiga ko‘tarildi. Kim divanga tanasini ag‘darib barcha ishlardan charchagani sabab bo'yinbog'ini yechib tashladi. Birozdan song xona eshigi taqilagani tufayli o‘rnidan turib Kim eshik orqasidagi odamga kirishini aytdi. Eshik tutqichi ovoz chiqarishi bilan erkak yoniga qadamlar bosib kelgan qora kiyimdagi hozirda haydovchi va Janob Kimning eng yaqin yordamchisi Xvan Hyunjin edi. U boshlig‘i tomon kelib tazim qildi.
Hyujin- salom janob chaqirgan ekansiz biror gapingiz bormi ? hozir o‘g‘lingiz qo‘ng‘iroq qildi. 2 soatdan so‘ng Janob Taehyungning yonida bo‘lishim kerak ishi bor ekan ko‘chada
- Taehyungnh qayerga bormoqchi ekanligini keyin menga xabar ber! Hyunjin va aytmoqchi mollarni yondirgani osha lanatining biror izi topilmadimi ?
Hyunjin- qidiryapmiz janob u kim bolsada ishini puxta qilgan hatto osha kungi kamera yozuvlarini ishdan chiqargan
- jin ursin kimning mendan qasti bor- erkak boshini sarak sarak qilar ekan biroz to‘xtab yordamchisiga qaradi- Kang uni kuzatiyapsanmi nima qilyapti qayerga boryapti
Hyunjin- janob odamlar xabar berdi aytishlari boyicha Kang ishdan uyga song bazida bazmlarga yoki mayxonalarga borib turadi lekin biror martta Hanlining yoniga bormadi. Shubhali ish qilgani ham yoq hozircha
- demak u butkul qizidan vos kechgan Taehyung va Hanlining to‘yidan song Kang barcha merosdan qizini mahrum qildi yetmaganiga odamlari orqali Taehyung oldirmoqchi bolishdi. Biroq yakkayu yagona o‘g‘limni olishiga chim tura olmasdim. Shundan song Kang dars berib qo‘ydim va u boshqa ularni oilasiga qoshilmadi. Bu galati meni gumonim hozircha Kangda agar rostan mollarni u yondirgan bolsa meni qolimdan sog salomat chiqmaydi.
Hyunjin boshlig‘i bilan xayrlashib bo‘lgach eshik tutqichlarini ushlab tashqariga oldin qadam bosib chiqdi. Cho‘ntagidan tamaki qutisini olib bitta sigaret donasini olovga yaqinlashtirib tutadi. Burnidan tutun chiqib havoga ko'tarilar va bundan rohat olayotgan yigit boshini tepaga qilgancha o‘tirar edi. Yigitning ko‘zlari atrofni tekshirar ba'zida qoriqchilarga qarab qoyar edi. Hyunjin qizargan kozlari ikkinchi qavatdagi xonaga tushdi. Derazaning pardalar shamol esgani sabab chayqalib xona ichidagi manzara korishga yaqqol imkon yaratar edi. Hyunjin boshini yon tomonga burib uning ko‘zlari yanada derazdagi holatni tiniqroq korish uchun ahdlashgandi.
Tashqariga chiqishim bilan meni oziga qaram qilgan tamakini olib chekdim necha kundan beri yaxshi uxlamaganim uchun kozlarim qizarib atrofni g‘ira-shira ko'ryabman biroz tamakini tutatib bolgach ko‘zlarim yana osha xona tushdi. Shamol esib pardalar xonadagi manzarani korishimga yordam berar edi. Pardalar orqali soyasi korinayotgan Mareana 17 yoshli bu qizaloq meni qanday oziga rom qildi? Balki uning ohu kozlari doim jahli chiqganda kipriklarini pirpiratib yoqimli harakatlar qilgani yoki osha tamakidan afzal ko‘radigan biroq haligacha tamini totib ko‘rmagan pushti laplardir shular meni tobora sevib qolishimga sabab bolgandir. Bu qizaloq meni korganda doim hayojanlanib duduqlanadi. Men ham atayin uni jig'iga tegib hazilar qilaman. Oramizdagi 8 yil buni oylashni ozi ajoyib tuyg‘u kichik qizaloqni tobora sevib qolmoqdaman lekin bu hislarim doim u Janob Kimning qizi ekanligini eslashim bilan qulab tushadi. Hali hamon unga sevishimni aytmadim bunga haqim yoq ho‘jayining qizini seva olmayman biroq uni korganda doim tez uradigan yuragimga buyruq bera olmayapman imkonsizdek
Pardalar sekin nozik qo‘l bilan chetga surilib qiz deraza yoniga yaqinlashdi. Atrofga nazar tashlar ekan nigohlari darrov pastda otasining yordamchisi Hyunjinga tushdi. Mareana kichik barmoqlarini yordamida beixtiyor kaftlarini ochib unga qarata silkitdi. Qiz tabassum qilib Hyujinga boqdi. Yigit uning bu harakatini korib unga javoban u ham qo‘llari bilan shunday qildi. Mareana deraz yonida turib telefonini oldi. Hyunjin hali hamon uni kuzatishda davom etar edi. Qiz telefonini olib raqamlarni tera boshladi. U Hyunjining ijtimoiy tarmoqidan tortib telefon raqamigacha olgan edi. Telefon ovozi yangrar ekan Hyunjin cho‘ntagidan o‘zining telefonini oldi. Mareananing yoqimli ovozi eshtilar ekan Hyunjin ko‘zlarini yumib oldi.
Mareana- janob Hyunjin uyga kelibsiz lekin meni xabarim yoq - norozi ohangda gapirdi
Hyunjin- kichik xonim sal oldin kelgandim sizga aytishga ulgurmadim biror yumishingiz bormi
Mareana- ha bor soat 14:45 uyda boling kutubxonaga bormoqchiman - go‘shakni qo‘yib derazadan uzoqlashdi.
Qizning bu arazini tushungan Hyunjin kulib yubordi. Mareana xonasida yotoqga ozini tashlagancha o‘ylana boshladi. Telefonini olib bir nechta Hyunjinning rasmlarini yashirincha u saqlab qo‘ygandi. Ularni tomosha qilar ekan oziga ozi gapirdi.
Hyunjin u juda ham kelishgan yigit ayniqsa uzun sochlari uni tariflashga til ojiz. Men uni ancha avval taxminan 15 yoshlarda bolganimda sevib qolgandim birinchi muhabbatim Xvan Hyunjin. Uni birinchi marta uyimizda ko‘rganimda o‘shanda ham u juda kelishgan uzun sochli qora ko‘zli va boyi baland yigit edi. U paytlat umman menga e'tibor qaratmasdi. Chunki kamdan kam hollarda bu yerga kelar bazida u kelganda doim ahmoqlardek tanamni titroq va sevgi chulg‘ab olar edi. Bu hislar bora bora kuchaydi. Oshanda birinchi marta u meni maktabga olib borgandi. Shundan keyin unga og‘iz juftlab bazur savol bergandim uning ovozini eshitish u bilan suhbatlashish uchun qilingan bu bir bahona edi xolos. Hozir u ham ishonamanki menga nisbatan nimadirni his qiladi. Hyunjin kam gap insonlar turidan biroq meni korishi bilan doim chegaralar qoymasdan oz holicha gapiradi. Bugun kutubxonada unga sevishimni aytaman bu xuddi kinolardek ajoyib bo‘ladi.
Mashina ichida orqa o‘rindiqlarda Hanlin va Taehyung oynadan manzarani kuzatib bir birini quchog‘ida otirishar Taehyung hozir qayerga borishini bilib o‘yga cho‘mib qoldi.
Mashina oynalaridan atrofni kuzatar ekanman avval men uchun dunyo bir xil hech nima o‘zgarmagan holatda va hayotim rangiz yillardan iborat edi. 1 yil avval hayotimga kirib kelgan hozirda quchogimdan doim joy olgan sevgilim rafiqam va suyukli hayotim mazmuni yorqin nur taratib kirib keldi. U sabab mendan baxtli inson yoq. Biroq meni oylantirgan narsa hozir u bilan shifoxonaga boryabmiz necha oylardan beri mendan ko‘ra ko‘proq harakat qilib oyoqlarim yurishini istagan rafiqam tahlil natijalarimni ko‘rsatmagan tajribali shifokorlari qolmadi. Doimgek bir gapni aytishar va natijalarim qoniqarsiz men umidimni uzub bo‘lganman lekin Hanlin bu ishtiyoqidan qaytmadi. Hech qachon yura olmayman yagona haqiqat shudir. Bundan keyin qanday hayot kechirishim o‘zimga noaniq, tanam oyoqlarimni sezmagan kun o‘shandan beri butkul sindim avvalgi Kim Taehyung yo‘q men nogiron tarzda hayot kechirishni istamagandim 2 yil avval o‘ta mashhur tadbirkor birja qiroli Kim Taehyungdan majruh nogironga aylandim. Otam qaramog‘ida bo'lib qoldim, bu holatga tushganimdan so‘ng hamma mendan yuz o‘girdi. Atrofdagilardan tortib to hamkorlarimgacha faqatgina bir insondan tashqari mening sevgilim mittivoyim Hanlin!
Mashina katta bino yani markaziy shifoxona yonida to‘xtadi. Hyunjin orqaga qarab Taehyunga gapirdi.
- janob yetib keldik- bu ovoz xayolga cho‘mib ketgan yigitni o‘ziga qaratdi
Taehyung- yaxshi Hyunjin unda biz kettik Hanlin - mashina eshikini ochgancha qizga gapirdi.
Hyunjin ham tushib Taehyunga yordamlashdi. Orqa bagajga qo‘ygan aravachani ehtiyokorlik bilan yigit olib boshlig‘ini o‘tirishga yordamlashdi. Hanlin aravachaning dastagini ushlab harakat keldirdi. Qiz aravachani ehtiyotkorlik bilan yurgizib boshini biroz egib Taehyungni yiziga oz laplarini bosdi. Birdan bu qilingan harakatdan Taehyungni yuziga soniyalar otmasdan tabassum paydo bo‘ldi. Hanlin erining qulog‘iga past ovozda pichirladi.
Hanlin- asabiylashmang buni udalaysiz Janob Kim - unga biroz hazil qildim uni juda yaxshi bilaman bir necha kundan beri bunga Taehyungni majburladim arang bugun ko‘nib men bilan shifoxonaga borishga rozi boldi. Ozim ham hayratdaman bunga ishonish qiyin lekin muhimi u rozi boldi.
Taehyung- yaxshi Kim xonim siz bunday opichlar hadiya qilar ekansiz menda doim hammasi joyida boladi. Shifoxonadan chiqishimiz bilan menga yana boshqacharoq nimadir sovg‘a qilasiz deb oylayman masalan bosa mi ?
Hanlin aravachadan qollarini olib Taehyungni qarshisiga chiqib uni mahkam quchoqlab oldi. Bu harakatdan song yigit ham qo‘llari bilan qizni yelkasini silgancha uning jigarang sochlarini hidlab chuqur kozlarini yumdi.
Hanlin- albatta tuzalasiz sevgilim bunga ishonaman
- suvga cho‘mib ketgan tana oqarib yigit nafas olmas edi. Hanlining kozlaridan yosh tomchilari oqib titragancha unga sun'iy nafas berib yurak massajini qilar edi
- men sizni sevaman Xvan Hyunjin buni eshtib oling yillar davomida sizha oshiq bolib keldim nega nega meni rad etyabsiz bunga haqingiz yo‘q!
Jewels bu fanficni qollab quvatlaysiz degan umiddaman sizining etiboringiz va fikrlargiz doim men uchun muhim !