Save me
Yozgi lssiq havo odamni jizganak qilib tashlaydi. Bir guruh maktab o‘quvchilari keng maydoni kesib otishar edi. Toza keng maydon va atrofni uzun katta daraxtlar qamrab olgan. Ancha piyoda yol bosgan oquvchilar charchab ketishgan edi. Ularni boshlab ketayotgan o‘qituvchi va ularning sinfrahbari Leran nihoyat ko‘ngilga xush yoqgan joyda toxtadi. Barcha oquvchilar ozi ko‘tarib kelayotgan sumkalarini yerga qoyib dam olishmoqda. Bir chetda otirgan Mareana atrofdagi sinfdoshlariga qarab qoldi.
Atrofga tikilar ekanman barcha oz ishi bilan ovora ba'zilar dam olayotgan bolsa boshqalar oz dostlari bilan birga chodir qurishmoqda. Aynan shu uchun bu yerga kelishni istamagandim. Barcha xursand oz yaqin insonlari bilan birga, bu joyda ozimni keraksiz insondek his qilmoqdaman agar inson ozini keraksiz his qilishni boshlasa hayot manosiz tuyuladi. Sen uchun harakat qiladigan har bir kulginga javoban kuladigan, kozlaringa tikilib sohil boyida birga vaqt otkazadigan va yig‘laganda kayfiyatning yoqligida seni quchoqlab g'amg'urlik qiladigan inson bolmasa bu hayotda yashashdan nima mano qoladi?
Hayolga chomib ketgan qizni orqadan kuzatayotgan Hyunjin asta qadam bosib keldi. Qizning iyagidan ushlab Mareananing kozlariga tikildi. Qiz ham yelkasidagi katta qollar kimga tegishli ekanligini bilish maqsadida ortga qaradi. Qarshisida hozir korgan inson u bilan kelganini eslab undan biroz uzoqladi.
Mareana- nimadir boldimi- uning qilgan ishidan biroz qizarib ketdim, yoq menimcha ancha qizarganman uning yuzidagi kulgudan buni bilish mumkin, men rad etilganman u aytganidek bu harakatlar sevgidan emas, shunchaki aka singil yoki dadam buyruqi sabab qiliniyotgan iliq harakatlar xolos. Uning bu qiliqlari meni yana unga bolgan yillar davomida asrab avvaylab kelayotgan sevgimni qayta mavj urushiga sabab bo‘lmoqda.
Hyunjin- hamma chodir qurmoqda biz esa yoq tezroq bu masalani hal qilishmiz kerak - qarshimdagi qiz gaplarimdan song ohista bpshini qimirlatib qoydi. U negadir men bilan avvalgidek emas, nimani ham kutishim mumkin ahir uni nafaqat sevgisini va balki u safar umga og‘ir botadigan gaplarni gapirdim. Kechir mitti qizaloqim aqlim bu ishni qilgan bo‘lsada biroq yuragim doim seni degan, bu gaplar aynan shu uchun edi. Seni mendan uzoqlashtirish maqsadida aytilgan yolgonlar
Ular sumkadan chodirga kerak bo‘ladigan narsalarni olib qurishga shaylanishdi. Mareana birgalikda Hyujin bilan chodirni yoyib muvozanatni saqalash maqsadida unga kerak boladigan tayoqchlarni o‘rnatishdi. Faqatgina yerga chodirni tutib turadigan mixlarni qoq qo‘ysa bo‘ldi. Mareanani kozi charcoq bilan suv ichayotgan Hyujinga tushib ozi mixlarni qoqishga kirishdi. Bir necha martda urunsada mix yerning ichiga kirib ketmadi. Nihoyat qizni mashaqqat bilan harakat qilayotganini boynadan beri tomosha qilayotgan kimsa uning qo‘liga ozining iliq kaftlarini tekizdi. Galati iliqlik qizni qollarini yengil siladi. Mareana seskanib ketganidan qolini undan tortib oldi. Bu manzarani yaqqol ko‘rgan Hyunjin ichayotgan suvini yerga tashlab tezda ular yoniga keldi. Qizni qo‘lini ushlagan yigitni kelib boynidan tortib boga boshladi. Qiz bu holatdan karaxt bolib qolgandi. Endi nima bolayotganini va Hyunjin bo'g'ayotgan inson ustozi ekanligini aglab Hyujinga baqirdi.
Mareana- qoyib yuboring TEZDA! - nima qilishim kerak edi. Bir tomodan u bir tomondan men yomon ko‘rsamda sinfrabarim ularni ajratib olishim kerak bolmasam vaziyat yana chuqurlashadi.
Hyunjin- nega qoyib yuborar ekanman? QANI AYTCHI NOZIK QOLLARINGA U TEGINGANI YOQDIMI - ovoz to'nimni yanada balandlashtirib baqirdim
Mareana- ha juda yoqti nima edi?- unga xuddi ozi kabi baqirdim, atrofdagi sinfdoshlarimning bir biriga pichirlashini korib battar jahlim chiqdi- endi esa uni qoyib yuboring hamma bizga qarayapti
Hyunjin uni qoyib yuborib jahl bilan bu yerni tark etdi. Ikki yuzi qizarib yerga cho'kgan Liran nihoyat boynidagi kuchli qollardan ozod boldi. Boynini ushlab chuqur nafas olgancha yonidagi qizga qaradi.
Liran- Marena bu nusxa kim- yigit boynini ushlab qarshisidagi o‘quvchisiga gapirdi- uni bu qilgan ishini shunchaki qoldirmayman
Mareana- kechiring u men..ning- duduqlanib qoldim nima desam ekan uni qanday atay u men uchun kim? sinfrabrim yani o‘qituvchimni juda yaxshi bilaman, yangi maktabga kelganingda hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada shu vaqtgacha kimni qandayligini yaxshigina va yaqqol bildim. Janob Liranga kelsak u alamini olmaguncha tinchimaydi. Miyyamga nihoyat birinchi kelgan gapni aytdim- u men...n.ing qoriqchim u hozir oz vazifasini qildi. Iltimos unga hech nima qilmang ustoz
Liran- qo‘riqchi ? ahir otanga o‘zi yoki biror yaqining bilan kelishingni tushuntirib aytimku, bu sayohat faqat oquvchilar va ularning ota onasi bilan vaqt o‘tkazish uchun rejalashtirilgan
Mareana- bilaman ustoz shu sababdan kelmoqchi emasdim, uydagi hamma band- yerga tikilgancha hozir bu ahmoq ustoz aytadigan har bir gapiga ozimni tayyorlay boshladim.
Liran- Mareana qayg‘urma oilang hozir yonigda bolmasada biroq men doim borman- ohirgi sozlarimdan song boshini ko‘targan qiz menga yarq etib qaradi. Nafaqat nigohlari toqnashdi balki ikki yuzi olmadek qizardi. Aytgan gaplarim ichimdagi hislarimni chiqarmoqda, biroq hozir buning mavridi emas, avval anavu bo‘ynimdan bog'gan qoriqchini tanobini tortish lozum - Mareana doim ustozing sifatida yoningdaman - qo‘shimcha qilib bu so‘zlarni aytdim Mareana tabasum qilib bosh silkitdi.
Mareana- tushunarli- qisqa javobdan song ustoz Liran oz ishini qilish uchun ketdi. Yengil nafas oldim u ketganidan keyin... ustoz Liran u bugun juda galati avvalari menga tanbeh berib doim jazolar edi. Bugun qattiq qol ustozdan asar qolmagan, u bir kunda o‘zgaradimi? nahotki? ishonish qiyin uning sal avval qilgan hatti harakatlaridan tortib to sozlagan gaplari nega meni qizdirdi. U xuddiki go‘yo * ee xudo bas qil Mareana nimalarni xayol qilyapsan)) to‘xta Hyunjin uu qayerda? nega uni unutdim shoshilib atrofga qarar ekanman, barcha chodir yasamoqda allaqachon quyosh botyapti lekin Hyunjin yoq, uning jahli chiqdi biroq nega ahir u meni sevmasa nega rashk qildi. ? Ichimdagi javobsiz savollar u sabab uning tushunarsiz harakatlari uchun ham paydo bo‘lmoqda.
Kompaniyada Kang ozining keng xonasida divanga suyanib otirar ekan biroz oylagancha chontagidan kichik kalitchani oldi. Biroz keksaygan qo‘llar qaltirab pastiki tortmalar tomon borar ekan nihoyat bu qollar so‘nggi yani ohirgi tortmada toxtadi. Kalitni kirgizib uni Kang harakatga keltirdi. Ikki marta harakatdan song ochilgan tortmadan Kang oziga tegishli bolgan narsani oldi. Eski suratlar~ qora va oq fonli suratlar ularning hammasida kichik bir qizaloqning tabssumi va har qanday holatda tushgan rasmlar to‘plami bor edi. Suratlar har yili olingan 1 yoshdan to 12 yoshgacha buni har bir rasm orqasida yozilgan sanadan bilish mumkin. Kang suratlarni silab nim tabassum qildi. Ular ichidagi bir suratni oldi. Suratdagi kichik chaqaloq Hanlin va uni quchib turgan mehribon ota bu surat biram yoqimli ediki Kang uzoq bu suratga tikilib qoldi.
Suratdagi mittigina qizim osha paytlar u 1 yoshni qarshi olgandi. Xotinim vafotidan song barcha vazifalar oz zimmamga qoldi. Ular ichidagi shirin tashvish bu mening qizaloqim Hanlin edi. Uni onasiz bir ozim katta qildim. Bu Qiyinchiliklar bilan o‘tkan bolsada biroq birgina qizimning tabssumi menga shifo bolar edi. Uning ilk qadamlarini va maktabga birinchi bor borgan kunini hali hamon eslayman. Vaqt misoli oqar suv mittgina qizdan endi, u chiroyli mehribon va aqqili qizga aylandi. Bilsanmi Hanlin qizim seni juda sogindim buni o‘zinga aytmasamda biroq otalik hislarim ular meni tark etmyapti, naqt 1 yil davomida seni ko‘rolmadim, bu g‘ururim va shanim sening yoniga borishga yo‘l qo‘ymadi. Kechir hozirgacha xuddi shunday, men xohlamagan istamagan inson bilan turmush qurding yetmaganiga u va uning otasi jinoyatchi, sevgining uchun hammasidan hammadan va hattoki mendan ham vos kechding
Hayollari aralashib ketgan Kang suratga tikilib kozlari yoshlandi. Bir necha daqiqalik sukunat oz nihoyasiga yetdi. Xonadagi tinch muhitni telefon ovozi chiringlab buzdi. Kang kozlarini yumib endi chiqmoqchi bolayotgan koz yoshini toxtadi. Telefoni olib qongiroqga javob berar ekan ikkinchi tomondagi so‘nggi sozlardan song telefon yerga quladi. Qo‘llari titrab nafas olishni bilmay qolgan Kang qulab tushgan telefonga qaradi. Telefondan hali hamon erkak ovozi kelar edi.
- bizni eshtiyabsizmi janob Kang?
Kechgi 19:33 atrofida soat millari o‘tar ekan Hyunjin hali hamon qaytib kelmagan. Mareana chodirni qurib bolgach Hyunjini qidirishga tushdi. Keng ormondan bir ozi yolg‘iz yurmoqchi boldi. Biroq bu yerlarni yaxshi bilmagani uchun ham bu fikridan qaytdi. Avval butazor va o‘tli joydan chiqib Mareana taxmin qilib sohil tomon qadam qoydi. Sohildagi suvni bir maromda chayqalishi xuddi musiqadek yangarar edi. To‘lin oy nur sochib atrofdagi qorunglikni yoritar ekan qandaydir soyaga qizni kozi tushdi. Unga yaqinlashar ekan bu tana ha xuddi shunday bu soya emas edi. Mareana bu tananing iyagiga nozik qo‘lini qoyib unga qaradi. Ortga qaragan yigit sigaret tutatib chekayotgan edi. Sigaret tutuni havoga ko‘tarilib qizni ko‘zlarini bu tutun achishtirdi. Qiz bu yuz kimga tegishli ekanligini hattoki tutunda ham yaqqol anglab yetdi.
Mareana- qayerda edingiz sizni qancha qidirganimni bilasizmi ? NEGA javob bering- Hyunjin uni korishim bilan qolidagi sigareta kabi tutab ketdim uning kozlariga qarab baqirishda davom etdim - bir ozimni tashlab ketdingiz, qanday qilib odam bu darajada bexam va xotirjam bo‘la oladi. Yetmaganiga bu yerda shunday holatda sigaret chekyabsiz, qay ahvolda qolganimni tassavur qildingizmi? hamma oz bilan ovora men esa bir ozim chodir qurdim
Hyunjin- sen himoya qilgan ustozing o‘sha yerda ediku senga yordam bermadimi? - beparavolarcha qisqa javob qilib qolim orqali og‘zimga tamakini yaqinlashtirib tutadim. Tutun burnim va ogiz boshligimdan otib rohat berar edi.
Mareana- u oz ishlari bilan band edi. Bir martda yordam bermoqchi boldi. Biroq natijasi ohirida qanday yuz berganini yaxshigina ko‘rib oldi- yuzimdagi soniyalar avval soxta tabassum yoqolib ornini qayta jahl egalladi.- Siz sabab hali hamon men ismi va familiyasini bilmaydigan sinfdoshlarim oldida sharmanda boldim. Bu rashkmi yoki boshqa narsa lekin bugun shunga amin boldimki meni rad etganingiz bu togri qaror edi. Siz kabi o‘zini erkak biladigan insonlar faqat shunday beg'amlikda hayot kechirib oz hislarini bayon qilolmaydilar. Xudoga shukurki hali sizga u darajada boglanib qolmagan ekanman, men chodir yonida bolaman - ilk qadamlar qoyib ketmoqchi edimki bilagimdan ushlagan kuchli qollar bunga yol qoymadi. Bu Qo‘llar meni mahkam qisib turar edi. Qarshimdagi yigitga qarar ekanman u bir qo‘li bilan meni ikki qolimni ushlab turib ikkinchi qoli bilan ogzidagi tamakini olib yerga tashladi. Kozlarini chuqur yumib menga yaqinlashdi. Bu nimasi u nima qilmoqchi bolyabti
Hyunjin- men ham seni sevaman - yigit uning belidan mahkamroq ushlab oziga tortdi- soniyalar otmasdan yigit qizning laplarini tinch qoymay so‘rib bo‘sa olar edi. Chuqur bosa tanalarni bo‘shashtirib o'z domiga tortdi. Qiz va yigit butkul hammasini unutib yuborishdi. Hozirda faqat shirin hislarni tuyushar edi.
Ancha avval qilishim kerak bolgan ishni bugun jurat topib qilishga qaror qildim. Bundan keyingi bo‘lib o‘tadigan voqealar aynan mana shunga keyinchalik bogliq bolib qolsada oz hislarimni ortiq yashira olmadim. Men uni qattiq sevaman Mareana uni timsolini ozgasi yonida tassavur qila olmayman bu imkonsiz. Birgina yechim hammasini unutishim uchun kerak boladigan yechim bu men yillar davomida totishni his qilishni istagan bu laplar ularga tegishim bilan ongim ishlamay qoldi. Mening tanam iliq shamol yoki suv chayqalishida tiramadi. Bu nafis laplar sabab shu holga keldi.
Tezlik bilan kelayotgan katta yuk mashinasini ko‘rmagan Hanlin telefondagi og‘ir suhbat bilan ovora edi. O‘ng tomondan kelgan yuk mashinasi ro'pa rasidagi ikkinchi qora mashinaga Hanlinga kelib urildi. Mashinaning yon tomoni yani haydovchining eshik ochiladigan joyi qattiq bosim sabab qatti shikatlangandi. Uning ichidagi qizni esa ahvolini tasavur qilish qiyin. Jon holatda bolgan qiz bir sonyalik bolib ketgan ishlardan sarosimaga tushdi.
Zarb bilan rul tomondan kelgan yuk mashinasi kelib urilar ekan ilk soniyalarda quloqlarim orasida shang'ilash yuz berdi. Oyoqlarimga qattiq botgan mashina qisimlari sabab ingrab yubordim. Biroq past ovozda ichimda faqatgina o‘zim eshita oldim. Burnim va boshimdan oqayotgan qon sharshara misoli yerga tomchiladi. Mashina ichidan sinib ketgan oynalardan qarar ekanman atrof to‘la odamlar ularning baqiriqi va chiyilashini eshtilar edi. Kozlarimni bir muddat yumdim. Tanam og‘riq sabab bardosh berolmay uyquga ketmoqda. Lekin qandaydir tanish ovoz quloqlarimga yangradi. Ko‘zlarimni bazur ochar ekanman g'ira shira atrofni kordim. Yaqqol vujudim bilan eshitim bu Taehyung uning baqirgan ovozi eshtilar edi. Mashindan bir necha santimer uzoqlikdagi sinib ketgan telefondan bu ovoz kelar edi. Qo‘llarimni cho‘zar ekanman uzoqlik sabab uni tuta olmadim. Boshimdagi birdan turgan qattiq ogriq sabab so‘ngi ko‘rgan manzarab bitta boldi. Men tomon qadam bosayotgan Sariq sochdagi yigit bu hayolmi yoki o'ngim tushuna olmayapman ? Allaqachon jannatdamanmi
Butun xona boylab dodlayotgan erkak ovozi xonani titradi. Telefoni qattiq ushlagancha bir necha marta baqirib ikkinchi tomondan ovoz kelishini kutayotgan Taehyung asabiylasha boshladi. Aravachani u yoqdan bu yoqga harakatlantirar ekan samarasiz harakatlar sabab battar jahli chiqdi. Aravachadan bir urinishda tabasini ko‘tarib, bor kuchi va matonati bilan karaxt va harakatsiz oyoqlarini yerga qoydi. Qadamlarini ilk marotaba qo‘yayotgan go‘dakdek bosdi. Birinchi oyoqi yerga turar ekan ikkinchi oyoqini ham yerga qoyganida yigitning butun tanasi oz ogirligini ushlay olmay yerga ag‘darilib ketdi... daqiqalar otib xonadagi soat chiqilar ekan, u taslim bo‘lmagan Taehyung sevgilisini yoniga borish va uni qutqarish uchun ozida kuch topdi. Qo‘llari bilan polni ushlagancha tura boshladi. Bu qiyin bolsada, Aravachani ushlab yerga kotarila boshladi. Ingroq va bir necha marta urinishdan song ular oz o‘zidan harakatga keldi. Boshida yigitning oyoqlari qiyshiq yura boshladi. Taehyung oyoqlari titarab qadamlarini bosdi. Ozi ham hayratda qolgan Taehyung tezroq harakatlandi. Devorlarni ushlab qadamlarini tezlashtirdi.
Nahotki sevgi shu darajada kuchli bolishi mumkin? Uni deb hattoki yillar davomida imkonsiz tuyulgan narsalarni va to‘siqlarini bir urunishda yenga olsak ? Galati tuyulishi mumkin biroq ongimizgacha sindirilib kelgan va asarlardagi kuchli sevgi tarixi nahotki shu bolsa ? Bazida yakun biz oylagandek bolmaaligi mumkin...