Save me
Tungi 00:13 atrofi yozgi iliq shamol esib atrofdagi daraxtlarning bargini chayqaltirmoqda. Katta o‘rmonzorda faqatgina qora mashinaning chiroqlari nur taratar, mashina yurib tuproqli yerni changini to'zg'itar edi. So‘ngi manzilda mashina toxtadi. O‘rmondagi tashlandiq kulba bolib u yer eski hattoki hidiga ham chidab bo‘lmaydi. Uy ichidan dodlagan ovozlar yangrar ekan qora mashinadan Janob Kim tushib oldinlab qadam bosdi. Uy eshigining tutqichini ushlab ichkariga kirdi. Atrofda hech qanday uy jihozi yoq faqatgina uyning qoq markazida turgan yosh yigit uning yuzlari shilingan burnidan qon oqib kozlari ko‘kargan uni yog‘ochli stulda qo‘llaridan tortib to oyog'i va ogzigacha bog‘lab qo‘yishgan u qanchalik harakat qilmasin bu bogichlardan qutula olmasdi. Janob Kimni kirganini ko‘rgan ikki barzangi yigitni urushdan toxtab xo‘jayiniga tazim qildi. Asabiy holatda erkak galstukini biroz tortqilab oq ko‘ylagining bir ikkita tugmasini yechib qattiq zarba bilan stulda boglab qoygan yigitni aymasdan urdi. Qattiq musht oshqozoniga kelgan yigit joyida bukchayib qoldi. Kim bir necha marta qarshisidagi yigitni urganidan song uning yuzidan ushlab oziga qaratdi. Baland va odamni titratadigan darajada baqirdi.
- sen itvacha osha kuni mening zavodimda mollarim yonib ketgan kun tasvirlar yozib olinadigan joyda kameralarga tegibsan gapir kimga ishlaysan it - yigitni bo‘ynidan bog'a boshladi.
- janob men hech nima qilmadim iltimos qoyib yuboring - yigit boynida kuchli qollar bolgani sabab past va yuzi qizargan holatda javob berdi
- sen it kimni aldayabsan xo‘jayining kim ayt dedim! Tillingni sugurib olaman lanati
- janob otinaman qoyib yuboring meni osha kuni u yerga og'rilardan yashirinish uchun kirgandim xudo haqi sizning zavodingiz beruxsat kirmoqchi emasdim. Hech nimaga tegmadim -
Yigit songi sozlarini yakunlar ekan Kim uni qoyib yubordi. Chunki rostanam yigit to‘gri gapirgandi. Buni sezgan va uning kozlarida bir daqiqayam yolgon yuz ifodasini kormagan Kim uni uloqtirib yubordi. Boyagi ikki barzangiga Kim ishora qildi.
- uni qoyib yuboringlar ogziga siqgan pulni beringlar - erkak qolidagi qoni artib qayta yigitga qarata gapirdi - agar bizni fosh etsa yo‘q qilib tashlanglar buni!
Ikki barzangi bosh silkitgancha yigitni turgizdi. Kim tashqariga chiqib chuqur nafas oldi. Chontagidan telefoni olib yordamchisiga qongiroq qildi.
- Hyunjin bu biz qidirgan inson emas uning bu ishlarda aloqasi yoq
- buni sezgandim u juda qorqoq, shunchaki siz ishonchingiz komil bolishi uchun u yerga borishingizni aytgandim
- buning ozi yetmaydi Hyunjin biz osha insoni topishimiz kerak bu ishlarni boshida turgan chayoni izlashimiz kerak. Bunday holatlar qayta takrorlamaslikgi uchun
- janob bir narsani aniqlagandekman bu ishga bir tomondan aloqasi yo‘q bir tomondan..
- yodingizda bolsa Janob o‘g‘lingiz Taehyungning avtohalokatga uchragan kun u mollar saqlanadigan joyga borgandi. Lekin siz unga ishlarga aralashmasligini aytingiz jahl bilan chiqib ketib so‘ng baxtsiz hodisaga uchradi. Hozir ham kop marotaba shubhali ishlar qilmoqda. Bir necha marta bir ozi yolg‘iz kochada aylanib keldi. Balki oshanda jahli chiqgani sabab alamini olayotgan bo‘lsa-chi
- Yetar Hyunjin ! u oglim mening pushti kamarimdan bo‘lgan farzand hech qachon eshtiyabsanmi menga aslo xiyonat qilmaydi. Avtohalokat oz yo‘liga u araz qilib yuradiganlar emas. Bu ishni qilmoqchi bolsa allaqchon oldin qilib bolar edi. Bu ishda uning biror qoli yoq bunga aminman sen qidirishda davom et
- yaxshi janob shunchaki har bir ehtimolga jiddiy e'tibor qaratmoqni lozim kordim. Janob Taehyung haqida bunday demoqchi emasdim
- seni juda yaxshi bilaman oz ishining ustasisan Hyunjin shu kungacha bunga kop marotaba ishonch hosil qildim. Mollar masalasi tugasa senga bir ikki kun dam olish uchun ruxsat beraman va ish haqing oshadi.
- raxmat janob etibor va ishonch uchun
- arziysan ertaga tushlikda uyga kel Hyunjin
Erta tong otar ekan keng xona boylab qandaydir ovozi yangradi. Yotoqda yotgan Mareana turib bu ovoz ozining telefonidan kelganini sezib uni tumpa yonidan olib ochirib qoydi. Kozlarini ishqalab chuqur xorsingancha kechgacha voqeani qayta esladi.
G‘irt ahmoqman qancha uxlagan bolsamda miyamdan hech ham kechaga sodir bolgan voqeani unuta olmayabman nega ahir Xvan Hyunjin u meni rad etdi. Kecha tantiq qiz va erkatoy deb mazaxladi. Yetmaganiga bir birimizga togri kelmasligimizni aytdi. Sevgimni butkul rad etdi. Ahir uni qattiq sevaman hattoki ko‘ngli o‘ksib qoldimi demaydi. Jin ursin faqatgina ozimni sharmada qildim xolos ichimdagi saqlab yurgan hislarni bekorga oshkor qildim. U meni tanlamasligi anniq edi. Nima bo‘lishini kutganding nimani o‘ylading Mareana? u ham sendek sevishini aytib dil izhor qilishinimi. Qattiq adashding Mareana u aytganidek menga hech kim yaqinlashmaganligi do‘stim bolmagani va dadamning istagi yani buyruqiga kora u men bilan butun vaqtini kochada uyda o‘tkazdi. Bundan boshqa narsa yoq ikkimizni ortamizda. Osmonlarda uchib u haqida oylar edim. Endi nafaqat bu orzularim yerga qarab quladi. Balki yuragimdagi chin sevgi ham chilparchin boldi. Men xato qildim uni unutaman ha eng togrisi shu. Nafaqat menga balki Hyujinga ham shunda yaxshi boladi.
Xayolarga chomib yotoqda aydolga oranib otirgan qiz oyisini eshikdan kirib kelganini sezmay qoldi. Miya bugun juda kop pardoz qilgan va hatdan tashqari ochiq kiyingan shu sababdan Mareana oyisiga qarab qotib qoldi. Biroz u oyisiga tikilgancha gapirdi
Mareana- oyi tinchlikmi bugun juda bezanib olibsiz ertalabdan- qiz oylanib qolgancha qoshimcha qildi- biror yerga bermoqchimisiz. Topdim yana osha galati kibor oyimcha dugonalaringiz oldiga borasizmi
Miya- ha xuddi shunday meni aqili qizim osha kibor oyimchalarni ortda qoldirish maqsadida maftuhkor kiyindim. Yarashganmi?
Mareana- juda chiroylisiz oyi - tasdiq ma'nosida oyimga bosh silkitib qo‘ydim yotoqda hali hamon turar ekanman oyim menga tikilib qoldi. Hayron boldim va nigohlarimni uzib qayta yotmoqchi bolganimda oyim doimgidek chaqqonlik bilan yotoqimning chekasidan joy oldilar.
Ayol yotoq yoniga yaqinlashib u yerga otirib oldi. Qizining to‘zg‘ib ketgan sochini tarab qoydi. Tabasum qilib unga qaradi
Miya- Mareana qizim nega yig‘lading biror gap boldimi yoki oqishingda kimdir senga gapirdimi nega kozlaring qizargan
Mareana- hammasi joyida oyi yig‘laganim yoq tashvishlanmang - ammalab oyimni tinchlantirishga harakat qilmoqdaman eng yomoni shu agar oyim eshitsalar Hyunjin bilan bolgan voqealarni tab tortmasdan dadamga borib aytadilar. Oyim ham boshqalardek insonlarning tabaqasiga qarab ajratadilar.
Miya- ishondim deb o‘ylama Mareana hozir kech qolyabman uyga qaytishim bilan bu mavzuda gaplashamiz - ayol yotoqdan turib eshik yoniga yaqinlashdi. Qayta ortga burilib qiziga qaradi- sal bo‘lsa yodimdan kotarilar edi. Mareana tushlikda pastga tush otang tayinlab qoydi.
Mareana xop degandek boshini qimirlatib eshikdan chiqib ketayotgan oyisiga soxta tabassum qilib qoydi.
Marmar toshlardan yasalgan oppoq hamomda sochlarini yig‘ib olib faqatgina bitta fudbolkada yerga o‘tirib olgan Hanlin erining oyoqlarini hushbo‘y hid taratuvchi sovun orqali yaxshilab yuvib qoymoqda. Bu ishni qizga ep kormagan Taehyung boynadan beri ichida la'natlar o‘qimoqda
Soat chamasi 11:45 atrofi kecha kechqurun tuni bo‘yi Hanlin bilan suhbatlashdik. Doim u bilan suhbatlashish meni tinchlantiradi. Har bir voqeani maroq bilan tasvirlab beradi. Bu qiz men nogironga aylanganimning 2- yilida hayotimda kirib kelib o‘chmas iz qoldirdi deya olaman. Yillar davomida bu zulmatda bir ozim qolib ketishimni oylar edim. Aslida hayot men oylagandek qorong‘i emas. Shunchaki bu nurni men qidirmaganman, lekin bazida oylab qolaman nega Hanlining hayotini bu darajada qiyinlashtirdim? yagona sababchi faqatgina ozim boshqa bir inson emas men uni otasidan va yaxshi hayotidan mahrum qildim. Barcha ayb ozimda uning baxtidan va hotirjamlikidan ko‘ra sevgimni afzal kordim. Hozir ham doimgidek har 3 kunda oyoqlarimni meni rozilikimsiz yuvish bilan ovora boladi. U doim menga nisbatan nafaqat sevgi balki hurmat ham namoyon qilgan. Agarda kimdir dunyodagi mukammal ayol kim desa buni baland ovozda Hanlin ekanligini ayta olaman.
Hayolga chomgan yigit qarasaki allaqachon xotini Hanlin uning oyoqlarini sovunlab bolgan. Navbat oyogdagi ko‘pikni suv bilan yuvib tashlashda qolganida Hanlin suvning haroratini yani issiqligini va sovuqligini tekshirayotgan edi. Buni yaqqol sezgan Taehyung unga qarata gapirdi.
Taehyung- suvni haroratini tekshirishing shart emas barbir oyoqlarim hech nimani his qilmaydi- unga shunday degancha bir nuqtaga tikilib qoldim va kecha undan yashirincha qilgan ishimni hayol qila boshladim. Agar u buni eshitsa qanchalik mendan xafa boladi. Yoki xursand bo‘ladi?
Hanlin- m..men haligi Tae - duduqlanib qoldim jin ursin nega doim shunday boladi. Bazida bu harakatlarim chetdan atayin qilgandek, lekin rostanam men hayolan shu xatoni qilib qoydim. Taehyungni xafa qilmoqchi yoki yuziga ro‘kach qilmoqchi emasdim. Oyoqlari yurmasligini shu kungacha turmushimiz davomida bir marotaba ham gapirmadim. Lekin Tae u negadir shu kunlarda doim har gapining birida buni takrorlayapti u nimadan buncha asabiy ahir tushunmayapman ?
Taehyung- hammasi joyida aytgancha men malikam tayyorlab beradigan kuksini sogindim - birdan jilmayib unga gapirdim. Uni xafa qilmoqchi emasman, sevgilimning soniyalar otmasdan chehrasi ochildi. Agarda men ozimni yaxshi his qilmasam kun boyi hech qanday tabassumsiz Hanlinga qarasam u ham men kabi shunday qiladi. Xuddi bir butundek go‘yo hozir ham jilmayganim uchun menga qoshilib tabbasum qildi. Men so‘ngi qarorim ko‘proq o‘ylantirmoqda hozir butkul unga bog‘lanib qolganman lekin bu tarzda umrbod davom etmaymiz.
Hanlin- yaxshi qadrli erginam siz uchun mahsus Kuksu tayyorlayman avval sizni tarribga keltirishimiz lozim- Tae mayin va erkalab gapirgani juda yoqadi. Sevgilim u ham javoban boshini qimirlatdi. Bu quvonch va mehr doim bizdan ufurib kelishini xohlayman hayotimiz mana shunday bolishini istayman. Undan boshqa gapni kutgandim to‘grisi. Yani uning yuzidagi sovuqonlik muhiti bir necha kun davom etadi deb oylagandim biroq unday bolmadi. Ozimni ancha yengil his qildim. Va ikkimiz ham ozimizni tartibga kelib oshxona tomon yo'l oldik. Taehyungning sevimli ovqatlarini tayyorlash uchun tezda oshxonaga shoshildim. Taehyunga yordamlashmoqchi boldim biroq doimgidek ozi eplashini aytdi. Oshxonaga kirib avval qo‘llarimni yaxshilab yuvdim muzlatkichni ochar ekanman kuksuni tayyorlash uchun menga kerak boladigan karam va uzun pastalarni qidira boshladim. Biroq muzlatkichda ular yoq chunki har hafta Taehyunga bu taomni tayyorlab beraman shu sababdan mahsulotlar tugab qolgandir. Uning sevimli ovqati shu hozir tayyorlab bermasam uni quvontira olmayman. Biroz oylangancha barmoqlarimni qirsilatib qaror qildim. Ya'ni ko‘zim oshxonaning mebellar javonida turadigan mashina kalitiga tushdi. Oylab otirmasdan uni oldim mashina haydashni bilaman va guvoh nomam ham bor nega endi oylab otirshim kerak ahir. Lekin mashina Taehyungniki u rozi bo‘lmasachi oylab otirar ekanman aravachani harakatga keltirgan erim yonimga yaqinlashdi. Savol nigohi bilan menga va qolimdagi kalitlarga qaradi.
Taehyung- Kim xonim nimalarni boshlab yuribsiz yana ? - sevgilimning kozlariga tiklar ekanman u moltirab menga qarar edi. Nima deyishini anniq bilsamda ozimni bilmaganlika olishda davom etdim
Hanlin- Tae iltimos yo‘q demang- doim jahli chiqsa yoki iltmoslarimni bajarish kerak bolsa unga shunday murojat qilaman u ham buni bilib turib atayin jig‘imga tegish maqsadida hozirgi holatdek ozini bilmagandek tushunmagandek tutadi.
Taehyung- yoq Hanlin- keskin javob berdim toki u ovqat mahsulotlari tugab qolganini aytmaganiga qadar. Lekin shunga qaramay avval Hyujinga bir necha bor qongiroq qildim. U go‘shakni ko‘tarmadi. Demak boshqa ilojim yoq uning ishtiyoqi juda baland hozir taqiqlab qoysam xafa boladi. - yaxshi Hanlin lekin ehtiyot bolib hayda tushundingmi
Halin- raxmat unda kettik Tae birga aylanib kelamiz- uning aravachasini dastaglarini ushlar ekanman u qolimga oz kaftlarini qoyib meni toxtadi.
Taehyung- Hanlin charchadim xafa bolmasang biroz dam olmoqchiman ozining borib kela olasanmi - ertalab kech turgan bolsamda, issiq hamom sabab holsizman kozlarimni bazur kattaroq ochib Hanlinga qaradim
Hanlin- yaxshi unda dam oling men 15 daqiqada qaytaman- unga jilmayib aravachasini harakatga keltirdim va yotoq xonamiz tomon olib bordim. Taehyungni hamomga majburlab kiritganim sabab uning kiyimlari yechish butkul yodimdan ko‘taribdi. Issiq sabab u biroz charchagan shekili.
Mareana nihoyat yuvinib va kiyinib bolgach ko‘zguga qarab sochlarini taradi. Oyisi tayinlagandek xonasidan chiqib zinlaradan asta tushib otasini qidira boshladi. Pastadagi mehmon xona zaliga tushar ekan otasi va Hyujini kordi. Joyidan tosh qotib qolgan qiz kipriklarini pirpiratgancha bu Hyunjin ekanligiga ishonch hosil qilib tomog'idagi nafasini yutib yubordi. Ikkilanib qolgan qiz ikki nigohlar unga qarayotgani sezib tezda ularga yaqinlashdi. Otasi bilan salomlashgan qiz bir nigohlarini yonidagi yigitga qaratib qoyar edi. Janob Kim qolidagi soatga qarab ikkisiga gapirdi.
Kim- kam vaqt qoldi tezriq yolga chiqinglar shoshilng
Bir biriga hayron bolib qolgan yigit va qiz tezlik bilan nigohlarini qarshisidagi erkakga qaratdi. Kim stulga otirib likopchasiga turli xil ovqatni sola boshladi. Qiziga qarab song gapirdi.
Kim- Mareana sinfrabaring aytdi. Yozgi tatil boshlanmasidan oldin sayohatga chiqar ekansiz butun sinf bilan lekin sen menga otanga buni aytmading togrimi
Mareana- haligi ha dada - esankirab qoldim Hyunjin hali hamon qarshimda menga tikilib turar edi. Biroz noqulay holat tufayli ahmoqlardek duduqlandim yana yetmaganiga dadaming oldida jin ursin osha sinfrabarimizning menda qasti bor shekili yaramas nega buni dadamga aytdi. Uning maqsadi nima bir tomondan bu ustoz ikkinchi tomondan dadamning hozir qilgan ishi uchinchidan esa rad etilgan sevgim uff hammasi juda chalkash hayotim muomalarga tola endi bu sayohat toxta boldi bas hozir dadam aytdi. Men va Hyujin biz ikkalamiz birga boramizmi tomoq qirib dadamga sozladim - Dada haligi u yerga oila azolari borishi lozim
Kim- ha bilaman ustozing aytdi chunki u yerda nafaqat sayohat balki turli musoboqlar ham bolib otar ekan men qarib qoldim oying esa ziyofatlardan boshamaydi. Akang Taehyung esa ozing bilasan uzoq yolga chiqishi ancha qiyin shu sababdan seni oylab Hyunjin akangni chaqirdim u bilan yaxshi chiqishasan birga vaqt otakazib keling Hyunjin ham kop ishladi juda charchagandir. Hordiq oling yoshlar endi esa shoshiling
Mareana- NIMA dada? - yo xudo aqldan ozishim anniq yaqinda shu muhim gap edimi. Men endi Hyunjin unutmoqchi edim lekin chibqoni ustiga chiqgandek yana u qarshimda hattoki buni rad etmayapti nega ahir tilli yoqmi - dada men roziman lekin Hyunjin akam rozi boladilarmi? - aka soziga urgu va anniq gapirganimni sezgan Hyunjin ozi istamagan holatda qoshini ko‘tardi. Bunday harakatdan so‘ng yanada kelishgan kozimga korindi. Uhh ahmoq bolma u seni rad etdi. Kim Mareana
Hyunjin- men ham roziman unda kettik vaqtni boy bermasdan - yuragim qattiq urmoqda bolib otgan ishlardan song uni korolmasam kerak deb oylagandim biroq adashgan ekanman mening qizaloqim bugun ham har doimgidek juda chiroyli unda taralib turadigan hushboy gul hidi. Zinlardan tushishi bilan burnimga yetib keldi. Men doim magnetdek toradigan bu jigarang sochlar uni hidlashni istayman nafasim taranglashib borar ekan ogir yutungancha Janob Kimga tazim qilib tashqariga chiqdim ortimdan kelayotgan tanish iforni sezib yurishdan toxtadim. Birdan hiqilagan ovoz kelar ekan ortimga qaradim. U burnini ushlab turar edi. Bu yoqimli holatdan kulib yubordim. U esa qoshlarini chimirib menga qaradi.
Mareana- kozingizga qarasangiz bolmaydimi burnim sinishiga oz qoldi- zarda ohangi bilan gapirdim unga chunki hali hamon undan qattiq jahlim chiqgan u esa parvosi balak kulishdan boshqasiga yaramaydi. Yaramas Hyunjin mashinani eshiklarini ochib oldinga otirib oldim eshikni qattiq yopgancha ikki qolimni koksimga birlashtirib qovoqlarimni uyib oldim u esa bir memga qarab song kelib mashinani ot oldirdi.
Shu atrofdagi yaqin savdo markazi tomon borayotgan mashina ichidagi Hanlin ehtiyotlik bilan mashinani haydamoqda anchadan buyon haydamagandi. Togrisi aytganda guvoh nomani olgan payti kurslarda mashina haydagandi. Shundan song umman mashina haydamadi. Hanlin sekilik bilan rulni aylantirar ekan 55 daqiqa uydan chiqganiga bolganini faxmlab tezlikni oshirdi. Hanlin mashina oynasidan atrofga qarab ko‘ylagining cho‘ntagiga qo‘lini suqib u yerdan qog‘oz yani pullarni qidirdi. Lekin yo‘q Hanlin asabiylashib hamyonini unutganini eslab oziga ozi lanat o‘qidi. Mashinani tort tomonini ag‘darib pul chiqishiga umid qilib tekshirdi. Birdan yerga tushgan qandaydir qogoz Hanlini etiborini tortdi. Uni olib oqiy boshladi. Katta hajmdagi oppoq qog‘oz va old tomonida alla nimalardir yozilgan ularni yaxshilab ushlab mashina oynasidan yolda hech kim yoqliga ishonch hosil qilib haydash barobarida qogozdagi yozuvlarni oqiy boshladi.
Hanlin- 15.6. 2025 yil ajrim haqidagi ariza topshirildi- sekinlik bilan davomini oqidim yozuvlardagi jumlalar shunday edi- arziga binonan Janob Kim Taehyung va Kim Hanlin nikohni buzish haqidagi arziga qol qo‘yishlari kerak - tomog‘im qurib nafasim ichimga tushdi. Yuragim gupillab urar ekan pastki yozuvdan song qogozlarni tashlab yubordim qollarim titrab ketdi. Miyamda qayta aylanayotgan sozlar ular shunday edi- ariza topshirgan inson Kim Taehyung- imzo ham Taehyungki qanday qilib ichimdagi tolib kelayotagan turli savollar meni yanada iskanchada qoldirdi. U qanday qilib buni menga ravo kordi. Tushunmayapman nega ahir nima qildim? yoq bu hazil bolishi kerak ha shunday aqldan ozgandek chontagimdan telefonimni qidirdim erimga qongiroq qilar ekanman rulni qattiq ushlab bu hazil bolishiga umid qildim. Telefondan ikkinchi linaga qongiroq borar ekan asabiy yo‘lga qarab mashinani tezlikini yanada oshirdim.
Bir necha marta tinimsiz qongiroqdan song goshak ko‘tarildi. Taehyungning ovozi quloqlarim orasida yangradi
Taehyung- alo sevgilim nimadir bo‘ldimi yoki hozir hamyoning uyda qolgani esinga keldimi men biroz dam oldim tezroq kelsang kuksu yeymiz kerakli idishlarni to‘pladim . Nega jimib qolding gapirsankchi sevgilim bunaqa hazilar yoqmaydi. Menga
Hanlin- mashinadagi ajrim qogizlarni kordim bu hazil deb ayting TEZDA- nafas bo‘g‘zimda bu havoni chiqarishim uchun erim ha deyishi lozim daqiqalar o‘tar ekan Taehyungdan sado ham kelmadi. Tashvishlana boshladim mana shu sukutdan bu jimlikni qanday tushumay ahir.
Taehyung- Hanlin men rostan ajrashmoqchiman lekin bu telefonda aytiladigan gaplar emas uyga kelsang tushuntiraman
Hanlin- nima ajrashamiz? Boynadan beri ushlab turgan koz yoshimni qoyib yubordim havo yetishmay ketdi. Kozlarim qizarib kipriklarimdan quyilib kelayotgan yoshlarni artsamda foyda bermadi. Quloqlarimda faqat faqat ozsha sozlar "ajrashish" yangrar boshqa ovozlarni eshitmas edim goyoki karga aylagandek telefonda faqat mening hiqilagan yig‘i ovozim kelar edi. Telefonimni qattiq ushlab atrofga qarab rulni ushlar ekanman birdan o‘ng tomonda kelgan yuk mashinasi kelib urildi.
Telefondan ikkinchi ovoz kelar lekin hech kim- sa javob qaytarmas chunki u allaqachon yerga yiqilib chil-parchin bo‘lgandi