𝓛𝓸𝓿𝓮 𝓲𝓼 𝓹𝓪𝓲𝓷𝓯𝓾𝓵
Tanishuv~~~
Jeon Jungkook - 26 yoshda. Ota-onasi AMERIKAda yashashadi. Bitta ukasi bor. Koreadagi eng katta mafia. "JKM " kompaniyasi bosh rahbari sifatida Koreaga tanilgan. (Aslida bu uning ishlarini*mafialikka oid* yopish uchun ochilgan).
Park Jimin - Jungkookning eng yaqin va sadoqatli doʻsti. U ham mafia. Jungkook bilan ikkitasi "JKM" kompaniyasini birga ochishgan. 2-rahbar va u ham taniqli inson.
Min Yuna - 17 yoshda. Juda chiroyli. Yoshiga nisbatan jussasi ancha kichik. Bitiruvchi sinf.Juda boy. Ota-onasi 1 yil oldin avtohalokatda vafot etishgan. Hozirda yigiti yoʻq. Oʻqiish bilan band. 2 oy avval amakisi Janob Min Yeon uni oʻz uyiga koʻchirtirdi.
Lee Soyun - Yunaning eng yaqin dugonasi. Yunaga nisbatan ancha jasur. Yuzlari doim porlab turadi. Nima boʻlgan taqdirda ham ular birga. Ota-onasi tirik, ammo unga nisbatan juda qattiqqoʻllik qilishadi. Yagona farzand. Otasi "JKM" kompaniyasida ishlaydi.
Yuna pov:
- Quyosh nuri yuzimga tushib turardi. Uygʻonishni xohlamasamda uygʻondim. Soat 06:54 jin ursin men kech qolishim mumkin. Oʻrnimdan turib, yuvinib pastga tushdim. Dasturxon atrofida faqat amakim bor edilar.
(J.Min - Janob Min Yeon)
Yuna: Xayrli tong amakijon
Amakim bamaylixotir nonushta qilib oʻtirarkan menga qarab jilmaydi.
J.Min: Xayrli qizim. Yaxshi dam oldingmi
Yuna: Ha amaki yaxshiman. Amaki haligi...
Men ularga bu gapni aytarkanman amakimni yuz ifodasi oʻzgarishni boshladi.
J.Min: Gapir qizim
Yuna: Bugun maktabga oʻzim borsam degandim maylimi.
Ular ruxsat bermasalar kerak deb oʻylagandm
J.Min: Nimayam derdim boraqol. Lekin ehtiyot boʻl sen meni akamdan qolgan yagona yodgorimsan, seni ham yoʻqotishga meni yuragim chidamaydi qizim.
Janob Min bu gaplarni Yunaga gapirarkan xotiralarni yodga oldi va
koʻzlari achishdi.
Yuna:Xoʻp boʻladi amakijon. Xayr men kettim
Yuna oʻrnidan turdi va sumkasini olib uydan chiqib ketti. Telefonda Soyun bilan gaplashib ketayotgandi. Birdan u kimdirga urilib ketti va u insonning kofesi koʻylagiga tokildi.
Yuna xavotir va aybdorlik hissi aralash gapirdi:
- Janob haligi..Men koʻrmay qoldim, meni kechiring
Yigit oq koʻylagidagi dogʻga qarar ekan uning bir nimalar deb gʻuldiradi.
- Ayw jin ursin, seni deb ishga kech qolaman
-Ammo me....
Yuna gapini davom ettirishga ulgurmasidan uning gapini boʻlshdi
Jungkook pov : Qanday qilib inson shu darajada goʻzal boʻlishi mumkin. Rostdan ham u juda chiroyli ekan. Yuragimga nima boʻlyapti, huddi qinidan chiqib ketgudek uradiya.
***
Soyun: Yunaaaa, haligi...
Soyun yuzida xavotir bilan Yunaga nimadir demoqchi edi ammo Yuna uni gapini shart kesdi
Yuna: Ah Soyuna-Soyun men seni deb bir insonning kiyimini rasvo qildm. (Hali ham oʻzink aybdor deb his qilyapti)
Soyun: Yuna Sen buni qoʻyib tur. Haligi imtihonga tayyorlandingmi ?
Yuna yuzida ayyor tabassum bilan
Yuna: Soyun yana nimani bahona bilasanaaa
Soyun: Men uxlamay tayyorlanmoqchi edim lekin yana uxlab qolibmanda Menga yordam berasanaa
Soyun insonni qanday eritishni juda yaxshi biladi. Hozir ham Yunaga labini burishtirib, koʻzlarini chaqbatib qarab turgandi.
Yuna: qanday qilib yoʻq deyishim mukinaaa
***
JK: Jimin menga bu qiz haqida maʼlumot topib berishing kerak.
Jungkook majlisdan chiqqanicha shoshib Jiminga gapirardi
JM: Qani bir koʻray
Jimin rasmni qoʻliga oldi . Bir rasmga bir Jungkookga qarar ekan, uni xayolini tarqatib Jungkook gapirdi
- Faqat tezroq okay
- oho yuragingdan urdimi deyman
Jimin hazilomuz ohangda gapirar ekan, Jungkook lan chetida kulib javob berdi
-Ichimsanda doʻstim. Boʻldi endi gap sotmay maʼlumot toʻla
Kutilmagan buyuruq Jiminni yuz ifodasi oʻzgarishiga sabab boʻldi
-Jungkook men baʼzida oʻylab qolaman men seni doʻstingmanmi yoki yordamching
Jimin nolib chiqib ketdi. Va qiz haqida maʼlumot toʻplay boshladi.
Bu payt qizlar ~~~
Soyun: Yuna qara 97 chiqibdi,vaaaay
Soyun javob varaqalariga qararkan koʻzlariga ishonmay gapirardi
Yuna : Nega menda 96, AYW jin ursin
Yuna qogʻozga gʻazab bilan qarab turardi
Soyun: Buni nishonlash kerak
Yuna: Ha mayli xoʻsh qayerga boramiz
Soyun biroz oʻylanib turdida javob berdi
Soyun: Avval nimadir sotib olamiz keyin kafega boramiz
Yuna: Yoʻq avval kafega boraylik men rosa ochman
Qizlar birgalikda qayerlargadir borishni rejalashtirishdi
Jungkook oʻsha Yuna bilan toʻqnashib ketgan kunidan beri uni hayolidan chiqara olmadi... Uni kuzatishni boshladi, uni qanchalik kuzatsa , qanchalik oʻrgansa shunchalik oshiq boʻlayotgandi, uni Tahminan 1 oy kuzatib yurdi, u Maktabga koʻp borib turardi chunki Jungkook xabar olib turishi kerak boʻlgan tom maʼnoda uni bir omonati bor edi(hikoya davomida bilib olasiz)... Ammo Yuna baridan bexabar hozircha hayotdan zavqlanib yashab yuribdi... (Ammo baʼzida tashqariga chiqishganida yigitlar bilan biroz salom-alik qilishni kanda qilmasdi albatta bu oʻsmirlik davri... Ammo bundan Jungkookning asab tolalari birin ketin uzilardi, va sabri tugab borardi, uni oʻylab oʻziniki qilganda bu ishlari uchun qanday jazolashni allaqachon oʻylab qoʻygandi)
--Minlar qoʻrgʻoni --
Janob Min: Aqldan ozibsan! Bu boʻlmaydi!
*Qarshisidagi yigitga iloji boricha bosiq gapirishga urinsada oʻzini bosolmay jahl bilan gapirardi*
Jungkook: Nega ekan? Mendan yaxshi nomzod topasiz deb oʻylamayman
Janob Min
Janob Min: Hoy Janob. Jeon Jungkook! Jiyanim Yuna hali yosh bola !
Jk: axir u 17 ga toʻlgan endi u yosh bola emas.! Shunday emasmi ?, yoki uni turmushga berish uchun boshqa variantlaringiz bormi?
J.M: Uni umuman olganda hali beri turmushga berish niyatida emasman !
Doim istaganini olishga oʻrgangan Jeon Jungkook, Butun Koreadagi eng muvaffaqiyatli yosh biznesmen va Mafia olamida ham top mafia gang ga egalik qiluvchi bu yigit "Yoʻq" degan javobni olishga oʻrganmagan va qarshisidagi bu odamni hozirni oʻzida terisini shilib olishdan oʻzini arang tiyib turibdi, ammo boshqa yoʻllar ham yoʻq emas!
Jk: Men sizga tanlov bergandim Janob Min endi esa oqibatlari uchun mendan o'pkalamang!
*Bosiq ammo gʻazab bilan shu soʻzlarni aytib katta va ogʻir qadamlar bilan uydan chiqib ketti*
Qizlar doʻkon aylanib yurishar ekan birdan bir cafega koʻzlari tushdi va ichkariga kirib biroz tamaddi qilishni istashdi.
Yuri: Soyun men yuvinish xonasiga borishim kerak...
Soyun: Men ham boraymi ? oxirgi payt vahimachi boʻlib qolgandingku ...
Yuna: Rahmat Soyun! Lekin Oʻzim boraman! Tez qaytaman
Soyun rozi boʻlgach, yuvinish xonasiga kirdim va qoʻlimni yuvayotib oynada kimnidir aksi koʻrindi ortimga qarashim bilan yuzimga oʻtkir hidli matoni bosishdi, hushimni yoʻqotdim... Koʻzimni ochganimda esa, Qorongʻu xonada edim, barcha mebellar hattoki derazadagi parda ham qop-qora, Judayam qoʻrqyapman va eshik ochilishi bilan hayollarim tarqalib ketti, men koʻchada urilib ketgan yigitmi ?