July 13

Love is painful

Pt.7

Author_pov :
Bir hayotni bilaman..
- Yashagan "Men"
- Manosi "Sen".

Jungkook va Yuna shifokorga borishdi, albatta hech qanday navbatsiz va bidir-bidir gaplarsiz toʻgʻri shifokor xonasiga kirishdi, axir kimsan Janob Jeon Jungkook ayolini olib keldiku...
Shifokor: Tabriklayman Janob Jeon va Jeon xonim... Homila 2 haftalik ekan...
Jk: Bolamni ahvoli yaxshimi ? Rivojlanishida hech qanday muammo yoʻqmi?
Yuna.pov/ Shifokor meni Jeon xonim deb ataganiga endi asab boʻlib turganimda, Jungkook "bolamnig" ahvoli deb qaygʻurayotgani biroz hovurimni bosdi...

Shifokor uzi ekranlarida chaqaloqni koʻrsatib berar ekan, ikkisi ham qiziqish va qandaydir mehr bilan uni tomosha qilishardi, Jungkook Yunaga qararkan, ekranga koʻzida baxt yoshlari bilan qarab turganini koʻrdi...

Jk.pov/qalbi pok farishtam meni... Shuncha qilganlarimdan keyin ham, bu bola oʻziga tirik zanjir boʻlishini bilib ham, uni istamayman! , oldirib tashlayman ! Deb janjal qilmay, aksincha ona boʻlishdan suyunib yotibdi. Ayw nega boshida unga bunday qildima ?!

~~~

Jimin clubdagi 7- vip xonada oʻtirarkan, birdan kechagi voqea koʻz oldida gavdalandi . Jimin clubdan chiqib darhol ishga kirishdi... Bugun maktabda bitiruv oqshomi ekanini bilgach maktab tomon yoʻl oldi...
Maktab yetib kelgach endi mashinadan tushishga otlangan vaqti maktab darvozalaridan chiqayotgan juflikka koʻzi tushdi...
Jm: tanish chehralarku... Bu oʻsha yigit... Va Soyun...
Maktab darvozasi oldida qoʻl ushlashib turgancha suhbatlashayotgan juftlikdan koʻz uzmay turardi...
Soyun va Soobin juftlik edilar... Soobin ham badavlat oila vakili... Uni otasini katta kompaniya va zavodlari bor...
Jm: Seni oʻshanda qoʻyib yuborishim xato edi qushcha... *Rulni ushlab turishi qattiq siqildi*
Jimin hozir qandaydir gʻalati hislarni tuyardi... Soyunga avval ahamiyat bermagandi... Uning ideal tipi: qomati kelishgan, bir qarashda ehtirosni oshira oladigan (S*xy) tana va goʻzal yuzli oʻrta yoshli ayollar edi... Ammo hozir nega kichik tana, baby face, va hali tolishmagan hech qanday ehtirosni uygʻota olmaydigan bu kichkina qizga nisbatan egalik tuygʻusini his etyapti?.
Soyun va Soobin hayrlashishgach ikkisi ikki hil yoʻldan ketishdi...
Jiminga qoʻngʻiroq boʻldi.
~ Aloqa ulandi ~
Kotiba: Janob Park 1 soatdan soʻng direktorlar yigʻilishi boʻlib oʻtadi, yodingizdami ?
Jm: ha yodimda yarim soatda kompaniyaga yetib boraman.
Kotiba Jimin ochirishidan oldin shoshgancha
: yana...
Jm: Chaynalma !
Kotiba: bugun... Siz bilan vaqt oʻtkazishni istardim...~ *suzilgancha mayin ovozda dedi*
Jimin asabiy koʻzlarini yumdi: bizda ikkinchi tun boʻlmaydi jonginam, borgunimcha kompaniyada qarangni ham koʻrmay !
*Qoʻngʻiroqni Jimin yakunladi*
Jimin gʻirt playboy edi... U bir martta birga boʻlgani bilan qaytib birga boʻlmaydi

Kompaniya

Jimin kompaniyaga yetib kelishi bilan kompaniya atmosferasi qattiq va sovuqlashgandek boʻldi... Hamma tezlikda ishlariga yanada ahamiyatli va biroz bezovta holga kelishdi... Jimin lift tomon borib, oʻziga kerakli qavatni raqamini bosdi, endi eshik yopilay deganda, bir erkak kirishga ulgurib qoldi.
Janob Lee: hayrli kun janob Park
Jm: Hayrli janob Lee

(Pov.- Janob Lee Soyunning otasi, Soyun oʻsha Jimin bilan boʻlgan ishni otasiga ayta olmadi, aytganda ham oʻzini koʻngli singani qolar edi holos, chunki Otasi uni biznesini yanada yashnatish yoʻlida tirik qurol deb biladi, shu sabab u bolalik chogʻidan mana shu narsaga oʻrgatilgan... Yaʼni bir kun kelib boy xonadon bilan qudalik rishtalarini bogʻlash uchun)

Jimin ham janob Lee Jimin Soyunga nima qilganidan bexabar ekanini bildi...

Jimin.pov/ aytgandim a qushcha... Ayta olmasliging aniq edi...
Lift koʻtarilishda davom etarkan Janob Lee gap boshladi
Janob Lee: Khm Janob Jeon uylanganini eshitgan edim... Ajoyib oila bilan qarindosh boʻlibdilar...
Jimin: shunday *qisqa javob berdi*
Janob Lee: siz hali uylanmoqchi emasmisiz janob Park?
Jimin uni bu savoliga bir qosh koʻtarib qoʻydi...
Jimin: Uylanmoqchi boʻlganimda ham hali koʻz ostimga olganim yoʻq janob Lee... Bilasiz men band odamman, kelin qidirib yurishga vaqtim yoʻq...
*Jimin Janob Leeni maqsadini deyarli tushundi, va shu sabab unga oʻzi kutgan javobni berdi*

Janob Lee hovliqqancha javob berdi: Balki biror kun vaqtingiz boʻlganida uyimizga mehmonga kelarsiz janob Park ? Hamkorligimizni yanada mustahkamlashni istardim...
Shunday deb liftdan chiqib majlilar xonasiga qarab ketdi.

~~~
Pov: Yanvar oyining oʻrtalari, havo ancha sovigan. Bugun qor yogʻibdi, juda koʻp qor...

Jk: Yuriiii !! *Asabi buzilib jahli chiqqani ovozidan aniq bilingancha baqirdi*
Yuna Orqa hovlida yosh boladan battar boʻlib Insu bilan qor oʻynardi, Lily chiqishdan oldin qancha ogohlantirib Jungkookni bundan jahli chiqishini avval undan ruhsat soʻrash kerakligini aytgan boʻlsa ham, Yuna tashqarida yogʻayotgan qorni koʻrib oʻzini toʻxtata olmadi, Jungkook ishdan kelgunicha uyda boʻlaman deb, bir amallab tashqariga chiqdiyu, oʻyinni ikki qiz ham boshlab yuborishdi, barini Kameralar orqali koʻrgan Jungkook borib Yunaga qanday jazo berish haqida oʻylardi holos! Va mana endi uyga yetib keldi ammo bizning xonim afandi Yuna yaylovga qoʻyib yuborilgan qoʻzichoqdek qorda oʻynardi....
Yuna.pov/ Endi mazza qilib Lily bilan qorda oʻynayotganimizda qayerdandir oʻsha yovuz Jungkook janoblari bor ovozicha ismimni aytib baqirib paydo boʻldi!!

Jungkook tez unga yaqinlashib: Men senga nima degan edim ??! *Qahr bilan unga qarab*
Yuna: N-nima ayb qildim oʻzi??
Jk: Yana nima ayb qildim deydiya ?? Shu sovuqda uyoqdan buyoqqa yugurib oʻynashing nimasi ? Yiqilib shikastlansang yoki shamollab qolsang nima boʻladi??
Yuna.pov/ voy bu telba amaki ...
Yuna: Jungkook axir hozir Yanvar oyi... Men esa birinchi bor qor yogʻganda tashqariga chiqyapman.... *Biroz homush tortib*

Jungkook Yunani gaplariga ensa qotirib: Tez ichkariga kiringlar!!
Lily: Yuraqoling Unnie ichkariga kiraqolaylik
Yuna endi injiqlik qilgancha turib oldi: Yoʻq!! Kirmayman !! Men hali oʻynab boʻlmadim!! *Qovoq uyib turib oldi*

(Pov: Oh pfff 😒 deb oʻylagandirsiz ammo Homiladorlik davrida bazi ayollarga bir gap kam ikki gap koʻplik qiladigan injiq boʻlib qolishadi, buni boshqarish juda qiyin masala~)

Jungkook bunga chidarmidi ? Albatta yoʻq.! Uni dast koʻtarib uyga olib keta boshladi, Yuna baqirib uni yelkasiga urarkan, unga bu hatto chivin chaqqanchalik ham tasir qilmasdi. Lily bu yoqda ikki juftlikni ortidan na xursand boʻlishni, na xafa boʻlishni bilmay turardi. ~Tae Yurini toʻgʻri borib Yotoqxonaga olib kirdi va yotoqqa qoʻydi
Yuna: Bitta qorda oʻynashni ham koʻp koʻring endi ! *Unga jahl qilib*
Jk: Asabimni buzma Yuna ! Joningda bir jon oʻsayotganini unutma ! Qara yanoqlaring sovuqdan muzlab qizarib ketibdi ! Koʻp jahlimni chiqarsang bilasan a oqibatlarini ?!
Yuna biroz jim boʻlib qoldi.... Ha hozir unga zarar bera olmaydi, chunki homila hali juda kichik ammo vaqti kelsa albatta bunga javob berishini ham biladi, bu kimsa oʻz ismini bir kun unutsa unutadiki ammo Yunani jazolashni unutmasligi kundek ravshan ...
Yuna sekingina: Hoʻp...
Jungkook uni hafa boʻlganini koʻrib chuqur uxx tortdida sekin uni oldiga oʻtirdi: Agar hamma aytganlarimni qilib jahlimni chiqarmasang albatta seni aylangani chiroyli qor bilan burkangan joyga olib boraman
Yuna unga ishonmaysirab qaradi: Rostanmi...?
Jk: Albatta.... Faqat aytganlarimni qil hoʻpmi ..?
Yuri sekin "hoʻp " degandek bosh silkib qoʻydi

~
Majlisdan soʻng.
Janob Park... Qachon sizni kechki ovqatga taklif qilsam boʻladi?
Jm: Bugun kechga vaqt topaman janob Lee.
Janob Lee bu gapni eshitib oʻzida yoʻq xursand boʻlib ketdi... Oʻylagan rejalariga silliqqina erishmoqda... Faqat bu istaklari uchun qizi qurbon boʻlishidan zigʻircha ham bezovta boʻlmasdi...

Kechki payt Leelar qoʻrgʻoni

Jimin magʻrur ifoda bilan Leelar qoʻrgʻoniga kirib bordi...

Soyun.pov/ tavba... Nega shuncha darsim turib otam meni kechki ovqatda boʻlishimni istadi... Endi institutga kirish uchun hushimdan ketguncha oʻqiyman deb oʻylagan edim...

*Flashback*
Janob Lee Jimin bugunoq kechki ovqatga ularning qoʻrgʻoniga tashrif buyurishini eshitib darrov uyiga shoshdi, hizmatchilarga dabdabali kechki ovqat dasturxonini tayyorlashini buyurib darhol eng kerakli odamni chaqirdi...

Janob Lee Soyunni boshdan oyoq kuzatib chiqdi : Ajoyib~ ancha ulgʻayibsan qizim *yuzida mamnun jilmayish bilan*
J.L: Soyun qizim bugun kechki ovqatga mehmon taklif qilganman, shuncha yillik odob axloq darslari yodingda deb umid qilaman

Soyun.pov/ Albatta axir shuncha yegan kaltaklarni qanday unutaman otajon?!
: Albatta ota

Janob Lee: bugun ajoyib koʻrinishining kerak . Eng qimmat libosingni kiy, sochlaring va yuzlaringga ham alohida eʼtibor ber !
Soyun endi umuman tushunish chegarasidan yiroqlashib ketdi, nega ? Keladigan mehmon shunchalik boy oiladanmi ? U ayol kishimi... Kiyinishimga alohida eʼtibor bersa?

Soyun anchayin tushunmagan boʻlsa ham indamadi baribir oxiri savalash bilan tugardi savollar javobi ... Onasi ham hech narsa demadi, tushuntirmadi faqat boshida turib nima kiyishiniyu soch va makeup ni oʻrgatib turdi...

*Comeback*
Soyun mana shularni eslab hayolida barini elakdan oʻtkazarkan ostonadan otasi bilan birga kirib kelayotgan kimsani koʻrib qotib qoldi...

Soyun: Bu bezbet nima qilyapti bu yerda..- oʻziga oʻzi pichirladi...

Jimin unga hayron va gʻazab aralash qarab turgan qizga qarab lab chetida kulib qoʻydi...

Janob Lee Jiminni dasturxonga yetakladi, hamma dasturxon atrofiga joylashdi, Soyun hamon bu inson nega kelganini agar biznes ishi boʻlsa nega buni officeda yo restoranda hal qilishmaganini oʻylab turardi...
Kechki ovqat davomida qilingan biznes haqidagi suxbatlardan zerikkan Soyun taomida qoshiqni oʻynatgancha bir narsani oʻylardi...

Soyun.pov/ Soobin nega bugun kelmadi ekan... Qoʻngʻiroqlarimga ham javob bermadi... Xabar ham yozmadi...

Shu payt otasining ovozi uni yana dasturxon atrofida qilinayotgan suxbatga qaytardi.

Janob Lee mamnun jilmaydi sababi suxbat boshidan mana shu daqiqalarni kutayotgan edi .
J.L: Albatta ~ mana shu sabab qizimni ham davramizda boʻlishini tayinlaganman janob Park
Jimin: Men avval ham qizingizni koʻrgan edim... Juda goʻzal va yoqimtoy qizingiz bor janob Lee - Soyunga teshib yuboray deb qarab mana shu gaplarni aytardi...

Soyun oxiri chiday olmadi
: Bu yerga meni koʻrinishimni maqtash uchun kelganingiz gʻalati janob Park - zaharxandalik bilan gapirdi
Janob Lee qizining odobsizligi sabab endi qiziga gapirmoqchi boʻlganida Jiminning gaplari buni boʻldi
Jm: Yoʻq sen bilan unashtirilish uchun keldim azizam ~
Soyun bir zum karaxt boʻlib qolgandi goʻyo...
Soyun asabiy oʻrnidan turdi
: Sen oʻzingcha nimalar deyapsan?!
Janob Lee Soyunni bu qiligʻiga yarasha hozirni oʻzida unga jazo berishni istardi, darhol oʻrnidan turib u tomon ketayotganida...
Jm: joyingizda toʻxtang ! - qattiq va buyruq ohangida dedi.
Jimin Oʻrnidan turib asta Soyun tomon yaqinlashdi uni qarshisida toʻxtab tepasida magʻrur koʻtarilgancha gap boshladi
:Eshitmagan koʻrinasan senga uylanaman.
Soyun: Kim bunga rozi boʻlar ekan ?
Janob Lee: Men albatta! Soyun haddingdan oshmaginda xonangga bor !
Soyun otasiga qararkan faqatgina nafrat va gʻazab bilan unga boqib turgan koʻzlarni koʻrdi...
Sn: Bu narsa hech qachon sodir boʻlmaydi! Hammangiz bilib qoying!
Shunday deb ketmoqchi boʻlganida Jimin uni qoʻllaridan ushlab toʻxtatdida quloqlariga yaqin kelib
: Senga koʻrsatishim kerak boʻlgan narsa bor qushcham... Oʻsha ishongan yigiting haqida~

7 qism tamom 🤗

Davomini hali yozmoqchidim lkn ishni cqb qoldide tori chunasla degan umiddaman 😘💋