"Falling for a 𝙁𝙐𝘾𝙆𝘽𝙊𝙔"
Ertalabki tong hali butunlay yorishmagan edi. Mirae o‘zini g‘alati his qilardi. Yuragi kechagi kutubxona uchrashuvidan so‘ng sokin bo‘lishi kerak edi, ammo aksincha – u jimjitlik ichida qichqirayotgandi.
O‘zini oynaga qaradi. Yuzida hech qanday o‘zgarish yo‘q, ammo ko‘zlarida kechagi titroq bor edi.
Taehyungning so‘zlari quloqlarida yangrardi..
> Menga imkon ber, Yoo Mirae. Men seni sindirish uchun emas... seni eslab qolish uchun keldim.
U qanchalik harakat qilmasin, yuragi bu so‘zlarga befarq bo‘la olmadi. Aslida, bu his — unga notanish emasdi. Balki uzoq yillar ilgari boshlangan, lekin o‘zi rad etishga majbur bo‘lgan bir his edi bu...
Mirae tezda palto kiyib eshikni ochdi. Oldida do‘sti Haneul turardi. Ammo u emas, orqada turgan soyaday sokin kimsa diqqatini tortdi — Taehyung.
— Loyihaga tayyorgarlik qilish uchun birga ishlanglar deb o‘yladim. Sen ertalabdan beri telefonimga javob bermayapsan, Mirae.
Mirae bir qarashda Haneulga, keyin Taehyungga qaradi. Ich-ichida g‘azab, qo‘rquv va nimagadir intilish bor edi.
— Kirishni istaysizmi? — so‘radi u sekin.
Taehyung hech narsa demay, faqat yelkasini qisdi. U ichkariga kirdi. Ularning orasi sukunatga to‘ldi. Haneul esa har doimgidek hazilga yo‘g‘rilgan so‘zlar bilan sovuq muhitni yumshatishga urindi.
Lekin Miraening nigohi faqat bir nuqtaga — Taehyungning lablariga qadalgandi. Chunki u kecha aytgan so‘zlari rost edi, yo‘qmi – hali hal qilinmagan savollardek qizdirardi qalbini.
Ular loyiha ustida ishlashga tushishdi. Ammo bir necha daqiqadan so‘ng, Haneul telefoniga qo‘ng‘iroq kelib, chiqib ketdi. Xonada faqat ikkisi qolishdi.
Taehyung jim turib, Miraega qaradi..
— Meni qochirishga harakat qilyapsan, to‘g‘rimi?
Mirae nigohini kitobdan uzmasdan javob berdi..
— Men... o‘zimni qutqarishga harakat qilyapman.
Taehyung sekin yondashdi. Uning ovozi past, ammo halokatli darajada halol edi..
— Menga qarab qutula olmaysan. Chunki yuragingning bir qismi allaqachon menda, Mirae.
U bu so‘zlarni aytganda, Mirae ko‘zlariga yosh yig‘ilib ketdi. Ammo u yig‘lamadi. U faqat sekin boshini egdi va deyarli pichirlab dedi..
— Men bunday tuyg‘ularni orzuga aylantirdim. Chunki ular haqiqat bo‘la olmaydi.
Taehyung sekin oldinga egildi, ularning yuzlari bir-biriga juda yaqin edi. Yuraklar urishi esa go‘yo bir ritmda…
— Nega bo‘lmasligi kerak? Kim taqiqlagan? Senmi? O‘tmishingmi?
Mirae ko‘zlarini yumdi. Ichki o‘zini aybdor his qilardi. O‘ziga nisbatan, o‘z hislariga nisbatan.
— Chunki men kimligimni bilaman, Taehyung. Men senday nurli odam uchun emasman. Men sirman, qorong‘ilikman. Men seni og‘ritaman.
Taehyung uning yuzini muloyimlik bilan qo‘llari orasiga oldi..
Ularning lablari bir-biriga juda yaqin edi. Ammo bu o‘pich emasdi. Bu — to‘qnashuv edi. Yig‘lab yuboradigan, lekin kuch beradigan hissiyot edi.
Lekin aynan shu damda, ularning orasidagi sokinlikni telefon tovushi buzdi. Mirae sekin orqaga chekinib, telefoniga qaradi. Ekranda noma’lum raqam chaqnardi.
U javob berdi. Va uning rangi o‘zgardi.
— Kim bu? — so‘radi Taehyung bezovtalanib.
— U... kimdir meni biladi. U mening o‘tmishim haqida gapirdi... Va u aytdi: ‘Agar Taehyungga yaqinlashsang, men uni yo‘q qilaman.