June 24

Qora Yurak🖤

Oxrgi BOB‼️ FINAL‼️

Tungi sukunat ichida Jungkook uyg‘ondi. Uning yelkasida Reina uxlayapti, sochlari yengil nafaslar bilan harakatlanardi. Ammo bu sokinlik yuragini tinchlantirmasdi Aksincha, yuragi g‘alati gursillardi — qandaydir noma’lum xavfni his qilayotganday.

Jungkook asta Reina yuziga qaradi. Qizning tiniq lablari, beg‘ubor yuzi va har bir nafas olishi — unga begona bo‘lgan tuyg‘uni uyg‘otardi. Lekin yuragining tubida bir narsa azoblardi: “Men uni yo‘qotishdan qo‘rqayapman”

Kozlari broz hiralashb ketdi u o'rnidan turdiyu ko‘zguga qaradi. Ko‘zlaridagi o‘zgarishni payqadi.
Yon atrofga qarar ekan u broz teri qo'ygandi balki u yana o‘sha — ruhsiz, jismoniy kuchga to‘la, ammo ichida bo‘sh odamga aylanmoqda edi.

Pov/Tae

O‘sha paytda, Tog‘ cho‘qqisida Taehyung — qora kiyimda, oy nuriga qarab turardi. U Reina bilan Jungkookning birga bo‘lganini bilardi. U avvaldan hamma narsani kuzatib kelardi.

— “Reina... sen eslayolmaysan Ammo men sening ilk muhabbating edim.”

Ha, bu haqiqat edi. Reina bola bo‘lganida, uni o‘rmonda birinchi topgan — Taehyung edi. U unga qarshi kurashgan jinlardan qutqargan, unga suv, boshpana va... yuragini bergan - Taehyung edi. Ammo jodugar uni Reina xotirasidan o‘chirdi. Chunki bu sevgi o‘zidanda kuchli bo‘lishi mumkin edi.

Taehyung soyaga o‘xshab harakat qilib, saroyga yaqinlashdi. U endi 2 chi o'rnda turmoqchi emasdi.

Reina ham uyg‘ondi. Uning yuragi Jungkook yonida bo‘lsa-da, u ichki notinchlikdan qiynalayotgan edi. So‘nggi tun... unga umid ham, xavf ham olib kelgandi. Lekin bir tuyg‘u o‘zgarmagan edi — unga nisbatan bo‘lgan ishonch.

— “Men seni qutqaraman, Jungkook,” dedi u o‘ziga. “Sen la’nat emassan. Sen sevgi mahsulisan.” pichrlagancha

Ammo u bu so‘zlarni aytayotgan vaqtda... tashqarida kimdir derazani yashirib kuzatayotgan edi. Soyadagidek jim. Nafasi bilinmaydigan. Ammo nigohi yonib turgan... Bu — Taehyung edi.

Jungkook o‘sha kuni jodugarni chaqirdi. Yuragidagi savollar unga tinchlik bermasdi:

— “Nega Reina menga yaqinlashib tirik qoldi?” — “Men nega yana o‘zgarayapman?” — “Men sevgiga loyiqmanmi?”

Jodugar ayol, faqat bir narsa dedi:

— “Reina — sening najoting ham, laʼnating ham bo‘lishi mumkin. Lekin sening qalbing... endi yolg‘iz emas. Bu xavfli. Chunki uchinchi yurak uyg‘ondi.”

— “Uchinchi yurak?” — Jungkook cho‘chib so‘radi.

— “Ha,” dedi jodugar past ovozda. U “Taehyung" deya nomlanadi

Jungkook, Reina va Taehyung — uchasi ham endi bitta taqdir chizig‘ida. Biri zulmat, biri nur, biri esa... ikkalasining oralig‘ida.

Ammo Reina bunga tayyor emas edi. Chunki u o‘zining o‘tmishini hali to‘liq bilmasdi. U bolaligida kim edi? Nega u jodugarlar qishlog‘ida tarbiyalangan? Nega u Jungkookka tegganida tirik qoladi? Va eng asosiysi...

Nega Taehyung uni unutmagan edi?

Tunda, qop-qorong‘i saroyda, Jungkook va Taehyung ilk marta yuzma-yuz chiqishdi.

— “U seni unutgan,” dedi Jungkook sovuq ohangda.

— “Ammo yuragi menga yondashganida u titraydi. Sen bunga guvoh bo‘lmagan eding,” deb javob qildi Taehyung.

Ular orasida faqat bir tanlov bor edi.

Va Reina — bu tanlov edi.

Qora osmon ostida uch yurak bir-biriga qarshi urardi. Biri — kuch va zulmat bilan to‘yingan Jungkook, ikkinchisi — o‘tmishdagi yurakni yo‘qotgan, ammo uni qaytarishga tayyor Taehyung, va uchinchisi — butun taqdirni o‘zgartiruvchi Reina edi.

Reina — la’natning markazi edi.

Reina saroyning baland minorasidan pastga qarab turardi. O‘rmon, tog‘lar, jodugarlar vodiysi — hammasi ko‘z oldidan o‘tardi. Ammo eng qattiq o‘zgarayotgan narsa — uning yuragi edi.

Bolaligidagi har bir parcha, jodugarlar tomonidan esidan o‘chirilgan xotiralar qaytmoqda edi: qorong‘u o‘rmon, quvib kelayotgan maxluqlar, va uni quchog‘iga olgan — qora ko‘zli bola. Bu bola Taehyung edi.

— "Men seni bir marta sevganman... ammo seni unutishga majbur qilishgan," — pichirladi Reina.

Ammo hozir u boshqa yurakning ichida edi. Jungkook unga faqat la’nat emas, begona bo‘lmagan tuyg‘ular, qorong‘ilik ichida mehr ato etgan edi.

Jungkook va Taehyung oxirgi marta yuzma-yuz chiqdi. Bu safar na gap, na uzr bor edi. Faqat kuch, faqat alam, va faqat yurakdagi yonayotgan otash.

— "Men sening yuragingdagi joyni egallaganman, sen o‘tmishsan," — dedi Jungkook sovuq ohangda.

— "Sen esa u meni sevganini hatto bilmayapsan. Uning yuragi menga tegishli," — deb javob qaytardi Taehyung.

Ular jang boshladilar. Bu oddiy jang emas edi — bu yuraklar, yillar, la’natlar va kechirimlar jangi edi.

Osmonda momaqaldiroq chaqnadi. O‘rmon titrardi. Yerdan olov ko‘tarilayotganday edi. Har bir zarba, har bir urinish — faqat jism emas, ruhga ham tegayotgan edi.

Reina yig‘lab, qichqirib, bu ikki yurak orasida turgan edi. U endi faqat kuzatuvchi emasdi. U endi hal qiluvchi edi.

U ikkisini to‘xtatdi. Qo‘lini ko‘targanga olovni to‘xtatdi. Jodugarlik qoni undan kuch olib, butun osmonga yoyildi.

— "Yetar! Meni tanlashni bas qiling. Men tanlayman!"

Jungkok unga qaradi. Taehyung ham. Yuraklar sekin urdi. Havo jim. Hatto daraxtlar ham to‘xtadi.

Reina, ko‘zlarida yosh bilan, dedi:

— "Men nafaqat sevgi, nafaqat o‘tmish, balki taqdirni tanlayman. Va mening yuragim... la’natni sevadi. Chunki u o‘sha zulmat ichida menga mehr berldi."

U Jungkook oldiga bordi. Uni quchdi.

— "Sening yuraging qora... ammo u meniki."

Pov) Taehyung — so‘nggi ko‘z yoshlari

Taehyung jim qoldi. Ko‘zlaridan bir tomchi yosh tushdi. Bu alam emas edi. Bu tan olish edi.

— "Demak, men sening yuragingda o‘tmish bo‘lib qoldim... Lekin seni hech qachon sevganimdan afsuslanmayman."

U orqasiga o‘girildi. Soyaga singib ketdi. Qaytmaslikka qaror qilgancha

Pov / La’natning sinishi

Reina va Jungkook bir-biriga tikildi. Bu safar la’nat emas edi. Bu safar sevgidan tug‘ilgan kuch edi. Ular bir-birini o‘pishganida... osmonda yorug‘lik chaqnadi.

Jungkookning ko‘zlari o‘zgardi. Tana qizidi. Yurak... endi inson yuragidek urmoqda edi.

— "Men... insonmanmi endi?" — pichirladi u.

— "Yo‘q," — dedi Reina, — "Sen men bilan — yangi mavjudotsan. Yangi kuch ,Yangi yuraksan"

Epilog: Yangi zamon

Yillar o‘tdi.

Jungkook va Reina saltanatdan yiroq yashashdi. Ular o‘zlariga xos dunyo yaratishdi.

Taehyung esa, soyada qoldi. Ammo u har kecha osmonga qarar, va yuragida Reina bilan yashar edi.

Jungkok va Reina turmush qurishdi va bitta farzndli ham bo'lshdi va ularning farzandi — qudratli, yuragi pok va yovuzlikni yengishga qodir bola bo‘lib ulg‘aymoqda edi.

La’nat sinmadi. U sevgi bilan... qudratga aylandi.

Qisqacha bo'lsada 5 ta BOB dan iborat bo'lgan Jungkook va Reinaning hikoyalari yoqqan bo'lsa iltimos bu fanfic haqida 5 BoB da o'qigan tasurotlaringizni yozin qoldinring

Cristal kanali uchun maxsus #laurn tomonidan yozldi