Kopirayting kasbi va kurs haqida
Kopirayting haqida ko'p gaplashamiz. Kopirayter bu matn yozadigan kasb egasi deymiz. Lekin matn yozishni hamma ham eplaydi. Unda kopirayting nega kerak degan savol paydo bo'ladi.
Ha, matn yozish hammaning ham qo'lidan kelishi mumkin. Tuxum qovurishni hamma bilgani kabi. Lekin kimdir sarig'ini xomroq pishiradi, kimdir maydalab pishiradi, yana kimdir allambalo narsalar qo'shib pishiradi. Lekin eng zo'r tuxum pishirishni haqiqiy oshpaz biladi. Eng zo'r oshni ham.
Shu kabi matnni hamma ham yoza oladi. Lekin uni ma'lum struktura asosida, samarali tarzda yozish bu faqatgina kopirayterning ishi. U so'z tanlash va uni o'z o'rnida qo'llashni biladi. Kim uchun, nima yozayotgani tahlil qiladi. Xullas, chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin deganlaridek, 2 so'zdan iborat "slogan" yozish kerak bo'lsa ham buni kopirayter amalga oshirgani ma'qul.
Kopirayter bo‘lish osonmi?
Xo'p, kopirayting kerakli soha ekanini, kopirayter esa kerakli kadr ekanini bilib oldik. Bu kasbni qanday egallash mumkin degan savol ham bo'lishi tabiiy. Aslida, bu kasbga hech qaysi institutda o'qitishmaydi. O'qituvchi, shifokor, hisobchi kabi kasblarga o'xshab, bu kasbda faoliyat olib borish uchun sizga diplom shart emas. Istasangiz, mustaqil o'rganishingiz mumkin. Shaxsan men qariyb 2 yildan ortiqroq vaqtda hech qanday kurslarsiz o'rganganman. Lekin sizga bir necha oy yetarli. Chunki men va men kabi yillar davomida xatolar qilib, izlanib bu kasbni o'rgangan kopirayterlar soha haqidagi bilimlarni qisqa va umumiy qilib tushuntirishadi. Abduazim Rustamxo'jayev, Nurbek Yo'ldoshev, E'zozxon Sarvarovna, Doniyorbek Erkin o'g'li va shu kabi ismlarni eshitgan bo'lsangiz, bu haqida oz bo'lsada ma'lumotga egasiz deb o'ylayman. Yuqorida ismlari zikr etilgan kopirayterlar o'zining mualliflik kurslariga ega kishilar. Har birining o'z uslubi, o'z imzosi bor.
Maqtanishga yo'ymasangiz, kamina ham o'z kursim, o'z faoliyatimni boshqalarga o'xshamaydi degan bo'lardim. Chunki aytganimdek, men boshqa kurslarda o'qimaganman va kopirayting haqidagi kurs qanday bo'lishini bilmayman. Shunchaki kopiraytingga kirib kelgunimcha 2 yil qanday matnlar bilan ishlaganim, aynan kopirayting bo'yicha 1 yil ishlab nimalarda adashganim, nima ishim to'g'ri bo'lgani, nimalarga erishganim haqidagi bilimlarni, tajribalarimni sizga ulashaman xolos.
Nega shunchaki aytib qo'ya qolmaysiz, kurs qilish shartmi deydiganlar bo'lsa aytib qo'yay: siz kursdagi bilimlar uchun $50–100–150 ni ayab turgan vaqtda, men nega qariyb 3 yillik mehnatimni tekinga tarqatishim kerak?)) Albatta gap faqat bunda emas. Imkonim yo'q, lekin o'qib, ishlagandan keyin buni unutmayman, deydiganlarga ham imkon beraman. "Tanglayi pul bilan ko'tarilgan" xilidan emasman. Lekin inson qachonki nimadandir voz kechsa, nimanidir bersa, uning o'rniga nimadir olish uchun astoydil kirishadi. Shu sabab ham kopirayting kursi pullik. Lekin undagi qiymatga nisbatan ancha arzon deb o'ylayman.
Kursda nimalarni o‘rganaman?
Bu eng haqli savol. Lekin javobini cho'zib o'tirish niyatim yo'q. Dangal, qisqa aytganda, siz kursni tamomlab, yangi kasb egasi bo'lasiz. Bo'lganda ham shunchaki nomiga emas, qo'lidan ish keladigan kadrga aylanasiz.
Sotuv matnlarini yozish, auditoriyani aniqlash, mijoz topish, portfolio va blog yuritish, qo'yingki, siz sarflagan mablag'ni ortig'i bilan qaytarish imkoni bo'lgan darajaga yetasiz.
Maqtanishga yo'ymasangiz, kamina ham o'z kursim, o'z faoliyatimni boshqalarga o'xshamaydi degan bo'lardim. Chunki aytganimdek, men boshqa kurslarda o'qimaganman va kopirayting haqidagi kurs qanday bo'lishini bilmayman. Shunchaki kopiraytingga kirib kelgunimcha 2 yil qanday matnlar bilan ishlaganim, aynan kopirayting bo'yicha 1 yil ishlab nimalarda adashganim, nima ishim to'g'ri bo'lgani, nimalarga erishganim haqidagi bilimlarni, tajribalarimni sizga ulashaman xolos.
Nega shunchaki aytib qo'ya qolmaysiz, kurs qilish shartmi deydiganlar bo'lsa aytib qo'yay: siz kursdagi bilimlar uchun $50–100–150 ni ayab turgan vaqtda, men nega qariyb 3 yillik mehnatimni tekinga tarqatishim kerak?)) Albatta gap faqat bunda emas. Imkonim yo'q, lekin o'qib, ishlagandan keyin buni unutmayman, deydiganlarga ham imkon beraman. "Tanglayi pul bilan ko'tarilgan" xilidan emasman. Lekin inson qachonki nimadandir voz kechsa, nimanidir bersa, uning o'rniga nimadir olish uchun astoydil kirishadi. Shu sabab ham kopirayting kursi pullik. Lekin undagi qiymatga nisbatan ancha arzon deb o'ylayman.
Qandaydir kurslarga pul orqali qiziqtiradiganlarni yomon ko'raman. Chunki kopirayter bo'lib siz $500, $1000, $2000 va ehtimol undan ham ko'p topishingiz mumkin. Lekin 1 so'm ham ishlay olmasligingiz ehtimoli bor. Bu kursga, menga bog'liq emas, aynan sizga bog'liq bo'ladi. Chunki bir emas bir nechta kursda o'qib hali biror ishni qoyillatmaganlar ham bor. Bitta kursni o'qish jarayonida, hali yakuniga yetmasdan daromadga chiqqanlar bor. Shunday ekan, pulini to'lang, o'qing va natijani o'zingiz ko'rasiz.
"Soqqali" joyidan gaplashaylik)
Demak, kopirayting kursi uchta asosiy tarifdan iborat. Bular "Start", "Oddiy" va "Pro" tariflari.
Videodarslarni ko'rib kopirayting nima ekanligini bilmaydiganlar ham, shu sohaga qiziqib, ozroq ishlagan, lekin ko'ngli to'lmagan kishilar ham nimadir o'rgana oladi. Narxlar esa quyidagicha.
Oldindan to‘lov
Kurs oktyabr oyining birinchi haftasida start olishi kutilyapti. Siz esa hozirdan joy band qilsangiz bo'ladi. Ya'ni ma'lum miqdordagi to'lovni amalga oshirasiz va kurs e'lon qilingunicha qolgan mablag'ni yig'ishga vaqtingiz bo'ladi.
Buning uchun birinchi navbatda o'zingizga mos tarifni tanlaysiz. @oddiycopirayter akkauntiga yoki @oddiykopirayter_bot telegram botiga yozib, karta raqamini olasiz va tanlagan tarifingiz narxining kamida 30 foiz qismini to'laysiz. Aytaylik, siz "Pro" tarifini tanladingiz. Demak, siz hozir $30 to'lab, qolganini oktyabr boshida to'lasangiz bo'ladi.
Chegirmalar
Kanalda oldinroq va'da qilganimdek, kanalni boshidan kuzatayotganlar uchun alohida chegirma bor. Bu oldindan to'lov uchun ham va boshqa har qanday usuldagi to'lovlarga ham amal qiladi. Siz qaysi kursni tanlasangiz ham $5 chegirma olasiz. Ya'ni kurs sizga $45, $75 yoki $115 ga tushadi.
Bundan boshqa chegirma kerakmi? Unda telegramdan menga yozing. Vaziyatingizni tushunishga harakat qilaman.
Aytgancha, kursdagi dars mavzulari, modullar haqida yozmadim. Chunki qariyb har kuni yangilik kiritiyapman. Oktyabr boshida rasman qabul e'lon qilganimda darslar mavzusi va modullarni ham aytib o'taman. Hozircha faqat shular. Kopirayting bo'yicha bepul maslahatlar uchun kanalga obuna bo'ling.