Umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi psixolog xizmat xonalarini jihozlashga qoʻyiladigan TALABLAR
1. Mazkur Talablar umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida psixologning xizmat xonalarini zamon talablariga muvofiq jihozlash, psixologik xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va samaradorligini taʼminlash maqsadida belgilanadi.
2. Ushbu talablar umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi psixolog xizmat xonalariga nisbatan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda sanitariya-gigiyena talablarini bajarilishini istisno etmaydi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi psixolog xizmat xonalarini tashkil etish va jihozlash boʻyicha zarur choralar koʻrilishi lozim.
2-bob. Psixolog xizmat xonasiga qoʻyiladigan umumiy talablar
4. Psixologik xizmat xonasi quyidagi umumiy talablarga muvofiq boʻlishi lozim:
taʼlim muassasaning qulay joylashgan qismida, shovqindan himoyalangan hududda joylashishi;
xona maydoni Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 2-apreldagi 01/2-7-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan ShNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining (roʻyxat raqami 89, 2022-yil 6-iyun) bilan tasdiqlangan “Qurilish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0022-22-son SanQvaN) tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 17-maydagi 0022-22-son qaroriga muvofiq boʻlishi;
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-avgustdagi 01/2-39-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan ShNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq isitish, ventilyatsiya yoki konditsioner bilan jihozlangan boʻlishi;
“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boʻlishi talab etiladi.
5. Psixologik xizmat xonasi psixologik tashxis, psixologik konsultatsiya, psixokorreksion va psixoprofilaktik ishlarni samarali amalga oshirish uchun tashkil etiladi va jihozlanadi.
6. Psixologik xizmat xonasi taʼlim muassasasining psixologi tomonidan boshqariladi.
3-bob. Psixolog xizmat xonasiga qoʻyiladigan maxsus talablar
7. Psixologik xizmat xonasining maqsadli tashkil etilishi va talab darajasida jihozlanishi oʻquvchilarning shaxsiy rivojlanishi, taʼlimga boʻlgan motivatsiyasi, ruhiy barqarorligi hamda ijtimoiy munosabatlariga katta taʼsir koʻrsatadi.
8. Psixolog xizmat xonasida korreksion mashgʻulotlar, psixologik tashxis, treninglar, maslahatlar, yakka (individual) va jamoaviy (guruh) suhbatlar oʻtkazish bilan birga, turli psixologik mashgʻulotlarni tashkil etish hamda kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi bilim berish nazarda tutilishi kerak.
9. Psixolog xizmat xonasini jihozlashda pedagogik muhitni yaratish muhim ahamiyat kasb etib, u barcha pedagogik mezonlar va meʼyorlarga mos ravishda tashkil etilishi lozim.
10. Xona shaxsning ruhiyatiga ijobiy pedagogik-psixologik taʼsir koʻrsatish imkoniyati inobatga olingan hamda taʼlim jarayonini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi, shu bilan birga oʻquvchilarning shaxsiy qobiliyatlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularga ruhiy yordam koʻrsatish uchun moslashtirilgan boʻlishi zarur.
11. Psixologik maslahatlar va ruhiy yordam jarayonida samaradorlikka erishish uchun jamoaviy hamkorlik muhitini taʼminlash ham tavsiya etiladi.
2-§. Psixologik-fiziologik talablar
12. Psixolog xizmat xonasini jihozlashda uning taʼmiri, mebellari va ishlatiladigan materiallari psixologik-fiziologik talablarga mos ravishda tanlanishi lozim.
13. Jihoz va materiallardan foydalanish jarayonida ular oʻqituvchi, oʻquvchi hamda ota-onalarda qulaylik, emotsional xotirjamlik hissini uygʻotishi kerak.
14. Psixologik xizmat xonasidagi jihozlar, axborot vositalari, oʻquv-metodik materiallar hamda ichki dizayn oʻquvchilarda estetik didni shakllantirish, ruhiy xotirjamlikni taʼminlash va ijobiy emotsional muhit yaratishni inobatga olishi lozim.
15. Psixolog xizmat xonasidagi vizual axborot materiallari – plakatlar, maslahat burchaklari, tavsiyalar va metodik qoʻllanmalar bosma va elektron koʻrinishda toʻgʻri tanlangan, oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga moslashtirilgan boʻlishi lozim.
4-bob. Psixolog xizmat xonasining jihozlanishi
16. Psixolog xizmat xonasining samarali faoliyat yuritishi uchun xona bir nechta funksional hudud (keyingi oʻrinda — zona) larga ajratilishi lozim. Har bir hudud oʻz vazifasiga muvofiq jihozlanishi, ergonomik va psixologik jihatdan qulay tarzda joylashtirilishi lozim.
1-§. Pedagog-psixologning ish joyi
17. Pedagog-psixologning ish joyi:
pedagog-psixologning kundalik ish faoliyatini yuritish;
hujjatlashtirish ishlarini amalga oshirish;
psixologik xulosa, tavsiyalar, maʼlumotnomalar tayyorlash uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
18. Pedagog-psixologning ish joyi quyidagi jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim:
1 tadan saqlash uchun mebel jihozlari (shkaf, seyf yoki javonlar);
1 ta zamonaviy kompyuter texnikasi;
kanselyariya jihozlari toʻplami (qogʻoz, ruchka, qalam, marker, organayzer va h.k.);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti surati.
yakka va guruhli psixodiagnostika tekshiruvlarini oʻtkazish;
turli testlar va psixologik mashgʻulotlar oʻtkazish uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
20. Psixodiagnostika zonasi quyidagi jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan psixodiagnostika metodikalar toʻplami;
taʼlim muassasalarida qoʻllash uchun ruxsat etilgan metodikalar toʻplami;
oʻzbek tiliga adaptatsiya qilingan va standartlashtirilgan testlar (masalan, Veksler testi, Kettel testi, Eysenk testi, MMPI, Raven progressiv matritsalari va h.k.);
psixodiagnostika natijalarini qayd etish va saqlash uchun maxsus jurnallar;
psixodiagnostika ishlariga oid meʼyoriy hujjatlar yigʻmajildi.
3-§. Psixologik konsultatsiya zonasi
21. Psixologik konsultatsiya zonasi:
oʻquvchilar, oʻqituvchilar va ota-onalar bilan individual konsultatsiyalar oʻtkazish;
psixologik muammolarni muhokama qilish va psixologik yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
22. Psixologik konsultatsiya zonasi quyidagi jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim:
1 ta yumshoq kreslo yoki divan;
1 ta qulay suhbat qurish uchun yon stoli;
maxfiylikni taʼminlash uchun shirma yoki pardalar;
tinch va ishonchli muhitni yaratishga yordam beruvchi dekorativ elementlar (Oʻzbekiston Respublikasi madaniyatini aks ettiruvchi);
individual konsultatsiyani qayd etish uchun maxsus jurnallar.
4-§. Psixokorreksion va psixoprofilaktik ishlar zonasi
23. Psixokorreksion va psixoprofilaktik ishlar zonasi:
guruhli psixologik treninglar oʻtkazish;
psixokorreksion dasturlarni amalga oshirish;
rivojlantiruvchi mashgʻulotlar oʻtkazish;
psixologik oʻyinlar va mashqlar oʻtkazish;
art-terapiya, qum terapiyasi va boshqa psixoterapevtik usullarni qoʻllash uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
24. Psixokorreksion va psixoprofilaktik ishlar zonasi quyidagi jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim:
psixologik oʻyinlar toʻplami (sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan);
art-terapiya uchun materiallar (qogʻoz, qalam, boʻyoqlar, plastilin);
1 tadan qum terapiyasi uchun maxsus stol va qurilma;
metodik qoʻllanmalar toʻplami;
oʻzbek tiliga tarjima qilingan korreksion dasturlar toʻplami;
1 ta guruhli ishlar uchun doska yoki flipchart;
psixologik profilaktika uchun plakatlar;
psixokorreksion ishlarni qayd etish uchun maxsus jurnal.
psixologik zoʻriqishni kamaytirish;
emotsional holatni barqarorlashtirish;
psixologik tinchlantirish uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
26. Relaksatsiya zonasi quyidagi jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim:
1-2 ta oʻzbek anʼanaviy koʻrpachalari yoki yumshoq gilamlar;
2-3 ta relaksatsiya uchun yumshoq pufikli oʻrindiqlar yoki bolishlar;
1-2 ta tinchlantiradigan effektga ega boʻlgan yoritish moslamalari;
1 ta audio ijro etish qurilmasi (Oʻzbekiston madaniyatiga mos relaksatsion musiqalar toʻplami);
Oʻzbekiston Respublikasining goʻzal tabiat manzaralarini aks ettiruvchi rasmlar;
1 ta akvarium yoki boshqa tabiiy relaksatsiya vositalari;
xushboʻy hidlarni tarqatuvchi vositalar;
relaksatsiya mashqlarining toʻplami.
5-bob. Psixolog xizmat xonasi uchun materiallar va jihozlarni saqlash
27. Psixodiagnostik metodikalar va materiallar maxsus seyfda, qulflanadigan joyda saqlanishi lozim.
28. Psixologik tekshiruvlar natijalari va shaxsiy maʼlumotlarni saqlashda maxfiylik talablariga rioya qilinishi kerak.
29. Psixologik xizmat xonasidagi barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining buyruqlari hamda amaldagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq yuritilishi va saqlanishi shart.
6-bob. Psixolog xizmat xonasining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi
har kuni kamida bir marta tozalash ishlari amalga oshirilishi;
haftada kamida bir marta gigiyenik tozalash ishlari oʻtkazilishi;
oyda kamida bir marta umumiy tozalash ishlari oʻtkazilishi;
yilda kamida ikki marta (oʻquv yili boshlanishidan oldin va oʻquv yili yakunida) kapital tozalash ishlari oʻtkazilishi talab etiladi.
31. Psixolog xizmat xonasida oʻquvchilar sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
xonaning harorati 18-22°C oraligʻida saqlanishi;
havoning namlik darajasi 40-60 % oraligʻida saqlanishi;
xonaning tabiiy va sunʼiy yoritilishi belgilangan meʼyorlarga muvofiq boʻlishi;
xonada toza havo almashinuvi taʼminlanishi;
elektr xavfsizligi choralari koʻrilishi;
yongʻin xavfsizligi choralari koʻrilishi.
32. Psixolog xizmat xonasida quyidagi xavfsizlik vositalari boʻlishi lozim:
yongʻin xavfsizligi haqida eslatma;
favqulodda holatlar uchun telefon raqamlari roʻyxati.
7-bob. Psixologik yordam koʻrsatish joyiga nisbatan qoʻyiladigan talablar
33. Psixologik yordam koʻrsatish joyida guruh shaklida psixologik yordam koʻrsatilganda, guruh dinamikasi, ishtirokchilar soni va ishlatiladigan usullar hisobga olinishi zarur. Xonada mashgʻulot rejalashtirilishi guruh ishining vazifalariga mos ravishda makonni oʻzgartirish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
34. Olis, qiyin yetib boriladigan, tabiiy va texnogen favqulodda holatlar yuz bergan hududlarda standart sharoitlarni taʼminlashning imkoni boʻlmasa yoki cheklansa, psixologik yordam koʻrsatishda xavfsizlik va maxfiylikning asosiy talablari bajarilishi zarur. Shuningdek, joyning va aholi yashash hududining ijtimoiy-madaniy xususiyatlari inobatga olinishi lozim.
35. Psixologik yordam koʻrsatish joyini oʻzgartirishni talab qiluvchi, masalan, yordam oluvchining holati yoki boshqa obyektiv omillar bilan bogʻliq vaziyatlarda, psixologik yordam boshqa joylarda koʻrsatilishi mumkin. Bunday hollarda xavfsizlik, maxfiylik va kasbiy-axloqiy tamoyillarga rioya qilish majburiydir. Psixologik yordam koʻrsatish joyini vaqtincha oʻzgartirishda ishning standart formatiga qaytish muddati va shartlari aniqlanishi, shuningdek, oʻzgartirilgan sharoitlarda koʻrsatiladigan xizmat sifatini taʼminlash rejasi ishlab chiqilishi lozim.
36. Psixologik yordam koʻrsatish joyining belgilangan talablarga muvofiqligi muntazam ravishda baholanib, nazorat qilinishi kerak. Agar belgilangan talablarga nomuvofiqlik aniqlansa, bunday kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi zarur.
37. Yuqorida keltirilgan psixologik yordam koʻrsatish joyiga qoʻyiladigan talablar masofaviy tarzda yoki real vaqt rejimida psixologik yordam koʻrsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi, maxfiylik va kasbiy xususiyatlarga qoʻyiladigan talablar bundan mustasno.
38. Masofaviy tarzda psixologik yordam koʻrsatishda psixologning joylashgan joyi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak. Xona audio va video aloqa oʻrnatish imkonini beruvchi texnik vositalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Favqulodda holatlarda maʼlumotlarning maxfiyligi taʼminlangan taqdirda, xonaga qoʻyilgan talablarga rioya qilmasdan psixologik yordam koʻrsatishga ruxsat beriladi.
8-bob. Inklyuziv taʼlim yoki boshlangʻich tayanch korreksion sinfi mavjud taʼlim muassasalarida psixolog xizmat xonasini jihozlashga qoʻyiladigan talablar
39. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra maktabda inklyuziv taʼlim sinfi yoki boshlangʻich tayanch korreksion sinfi tashkil etilgan boʻlsa, taʼlim muassasasi psixologi har bir oʻquvchining psixik salomatligini himoyalash maqsadida quyidagi vazifalarni bajaradi:
oʻquvchini individual rivojlantirish (oilada va inklyuziv taʼlim sharoitida taʼlim berish) dasturlarini tuzish;
oʻquvchilar bilan guruhlarda mashgʻulotlar olib borish;
oʻquvchilarni doimiy ravishda psixolog-pedagogik jihatdan oʻrganish va ularni tarbiyalash boʻyicha ota-onalarga maslahatlar berish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni psixologik-pedagogik rivojlantiruvchi oʻyinlar uchun taktil sezgilarni rivojlantirish maqsadida xizmat xonasini sensor oʻyinchoqlar (yumshoq sharlar, matolar, magnit doskalar, loy, plastilin yoki kinetik qum) bilan jihozlash;
sanʼat terapiyasi uchun rangli qogʻoz, qalamlar, boʻyoqlar, mozaikalar va konstruktorlardan foydalanish;
zaruratga qarab sensor xona elementlaridan yorugʻlik terapiyasi, LED lampalar, harakatni rivojlantiruvchi elementlar, oyna yoki bir tomonlama koʻzgu (bola oʻzini kuzatishi va oʻz his-tuygʻularini tushunishi uchun)oʻrnatish;
tabiiy elementlar – gul va oʻsimliklardan xonada ijobiy energiya yaratish;
tinchlantiruvchi rasm, suratlar, tabiat manzaralari, iliq ranglardan foydalanish;
bolalar chizgan rasmlarni, yozgan yaxshi soʻzlarni devorga ilib qoʻyish uchun joy ajratish.
9-bob. Psixolog xizmat xonasini tashkil etish va jihozlash boʻyicha tavsiyalar
Tuzuvchi: O‘.Odiljonov, O.Xudayberganov, A.Nazirov
Kanalga ulanish:👇
https://t.me/trm_metodika