May 14, 2025
🏫 UMUMTAʼLIM MUASSASALARIDA ALOHIDA TAʼLIM EHTIYOJLARI BOʻLGAN BOLALAR UCHUN QULAY MUHIT YARATISH 🏫
Umumtaʼlim muassasalarida alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun qulay, xavfsiz va samarali taʼlim muhitini yaratish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilishi tavsiya etiladi.
🚪 MAKTAB HUDUDI VA KIRISH QISMI:
- ♿️ Qulay panduslar (tutqich balandligi 70-90 sm, chetlari 15-20 sm)
- 🔐 Xavfsizlik tizimlari (Face ID, videokuzatuv)
- 🧭 Ko'zi ojiz bolalar uchun taktil mnemosxemalar va yo'l ko'rsatkichlar
- 🚸 Maxsus belgilar va kontrastli elementlar
🏢 BINO ICHKI QISMINI MOSLASHTIRISH:
- 🚪 Avtomatik eshiklar, kontrastli belgilar
- 🔊 Vizual-akustik tablolar, induksion halqalar
- 🧏♂️ Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus qurilmalar
- 👐 Devorga o'rnatilgan xavfsiz tutqichlar
- 🚻 Moslashtrilgan hojatxonalar (ko'tariladigan tutqichlar, yordam chaqirish tugmalari)
👨💼 MA'MURIYAT VA XIZMAT XONALARI:
- 📐 Xodimlar ish joyining ergonomikasi (4.5 kv.m, yorug'lik chap tomondan)
- 🌡️ Optimal harorat rejimi (qishda 22-24°C, yozda 23-25°C)
- 👨⚕️ Pedagog-psixolog xonasi (18 kv.m, relaksatsiya hududi, korrektsion jihozlar)
- 👂 Eshitishi past o'quvchilar uchun oldingi qator o'rindiqlar
- 👁️ Ko'rishi past o'quvchilar uchun deraza yonidagi joylar
- 🧠 Psixologik ehtiyojlarni hisobga olgan o'tirish tartibi
- 🏠 Boshlang'ich sinflarda shaxsiy buyumlar uchun maxsus shkaflar
- 🧩 Korreksion sinflarda o'yin va dam olish hududlari
🔬 FAN XONALARI VA LABORATORIYALAR:
- 🧪 Har bir fan uchun maxsus moslashtrilgan jihozlar
- 🔭 Qulay ko'rgazma stollari va podiumlar
- 💻 Informatika xonasida har bir o'quvchi uchun zamonaviy kompyuter
- 📏 Balandligi rostlanadigan ergonomik stullar
- 🧸 Antialergik materialdan tayyorlangan yumshoq mebellar
- ♿️ Tayanch-harakat tizimida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun moslashtrilgan o'rindiqlar
🌟 XULOSA: Inklyuziv ta'lim muhitini yaratish – bu nafaqat me'yoriy talablarni bajarish, balki har bir bola uchun teng ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish, jamiyatga to'laqonli a'zo bo'lib kirishlariga zamin yaratishdir. Bu jarayonda barcha ta'lim muassasalari, o'qituvchilar va ota-onalar hamkorlikda harakat qilishi muhim ahamiyatga ega.
Tuzuvchi: O‘.Odiljonov va O.Xudayberganov
Kanalga ulanish:👇
https://t.me/trm_metodika