January 22

Unexpected love

Author : Areum

Ep4

Jk: oʻgʻlim oying malikalar kabi emas.. malikalar oying kabi goʻzal

Areum yerga qarab jilmayib uyaldi . Jungkookni ifodasi yanada yumshadi , qizni iyagidan muloyimlik bilan ushlab boshini koʻtardi

Jk: Marvaridim....rosdan ham opangga oʻxshaysan

Areum jilmayib turaverdi , keyin Jungkook qizni iyagini ohista qoʻyib yuborib

Jk: birozdan soʻng yoʻlakka chiqishimiz kerak

Areum bosh irgʻab

Areum:ha..men hali tayyor emasman... ikkingiz chiqib tursangiz tayyorlanar edim

Jungkook qoshini chimirib

Jk: menimcha tayyorsan

Areum: unday emas

Jk: mayli..... yuraqol Minho... oyingni zalni eshigini oldida kutamiz

Minho bosh irgʻab ikki qoʻlini dadasiga koʻtarishi uchun choʻzdi , Jungkook oʻgʻlini koʻtarib chiqib ketdi . Areum esa oʻzini ikki oʻt orasida qolganday his qilardi

Areum:tezroq ketish kerak.... Taehyung qayerda qoldi

Birozdan soʻng eshik oxista ochilib Taehyung kirib tezda qizni bagʻriga bosdi

Tae: ketishimiz kerak... hozir hamma chalgʻigan

Areum: yaxshi

Taehyung qizni qoʻlidan mahkam ushlab avval oʻzi eshikdan tashqariga kalla suqib qaradi , hech kim yoʻq boʻlgan qizni sekin tortib chiqardi . Ikkisi ham yoʻlakdan tezda lekin ovozsiz yugurishib tashqariga chiqishdi , Taehyung qizni mashinasi oldiga olib borib eshikni ochdi

Areum havotirlanib

Areum:hech kim koʻrib qolmaganiga aminmisiz

Taehyung tezda bosh irgʻab

Tae:ha...bu toʻyxonani orqa tomoni hech kim yoʻq

Areum oʻtirganidan soʻng eshikni yopib oʻzi ham ayblanib oʻtib joyiga oʻtirdi

Taehyung mashinani oʻt oldirish jarayonida jilmayib

Tae:endi ozodmiz....boshimiz oqqan tomonga ketamiz

Areum: boshimiz oqqan tomonga?

Tae: aytmoqchimanki sen qayerga xoxlasang oʻsha yerga

Taehyung mashinani haydashga shaylanganda

Areum: toʻxtang... haydamang

Taehyung oyogʻini pedaldan olib qizga havotirli qaradi

Tae:nima boʻldi tinchlikmi

Areum duduqlanib

Areum:m..men.......men ketolmayman

Tae:bu nima deganing

Areum Taehyungni qoʻlidan ushlab yigʻi ovozida

Areum:meni kechiring iltimos...lekin men siz bilan ketolmayman

Taehyung gʻazabdan qizarib

Tae:yoʻq...men seni sevaman... qanday qilib unga seni topshiraman

Areum:Men ham sizni sevaman...lekin nailoj siz bilan ketolmayman

Taehyung yuzini qizdan burib toʻgʻriga qaradi

Tae: yaxshi...ket

Areum piqqillab

Areum:meni kechiring

Qiz shunday deb mashina eshigini ochganida

Tae:avval bir narsani ikki qulogʻingga quyib ol

Areum toʻxtab yigit tomonga boshini burdi

Taehyung tekis ovozda

Tae: bugundan yoʻq hozirdan boshlab sendan nafratlanaman.... hayotimdan oʻchirib tashlayman...seni unutaman...men uchun yoʻqsan...endi yoʻqol

Areumni koʻzidan duv-duv yosh oqib qotib turardi, Taehyung gʻazab bilan baqirdi

Tae:YOʻQOʻL DEDIM

Areum:xoʻp

Jungkook va Areum biriga katta eshik orqasida turishar edi

Jungkook qizni qoʻlidan ushlab

Jk: hayajonlanyapsanmi

Areum asabiy holda

Areum:ha biroz

Jungkook oxista kulib

Jk: hayajonlanma...men yoningdaman marvaridim

Areum jilmayib bosh irgʻab qoʻydi

Nihoyat boshlovchi kelin kuyovni eʼlon qilganidan soʻng eshik astalik bilan ochildi . Jungkook tirsagini bukib qizni qoʻlini qoʻyishiga ishora qildi. Hamma ularni qarasaklar sadosi ostida kutub olishdi . Ikkisi jilmayib yoʻlakdan yurisharkan hamma havas bilan boqardi faqat Taehyunggina alam bilan boqardi

Tae pov: gulim...bogʻbon qoʻlida unib oʻsib oʻzgasini qoʻlida gullagan gulim....meni gulimni iforinini endi oʻzgasi hidlaydi...rohat oladi

Taehyung koʻzida jiqqa yosh bilan kuzatardi

Tae: oppoq libosda naqadar goʻzalsan....men seni oppoq libosda oldimda turishingni orzu qilgandim...oʻzgasi oldida emas....sen gʻalaba qozonding gulim....sen meni birinchi oʻtsiz yondirding

Jungkook va Areum qasamyod qilishgan soʻng bir biriga uzuk taqishdi ,boʻsa olish vaqti kelganida Jungkook qizni oʻziga tortib ochkoʻzlik bilan boʻsa olishni boshladi mexmonlar hayrat bilan kuzatishdi

............

Areum va Jungkook yotoqxonaga kirganidan soʻng oraga sukut choʻkdi. Jungkook qizga yaqinlashib yurishni boshladi, Areum esa qaltirab orqaga tisarildi . Qizni orqasi devorga tekkanida soʻng toʻxtab qoldi Jungkook esa qizni oldiga kelib pastga egilib xotinini etagidan biroz koʻtardi , toʻpigʻidan ishlab biroz koʻtardi soʻng tuflisini tortib yechdi

Jk: menimcha oyogʻing ogʻrib ketgandi

Areum titrab

Areum:h...ha

Areum Jungkookdan uzoqlashish maqsadida karavotga tezda qadam tashlab oʻtirdi . Jungkook hali ham choʻkkalagan holda kulib qoʻydi

Jungkook qizni oldiga oʻtirdi, qoʻlini uzatib qizni qoʻlini sekin ushladi va yumshoq ovozda

Jk:qaltirashni bas qil

Areum: lekin

Jungkook ikkinchi qoʻlini uzatib qizni sochidan sekin paypastladi bu harakat Areumni battar qaltirashiga sabab boʻldi

Jk:qoʻrqma senga tegmayman

Areum tezda Jungkookga hayrat bilan qaradi

Areum;nima

Jungkook xursinib

Jk:seni majburlamayman...qachon tayyor boʻlsang... oʻzingni xoxishing bilan senga tegaman

Areum tinchlanib

Areum: raxmat sizga

Jungkook qizni peshonasidan oʻpib bagʻriga bosib

Jk;lekin meni kuttirma

Areum bosh irgʻab qoʻydi

Jungkook Areumni hididan chuqur hidlab

Jk: tayyor boʻlsang Minhoga singilcha yoki ukacha olib kelamiz

Areum erini koʻkragiga urib

Areum:bu nima deganingiz

Jungkook kulib

Jk:men jiddiy aytyapman

Areum uyalib yuzini qoʻli bilan berkitdi

Jungkook oʻynoqi ovozda

Jk: uyalishni bas qil

Areum kulgisini bosib

Areum: yaxshi endi chiqib keting

Jk: nega endi shu yerda uxlayman

Areum:menga noqulay

Jk: yaxshi lekin ertaga biriga yotamiz...senga tegmayman deganimda faqat haligi yaqinlikni nazarda tutib gapirdim boshqasini emas

Areum:xoʻp....endi chiqib keting

Jungkook oʻrnidan turishidan oldin Areumni labiga qisqa boʻsa bosib

Jk: hayrli tun marvaridim

Areum: hayrli tun

Erta tong . Derazadan quyosh nurining yorqin zararlari xonaga yorugʻlik va iliqlik kiritdi . Areum allaqachon erta uygʻonib yuvinib chiqdi va biroz makiyaj qilishni boshladi

Areum pov: men oʻylagan narsa boʻlmadi.... Jungkook tushunadigan odam ekan...opam bejis baxtli boʻlmagan...lekin bu baxtni opam oxirgacha his qilsa edi

Areum shu hayollarni oʻtkazar ekan qandaydir mitti tana orqasidan quchoqladi , Areum Minho ekani darrov sezib jilmaygan holda ortga qaradi

Areum: Minho

M; oyijon

Areum oʻgʻlini mahkam quchoqlab oʻpdi

Areum: ahvoling yaxshimi

M:ha

Areum: dadang qayerda

M:dadam sizni pastda nohushtada kutyapti

Areum oʻgʻlini sochini toʻzgʻitib

Areum:mayli yur birga tushamiz

Areum oʻgʻlini mitti qoʻlidan ushlab pastga tushdi, Jungkook jiddiy holda dasturxon boshida oʻtirardi va ikki mehmon ham bor edi

M:dada

Jungkook ovoz kelgan tomonga qaradi va xotinini koʻrib jilmayib qoʻydi. Areum ikki mehmoniga qarab qotib qoldi. Taehyung va Yunso. Taehyung Yunsoni qoʻlidan ushlab oʻrnidan turib jilmaydi

Tae: Areum tabriklayman baxtli boʻl... ikkingizni tabriklagani kelgandik... Jungkook doʻstim baxtli boʻl
Deb qaytib joyiga oʻtirishdi

Jungkook jilmayib

Jk: raxmat

Areum sekin Jungkookni oldiga oʻtirarkan ikki koʻzi Taehyung va Yunsoni qoʻlida edi

Jk: yaxshi yotib turdingmi Marvaridim

Areum oʻzini yigʻib

Areumn: ha

Yunso quvongan ovozda

Y: dugonajon baxtli boʻl

Areum ham jilmayib bosh irgʻab qoʻydi

Jk: qani endi hamma ovqatga qarasin

Tae:undan oldin bir narsani eʼlon qilmoqchi edim

Jungkook qoshini chimirib

Jk: xoʻsh?

Tae:xullas biz Yunso bilan uchrashishni boshladik

Areum bu gapni eshitarkan beixtiyor koʻziga yosh keldi

Areum;n..nima