May 12, 2025

Orzuyimdasan 🌼

Author : Areum 🌼

SEVGI ILK BOQISHDA OSHIQ BOʻLISH EMAS...
OXIRGACHA SODIQ QOLISHDIR 💜

Episode3^
BTS navbatdagi suratga olish maydonchasida edi. Bu safar ular bilan birga vizajistlar jamoasi ham keldi. Calia soch va makiyaj bilan shug‘ullanayotgandi. Jungkook undan uzoqroqda, suhbatlashayotgan Sugani kuzatardi. Suga ko‘p odamlarga ochilavermaydigan, lekin Calia bilan g‘alati darajada tez til topishgan edi. Ular birga kulishar, ba'zida juda yaqin turib gaplashishar, va bu — Jungkookni ich-ichidan qizdira boshladi.

— Suga: “Calia, sen bilan bir narsa haqida gaplashmoqchiydim...”

— Calia (kulib): “Quloq tutyapman, Suga.”

Suga jilmaydi. U qo‘lida ushlab turgan kichik tilla quloqchinlarni unga uzatdi.

— Suga: “Bu mening yangi loyihamdan. Hech kim hali eshitmagan. Faqat sen birinchi bo‘lib eshit. Fikring men uchun muhim.”

Calia quloqchinlarni taqdi, musiqa eshita boshlagach, ko‘zlari jimjimador yondi.

— Calia: “Bu... bu juda nozik, chuqur... yurakka uriladigon.”

Suga unga qarab jilmaydi. U bu so‘zlarni kutgandek edi.

Bularning barchasini masofadan kuzatayotgan Jungkook esa o‘zini yomon his qilar, yuragida g‘alati og‘riq paydo bo‘lardi. Uning qalbini nimadir chimdib olgandek edi.

Tunda, mashg‘ulotdan so‘ng:

— Taehyung (Jungkookga qarab): “Hoy, nima bo‘ldi, bugun o‘zinga o‘xshamayapsan?”

— Jungkook (bir oz jim turgach): “Men... rashk qilyapman, Tae. Bu axmoqona tuyuladi, lekin Suga bilan Calia... Ular orasida nimadir bor shekilli.”

— Taehyung (jiddiy qarab): “Agar hislaring chin bo‘lsa, sukut saqlab yurish o‘rniga harakat qilish kerak. U rashkning o‘zi emas, yuragingning signalidir.”

Jungkook qattiq nafas oldi. Uning ko‘zlarida qat’iyat porlay boshladi.

— Jungkook: “Unda men o‘zimni orqaga tortmayman. Agar u mening yuragimni silkitsa, men ham uning yuragini titrataman.”

Tanaffus payti, Sua studiya ortidagi kichik bog‘chaga chiqdi. Orqasidan Taehyung ham chiqdi.

— Taehyung: “Yaqinda seni juda ko‘p ish bilan band ko‘ryapman. O‘zingni qanday his qilyapsan?”

— Sua (yengil tabassum bilan): “Charchoq bor, lekin bu joy... bu odamlar... menga ilhom beradi. Ayniqsa, sizlarni yaqinroq bilganim sari ko‘proq kuch olaman.”

Taehyung bir lahza sukut saqladi. U o‘zini qulay his qilardi Sua bilan. Biroq yuragida romantik chaqnashlar yo‘q edi. Faqat iliqlik, hurmat va do‘stona ishonch.

— Taehyung: “Men ham sen bilan gaplashganimda dam olaman, Sua. Sen... tinchlik olib kelasan odamga.”

Sua yuragida chuqur to‘lqin ko‘tarildi. U ko‘zlarini erga tikdi, ich-ichida Taehyungga nisbatan qandaydir umid yashardi. Ammo bu so‘zlar — faqat samimiy do‘stlik ohangida aytilganini angladi.

— Sua (sekin): “Rahmat, Taehyung-ssi. Men uchun bu juda katta ma’no anglatadi.”

Bu uchrashuv ham, boshqa suhbatlar ham yashirincha bo‘lardi. Hech kim bu bog‘dagi sukunatli, ammo ma’noli daqiqalardan xabardor emasdi. Sua har safar Taehyung bilan gaplashganda yuragi titrar, lekin har safar Taehyung do‘stlikning nozik cheg
arasida qolardi.
[BigHit studiyasi, tushlik tanaffusi]
Calia va Sua dam olayotgan paytda Jin, J-Hope, Jimin va RM ularga qo‘shiladi. Jungkook esa bir chekkada, Caliani kuzatmoqda.

Jin:
(kulgili ohangda)
"Hey, Sua, menimcha, sening kulging meni dunyodagi eng chiroyli odam deb o‘ylashimga sababchi bo‘lyapti. Shunaqa kuchli ta’sirga ega ekansan-a!"

Sua: (kulib)
"Jin-oppa, sizning kulgingiz bilan musobaqalasha olmayman shekilli."
(ko‘zi esa biroz Taehyung tomon qochadi)

Taehyung: (choy ichib, ohangsiz)
"Menimcha, Sua yaxshi visajist bo‘lishdan tashqari, yaxshi aktrisa ham bo‘lar edi. Ko‘zlaringiz — juda hissiyotli."

Sua: (hayratda, yuragi tez ura boshlaydi)
"Rahmat... bu sizdan eshitish — kutilmagan narsa."

J-Hope:
"Qani endi biroz musiqani balandroq qilamiz! Calia, kechagi raqsing yodimdan chiqmayapti!"
(kulgili sakraydi)

Calia: (kulib, noqulay ohangda)
"Hobi-oppa, men faqat siz bilan kulishni o‘rganyapman. Lekin hozircha — sahnaga chiqadigan darajada emasman."

Jimin: (Caliaga tik qarab)
"Sening jimliging ham — ovoz. Har doim ham gapirish shart emas."

Calia: (biroz qizarib)
"Bu... chiroyli aytildi. Rahmat."

RM: (kitobni yopib, jilmayib)
"Menimcha, siz ikkala qiz ham bu jamoaga yaxshi energiya olib kirdingiz. Oddiygina emas, chuqurroq... qalbdan."

[Shu payt Jungkook Suga bilan yonma-yon turibdi, Suga sekin Calia tomon qaraydi]

Suga: (past ovozda, Jungkookka qarab)
"U... juda beg‘ubor. Lekin sen uni doimiy kuzatyapsan. Bu oddiymi?"

Jungkook: (qattiq ohangda)
"U oddiy emas. Men u haqida o‘ylamaslikka harakat qilaman — lekin... har safar uni ko‘rsam, hamma narsa to‘xtab qolganday bo‘ladi."

Suga: (ko‘zlarini qisib)
"Bu xavfli o‘yin, Kook."

Jungkook: (jiddiy nigoh bilan)
"Agar yuragim bo‘lsa — bu o‘yinni o‘ynashga tayyorman."

[Kechqurun, studiyada hamma mashg‘ulotdan charchagan. Sua ensasi qotgancha yuzlarini artmoqda.]
Jin unga qarab jim turadi. U kulishga o‘rganib qolgan yigit, ammo hozir yuragi jim.

Jin: (sekin yondashib)
"Bugun ko‘p ishlading. Ko‘zlaring... charchagan ko‘rinadi."

Sua: (tabassum bilan)
"Hammamiz charchadik. Siz esa hech charchamagandek doim kulib yuraverasiz."

Jin: (yengil kuladi, keyin birdan jim)
"Hammamiz kulamiz... lekin ba’zida yurak boshqa gapiradi."

Sua: (hayron bo‘lib qaraydi)
"Nima demoqchisiz?"

Jin: (ko‘zini olib qochadi)
"Bilmayman. Shunchaki, so‘nggi paytlarda sen bilan gaplashishni kutib qolayotganimni sezdim. Bu g‘alati, to‘g‘rimi?"

Sua: (qorishiq tuyg‘ular bilan)
"G‘alati emas... balki bu... iliqlikdir."

Jin: (sekin jilmayib)
"Balki. Lekin, iloji bo‘lsa, bu iliqlikni yana his qilmoqchiman."

[Orqa fonda Taehyung ularga qarab turgan bo‘ladi. U juda sokin, ammo nigohi chuqur.]

Taehyung: (o‘zicha pichirlab)
"Do‘stlik... ba’zan yurakni chalg‘itadi."
Tongi Seul. Havo ochiq, lekin sokin. Calia tonggi ishdan chiqib, ko‘chani kesib o‘tadigan piyodalar yo‘lakchasi yonida turibdi. U atrofga alanglab, kimnidir kutayotgandek. Birdan narigi tomonda Jungkook ko‘rinadi. U jilmaygancha unga qarab yaqinlasha boshlaydi.]

Calia (o‘zicha):
"Nega yuragim bunchalik tez uryapti?.. Jungkook, nega endi sen menga bunday qarayapsan..."
[Jungkook piyodalar yo‘lakchasidan o‘tmoqda. U jilmaygancha Calia tomon yuradi. Shu payt... qora mashina katta tezlikda yaqinlashadi.]

Calia (qichqiradi):
"JUNGKOOK! TO‘XTAAA!!!"

[Baang!!!]

[Jungkook havoga otilib, ko‘chaga qulaydi. Uning tanasi yerda harakatsiz yotadi. Calia qattiq qichqirib, yuguradi.]

Calia:
"JUNGKOOK! Nahotki! Yo‘q, iltimos, ko‘zlaringni och!"

[U yigitning yoniga cho‘kadi, yuzini tutib, yaltiragan ko‘zlariga qaraydi. Jungkook zo‘rg‘a ko‘zlarini ochadi. Yuzida og‘riq aralash tabassum bor.]

Jungkook (qiyinchilik bilan):
"...Calia... men... seni ko‘rishni... juda ... hohlagandim..."

Calia (ko‘zlaridan yosh oqmoqda):
"Sen o‘lishing mumkin emas! Tez yordam kelayapti! Men seni bu holatda qoldira olmayman, Jungkook!"

Jungkook (o‘zini zo‘rg‘a tutib):
"...men seni tushimda ko‘rganman, Calia... lekin endi haqiqiyman. Bu yuragim... faqat sen uchun uryapti. Sen kelgach, hammasi ma’noga ega bo‘ldi..."

[U zo‘rg‘a Calianing qo‘lini ushlab, lablari titraydi.]

Jungkook:
"...men seni sevaman, Calia... har kuni, har nafasda... hatto hozir ham..."

[Uning ovozi sustlashadi. Ko‘zlari yumiladi, nafas olish qiyinlashadi.]

Calia (ho‘ngrab):
"Yo‘q! Bunday aytma! Men ham aytishim kerak edi... Iltimos, ko‘zlaringni och, Jungkook!"