February 8

Unexpected love

Author : Areum

Ep9

Oradan ko‘p o‘tmay xizmatkor zanjabilli choy bilan qaytib keldi. Jungkook piyolani olib, ehtiyotkorlik bilan Areumga uzatdi

Jk: sekin ich....issiq

Areum: rahmat

Areum bir necha qultum ichdi. Oʻzini biroz yengillashgandek his qildi . Boshqa xonadan Minho o‘yinchoqlari bilan o‘ynayotganini tovushi eshitilib turardi

Areum chuqur nafas olib

Areum: oxirgi payt tez charchab qolyapman… o‘zimni g‘alati his qilyapman

Jk: dam olishing kerak...qani yur biroz uxlab olasan

Areum o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi lekin boshi aylanib oʻzini tutolmay qoldi Jungkook darhol uni ushlab qoldi va koʻtardi

Jk: ehtiyot boʻl...balki shifokorga borarmiz

Areum: yoʻq hammasi yaxshi…o‘tib ketadi

Jungkook uni yotoqqa olib bordi va muloyimlik bilan yotishiga yordam berdi

Jk: men hozir Minhoni yoniga borib kelaman....sen uxlab ol

Areum: xo‘p

Jungkook chiqib ketganidan soʻng Areum chuqur xoʻrsindi. Hamma narsa yetarlicha boʻlsa ham baribir baxtli emasdi . Jungkook unga qancha mehribonchilik qilmasin baribir yuragidan joy ola olmagan edi . Areumni hamon yuragida biriga ism turardi Taehyung. Undan hali hamon koʻngil uzolmagan edi bu borada Taehyung ham . Taehyung hamkorlar bilan uchrashuvda oʻtirardi lekin fikri hayoli yetisha olmagan guli Areumda edi

Tae pov : 2 oy boʻldi uni koʻrmadim....ahvoli qanday ekan....hozir nima qilyapti... baxtlimi... qoʻngʻiroq qilsammikan

H:janob bizni eshityapsizmi

Taehyung oʻzini yigʻib

Tae:ha...gapiravering

H: menimcha bu masalani Janob Jeonni oʻzi bilan hal qilishimiz kerak

Tae: bugun yakshanba...u hozir band shuning uchun men shu yerdaman...davom eting

H:xoʻp yaxshi

Taehyung uchrashuvdan chiqib mashinasiga oʻtirib uzoq oʻyladi

Tae pov: qoʻngʻiroq qilishim kerak...lekin....yoʻq qilaman

Taehyung tezda telefonini olib Areumni raqamini ustiga bosdi lekin raqam oʻchirilgan chiqdi ammo Taehyung taslim boʻlmay yana qayta qayta qoʻngʻiroq qildi , har safar bitta javobni olgach telefoni jahl bilan oʻrindiqqa otdi

Tae:yana nimani kutayotganding oʻzi... albatta shunday boʻladida

Taehyungni yuragi gʻazabdan titrab mashina ruliga qayta qayta mushtlardi

Tae:jin ursin hammangni

......

Allaqachon kech tushgan edi. Uy ichi sokin , Areum chuqur uyquda . Jungkook uni yonida yotib, sochlarini sekin silardi

Jk pov: namuncha yoqimtoysan... Marvaridim

Areum biroz qimirladi lekin uyg‘onmadi. Jungkook uni peshonasidan ohista o‘pdi .Shu payt eshik sekin taqillatildi

Jungkook jiddiy ovozda

Jk : nima gap

Xizmatkor eshik oldida past ovozda gapirdi

X: janob…kechirasiz....tashqarida Yejin ismli ayol turibdi...siz bilan zudlik bilan gaplashib olishi kerak ekan

Jungkookni yuragi shuvullab ketdi va oʻrnidan turib xizmatkorni oldiga chiqdi

Jk: ketishini ayt...band ekanligimni ayt

X: aytdim...lekin tushunmayapti muhim ekan

Jungkook chuqur xoʻrsindi

Jk: Minho qayerda

X: uxlayapti

Jungkook chuqur nafas olib

Jk: mayli...bu haqida hech kimga aytma... yoʻqsa nima qilishimni oʻzing bilasan

Xizmatkor qoʻrqib bosh irgʻadi.Jungkook hovliga chiqdi Yejin hovlidagi stulda oʻtirardi

Jk pov:nima hohlaydi bu

Yejin Jungkookni koʻrib jilmayib qoʻl siltadi. Jungkookni yuzidagi jahli yaqqol sezilib turardi . Jungkook qizga yaqinlashdi va qoʻlini qoʻpol ushlab oʻrnidan turgazdi

Jk:bu yerda nima qilyapsan

Y:ogʻriyapti

Jungkook qizni qoʻpol silkitib

Jk: gapir...men senga nima degandim...hammasi tugadi deganmidim nima xoxlaysan... yetarlicha pul berdim... tinch qoʻy meni

Y: qoʻyib yuboring...nega kelganimni aytaman

Jungkook labini qisib qizni qoʻpol qoʻyib yubordi

Jk: tezroq gapir

Yejin ogʻriyotgan qoʻlini ushlab norozi ovozda

Y:men sizga yangilik aytaman deb kelsamu sizni qilgan ishingizni qarang

Jk: sabrimni sinamana Yejin...nega kelding

Yejin jilmayib qoʻlini qorniga qoʻydi

Y:bolamni otasi bilan tanishtirgani keldim...mumkin emasmi

Jungkook eshitgan gapiga va qizni qornidagi qoʻliga qarab tushunmaganday qoshini chimirdi

Jk:nima deding

Y: bolamni otasi dedim

Jk:qanaqa bola

Y:sizni bolangiz.... homiladorman... bolangizni koʻtarib yuribman

Jungkook bir muddat notoʻgʻri eshitganday jim qoldi

Jk: boʻlishi mumkin emas

Y:nega endi... bola sizniki

Jungkook qizni boʻyniga yopishib mahkam ushladi va havfli oxangda gapirdi

Jk:bola meniki emas

Yejin nafas olishga qiynalib gapirdi

Y:s..sizniki... qoʻyib yuboring

Jungkook qoʻlini qizni boʻynidan qoʻpol olib tashladi . Yejin tomogʻini ushlab yoʻtalishni boshladi

Jk: boshqani bolasini menga tiqishtirma

Y: rostdan ham sizniki

Jk: isboting bormi....sen faqat men bilan boʻlmagansan

Y: xohlasangiz tugʻilganidan keyin DNK qildiramiz