Orzuyimdasan 🌼
SEVGI ILK BOQISHDA OSHIQ BOʻLISH EMAS...
OXIRGACHA SODIQ QOLISHDIR 💜
^Episode 5 ^
Kechqurun, Seulning boy tumanidagi dabdabali uy.
Yomg‘ir derazalarga ohangdor ritmda urilardi. Uy ichida esa sokinlik hukm surardi. Calia uyga kech qaytgan. Yuragi hanuz Jungkookning halokati bilan bo‘lgan voqeadan larzaga tushgan, yuragi o‘rtanib yurgandi.
U sekin zinapoyalardan yuqoriga chiqdi. Deraza oldida o‘tirgan singlisi Lee Yunso uni ko‘rib, yengil tabassum qildi.
Yunso:
– Onam tirik bo‘lganida seni shunaqa holatda ko‘rishni ko‘tara olmasdi, unni sog‘inyapsanmi?..
Calia (ko‘zlari yoshga to‘lib):
– Har kuni... onamni har kuni yuragim bilan chaqiraman, Yunso. Hamma narsa shunchalik og‘irlashdiki... Hozir hammasi tush kabi.
Ammo bu orada, uydagi vaziyat battar og‘irlashgan edi. Calianing otasi — Lee Sungmin, mashhur va badavlat, ammo yovuz tabiatli biznesmen — qizining Jungkook bilan aloqasi borligini fahmlagandek, g‘azabini jilovlay olmay qoldi.
U bir kecha Caliani oldiga chaqirib, sovuq nigoh bilan gap boshladi:
— Sen bizning familiyamiz sha’nini yerga uryapsan, Calia. Biznesmenning qizi oddiy bir idol bilan nima qilmoqda?
Calia yuragini ushlab, qattiq yutindi. Otasining ovozidagi iztirob emas, g‘ururini yo‘qotayotgan odamning achchiq nafratini his etdi. Ammo bu safar u sukut saqlamadi.
Men uni sevaman, dada... Bu haqiqiy tuyg‘u. Siz uni tushunmaysiz.
Lee Sungmin kulimsiradi. Bu kulgu mehrsiz edi.
— Sevgi seni qutqarmaydi, Calia. Men buni to‘xtataman. U yigit endi seni hayotimdan uzib tashlashga sabab bo‘lmaydi.
Calia hech qachon otasining bu qadar sovuq gapirganini eslamasdi. U singlisi Yunso tomon yuzlandi. Uning yagona tayanchi — ARMY ruhidagi, vizajistlikka o‘qiyotgan, haligacha onasining o‘rnini to‘ldirib kelayotgan singlisi edi.
Yunso opasining yelkasiga qo‘l qo‘ydi:
— Biz birgamiz, opa. Agar kerak bo‘lsa, men ham qarshilik qilaman. Bu sevgini hech kim tortib ololmaydi. Hattoki, dada ham.
Calia ko‘z yoshlarini ushlab tura olmadi. U bilardi, bu yo‘l og‘ir bo‘ladi. Ammo sevgining yo‘li yurakka, jasoratga, va haqiqatga eltadi.
Jungkook biroz tuzalib, sahnaga qaytishga tayyorlanayotgan edi. Ammo bu vaqt ichida u va Calia orasidagi his-tuyg‘ular tobora chuqurlashdi. Har bir yashirin uchrashuv, har bir tabassum ularni bir-biriga yanada bog‘lardi.
Ammo bu munosabat uzoq yashirin qolmadi.
Bir kuni ertalab HYBE kompaniyasining bosh direktori Jungkookni shoshilinch yig‘ilishga chaqirdi. Jungkook xonaga kirishi bilan u yerda qat’iy qiyofa bilan o‘tirgan menejerlar va PR bo‘limi boshlig‘i unga tikilib turishardi.
— Jungkook, — dedi direktor sovuq ohangda, — Biz bu mish-mishlar haqiqat bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Sening isming atrofidagi har qanday shov-shuv brendga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
— Calia bilan munosabating haqida internetda mish-mishlar tarqalmoqda. Agar bu rost bo‘lsa, zudlik bilan barchasiga nuqta qo‘y.
— Men... Men uni tashlab ketolmayman, — dedi Jungkook asta. — U menga hayot berdi. Menga chinakam baxt berdi.
— Demak, karyerangni xavf ostiga qo‘ymoqchisanmi?
Bu tahdid edi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri. Ammo Jungkook jim qolmadi:
— Men yillar davomida bu kompaniya uchun jonimni fido qildim. Endi esa, yuragimning ortidan ketayotganimda, siz meni yo‘q qilmoqchisizmi?
Calia bu orada bularning barisidan bexabar edi. Faqat bir kun telefoniga noma’lum raqamdan SMS keldi:
> "Jungkookdan yiroqlash. U seni qutqara olmaydi. Yoki biz uni yo‘q qilamiz."
Qo‘rquv, vahima va yurakdagi azob Caliani ezib yubordi. Ammo u o‘zini tutdi.
Endi Calia va Jungkook faqat sevgiga emas, balki butun tizimga qarshi kurash olib borishlari kerak edi.
Calia telefonidagi tahdidli xabarni qo‘lida siqib, xonadonining derazasiga qarab uzoq turdi. Yig‘lamadi. Ammo yuragidagi og‘riq bo‘g‘ziga tiqilib, ko‘zlariga yosh olib chiqardi. U Jungkookni xavf ostida qoldirishni istamasdi... lekin uni tashlab ketish ham imkonsiz edi.
Shu payt, Calia singlisi Yunsoni chaqirdi.
— Yunso… Men endi nima qilishimni bilmayapman.
Yunso opasining yoniga o‘tirdi.
— Men senga yordam beraman. Biz bunga yolg‘iz qarshi chiqmaymiz.
O‘sha kuni kechqurun Yunso universitet kutubxonasida Calia uchun ma’lumot qidirayotgan edi. Fikrga to‘lib ketib, burilib ketgan zahoti kimgadir borib urildi.
— Oh, kechirasiz… — deb boshini ko‘tardi. U SUGA edi.
Suga esa hayrat bilan unga qarab turardi.
— Sen… — u kulimsiradi, — Calianing singlisi, to‘g‘rimi?
Yunso boshini qimirlatdi, bir oz qizarib:
— Ha… sizni konsertda ko‘rganman. Yodingizda qolganimga hayronman.
Suga jilmaydi:
— Men g‘alati narsalarni eslab qolaman. Ayniqsa, ko‘zlari nimadandir kuygan odamlarni.
Ularning nigohlari to‘qnashdi. Bu oddiy salomlashuv emas edi. Go‘yoki ikki notanish yurak bir zumda qandaydir signalni sezgandek.
Bu yerda nima qilayapsan? — deb so‘radi Suga yumshoq ohangda.
— Opam… tahdidli xabar oldi. Uni bu yo‘ldan qaytarishmoqchi. Men bu orqasida kim borligini bilmoqchiman.
Suga jiddiy tortdi.
— Kimdir sizlarga yetmoqchi bo‘layapti. Sizlar himoyasizsizlar. Ammo yolg‘iz emassizlar.
— Siz… yordam berasizmi? — dedi Yunso, nigohini uning ko‘zlaridan uzmay.
Suga bo‘yin egdi:
— Ha. Calia uchun, va... endi, sen uchun ham.
Yunsoning yuragi boshqa ohangda ura boshladi. Birinchi marta kimdir uni shunchaki Calianing singlisi sifatida emas, o‘z shaxsi sifatida ko‘rayotgandek tuyildi.
Bu orada Jungkook kompaniya bosimiga bardosh bera olmay, Caliaga xat yozdi.
> "Agar bir kun ketsang, seni ayblamayman. Ammo bilib qo‘y — men seni sevardim. Va har bir qo‘shig‘imda sen bor eding."
Calia xatni yig‘lab o‘qidi. Ammo birdan Yunso kelib:
— To‘xta, sen kurashni istaysanmi?
— Ha, — dedi Calia qattiq ovozda.
— Unda boshlaymiz. Chunki bu sevgi bizni kuchli qiladi.
Yorqin tong. BTS mashg‘ulot zalida musiqalar baland yangraydi. Jin oynaga qarab raqs harakatlarini mashq qilmoqda. Taehyung esa zalning chetida o‘tirib, telefoniga qarayapti. Shu payt eshik ochiladi — ichkariga Sua kiradi. U Jin va Taehyungni ko‘rib jilmayadi.
Jin:
— Sua? Sen bu yerda? O‘zing kelganingdan xursandman.
(U yugurib borib unga suv uzatadi.)
— Mashg‘ulotlarni ko‘rishga kelganmisan?
Sua (bir oz tortinib):
— Ha, sizlarni ko‘rishni xohlagandim. Juda charchagansiz shekilli…
Taehyung ularning tomoniga yurib keladi, lekin nigohi boshqa yoqqa qaratilgan.
— Salom, Sua.
Qisqa sukunat cho‘kadi. Jin, bu noqulay jimlikni buzadi.
— Sua, men seni bir joyga taklif qilmoqchiydim. Birgalikda yuramizmi?
Sua hayratda:
— Hozir... men bilanmi?
Jin jilmayadi:
— Ha. Faqat sen va men. Biror narsa yeyishga chiqsak. Juda ko‘p narsani gaplashmoqchiman.
Sua unga qaraydi. Ich-ichida yuragi hapriydi. Uning yuragida allaqachon joy egallagan bir inson bor edi. Ammo Jinning nigohi... u oddiy do‘stlarnikiga o‘xshamasdi.
Taehyung ularni kuzatarkan, nigohida bir lahzalik yengillik va... ichki urinish seziladi.
Jin (jiddiy ohangda):
— Sua, men ko‘p vaqt yutqazganimni his qilyapman. Ko‘p narsani o‘yladim. Seni har safar ko‘rganimda… yuragim tinch bo‘lmaydi. Bilaman, bu shunchaki mehr emas.
Jin:
— Men seni sevib qolgan bo‘lishim mumkin, Sua.
Sua ko‘z yoshlarini yashirishga harakat qiladi.
— Jin, sen juda mehribon, aqlli, kuchli odamsan. Lekin mening yuragim… boshqa birovda.
Jin hafsalasi pir bo‘lib, boshini quyi soladi.
— Taehyungda, to‘g‘rimi?
Sua (yuqoriga qaraydi, ko‘zlarida yosh):
— Ha… lekin u meni hech qachon sevmaydi. Men bunga anchadan beri ko‘nikib bo‘lganman.
Jin (yumshoq jilmayib):
— Hech bo‘lmasa rostini aytding. Bu ham jasorat.
(Sekin o‘rnidan turadi.)
— Unda do‘st bo‘lib qolaylik. Har doim yoningda bo‘laman, hatto yuraging menga tegishli bo‘lmasa ham.
Sua jilmayishga urinadi. Ko‘zlaridagi yosh suzib chiqadi.
Taehyung mashg‘ulot zalida, yolg‘iz.
Jin qaytib kelgach, unga qarab jilmayadi, lekin nigohida bir oz og‘riq bor. Taehyung so‘raydi:
Jin:
— Hech narsa. Sua juda kuchli qiz ekan. Faqat biror kuni kimdir unga butun yuragini beradi… lekin o‘sha odam men emasman.
Taehyung jim turadi. Ko‘zlarini yumadi. Bir lahzalik jimlik — yuraklarni changallab turgan sukut.