Unexpected love
Areum sekin koʻzlarini ochib atrofga tushunarsiz qaradi. Begona xona , begona muhit , begona yotoq
Areum boshini ushlab sekin oʻtirdi
Areum:bu nimasi men qayerdaman
Areum sekin oʻrnidan turib deraza tomonga borib tashqariga qaradi
Tashqarida allaqachon kun botgan atrof toʻla daraxt huddi oʻrmonga oʻxshardi . Faqatgina uyni chiroqlari yonib tashqarini yoritib turardi. Uy atrofini bir nechta qora kiyim kiygan odamlar qoʻriqlab turardi
Areum nima boʻlganini eslashga urinardi
Areum tezda eshik tomonga yurib ochmoqchi boʻldi lekin eshik qulf . Areum asabiylashib eshikni taqqilatishni boshladi
Areum:kim bor....och eshikni...och....kim bor dedim
Areum eshikni toʻxtamasdan taqqillatardi ahiyri eshik qulf ochilishi bilan gʻichirladi va ochildi . Taehyungni soyasi koʻrindi ketidan oʻzi
Tae:Gulim menimcha hurmatsizlik qilyapsan...sen emas siz deyishing kerak
Taehyung eshikni yopib Areumga yaqinlashardi qiz esa tobora yigit yaqinlashgan sari orqaga tisarilardi
Areum:men qayerdaman...nega meni bu yerga olib keldingiz
Taehyung xotirjam yotoqqa oʻtirib
Tae:men senga qochishni taklif qildim lekin sen rozi boʻlmading va shu ishni qilishga majbur boʻldim
Areum: iltimos meni qoʻyib yuboring
Taehyung oʻrnidan turib Areumni yuzidan muloyimlik bilan ushladi
Tae:gulim yigʻlashni bas qil...qara endi birgamiz...orzu qilganimizdek
Areum: Jungkook bilsa sizni oʻldiradi
Areum yuzidan Taehyungni qoʻlini olib tashlab
Tae:topolmaydi...endi sen menikisan..seni qoʻyib yubormayman
Areum yigʻlab baqirib gapirardi
Areum: qanchalar razil insonsan...insofsiz
Taehyung ham ovozini balandlashtirib
Tae:razil?insofsiz?...aslida kim insofsiz buni bilasanmi
Tae:men seni sevardim Areum...ahir necha yil birga boʻldik...lekin sen menga uyalmasdan ana uni sevishingni aytding...aslida aytchi kim insofsiz men yoki sen
Areum indamay koʻzini olib qochardi
Tae: seni bir lahza ham hayolimdan chiqarmadim...uxlasam ham tinch qoʻymaysan
Taehyung Areumni bir qoʻlini ushlab yuragiga olib bordi
Tae:his qilyapsanmi....bu yurak faqat sen uchun urardi...urdi..uradi ham...men shunchaki sen bilan baxtli boʻlmoqchiman...kel hammasini boshidan boshlaymiz
Tae:nega ahir...meni hali ham sevasan shundaymi... jahl ustida Jungkookni sevishingni aytganding shunaqami
Areum sekin qoʻlini Taehyungni koʻksidan olib
Areum:yoʻq... men Jungkookni rosdan ham sevaman
Taehyungni oxirgi umidi ham soʻndi lekin taslim boʻlgisi kelmasdi
Tae: menga farqi yoʻq...muhimi men seni sevaman
Areum: Taehyung tushunmayapsiz
Tae: nimasini tushunay...sen faqat menikisan
Tae:nega endi..nega iloji yoʻq
Areum: chunki men homiladorman
Taehyung bir lahza tushunmaganday qizga qarab turdi va birdan koʻzlari kattalashib
Shu lahzada Taehyungni yuragi ichidan uzilgandek bo‘ldi. Go‘yoki ko‘ksida nimadir sinib mayda bo‘laklarga boʻlinib ketganday
Areum: shunday....endi meni qoʻyib yubor ketay...hech kimga hech narsa demayman
Tae:yoʻq...men bilan qolasan... bolaga kelsak tugʻiladi va meni farzandim boʻladi
Areum: Jungkook sizni oʻldiradi
Jungkook Areum yoʻqligini bilib butun Koreyani oyoqqa turgazgan edi .
Jk:oxirgi marta qayerda boʻlgan
X:Janob... haydovchi bilan uydan chiqib ketgan...haydovchini esa jasadini topdik...barcha kameralar ham oʻchgan ekan
Jungkookni jahldan boʻyin tomirlari va peshonasidagi tomirlari boʻrtib chiqib turardi . Telefonni stolga qattiq urdi natijada telefon parcha parcha boʻlib ketdi
Jk:Butun Koreyani tekshiring...hech qayer qolmasin...agar topmasanglar hammangni oʻldiraman
Bir necha daqiqada buyruqlar tarqaldi. Aeroportlar yopildi , chegara postlariga ogohlantirish berildi , har bir kamera qayta qayta ko‘rildi.
Jungkook oynaga qarab turardi. Ko‘zlarida g‘azab yonardi.
Jk : qayerdasan Marvaridim...seni mendan tortib olganlarni bitta bitta yoʻq qilaman...Taehyung qayerda qolding hozir keraksan menga
Yarim tun boʻldi lekin hali ham shahar tintuv ostida Jungkook ham Areumni qidirar edi . Jungkook mashinada Koreya koʻchalari boʻylab yurar ekan telefoni jiringladi
X:Janob Yunso xonim kelib sizni soʻrayapti
Jk:unga vaziyatni tushuntir men hozir u bilan pachakilashib oʻtira olmayman
X:Janob lekin Areum xonim haqida maʼlumot bilar ekan
Jungkook gapni eshitib mashinasini qiyillatib toʻxtatdi
Jk:ketib qolmasin hozir boraman
Yunso ichkarida oʻtirib Jungkookni kutar ekan
Yunso pov: meni kechir...lekin shunga majburman
Jungkook shoshilinch qadamlar bilan ichkariga kirib
Jk:Yunso tezroq gapir Areum qayerda
Y: u Taehyung bilan qochib ketdi
Y:ha.. Taehyung bilan qochib ketdi
Y:bu rost...endi ularni tinch qoʻying... ikkisi bir birini sevadi ahir