Unexpected love
Jungkookni oʻtkir koʻzlari derazadan qarab turgan Areumga tushdi va unga hissiz boqdi
Jk pov: endi seni seva olamanmi...sen meni sevgimni boy berding sobiq Marvaridim
Jungkook odamlaridan biriga qarab
Jk:uni uydan olib chiqing va boshqa xavfsiz mashinada uyga olib keting
X:xoʻp boʻladi...janob bu yerdagilarni nima qilaylik
Jk:hech narsa...sen men aytgan ishni bajar
Qoʻriqchi bosh irgʻab uyga kirib ketdi va Areumni olib chiqdi . Areum eri tomon yugurayotganda Jungkook qoʻlini koʻtardi
Jungkook qoʻriqchiga jahl bilan qaradi
Qoʻriqch qizni mashinaga majburlab olib borardi
X:xonim iltimos kuch ishlatishga majbur qilmang
Areum tinmasdan yigʻlab gapirardi
Areum: Jungkook iltimos meni eshiting.... qoʻyib yubor meni....Jungkooook
Jungkook Areumga qayrilib ham qaramadi . Garchi uni mahkam quchoqlagisi kelsa ham gʻururi yoʻl qoʻymasdi .
Yarim kechasi boʻldi lekin Jungkookdan hali ham darak yoʻq.Areum oʻgʻlini boshini silab yotardi . Minho koʻzlarini ochib boshini koʻtardi
M:siz meni yana tashlab ketgansangizchi
Areum xoʻrsinib mittigina bolani peshonasidan oʻpdi
Areum: unday boʻlmaydi...men hech qayerga ketmayman
Areum:ha vaʼda beraman...qani endi uxla
Minho uxlagach Areum Jungkookni uxlamasdan kutdi . Tongga yaqin Jungkookning mashinasini ovozi keldi , Areum tezda oyna oldiga bordi
Birozdan soʻng yotoqxona eshigi ochilib Jungkook kirdi. Areum joyidan qimirlay olmadi
Areum: Jungkook...men...men Taehyung bilan
Jk: boʻldi yetar...ortiq eshitishni hohlamayman
Areumni koʻzidan duv-duv yosh oqardi
Areum:meni hali eshitmadingizku...nega bunday qilyapsiz
Jungkook ham alam bilan gapira boshladi
Jk:nimani eshitay...meni aldab oʻsha lanati sevgiling bilan qochib ketganingnimi
Areum:oʻsha kuni men shifokorga borgan edim hammasi shundan soʻng sodir boʻldi
Areum eriga umid bilan gapirdi
Areum:men homiladorman...siz yana ota boʻlasiz
Jk:buni bilaman...bu yerda turishingni ham sababi shu
Areum: ishonmaysiz , shundaymi
Jk:ha...bola tugʻilgandan soʻng sen bilan ajrashaman
Areum: yaxshi.... ishonmasangiz ishonmang...men ham menga ishonmaydigan er bilan yasholmayman
Jk: agar bola meniki boʻlmasa...
Areum: bunisidan havotir olmang...bola sizniki...hech boʻlmasa shunga ishonarsiz
Jk:agar bola meniki boʻlmaganda Taehyungni yolgʻiz oʻzini qabrga qoʻymas edim
Areumni koʻzlari katta katta ochilib ketdi
Areum:nima... Taehyungni oʻldirdingizmi
Jungkook shu oxirgi soʻzni aytib chiqib ketdi. Areum oʻzini yotoqqa tashlab yigʻlardi. Qay biriga kuyishni bilmas edi. Yoʻqotilgan ishonch uchunmi, buzilib ketayotgan oilasi uchunmi yoki bu dunyoni tark etgan sobiq yigiti uchunmi bilmas edi shunchaki yigʻlardi.
Oradan 3 oy oʻtdi . Lekin hali ham Jungkook bilan Areumni orasi yaxshilanmagan edi . Ular shundaki Minhoni oldida rol oʻynashar edi . Jungkook qanchalik xotinini sevmasin uni kechirishga gʻururi yoʻl qoʻymas edi .Jungkook ishga ketishga tayyorlanayotgan edi . Areum xonaga kirib shkafdan chiroyli qilib dazmollangan oq koʻylakni olib Jungkookga uzatdi
Areum:shuni kiysangiz yaxshi boʻladi
Areum:chunki buni men dazmollaganman
Jk:hamma koʻylagim dazmollangan
Areum hali ham koʻylakni uzatib turardi
Areum:uff ularni xizmatkorlar dazmollagan...buni esa men.... qoʻlimdan tezroq oling
Jungkook qizni qoʻlidan oq koʻylakni olib mushakli badaniga kiydi
Areum: hozirgi holatimda dazmol qilish oson boʻlmadi
Jungkook unga teskari qarab kulib yubormaslik uchun labini tishladi lekin baribir ovoz chiqarmay kuldi