May 13, 2025

Orzuyimdasan 🌼

Author : Areum 🌼

SEVGI ILK BOQISHDA OSHIQ BOʻLISH EMAS...
OXIRGACHA SODIQ QOLISHDIR 💜

Episode 4^

[TUN. Shifoxona oldidagi sovuq, jimjit yo‘lak. Favqulodda bo‘lim. Osmonda yulduzlar yo‘q. Calia titrayotgan qo‘llarini bir-biriga qisib, sovqotganicha kutmoqda. Qon izlari hanuz uning kiyimlarida, barmoqlarida. Har bir lahza azob.]

Calia (o‘zidan o‘zi, pichirlab):
“U meni chaqirdi… Qo‘limni ushladi… Men yetib borolmadim...”

[FLASHBACK: Junkook piyodalar yo‘lakchasidan kulib, telefonida nimadir yozayotgan edi. To‘satdan tezlikda kelayotgan mashina, tormoz ovozi, Calianing “JUNGKOOK!!!” degan qichqirig‘i. Qon. So‘ng sukut.]

[Shifoxona ichida. Calia operatsiya xonasining shisha eshigi ortidan termulib turibdi. Ko‘zlari qizarib ketgan. Boshqalar jim. Jin duo qilib turibdi. Suga burchakda o‘zini bosishga urinmoqda. Sua yig‘lab Caliani bag‘riga bosgan.]

Eshik ochiladi. Hamshiralar birinchi bo‘lib chiqadi. Orqasidan esa jarroh. U charchagan. Ovozida og‘irlik bor.

Doktor:
"U tirik... lekin hushiga keldi degani emas. Biz nima bo‘lishini bilmaymiz. Ko‘rishingiz mumkin. Bitta kishi... faqat bitta kishi yoniga kira oladi."

[Hamma bir-biriga qaraydi. Calia bir qadam oldinga chiqadi. Jimjitlikda faqat yurak urishi eshitiladi.]


[XONA ICHIDA. Jungkook o‘zgargan. Tanasiga ulab qo‘yilgan apparatlar, oq yuz, lablari ko‘kargan. Ammo ko‘zlari arang ochilgan. Uning nigohi Caliani qidiradi. Va topadi.]

Jungkook (xirgoyi qilayotgandek, kuchsiz, arang eshitiladigan ovozda):
"Sen… tirikmisan?.. Bu tushmi?.."

Calia (yig‘idan titrab, uning qo‘lini ushlab):
"Bu tush emas, Jungkook. Men shu yerda… men seni hech qachon tark etmayman…"

Jungkook (ko‘zidan yosh chiqadi):
"Agar bu so‘nggi marta bo‘lsa... eshit meni… Calia… men seni… sevaman. Men… seni ko‘rgan kunimdan…"

[Uning ovozi so‘nadi. Ekrandagi yurak urish chizig‘i sekinlashadi. Calia qattiq qichqiradi.]

Calia:
"Yo‘q! Menga bunday qarama, iltimos! Meni shunchaki sevmang... Yashaylik... sen bilan yashaylik, Jungkook! Qayt, iltimos...!!!"

[Boshqalar tashqarida shovqin eshitib yugurib kirishadi. Shifokorlar yuguradi. Suga devorga tayanib, ko‘zlarini yumadi. Jin boshini egib, ko‘z yoshini yashiradi. Sua qichqiradi. Taehyung esa Caliani ko‘tarib, tashqariga olib chiqadi.]

[Tashqarida yomg‘ir yog‘a boshlaydi. Osmondan to‘kilayotgan har bir tomchi – yurakdan oqqan dardday.]
[ERTASI KUN. Shifoxona. Hamma jim. Calia yuvinmagan, uxlamagan. Qo‘llari qaltiraydi. Jungkook hali ham hushida emas. Hayotiy belgilar zaif.]

Suga Calianing yoniga keladi, uning qo‘liga issiq qahva tutqazadi. Lekin Calia ichmaydi. U faqat derazadan Jungkook yotgan xonaga qaraydi.

Suga (yumshoq ohangda):
“Sen bu yerda so‘lib ketayotganingda, u kurashyapti, Calia. Iltimos, o‘zingni ham yo‘qotma…”

Calia (horg‘in, lekin qat’iy):
“Men uni ushlab tura olmadim, Suga… Qo‘lidan chiqib ketdi... Yana shunday bo‘lishini xohlamayman…”

Birdaniga ichkaridan yugurib chiqqan hamshira: “U uyg‘ondi!” deb baqiradi. Calianing yuragi urib ketadi. U yuguradi.]


[XONA ICHIDA. Jungkook ko‘zlarini ochgan. Ovoz juda past, lekin u tirik. Calia uning qo‘lini ushlaydi. Ko‘z yoshlariga to‘la.]

Jungkook (xirgoyi bilan):
“Sening ovozing... bu jannatmi?..”

Calia:
“Yo‘q… bu menman… sen tiriksan, Jungkook… iltimos, meni yana tark etma… men seni yo‘qotishga chidolmayman…”

Jungkook:
“Men seni sevaman, Calia… men seni qalbimning tubidan, og‘riq orqali sevaman… o‘lim hataridan ham ko‘ra kuchliroq sevaman…”

[Calia uning peshonasiga boshini qo‘yadi. Ikki yurak sokin, lekin kuchli og‘riq bilan birlashadi. Shu lahzada hammasi to‘xtaydi — vaqt, dunyo, azob. Faqat ikkalasi bor.]


[TASHQARIDA. BTS a’zolari jim. Jin uzoqdan turib ularni kuzatadi. So‘ng Suaning yoniga keladi.]

Jin:
“Ba’zida... kimnidir chin dildan sevganingni anglash uchun uni yo‘qotayozish kerak bo‘larkan…”

Sua Jin tomonga qaraydi. Birinchi marta, yuragining bir burchagida kimnidir sezadi… lekin og‘ir kunlar hali tugamagan.

Shifoxona orqasidagi bog‘. Hamma jimjit. Quyosh botmoqda. Sua uzoqdan Taehyungga qarab turadi. Nihoyat yuragini qo‘lga olib, uning oldiga boradi.]

Sua (qaltiragan tovushda):
“Taehyung… Men... Men ko‘p o‘yladim. O‘zimdan yashirdim. Ammo endi bo‘lmadi. Men seni sevaman... anchadan beri…”

Taehyung cho‘kib borayotgan quyoshga qaraydi. U asta yelkasini ko‘taradi, so‘ng chuqur nafas oladi. Uning ovozi juda muloyim, lekin keskin.]

Sua... sen men uchun qadrdonsan. Har safar yonimda bo‘lganingda o‘zimni erkin his qilaman. Lekin… bu sevgi emas. Men seni do‘st sifatida qattiq qadrlayman, lekin yuragim... u boshqa joyda.”

[Sua nigohini yerga tikadi. Ko‘zlari yoshlangan. U kulmoqchi bo‘ladi, lekin yuragi zirqirab ketadi.]

Sua:
“Men... tushunaman. Sen meni rad etding. Bu og‘riq beradi, lekin rostliging uchun rahmat.”

[Taehyung asta uning yelkasiga qo‘l qo‘yadi.]

Taehyung:
“Sen noyobsan, Sua. Kimdir seni chin yurakdan sevadi, men bunga ishonaman. Faqat u odam men emasman...”

[Sua sekin orqaga yuradi. Toki orqasini o‘giradi. U yig‘lamaydi. Faqat yuragi jimjit parchalanadi.]
[Kechki payt. Shifoxonaning dam olish bog‘chasida. Suga yakka o‘zi skamyada o‘tiribdi. Uning ko‘zlari uzoqlarga tikilgan, musiqiy daftarini sekin varaqlamoqda. Calia asta yoniga keladi.]

Calia (yumshoq ovozda):
“Ko‘pdan beri o‘zingni bunday holda ko‘rmagan edim…”

Suga (biroz kulimsirab, lekin ko‘zlarida og‘riq):
“Hayot kulgili, shundaymi? Ba'zida hamma narsa yaxshi ketayotgandek tuyuladi… keyin esa bir lahzada hammasi o‘zgaradi.”

[Calia cho‘nqayib, uning yoniga o‘tiradi. Suhbat orasi jimjitlik bilan to‘ladi.]

Suga:
“Men Jungkookni yo‘qotishdan juda qo‘rqdim... Yuragim siqilib ketdi. Va... o‘zimga tan olishdan ham qo‘rqdim. Chunki bu his... bu tuyg‘u... u har doim bor edi.”

Calia (hayron):
“Nima haqida gapiryapsan?”

Suga (chuqur nafas olib, unga tik qaraydi):
“Men... seni Calia. Men seni qandaydir g‘ayrioddiy his bilan ko‘p kuzatganman. Sen kulganingda ichimda bir narsa titraydi. Ammo bu hisni yuragimda bosdim. Chunki men do‘stimni xafa qilmoqchi emasdim.”

[Calia qotib qoladi. Uning nigohi titraydi, lekin javob bermaydi.]

Suga (yonib turgan sokin nigoh bilan):
“Menga javob bermasang ham bo‘ladi. Faqat buni bilishingni xohlardim. Meni eslab yurishingni. Bu hislarimni sen o‘zingni yolg‘iz his qilgan kechalarda esla. Va bil – kimdir seni yuragi bilan eslagan.”

[U sekin o‘rnidan turadi. Uni orqaga qaytishdan Calianing jimligi ushlab qoladi. Yomg‘ir tomchilari to‘kila boshlaydi. Calia jimjit, chuqur hayolga cho‘mgan.]
[Calia eshik oldida turibdi. Hali ham Suga aytgan so‘zlardan o‘ziga kela olmayapti. Shu payt hamshira chaqirib chiqib ketadi. Calia darhol ichkariga kiradi. Suga hali bog‘dan qaytmagan.]
[Calia uning qo‘lini ushlaydi. Xonaga sokinlik cho‘kadi. Birdan eshik ochiladi va Suga kiradi. U Caliani yonida turganini ko‘radi, lekin bu safar nigohi boshqa — ichki og‘riq bilan to‘la.]

Suga (xotirjam, ammo ko‘zlarida og‘riq):
“Uyg‘onibsan... yaxshi bo‘ldi, Jungkook.”

Jungkook (unga qaraydi, nigohida nima bo‘layotganini sezgandek):
[Calia ularning o‘rtasidagi kuchlanishni sezadi. U orqaga bir qadam tashlaydi.]

Jungkook (yumshoq, ammo ichida yonayotgan rashk bilan):
“Qiziq… o‘lim bilan yuzma-yuz kelganimda... ko‘z oldimda faqat Calia turdi. Men undan ketishga tayyor emas edim.”

[Suga jim turadi. Jungkook davom etadi.]

Jungkook (ko‘zini Calia tomon buradi):
“Calia, bilmadim... balki bu vaqtgacha ko‘nglimning qayeridadir yashirib yurganman. Lekin endi… endi sen meni yuragimsan, deya olmayman — chunki sen allaqachon shunday bo‘lgansan.”

[Calia jim. Uning ko‘zida yosh, yuragi esa azobda. Orada og‘ir sukunat.]

Suga (astalik bilan):
“Men ketaman. Sizlar birga bo‘lishlaring kerak.”
[U orqasiga o‘girilib ketadi, ammo yurak og‘rig‘i bilan. Uning ketayotganini Calia jim kuzatadi.]