July 4, 2025

Orzuyimdasan 🌼

Author:Areum 🌼

Sevgi ilk boqishda oshiq boʻlish emas...
Oxirgacha sodiq qolishdir 💜

Ep2

Taehyung: “Xo‘sh Jungkook. Armylar juda ko‘p lekin yurak tanlagan bir inson bo‘lsa... u senga o‘zi yo‘l ko‘rsatadi ”

Jungkook asta jilmaydi. Uning yuragida bir ishonch tug‘ildi: bu faqat tush emas edi. Bu taqdir edi.

Calia va Sua konsertdan chiqqach, uzoq vaqt so‘zsiz yurishdi. Atrofdagi odamlar hayajon bilan suratga tushar, kuylagan qo‘shiqlarini takrorlashar edi . Ammo Calia ich-ichidan o‘sha nigoh ta’siridan chiqolmasdi. U o‘zini osmonda yurgandek his qilardi.

Sua: “Sen... aniq ko‘rdingmi uni?” so‘radi asta Calia tomonidan.

Calia bir muddat javob bermadi. So‘ng ohangida hayrat va ishonchsizlik aralashib: — “Ha... u menga qaradi. To‘g‘ri menga. Xuddi... xuddi meni tanigandek ”

Sua beixtiyor uning qo‘lini ushladi

“Calia… bu oddiy emas. Men Taehyung bilan ko‘z urishtirganimda ham nimadir sezdim. Yuragim titradi go‘yo…”

Ular bir-birlariga qarashdi. So‘zsiz lekin yuraklarida nimadir uyg‘ongandek.

Ertasi kuni tong otishi bilan Jungkook uyg‘ondi. Yana o‘sha qiz xayolida. Endi esa tushdagi qiz kecha konsertda ko‘rgan qizga aylandi. Endi u faqat uni topishni xohlardi.

BTS menejeri xonaga kirib keldi

“Junhkook ertaga ertalab vizajistlar yangi jamoasi bilan fotosessiya bor. Ular bilan tanishib olasizlar ”

Junkook zerikkan ohangda bosh irg‘adi. Ammo ichida nimadir uvishdi… go‘yo bu uchrashuvda yana bir narsa sodir bo‘lishi mumkin.

Ertasi kun.

Fotosessiya uchun BTS a’zolari birin-ketin tayyorlanar edi. Vizajistlar o‘z ishini bajarishar birin-ketin yigitlarga xizmat qilishar edi. Shu payt Calia xona eshigidan ichkariga kirdi. Unga bu loyiha haqida Sua aytgan edi. Va taqdir... go‘yo ularni o‘zi uchrashtirmoqchi edi.

Junkook kresloda o‘tirar, telefoniga termulgancha ichida bir g‘am bor edi. Boshini ko‘tardi… va u keldi.

Calia.

Jungkookning yuragi toʻxtamay urardi. Koʻzlariga ishonmas edi

Calia esa titroq bilan unga yaqinlashdi. U BTSga vizajist sifatida topshiriq olganini eslab bu professional darajada bo‘lishi kerak deb o‘zini tinchlantirmoqchi edi.

Ammo Junkook unga sekinlik bilan dedi:

“Bu... senmisan ”

Calia to‘xtab qoldi. Yuragi to‘xtagandek bo‘ldi.

—“Kechirasiz?” dedi u professionallikni saqlamoqchi bo‘lib.

— “Men seni... tushimda ko‘rganman.”

Calia nigohi titradi. So‘zsiz qoldi. Jungkook esa asta jilmaydi.

“Sen... ‘meni top’ deganding”

Calia yuragi bilan bir narsa uzilib tushganini his qildi . bu so‘zlar... bu nigoh... bu ovoz... yuragining eng nozik joylariga tegdi.

Va shunda... ichkaridan Taehyung chiqib qoldi. U bo‘layotgan suhbatni ko‘rib bir lahzalik sukutda qoldi.

Junkook bir necha soniya Calia tomon termuldi. Bu nigohda hayrat , tanishlik, hatto dard aralash edi. U o‘zini tutib turolmay biroz oldinga egildi.

“Sen bu yerda ishlaysanmi endi?” dedi asta ovozida yumshoqlik bilan.

Calia yutindi. U yuragida qandaydir og‘irlikni sezdi.

“Hamen va do‘stim Sua shu kompaniyada yangi vizajistmiz. Bugungi suratga olishda ishtirok etishimiz kerak”

Jungkook bosh irg‘adi. U qizni juda yaqin his qilayotganini inkor eta olmasdi. Ko‘ngli uni tushlaridan hayotiga olib kelgandek edi. Asta jilmaydi

—“Yaxshi Unda bugundan boshlab doim ko‘rishar ekanmiz... Calia”

U ismini qayerdan bilganini aytmadi. Calia esa bu savolni berishga jur’at etmadi. Chunki yuragi bu sirli tanishlikni tan olgandek edi.

Shu orada Sua boshqa xonada Taehyungga pardoz qilayotgan edi. Uning qo‘llari yengil titrardi. Taehyung esa jimgina unga qarab turardi. Go‘yo har bir harakatini eslab qolar har bir nafasidan qandaydir ishora izlayotgandek.

“Siz... ko‘zingizni yuming” dedi Sua muloyimlik bilan.

Taehyung ko‘zini yumdi. Ammo lablari biroz qimirladı “Kechagi konsertda menga qarab tinmasdan baqirgan qiz senmiding?”

Sua yuragi to‘xtagandek bo‘ldi. Uning harakatlari bir lahzaga sekinlashdi. Ammo u jim qoldi.

Taehyung asta ko‘zini ochdi. Nigohi bevosita Sua tomon yo‘naltirdi

“Men nigohlarni yaxshi eslab qolaman. Chunki ular ba'zan so‘zlardan ham ko‘proq gapiradi”

Sua boshini egdi. Uyatdan yuzlari qizarib ketdi lekin u hech narsa demadi. Ammo ko‘zlarida yashirin bir his porlab turardi.
Taehyung asta jilmaydi “Isming nima?”

Suani tili aylanmay qoldi

“Ismim Sua ”

Taehyung Suani qizarib ketganini koʻrib jilmayib qoʻydi

“Isming chiroyli ekan yaxshi esda saqlayman ”

O‘sha kun oxirida Calia va Sua yo‘lda yurganlarida bir-birlariga hech nima demasdan yurishdi. Faqat yuraklari ichida sirli tarzda uyg‘ongan hislarni anglab jim qolisharid

Sua nihoyat to‘xtab gapirdi

“Nimadir boshlanayotgandek to‘g‘rimi?”

Calia unga qaradi va asta bosh irg‘adi

“Ha men ham shuni oʻylayotgan edim ”

BTS ning backstage zonasi konsertdan so‘ng:

Calia ko‘zguga qarab o‘zini tortayotgan edi. Birdan orqasida Suga paydo bo‘ldi. U har doimgidek jim ammo nigohida nimadir bor edi.

Suga: “Bugun konsertda yaxshi ishlading ...Xar qanday qiyin vaziyatdan osonlik bilan olib chiqding bizni ”

Calia jilmaydi biroz xijolat bo‘ldi

“Rostdanmi?Bu mening vazifam ”

Suga yelkasini qisdi

“Hammamizni ilhomlantiradigan insonlar bor. Sen... shunchaki vizajistimizsan lekin ko‘zlaringda boshqa narsa bor”

Calia unga qaradi ammo bu nigoh ortida yashiringan narsani to‘liq anglamadi. Suga esa jilmayib sekin ortga qaytdi

“Hozircha ketishim kerak sen dam ol Calia”

U ketdi lekin yuragida nimadir titradi. Bu hislar asta chiqayotgan edi

Ertasi kun BTS ning maxsus reklama suratga olish kuni.

Calia kameralar tayyorlanayotgan maydonda turardi. U atrofdagi harakatlarga e’tibor qaratayotgan edi shu payt eshik ochildi va Jungkook ichkariga kirdi. Ko‘zlari bir zumda Caliani topdi. Calia buni sezdi yuragi beixtiyor tez ura boshladi ammo o‘zini tutdi

Jungkook unga asta yaqinlashdi. So‘zlari muloyim edi, ammo nigohida chuqur qiziqish sezilardi.

Calia (jilmayib):“ Sizni sahnada ko‘rish boshqa, lekin bu yerda... biroz g‘alati ”

Jungkook kulimsiradi biroz jim turdi so‘ng

“Bilasanmi seni birinchi marta ko‘rganimda... tanish his bo‘lgandi. Nimasi bilan ekan deb ko‘p o‘ylagandim ”

Calia biroz hayajonlandi ammo jilmaydi

“ Sizni sahnada ilk bor ko‘rganimda yuragimda nimadir siljigandek bo‘lgandi ”

Jungkook bosh irg‘ab jilmaydi

“Shunchaki qiziqish deyolmayman... balki, nima desam, ko‘proq bilgim keladi. Sen haqingda. Sening dunyoqarashing va hokazo ”

Calia unga qarab qoldi. Ko‘zlarida beg‘ubor ishonch va yuragining sekin ochilayotganini his etdi.

Jungkook: “Faqat shuni bil sen men ko‘rgan har qanday odamdan boshqachasan. Qanday ekanligingni asta-sekin bilishni istayman lekin shoshilmasdan.”

U jilmaydi. Calia ham jilmaydi. Ikkisi orasidagi masofa butunlay yo‘qolmagandi lekin yuraklar endi sekin-asta yaqinlashardi

Tungi Seul sokin, ko‘chalar asta-sekin boʻshab borardi.

Mashhur bir kvartalda joylashgan kichik unchalik mashhur boʻlmagan kafe orqasidagi shinam balkon bor edi . Kafe egasi ularni tanirdi lekin bu sirni hech kimga aytmaslikka va’da bergan Taehyung idol boʻlgani uchun koʻp gap soʻzlar koʻpayishi mumkinligini bilardi

Ular har doimgidek bir-birlariga jilmayib qarashdi lekin bu jilmayish ortida yashiringan haqiqatlar bor edi.

Taehyung (past ovozda):

“Kechikmadimmi? Armylar bugun ham binoning orqa tomonida poylab turgandi ”

Sua (kulib):

“Men ham orqa eshikdan chiqdim. Hamma joyda kamera. Yashirinish oson emas ”

Ular jimjitlikda o‘zlarining maxsus joylariga o‘tirishdi. Ularning atrofida faqatgina choy shirinlik va uzoqdagi mashinalarning g‘uvillashi bor edi. Bu sukunat Suaning yuragidagi gaplarni aytishga undardi ammo u shoshilmasdi.

Taehyung qahvasidan bir ho‘plam olib balkondan shahar chiroqlarini tomosha qildi. Suaning unga bo‘lgan qarashlari esa go‘yo yuragini ochmoqchidek edi.

Sua :“Nega hamisha shunday yashirincha uchrashamiz deb o‘ylaysiz ?”

Taehyung (chuqur nafas olib): “Chunki biz hammani ko‘z o‘ngida erkin bo‘la olmaymiz Sua..... Men… men seni xafa qilishni xohlamayman ”

Sua bosh irg‘adi. Sua bularni tushunar edi .

Sua pov

“Agar u meni do‘st deb bilsa nega bu uchrashuvlar shunchalik muhimdek tuyuladi?”

U har gal shunday yashirincha uchrashuvdan so‘ng qalbida aralash tuyg‘ular bilan uyiga qaytardi. U Taehyungni sevardi. Ammo Taehyung… uning his-tuyg‘ularini bilarmidi?

Taehyung :

“Sen bilan gaplashganimda o‘zimni yengil his qilaman Sua. Boshqa hech kim bilan emas l ekin bu… bu faqat do‘stlikmi men ham bilmayman …”

Sua bu so‘zlardan hayratda edi. Yuragida umid uchquni paydo bo‘ldi lekin shu zahoti o‘chdi. Chunki Taehyung so‘nggi gapini ohangida ikkilanish bor edi. U o‘z hislarini tan olishdan qochayotgandi balki o‘zini, balki Suani himoya qilayotgandir.

Sua: “Men seni tushunaman, Taehyung. Do‘st sifatida bo‘lsa ham, yoningda bo‘lish menga yetarli... hozircha.”

Shu kecha, bu so‘zlar ularning yashirin dunyosi ichida unutilmas tun bo‘ldi