Today

Unexpected love

Author : Areum

Ep12

Jungkook bir necha soniya Yunsoni ko‘zlariga tikilib qoldi. Go‘yo aytilgan gaplarni miyasi qabul qilmayotgandek.

Jk: Yana bir marta ayt

Yunso qo‘llari titrab

Y: qochib ketdi deyapmanku

Jungkookni jag‘i qattiq qisildi. U stol chetini mahkam ushladi

Jk: Areum bunday qilolmaydi.... ishonmayman

Yunso ko‘zini olib qochdi

Y: Men rost gapiryapman....u Taehyungni sevadi sizni emas

Jungkookni nigohi sovuq tortdi

Jk:buni bilaman

Xona ichidagi havo og‘irlashdi.

Y:ularni tinch qoʻyganingiz yaxshi

Yunso shu gaplarni aytib xonadan chiqib ketib qoldi . Jungkook jahl bilan baqirib televizorni sindirdi . Birozdan soʻng Jungkookni bir odami kirib

X:Janob Areum xonim haqida maʼlumot oldik...oxirgi marta.....

Jungkook qoʻlini koʻtarib odamini gapdan qolishiga ishora qildi

Jk:kerak emas...hamma ishni yop

X:lekin Janob

Jungkook buyruqli ovozda

Jk:aytganimni qil... qidiruvni toʻxtat

X: menimcha buni aytishim kerak...keyin afsuslanishingiz mumkin

Jungkook qoshini chimirdi

Jk:gapir

X:xonim oxirgi marta shifokorni oldiga borgan

Jk:nega...biror narsa boʻlgan ekanmi

X: shifokorni aytishicha...Areum xonim homilador ekan

Jungkook notoʻgʻri eshitganday bir muddat jim turdi keyin ikki koʻzi ham katta ochilib

Jk:nima deding

X: toʻgʻri eshitdingiz

Jungkook birdan baland ovozda gapirishni boshladi

Jk: Taehyungni barcha oʻziga tegishli boʻlgan ofislari , doʻkonlari va villalari hammasini tekshiring..O‘rmon hududlari ham...Xususan shahar tashqarisidagi xususiy yerlar....Xullas yer sharidan qidirib chiqing

X: Tushunarli janob

............
Erta tong . Deraza pardalari orasidan yorug‘lik sekin xonaga kirib kelardi , havo salqin . Areum uyg‘oq edi.U kechadan beri uxlamagan z ko‘zlari shiftga tikilgandi . Yon tomonda Taehyung uxlab yotardi . Areum asta yon tomonga o‘girilib Taehyungni yuziga qaradi.

Taehyung sekin qimirlab ko‘zlarini yarim ochdi

Tae: Uygʻondingmi

Areum tezda o‘zini tutdi

Areum: Hm…ha

Taehyung tirsagiga suyanib unga yumshoq koʻzi bilan qaradi

Tae: Yaxshi uxladingmi

Areum bir soniya jim qoldi

Areum: Ha

Areum yolgʻon gapirganini Taehyung sezdi. U Areumni yuziga diqqat bilan qaradi

Tae: Ko‘zlaring qizargan

Areum:yoʻq hammasi yaxshi

Taehyung bosh irgʻab qoʻydi

Tae: qorning ochmi

Areum:yoʻq

Tae:lekin hozir koʻproq ovqatlanishing kerak...men xizmatchilarga aytaman yaxshiroq nonushta tayyorlashadi

Areum: xoʻp

Taehyung chiqib ketganidan soʻng Areum koʻzlarida toliqishni sezib yumdi

Areum pov : Jungkook qayerdasiz... nahotki meni qidirmayapsiz

.........

Jungkook ofisning uzun koridorida yurardi. Ofis egasini xonasini taqillatmasdan eshigini ochdi va J-Hopeni ko‘rdi . J-Hope kreslosida o‘tirib qo‘llari ustidagi papkalarni tartiblayotgan edi

Jk: menga yordaming kerak.

J-Hope bir necha soniya Jungkookka tikildi

Jh: Sen?...Nima sababdan menga murojaat qilyapsan

Jk og‘ir nafas oldi. Ular oxirgi fojiadan keyin dushman boʻlib qolishgandi

Jk: Areum… uni topishim kerak....u Taehyung bilan lekin topolmayapman

J-Hope lablarini chekkasida jilmaydi

Jh:doʻsting pichoq urib ketdimi deyman

Jk: J-hope ortiqcha vaqt yoʻq uni topishim kerak...u homilador

J-hope hali ham xotirjamlikni saqlab

Jh:ichingdan nimalar oʻtyapti Jungkook

Jk: ataylab qilyapsanmi

J-hope jagʻini qisib gʻazab aralash ohangda gapirdi

Jh:Xotining va tugʻilmagan bolang sendan uzoqda... qayerdaligini...qay ahvolda ekanligini bilmaysan

Jungkook xoʻrsindi

Jh: agar oʻlishsachi

Jk:bu nima deganing

Jh:sen ham men tortgan azobni his qilsangchi

Jk:J-hope...senga necha marta aytishim kerak...men sevgiling bilan bolangni oʻldirmaganman

Jh:ahir senga tegishli mashinada sevgilim boʻlmaganmidi xoʻsh...sen uni oʻgʻirlamaganmiding... mashinada avto halokatni uyushtirmaganmiding

Jk:yoʻq...toʻgʻri mashina menga tegishli edi lekin men qilmaganman bu ishni

Jh:ishimizda muammo chiqgan boʻlsa bunga sevgilim va tugʻilmagan bolamni aralashtirib nima qilarding...men sen bilan raqobatlashmayotgandim

Jk:ufff baribir ishonmaysanmi

Jh:yoʻq

Jk:Seni raqobatdoshing faqat men emasman ahir

Jh:dalillarchi...dalillar sen qilganingni koʻrsatayapti

Jk: yaxshi ishonmas ekansan oʻzingga bogʻliq

Jh:seni oʻldirmaganimni yagona sababi oilang edi

Jk:men ham sen oʻylaganchalik vahshiy emasman sevgilingga va tugʻilmagan murgʻak bolangga tegadigan darajada

Ikkisi ham bir lahza sukutda qoldi keyin J-hope jonli ovoz bilan

Jh:yaxshi senga yordam beraman

........

Areum yana xona derazasidan tashqariga qarab turardi . Birdan orqasidan beliga oʻralgan ikki qoʻlni sezib seskanib ketdi

Tae:shhh menman

Areum noqulaylik bilan

Areum:qoʻyib yuboring iltimos

Tae:yoʻq menga yoqyapti

Areum:biz qayerdamiz oʻzi

Tae:bizmi hmm...biz Rossiyadamiz

Areum:nima Rossiyada?

Tae:ha... oʻrmondagi villamdamiz...qoʻrqma bu yer havfsiz

Areum:demak meni qoʻyib yubormaysiz

Tae:Aslo

.........

Qo‘riqchilar tashqarida Jungkookni va odamlarini to‘xtatdi

X: mumkin emas

Jk: yoʻlimdan qoch

Qo‘riqchi qurolni koʻtarib ogohlantirish tarzida osmonga o‘q uzdi . Oʻq ovozi o‘rmon ichida aks sado berdi
Ichkarida Areum oʻq ovozidan qoʻrqib sakrab tushdi

Areum: bu nima

Taehyung darhol deraza tomon yurdi lekin pardani to‘liq ochmadi . Jungkookni koʻrib

Tae:Jin ursin u bizni qayerdan topdi

Areum tezda oʻrnidan turib quvonchli ovozdan

Areum:nima... Jungkook keldimi

Tae:ha

Areum: nihoyat.... nihoyat

Bir lahzada oʻq ovozlari tinmasdan yangrashni boshladi . Areum ikki qoʻli bilan qulogʻini yopib oʻtirdi. Taehyung esa shoshilinch tarzda tashqariga chiqddi . Taehyung koʻz oldida oʻlgan , yaralangan qoʻriqchilar va Jungkookni gʻazabli nigohi turardi. Atrof shu darajada tinchidiki hatto yurak ovozini eshitsa boʻlardi

Jungkook havfli pichirlab

Jk:sen iflos

Jungkook Taehyungga qurolini qaratdi Taehyung ham shunday qildi

Jk:Areum qayerda

Tae:senga uni bermayman

Jungkook achchiq kulib

Jk:sendan ruxsat olamanmi

Jungkook oʻylab oʻtirmay Taehyungga oʻq uzdi va Taehyung jarahotdan ingrab yerga yiqildi. Areum derazadan kuzatib turardi

Areum:T...Taehyung

Jungkookni oʻtkir koʻzlari derazadan qarab turgan Areumga tushdi va unga hissiz boqdi

Jk pov: endi seni seva olamanmi...sen meni sevgimni boy berding sobiq Marvaridim