March 5, 2025

Seclusion 13_qism🫦

Portlashdan keyin qamoqxona ichida tartibsizlik boshlandi. Mahbuslar birin-ketin eshiklardan chiqib ba’zilari qochishga, ba’zilari esa qasos olishga urinardi. Soqchilar esa shoshilib, tartibni tiklashga harakat qilishardi.
Teahyung esa oldindan tuzilgan rejaga ko‘ra, o‘z odamlari bilan maxsus yo‘lak orqali qochayotgan edi. Ular qorong‘u koridordan yugurib o‘tishar, atroflarida baqiriq-chaqiriqlar eshitilardi.

Dojin: Shoshiling! Bizda ko‘p vaqt yo‘q!

dedi Dojin oldinda chopayotgancha.
Teahyungning yuragi tez urardi. U ozodlikka shunchalik yaqin edi. Faqat bitta eshikni ochish qolgandi. Ammo.

Qattiq hushtak ovozi eshitildi va birdan qizil chiroqlar yonib ketdi. Signal berilgan edi. Soqchilar zudlik bilan harakatga tushishdi.

Tea: Yo‘q yo‘q!Faqat bu emas

deb tishlarini g‘ijirlatdi Teahyung.
Shu payt panjaralar ortidan avtomat qurolli maxsus bo‘linma yugurib keldi.

X: Yerga yot!

deb baqirdi ulardan biri.
Teahyung orqaga tisarildi ammo boshqa chiqish yo‘li yo‘q edi. U qo‘lidagi o‘tkir tig‘ bilan so‘nggi zarbaga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Lekin oldin hujum qilgan Jinwoo orqadan kelib uni qattiq yerga yiqitdi.

Jinwoon: O‘yinning oxiri, Kim Teahyung!

dedi u kinoya bilan.
Soqchilar yugurib kelib uni mahkam yerga bosishdi. Teahyung tipirchilardi ammo endi kech edi

Bir necha kun o‘tgach, Teahyungni maxsus harbiy konvoy olib ketayotgan edi. U sovuq temir kishanlar bilan mahkam bog‘langan, oyoqlari zanjirlangan edi. Oyna ortidan u tashqaridagi dunyoni so‘nggi marta tomosha qilayotgandek sezdi.

X: Endi sening hayoting shu yerdan uzoq davom etmaydi, Teahyung,

dedi soqchilardan biri unga yovuz jilmayib.

Mashina nihoyat o‘rmon ichidagi yovvoyi hududda joylashgan eng qat’iy rejimli

"Borsa Kelmas Qamoqxonasi"

oldida to‘xtadi. Bu joyga kirgan odam hech qachon qaytib chiqmasdi.
Panjaralar ortidan qorong‘i ko‘rinishdagi qamoqxona ko‘rindi. Devorlari baland, har joyda kuzatuv kameralari o‘rnatilgan edi. Bu yer nafaqat jinoyatchilar, balki hatto jamiyat ham unutgan odamlar uchun mo‘ljallangan edi.
Teahyungni zo‘rlik bilan sudrab tushirishdi. U orqaga qaramadi. U endi faqat bitta narsani bilar edi

Uning baxti o‘g‘irlangan, uning kuchi yo‘q qilingan edi. Endi u qamoqning qorong‘u zulmatida yo‘q bo‘lib ketishi kerak edi

Min honadoni

Eunhye tong saharda uyg‘onib yuragidagi og‘irlik bilan qo‘llarini qorniga qo‘ydi. Kechadan beri uning ichida g‘alati sezgilar bor edi. So‘nggi vaqtlarda tez-tez holsizlanishi, to‘satdan aynishi uni o‘ylantirib qo‘ygandi. Avvaliga haddan ortiq charchoq deb o‘yladi, lekin bu kun sayin kuchayib borardi.
Ko‘zguga qaradi – ko‘zlari ostida yengil ko‘karishlar yuzi biroz oqarib ketgandi. Ichida qandaydir xavotir bor edi.Shu payt hayoliga kelgan narsadan seskanib ketdi

Eunhye:Yo‘qbu shunchaki tasodif. Balki stressdan

Lekin o‘zini tinchlantirishga uringani bilan, ichidagi shubha uni qamrab oldi. Shu payt xonasining stolida turgan homiladorlik testi ko‘ziga tushdi. Uni kecha bir tanishi tavsiya qilgan edi.
Eunhye chuqur nafas olib, testni oldi. Vannaxonaga kirib, titroq qo‘llari bilan uni ishlatdi. Vaqt sekin o‘tayotgandek tuyuldi. Ko‘zlarini yumib, natijani kutdi.

"Ikki chiziq.."

Eunhye natijaga tikildi. Yuragi go‘yo to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Ikki chiziq aniq namoyon edi.
U shokka tushdi. Nafas olish qiyinlashdi. U endi onalik baxtini his qilishi kerak edi, lekin yuragida quvonch o‘rniga vahima paydo bo‘ldi.

Eunhye:Yo‘q... Bu mumkin emas! Men... homiladorman?

deb pichirladi u.

Xonaga sekin yurib, karavot chetiga o‘tirdi. Boshi g‘uvillab ketdi. Bir necha soniya hech narsani o‘ylay olmadi.

Pov Eunhye:Lekin... Bu bolaning otasi kim?

Eunhye asta qo‘llarini qorniga qo‘ydi. Uning ichida yangi hayot kurtak yoza boshlagan edi. Ammo uni qattiq tashvish bosdi. U faqatgina Suganing bolasi bo‘lishini istardi.

Pov Eunhye:Agar Teahyungdan bo‘lsa-chi?

Bu savol uni siqib qo‘ydi. U bu haqiqatni bilmasa bo‘lmasdi va shifoxonaga borishga qaror qildi

Eunhye shifoxona eshigi oldida bir necha daqiqa ikkilanib turdi. Ichkari kirishga jur’ati yetmayotgandek edi. Atrofda kasalxona hidini his qilarkan, yuragi tez urardi.
Nihoyat, ichkariga qadam qo‘ydi va qabulxonaga bordi.

Eunhye: Assalomu alaykum. Men tekshiruvdan o‘tishim kerak edi

Qabulxonadagi hamshira unga iloji boricha muloyim boqib qaradi.

X: Homiladorlik bo‘yicha tekshiruvmi?

Eunhye bosh irg‘adi. Uning ovozi titray boshladi

Eunhye: Ha Lekin. men DNK tekshiruvini ham xohlayman

Hamshira hayron bo‘lib, unga qaradi.

X:DNKmi? Bola otasini aniqlash uchunmi?

Eunhye ich-ichidan o‘zini aybdor sezib, boshini pastga tushirdi.

Eunhye: Ha... iltimos, natijalarni tezroq chiqara olasizmi?

Hamshira unga tushunish bilan bosh irg‘adi va hujjatlarni rasmiylashtirdi. So‘ng, tekshiruv jarayoni boshlandi. Eunhyega homiladorlikni tasdiqlovchi ultratovush tekshiruvi o‘tkazildi. Monitor ekranida kichik bir yurak urayotganini ko‘rganida, ko‘zlariga yosh keldi.

Pov Eunhye:Ichimda haqiqiy bir mo‘jiza o‘sayapti

Ammo DNK natijalari uning yuragini g‘ash qildi. Shifokor unga bir hafta ichida natijalar chiqishini aytdi.

Bir hafta kutish Eunhye uchun umrlik azobga aylandi. U kechalari uxlamay chiqdi, turli xil ehtimollarni o‘ylab siqildi.
Nihoyat, shifoxonadan qo‘ng‘iroq keldi. U natijalarni olish uchun yana shifoxonaga yo‘l oldi. Yuragi qinidan chiqqudek urayotgan edi.
Shifokor unga natijalar yozilgan konvertni uzatdi.

X: Siz bunga tayyormisiz?

Eunhye konvertga qaradi. Nafasini ichiga yutdi va qog‘ozni ochdi. Ko‘zlari natijalarga yugurdi

Kim Taehyung – 99.9% otalik ehtimoli.

Dunyo go‘yo bir lahzada ostin-ustun bo‘ldi. Ongida chaqaloqning otasi faqat Suga bo‘lishi kerak edi. Lekin haqiqat... haqiqat butunlay boshqacha edi.

Eunhye:yo‘q, yo‘q bu mumkin emas..."

deb pichirladi u.
Qo‘llari titray boshladi.

Pov Eunhye: Agar bu haqiqatni Sugaga aytsam u qanday munosabat bildirarki?Meni tashlab ketarmikn? Yoki bolaga nisbatan nafrat bilan qararmikn?

Eunhye:Men buni aytolmayman! Yo‘q! Bu sir mendan boshqa hech kim bilmaydigan haqiqat bo‘lib qoladi!

Eunhye tishlarini tishlariga bosdi va natijalarni qattiq siqib oldi. Uning endi bitta qarori bor edi.
Bu bola endi Suganikidir.
Hech kim, hatto Suga ham bu haqda haqiqatni bilmasligi kerak!

Eunhye shifoxonadan chiqib, ko‘chada biroz vaqt qotib turdi. Qo‘lidagi natijalar yozilgan konvert barmoqlarini qizdirardi, go‘yo u og‘ir yukni ko‘tarib turgandek edi.

Eunhye:Endi nima qilaman?

deb o‘yladi u yuragi tez urarkan.
Agar bu haqiqatni Sugaga aytsa, u qanday munosabatda bo‘lardi? Eunhye tasavvur ham qilolmasdi.

Eunhye: Yo‘q! Suga buni hech qachon bilmasligi kerak.

Lekin... U homilador ekanini baribir aytishi shart edi. Chunki endi bu sir uzoq yashirin qolmasdi.
Eunhye chuqur nafas olib, qo‘lidagi qog‘ozlarni mahkam ushlagancha yo‘lida davom etdi.

U uyga kelganida, Suga divanda o‘tirgancha telefoniga tikilib turardi. U Eunhyeni ko‘rib jilmaydi.

Suga: Qaerda eding? Bugun juda jiddiy ko‘rinyapsan

dedi Suga kulimsirab.

Eunhye ichidan qandaydir issiqlik his qildi. U hozir oldida turgan odamni chindan sevishini tushundi. Uning ko‘zlarida mehr bor edi. Agar u haqiqatni bilsa, u hammasini barbod qilarmikan?
U ichidan o‘zini ruhiy tayyorlab, sekin yoniga o‘tirdi

Eunhye: Suga Sizga gapim bor

Suga qoshlarini bir oz chimirib jiddiylashdi.

Suga: Eshitaman.

Eunhye ko‘zlarini pastga olib, kaftlarini bir-biriga ishqaladi. Yuragi go‘yo qafasga tushib qolgandek tez urardi. So‘zlarini og‘ziga olib kelib, chiqara olmasdi. Nihoyat, chuqur nafas olib, gap boshladi

Eunhye: Men homiladorman

Xona ichida og‘ir sukunat cho‘kdi.
Suga bir necha daqiqa hech nima demadi. Go‘yo aytilgan so‘zlarni hazm qilishga harakat qilayotgandek edi. So‘ng asta sekin jilmaydi.

Suga: Bu... Haqiqatmi?

dedi u ovozida hayajon bilan.
Eunhye bosh irg‘adi. Ko‘zlarida yosh chaqnadi.
Suga unga qarab bir lahza o‘ylanib turdi-da, keyin sekin qo‘llarini uning qo‘llari ustiga qo‘ydi. Uning kaftlari iliq edi.

Suga: Bu ajoyib yangilik, Eunhye!

dedi u nihoyat. Uning ovozi chin yurakdan chiqqandi.

Suga: Men otaman bo‘lyapmanmi?

Eunhye shokka tushdi. U kutganidan butunlay boshqa reaksiya edi. Suga yuzida sof baxt ko‘rinardi.

Pov Eunhye:Uning ko‘zlaridagi bu baxtni yo‘q qilishga haqqim yo‘q.

Shu sabab u eng katta yolg‘onini aytdi.

Eunhye: Ha Suga Bu sening bolang bizning jaji farishtamiz

Suga unga mahkam quchoq ochdi.

Suga: Eunhye men seni va farzandimizni hech qachon tashlab ketmayman! Biz eng baxtli oila bo‘lamiz!

Eunhye ko‘zlarini yumdi. Yuragidagi aybdorlik og‘ir toshdek ustiga bosilib borardi. U yolg‘on gapirdi.
Lekin...
Bu yolg‘on oilasini saqlab qolish uchun edi.

Suga Eunhyeni quchoqlab turarkan, uning yuragi hayajondan tez urardi. Bu xabar uni chin dildan baxtli qilgandi. U hayotida ilk bor bu qadar mas'uliyatni his qilayotgandi – endi u nafaqat sevgan insonining, balki farzandining ham himoyachisi edi.

Suga: Bu menga berilgan eng katta sovg‘a, Eunhye!

dedi u qo‘llarini uning yelkalariga qo‘yib.

Suga: Men seni va bolamizni hayotim bilan himoya qilaman!

Eunhye jilmayishga majbur bo‘ldi, lekin ichida o‘zini aybdor his qilardi. Uning yuragida ikki xil tuyg‘u bor edi baxt va qo‘rquv.

Suga yana gapida davom etdi

Suga: Endi sen oğir ishlar haqida o‘ylama, o‘zingni ehtiyot qil, men hamma narsani o‘zim hal qilaman.

Eunhye bosh irg‘adi.

Eunhye: Rahmat, Suga

U gapira turib, ko‘zlarini yashirishga harakat qildi. Chunki ichida bir tuyg‘u uni ezardi

yolg‘on!

Ular kechki ovqatni jimlikda yedilar. Suga har doimgidan ko‘ra mehribonroq edi. U Eunhyeni har tomonlama ehtiyot qilardi, hatto unga ovqatni o‘zi tortib berdi.

Suga: Endi sening faqat tinch va xotirjam yashashing kerak. Hamma narsani unut. Bizning baxtimizni hech kim buzolmaydi.

Bu so‘zlar Eunhyeni ich-ichidan larzaga soldi.

Pov Eunhye: Haqiqatni bilsa, Suga yana shu so‘zlarni aytarmikin?

Tunda Eunhye uzoq vaqt uxlay olmadi. Uning fikrlaridan Teahyung ketmasdi. Uning bolasi ichida o‘sayotgani haqiqat edi. Ammo Suga bu bolani o‘zinikidek qabul qilmoqda edi.

Pov Eunhye:Bu yolg‘on bilan qancha yashay olaman?

Ammo u haqiqatni ayta olmasdi. Endi juda kech.

Eunhye qo‘lini qorniga qo‘ydi.

Suga: Seni hamma narsadan himoya qilaman

deb shivirladi u.

U kimga gapirayotganini o‘zi ham tushunmadi – farzandigami yoki o‘ziga.

Seclusion
13_qism

The end

Stars fikr va reakni unutmang please bu juda muhim