Seclusion 11_qism🫦
Eunhye ortga oʻgirilib mamnuniyat bilan unga qarab turgan Sugani koʻrdi.
Suga:Senga qoyil qolmay ilojim yoʻq.Mafia boshiliğini qamoqa tiqish bu odiy odamlar qila oladigan ish emas
Suganing oxangida Eunhyega boʻlgan faxr ufurib turardi.
Eunhye:Hech kimda umid qilishni va kimdir kelib seni qutqarishiga umid qilish yashashni foydasi yoʻq ekan.Bunda faqat insoni oʻzi zarar olarkan kunda kunga azobga ğarq boʻlarkana
Eunhye oʻtgan azobli kunlarini uni kimdir kelib qutqarishiga unga yordam berishiga umid qilib yashagan kunlarini esladi
Suga:Yaxshi endi birga birlashishimiz kerak Teahyung qamoqda bir umir indamay qoladigan odam emas!Birga boʻlsak ikkimizdan ham yaxshi rejalar chiqadi agar bunga rozi boʻlsang
Eunhye ikkilanish bilan biroz muddat Sugaga qarab turdi
Eunhye:Yaxshi agar menga yordam bera olsangiz va yarim yoʻlda tashlab ketmasangiz men siz bilan birgaman!
Suga Eunhyeni gapidan mamnun jilmaydi
Suga:Yaxshi endi nima qilishimiz toʻğrisida gaplashib olaylik
Oradan 1 hafta oʻtdi Eunhye va Suga birgalikda Teahyung uchun qarshi ishlaydigan hamma narsani yeğishdi.Kechki payt Kim qoʻrğoni
Suga va Eunhye ertaga sud jarayonida Teahyung qarshisida sudiyaga nimala deyishligini gaplashib oʻtirishardi.
Suga:Eunhye senga bir savolim bor
ikkilanish bilan Eunhyega yuzlandi
Eunhye:qanday savol bemalol aytavering
Suga:Oʻtkan narsalarni eslatib senga yarangni yangilamoqchi emasman ammo ertaga bu narsa suda senga qarshi ishlashi mumkin.
sekinlik bilan Eunhyega bir chekadan tushuntirshga harakat qilib gapirdi
Suga:Teahyungni koʻrsang qaltirab oʻzingni yoʻqotib qoʻyasan stressga tushib qolganingni koʻp koʻrganman agar ertaga ham uni koʻrganingda qoʻrqib stressga tushib qolsang seni ruhiy hasta deb ayblovni olib tashlashligi mumkin va seni tergovga olib ketishadi shu sabab u bilan yuzma yuz kelishga tayyormisan?
Eunhye Sugani gapidan soʻng oʻylanib qoldi
Eunhye:Yoʻq aslo bunday boʻlmaydi ortiq undan qoʻrqmayman agar qoʻrqganimda bu ishni qilmagan boʻlardim.Faqat siz meni oldimda tursangiz boʻldi
Eunhye ichidagi barcha qatiyat bilan Sugaga tikildi
Suga:Yaxshi men senga ishonaman Eunhye
Eunhye bilan Suga sud zali tomon
birga kirib kelishardi.Sud zaliga kirishganda hali sud boshlamagandi
Ular oʻzlariga tegishli boʻlgan joyga oʻtirishdi Eunhye asabilishib qoʻllari qaltirayotganini kuzatb turgan Suga sekin qoʻlini Eunhyening qoʻllari ustiga qoʻydi.Eunhye Sugaga savol nazari bilan qarad
Shu payt baland ovizda bayonot yozuvchining ovozi yangradi
X:Oʻrningizdan turing sud kelyapti
Sud zalidagi hamma oʻrnidan turdi Zalga sudiya va uning ortidan Teahyung kirib kelayotganini koʻrganda Eunhyening yuragi otilib chiqib ketgudek boʻlib urdi.
Sudya:Hamma oʻz joyiga oʻtrisin ruxsat
Hamma yana oʻz joyini egaladi.Teahyungning nigoh esa alam ğazab va nafrat bilan Eunhyega tikilgandi
Sud zalida ogʻir sukunat hukm surardi. Hamma joyini jiddiylik egallagan, har kim harakat qilib bo‘lsa ham o‘z pozitsiyasini himoya qilishga tayyor edi. Eunhye va Suga oldingi qatorda o‘tirar, Kim Taehyung esa advokati bilan yonma-yon, ko‘ngli to‘q holda joylashgandi. Uning yuzi hotirjam koʻrinsa-da, koʻzlarida g‘azab va nafrat chaqnardi.
Sudya stolga yengil zarb berib, ovozini balandlatdi
Sud jarayonini boshlaymiz! Ayblanuvchi Kim Taehyung, sizga jinoiy tashkilotga boshchilik qilish noqonuniy faoliyat yuritish va qotilliklarga aloqadorlik bo‘yicha ayblov e’lon qilinmoqda. Prokuror ayblov xulosasi bilan tanishtiring.
Prokuror o‘rnidan turdi va qat’iy ohangda gapira boshladi
P: Hurmatli sudya bizda Kim Taehyungning noqonuniy ishlariga doir aniq dalillar mavjud. U uzoq yillar davomida jinoiy guruhni boshqargan pul giyohvandlik savdosi bilan shugʻullangan hatto bir nechta odam oʻlimiga sababchi boʻlgan. Guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra u o‘z maqsadlari yo‘lida hech narsadan tap tortmagan!
Zalda shov-shuv boshlandi. Shu payt Taehyungning advokati shoshilmay o‘rnidan turdi.
T/P: Hurmatli sudya Mening mijozimga qo‘yilgan ayblovlar asossiz. Prokurorning so‘zlari shunchaki taxminlardan iborat. Biz hozircha hech qanday aniq dalillarni ko‘rganimiz yo‘q. Bundan tashqari guvohlik berayotgan shaxslarning ayblanuvchiga shaxsiy adovati bo‘lishi mumkin.
Sudya bosh irg‘ab, advokatga davom etishni buyurdi.
T/p: Birinchidan guvohlardan biri Eunhye ilgari Kim Taehyung bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. U mazkur tashkilot ichida uzoq vaqt qolgan va guruh faoliyatidan bexabar bo‘lishi mumkin emas edi. Shunday ekan u qanchalik ishonchli guvoh ekanligi savol ostida
Eunhye jahldan mushtini mahkam siqdi. Advokat gapni chiroyli aylantirayotgan bo‘lsa-da haqiqatni yashira olmasdi.
T/p: Shuningdek Eunhye jinoyatchilar bilan oldin hamkorlik qilgani sabab, u ham sudga tortilishi kerak. Axir, agar u bu ishlarni oldindan bilgan bo‘lsa-yu, indamay kelgan bo‘lsa demak
u ham bu jinoyatlarga sherik!
Zalda yana shov-shuv boshlandi. Eunhye ichida gʻazab va umidsizlik his qildi. U suddan adolat kutgandi, lekin bu yerda unga ham ayb yuklashmoqchi edi.
Sudiya: Prokuror guvohlarning ko‘rsatmalaridan tashqari yana qanday dalillaringiz bor?
Prokuror qo‘lidagi hujjatni ko‘tarib qat’iy ohangda soʻz boshladi
P: Bizda ayblanuvchining noqonuniy ishlari haqida aniq dalillar mavjud. Mana bu joyda noqonuniy mablag‘larning Taehyungning hisob raqamlariga o‘tkazilganini ko‘rsatadigan hujjatlar bor. Bundan tashqari uning noqonuniy faoliyatga rahbarlik qilganiga oid bir necha audio yozuvlar ham bor
Zalda yana shov-shuv boshlandi. Taehyung nigohini yerga qaratdi. Uning yuzidagi beparvolik o‘rnini jiddiylik egalladi.
Shu payt Suga oldinga chiqdi va soʻz oldi
Suga: Hurmatli sudya men ham ushbu jinoyatlarning guvohiman. Men va Eunhye Kim Taehyungning qonunbuzarliklarini fosh qilish uchun ko'p mehnat qildik. U hech kimni ayamasdi o‘z maqsadlari yo‘lida hatto yaqinlarini ham qurbon qilishga tayyor edi. Biz adolat qaror topishini istaymiz!
Sudya bir muddat sukut saqladi, soʻng ohangdor ovozda e’lon qildi
Sudiya: Sud masalani muhokama qilish uchun tanaffus oladi. Hakamlar hayati bu dalillarni chuqur ko‘rib chiqadi va yakuniy qaror qabul qiladi.
Zalda yana shov-shuv boshlandi. Taehyungning tarafdorlari uning oqlanishiga ishonardi Eunhye va Suga esa adolat qaror topishini kutardi. Endi hamma narsani faqat sudning yakuniy qarori hal qilardi
Sud zalidagi shovqin bosilgach hamma hay’at qarorini kutib sukunatga cho‘mdi. Eunhye va Suga bir-biriga qarab oldi. Taehyung esa hamon beparvo koʻringan boʻlsa-da ichida qandaydir xavotir sezilayotgani sezilib turardi. Nihoyat, sudya qarorni e’lon qilish uchun stolga yengil zarb berdi.
Sudiya: Hakamlar hayati barcha dalillarni ko‘rib chiqdi va quyidagi xulosaga keldi.
Sudiya: Ayblanuvchi Kim Taehyungning jinoiy faoliyatga rahbarlik qilgani noqonuniy moliyaviy operatsiyalar olib borganini tasdiqlovchi dalillar yetarli deb topildi. Ammo
Sud zalida yana shovqin boshlandi.
"Ammo" degan soʻz hammani sergaklantirdi.
Sudiya: Ammo guvohlarning ba’zi ko‘rsatmalarida nomuvofiqliklar borligi sababli ayrim ayblovlar bo‘yicha yakuniy qaror keyingi bosqichda ko‘rib chiqiladi. Shunga qaramay asosiy ayblovlar tasdiqlanganligi uchun ayblanuvchi jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan o‘n besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etilsin!
Zalda ba’zi odamlar norozilik bildirib norozi shivirlashdi ba’zilari esa adolat qaror topganidan mamnun edi. Eunhye ichidan yengil nafas oldi ammo yuragida qandaydir og‘riq bor edi. Taehyung o‘lim jazosiga emas shunchaki qamoq muddatiga hukm qilindi.
Taehyung qattiq kuldi va nigohini Eunhyega qaratdi
Teahyunf: Sen menda shu 15yil mudat bemalol halos boʻlib yashay olamand deb oʻylayapsanmi?
dedi u past ammo sovuq ohangda.
Tea: Yoʻq Eunhye bu hali tugamadi!
Eunhye uning ko‘zlariga qaradi. Oldingidek qo‘rquv yo‘q edi faqat qat’iyat.
Eunhye:Men g‘alaba qozonish uchun emas, adolat uchun kurashdim Taehyung. Sen nima desang ham endi bu o‘zgarishsiz qoladi.
Sud qo‘riqchilari Taehyungni olib ketish uchun yaqinlashdi. U hech qanday qarshilik ko‘rsatmasdan yurdi ammo uning yuzida g‘alati kulgi aks etib turardi. Bu tabassum sirli edi go‘yo u rejalari tugamaganini bildirayotgandek
Eunhye ko‘zlarini yumibnchuqur nafas oldi. Nihoyat hammasi tugadi.
Suga yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
Suga:Buni udalading Eunhye. Endi hayotingni yangidan boshlashing mumkin.
Eunhye: Ha Lekin men hali ham ehtiyot bo‘lishim kerak. Chunki men bilaman Taehyung bunday osongina taslim bo‘lmaydi
Eunhye va Suga sud binosidan chiqib yo‘l bo‘ylab jim yurishardi. Havo biroz sovuq edi ammo shahar chiroqlari hamma yoqni yorug‘ qilib turardi. Hamma narsa orqada qolgandek tuyulardi – og‘ir kunlar xavf-xatar qo‘rquv Lekin baribir yurakning ichida qandaydir bo‘shliq bor edi.
Eunhye shunchaki yo‘lga tikilib borarkan Suga uning yonida biroz ikkilangancha yurdi. U xuddi nimanidir aytmoqchi bo‘layotgandek lekin o‘ziga kelish uchun vaqt olayotgandek edi. Nihoyat u chuqur nafas olib past ovozda gap boshladi
Suga: Eunhye, senga bir gap aytishim kerak
Eunhye uning ovozidagi jiddiylikni sezib unga yuzlandi.
Suga to‘xtadi. U endi orqaga yo‘l yo‘qligini bilardi. Ichidan bor kuchini yig‘ib yuziga ishonchli tabassum chiqarib so‘zladi
Suga: Endi azobli kunlaring ortda qoldi. Sen yana baxtli bo‘lishga haqqing bor. Shu sabab…
U cho‘ntagidan kichkina qutini chiqardi va uni ochdi. Ichida nozik va chiroyli uzuk porlab turardi.
Suga: Menga turmushga chiq. Men seni albatta baxtli qilaman. Birga hamma narsani yengamiz.
Eunhye hayratdan ko‘zlarini katta ochdi. Yuragi tez urardi. Bunga tayyor emas edi… Lekin bir paytlar orzu qilgan tinch va baxtli hayotga bir qadam qolgandi.
Suga: Va boshida senga yomonlik qilmoqchi bo‘lganim uchun meni kechir. O‘shanda seni oʻzimniki qilish niyati meni koʻzlarimni koʻr qilgandi Ammo endi bitta narsaga ishonaman men seni albatt baxtli qilaman
Eunhye unga uzoq tikilib qoldi. Ko‘zlari yoshga to‘lib lablari titray boshladi. U umri davomida hech kim unga bunday so‘zlarni aytmagan edi Shu payt yuragining tub-tubidan ovoz keldi
"Seni hech qachon tashlab ketmaydigan odam va senga hech qachon zulim koʻrsatib azob bermaydigan inson shu boʻlsa kerak…"
Eunhye chuqur nafas olib, jilmaydi.
Eunhye: Suga… bu…
Uning ko‘zlari quvonch va hayratga to‘lib turardi. Endi u qanday javob berishini o‘zi ham bilmasdi…
Eunhye qoʻlidagi uzukka uzoq tikilib qoldi. Yuragi tez urardi. Hamma narsa bir lahzada oʻzgarib ketgandek, qanchadan-qancha azobli xotiralar ortda qolgandek tuyuldi. Lekin shubhalar hali ham uni tark etmagandi.
Suga esa javobni kutib, uning ko‘zlariga tikildi. Ilk bor hayajonlanayotganini sezdi. Odatda hamma narsani o‘ylab, rejalashtirib ish qilardi, lekin hozirgi daqiqada faqat yuragi bilan harakat qilayotgan edi.
Eunhye yengil xo‘rsindi va sekinlik bilan so‘z boshladi
Eunhye: Suga bu juda kutilmagan taklif Men shunchaki hali tayyor emasman deb o‘ylayman.
Suga boshini egib jilmaydi ammo ko‘zlarida yengil xafalik zohir bo‘ldi
Suga: Men tushunaman. Hamma narsani birdaniga unutish qiyin Lekin men senga vadamni beraman. Qachon tayyor bo‘lsang ham men shu yerda bo‘laman. Seni kutaman.
Eunhye unga minnatdorlik bilan qaradi. Shu payt shahar chiroqlari ostida yengil shamol esdi. Hammasi tugadi deb o‘ylagan inson uchun bu hali boshlanishi edi
Suga yana davom etdi
Suga: Hozir esa seni bir joyga olib boraman. Faqat ishon, bu safar men seni aldamayman
Eunhye yuragida shubhalar bilan
ammo birinchi marta o‘zini yengil his qilib, bosh irg‘adi.
Suga: Men bilan yur ko‘rasan
Ular birga yo‘lni davom ettirishdi. Endi hayotda yangi sahifa ochilayotgan edi
Final yaqin stars Aktiv boʻling va reak bosniwni esdan ciqarmang cunki bu men ucun juda katta hursandclik va muvafaqiyat mutola ucun rahmat