Seclusion 12_qism🫦
Suga mashinasining eshigini ochib, Eunhyega muloyimlik bilan imo qildi
Suga:Yuraqol seni ajoyib joyga olib boraman.
Eunhye bir lahza ikkilanib turdi keyin asta mashinaga oʻtirdi. Suga ham oʻrnashib oldi va dvigatelni ishga tushirdi. Tungi shahar chiroqlari mashina oynasida aks etardi. Yoʻl bo‘ylab jim ketishdi.
Eunhye hayajon bilan unga qaradi
Suga jilmayib, yoniga qarab qo‘ydi
Suga: Bir vaqtlar men juda koʻp boradigan joyimga
Eunhye uning yuzidan qandaydir g‘alati sokinlikni sezdi. Suga hamon sir saqlayotgandek edi ammo bu safar bu sir xavfli emas balki yoqimli narsa bo‘lishiga ishonardi.
Shahar chegarasidan chiqishgach mashina kichik tog‘ yo‘liga burildi. Oradan biroz vaqt o‘tib ular kichik bir qishloqqa yaqinlashishdi. Atrof jimjit faqat tungi yulduzlar osmonda porlardi. Suga mashinani kichik daraxtzor yonida to‘xtatdi.
dedi u sekin.
Eunhye mashinadan tushib atrofga qaradi. Havoda mayin bahor hidi ufurib turardi. Uning yuragi yana tez urishni boshladi. Suga unga yaqinlashib past ovozda so‘zladi
Suga: Bu yer mening bolaligim oʻtgan joy. Shu yerda eng baxtli lahzalarimni o‘tkazganman… va endi seni ham shu yerga olib kelishni xohladim
Eunhye hayratlanib unga tikildi
Eunhye: Juda chiroyli joylar ekan Teahyung ham bu yerni bilarmidi?
Suga: Ha faqat u bilardi hozir yodidan koʻtarilib ketgan boʻlishi kerak chunki koʻp yillardan beri u bilan bu yerga kelmaymiz
dedi Suga jilmayib.
U daraxtlar orasidan yurib kichik bir tepalikka chiqdi. U yerdan butun qishloqning chiroqlari ko‘rinib turardi. Eunhye ham orqasidan yurdi. Suga bir oz sukut saqladi keyin sekin gap boshladi
Suga: Men anchadan beri nimanidir tushundim. Avvalari hamma narsani o‘zim hal qilishga o‘rganib qolganman. Lekin sen paydo bo‘lganingdan beri… hayotim o‘zgardi.
Eunhye hayajon bilan unga qaradi.
Suga yengil xo‘rsinib, so‘zlarini davom ettirdi
Suga: Men seni oldindan tanimaganman, lekin seni uchratganim hayotimdagi eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Men senga ishonaman, Eunhye. Va agar sen tayyor bo‘lsang… men ham seni baxtli qilishga tayyorman.
Eunhye ko‘zlarini yumdi. Bu so‘zlar uning yuragiga chuqur o‘rnashdi. Uning qalbidagi qo‘rquv asta-sekin erib borayotgandi.
U sekin qo‘lini Suganing qo‘llari ustiga qo‘ydi va past ovozda pichirladi
Eunhye: Balki men ham baxtli bo‘lishdan qo‘rqmasligim kerakdir
Suga: Seni baxtli qilish mening yagona maqsadim.
Ular uzoq vaqt jim turishdi. Atrofda faqat tungi shabada esardi.
Eunhye va Suga tepalikda jim turishardi. Atrofni mayin shabada egallagan osmondagi yulduzlar esa yerga o‘z nurini sochardi. Bu sukunat og‘ir emasdi aksincha yurakni tinchlantiradigan iliq bir lahza edi.
Eunhye asta Suga tomonga qaradi
Eunhye: Suga men sening hayotingda qanchalik muhim ekanligimni bilmayman lekin bilganim bitta narsa men hali ham o‘tmish asoratlaridan to‘liq xalos bo‘lganim yo‘q.
Suga uning ko‘zlariga tikilib, jilmaydi.
Suga: Eunhye hali seni shu darjada baxtli qilamanki bularning hamasini yodingdan chiqib ketadi
Eunhye chuqur nafas oldi. U yuragining tub-tubida shuni his qilardiki Suga uni hech qachon yolg‘iz qoldirmaydi. Uning ishonchi sabr-toqati va mehribonligi uni qayta yashashga undayotgandi.
dedi u mayin jilmayib.
Suga bir muddat jim turdi so‘ng yana cho‘ntagidan avvalroq chiqargan uzuk solingan qutichani ochdi. Oy yorug‘ida uzukning nozik chirog‘i yanada porlab ko‘rindi.
Suga: Men seni shoshiltirmayman. Lekin shuni bil qachon tayyor bo‘lsang ham men shu yerda bo‘laman.
Eunhye unga uzoq tikilib turdi. Yuragida issiq bir tuyg‘u paydo bo‘ldi. Bu baxt edi. Balki hayot unga yana imkoniyat bergandir?
U yengil kulib qo‘lini uzatdi va qutichadagi uzukni oldi. Uni qo‘liga taqib Suga tomonga qaradi.
Eunhye: Men baxtni his qilib koʻrmoqchiman Suga… agar chindan ham aytganingdek bo‘lsa, balki men ham senga ishonishim mumkin…
Suga uning qo‘lini ohista siqib jilmaydi.
Eunhye ham jilmayib, bosh chayqadi
dedi Suga.
Ular yana jim turishdi. Endi bu sukunatda ishonch bor edi. Bir-biriga ishonch, kelajakka ishonch, yangi hayotga ishonch…
Ularning orqasida esa yulduzlar porlab turardi
Shahar bayram shukuhiga burkangan. Osmonni bezab turgan chiroqlar yo‘llar chetida turgan mayin gulchambarlar har tarafdan taralayotgan quvonchli kulgular bularning bari bugun bo‘lib o‘tadigan muhim voqea uchun tayyorlangandi. Bugun Suga va Eunhyening to‘yi edi.
Katta bog‘ ichida daraxt shoxlariga osilgan mayin chiroqlar ostida ochiq osmon to‘yi tashkil qilingandi. Atrof oq va oltin rangdagi gullar bilan bezatilgan mehmonlar esa mamnuniyat bilan o‘z o‘rinlarini egallashardi.
Suga allaqachon marosim o‘tayotgan joyda mehmonlar oldida turardi. Uning egnida nafis qora kostyum bo‘lib yuzidagi tabassum hayajon bilan aralashib ketgandi. U tez-tez chuqur nafas olib, to‘y marosimi boshlanishini kutardi.
Nihoyat mayin musiqa ostida kelin yo‘lagi bo‘ylab qadam tashlayotgan kelinchak ko‘rindi. Eunhye oq, nafis va yengil libosda porlab turardi. Unga yo‘l bo‘ylab pastga tushayotgan atirgul barglari yengil esayotgan shabadada raqsga tushayotgandek tuyulardi.
Eunhye yuragi tez urayotganini his qilardi. U yo‘lak bo‘ylab borarkan, barcha nigohlar unda edi, ammo u faqat bitta inson – Suga tomonga qarab borardi. Uning ko‘zlaridagi mehr ishonch va quvonch bu lahzani unutilmas qilardi.
Nihoyat u Suga qarshisiga kelib to‘xtadi. Bir necha soniya ular bir-birlariga tikilib turishdi. So‘ng to‘y marosimi boshlovchisi ovozini yangradi.
Ruxoniy:Sizlar bugun sevgi ishonch va sadoqat bilan yangi hayot yo‘lingizni boshlash uchun shu yerga keldingiz.
.
Eunhye va Suga bir-birlariga jilmayib qarashdi. Bu so‘zlar ularning yuragidagi hamma narsani aks ettirayotgandek edi.
Ruxoniy: Min Yoongi (Suga) siz Eunhyeni umr yo‘ldoshi sifatida qabul qilib unga sadoqat bilan, mehr va e’tibor bilan yashashga va’da berasizmi?
Suga jilmayib, uning ko‘zlariga tikildi va ohista so‘zladi
Ruxoniy: Eunhye siz Min Yoongini umr yo‘ldoshi sifatida qabul qilib unga sadoqat bilan mehr va e’tibor bilan yashashga va’da berasizmi?
Eunhye beixtiyor tabassum qilib Suganing qo‘lini siqdi.
Keyin Suga cho‘ntagidan bitta nozik chiroyli uzuk chiqardi va Eunhyening barmog‘iga taqdi. Eunhye ham xuddi shunday uzukni Suganing barmog‘iga kiygizdi.
Ruxoniy: Endi siz er-xotinsiz!
Hamma gulduros qarsak chaldi. Suga va Eunhye bir-birlariga quvonch bilan boqishdi. Nihoyat bu daqiqani uzoq kutishgandi. Suga asta-sekin egilib Eunhyeni quchoqlab lablaridan ohista o‘pdi. Bu quvonch hurmat va muhabbatning g‘alabasi edi.
Mehmonlar olqishlar bilan ularni tabriklashdi. Atrofga atirgul barglari sochildi osmonda esa mayda chiroqlar charaqlab, go‘yo ushbu muhabbat bayramini nishonlayotgandek edi.
Qamoqxona devorlarining sovuq va qattiq silliqligi go‘yo Teahyungning yuragiga o‘yib yozilgandek edi. U qorong‘i chang bosgan kamerasida devorga suyangan holda o‘tirardi. Yagona yorug‘lik manbai yuqoridagi kichik panjara orqali tushayotgan xira nurlar edi.
Bugun uning oldiga o‘z odamlari kelgan edi. Ular shivir-shivir qilib qamoqxonaga yashirincha olib kirgan yangiliklarini yetkazishgan.
X: Suga bilan Eunhye turmush qurishyapti
Bu gapni eshitgan zahoti Teahyungning yuzidagi befarq ifoda yo‘qoldi. Ko‘zlari ichida alangalar o‘ynadi. Nafrat va g‘azab to‘lqini uni to‘liq egalladi. Uning mushtlari qattiq tugildi, nafas olishi tezlashdi.
uning ovozi past, ammo hayotidagi eng sovuq va tahdidli ohangda edi.
Odami undan bir qadam ortga tisarildi.
X: to‘y bo‘lib o‘tgan Ular endi rasmiy er-xotin
Teahyung tishlarini g‘ijirlatdi. Devorni mushtlari bilan urib yubordi. Ovozi butun kameraga aks sado berdi.
Eunhye:Lanati Suga hammasiga javob beradi oʻzim oʻldiraman uni!
Uning nafrati ortib borardi. O‘zining mag‘lubiyatini qabul qila olmasdi. Suga uni yo‘q qilish kerak edi! Lekin hozir u temir panjaralar ortida edi. Bu ojizlik hissi uni yanada g‘azablantirardi.
U birdan eshik oldiga borib qattiq tepib yubordi.
Tea: Meni bu yerdan chiqishim kerak
Tashqaridan soqchi kelib panjaralar ortidan unga qahr bilan tikildi.
X:Tinchlaning janob bu yerda siz oʻz mavqeyingizga ega emasiz.Qisqaroq qilib aytganda hech kim emasiz
Teahyung esa kulib yubordi ammo bu kulgi ruhiy tushkunlik aralash, telbalarcha edi.
Tea: Hech kim? Meni hech kim deb o‘ylaysanmi?! Bu yerda hukmronlik kimga tegishli ekanligini hali bilib olasan!
Teahyung bo‘sh keladigan odam emasdi. U qamoqxona ichida ham ta’sir kuchiga ega bo‘lishi kerakligini bilardi. Shu sabab u zo‘ravonlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga harakat qilardi.
Kechqurun u yotog‘ida yotganida, kamera eshigi ochildi. Ichkariga boshqa bir mahbus, gavdali, qo‘llarida tatuirovkalari bor yovvoyi ko‘rinishli odam kirdi. Bu qamoqxonadagi eng xavfli mahbuslardan biri
“Ko‘k Ajdar” laqabli Jinwoo edi.
Jinwoo Teahyungga qarab yovuz jilmaydi.
Jinwoo: Eshitishimcha sen juda baxtsiz ekansan Xo‘sh endi sen bu yerda kimligingni isbotlashing kerak.
Teahyung yostiq ostidan temir qoshiqdan yasalgan o‘tkir uchli
qurolni oldi va sekin turdi. Uning yuzida hech qanday qo‘rquv yo‘q edi
Tea: Men allaqachon kim ekanligimni isbotlaganman. Senga ham ko‘rsatishim mumkin
Qamoqxonaning qorong‘u, yovuz olamida yangi jang boshlanishi tayin edi
Jinwoo: Sen kim ekanligingni isbotlamoqchimisan? Yaxshi ko‘ramiz!
deb u g‘azab bilan so‘zladi va tezlik bilan Teahyung tomon zarba berdi.
Teahyung chaqqonlik bilan orqaga tisarilib, qoshiqdan yasalgan o‘tkir tig‘ bilan unga javob qaytardi. Jinwoo biroz orqaga chekinib, lablarini yaladi.
Jinwoo: Juda tez harakat qilasan Teahyung. Lekin bu yerda faqat tezlik yetarli emas!
Shu payt eshik oldida turgan boshqa mahbuslar atrofni o‘rab olishdi. Ular jim qarab turishardi bu qamoqxonaning qonuni edi. Kim kuchli bo‘lsa, u hukmronlik qilardi. Teahyung bu qoidani yaxshi bilardi va u hozir mag‘lub bo‘lishga tayyor emas edi.
Jinwoo yana hujum qildi. Uning mushti Teahyungning qovurg‘asiga tegdi, lekin Teahyung og‘riqqa e’tibor bermay, tig‘ bilan uning qo‘liga kesik yetkazdi. Jinwoo g‘azab bilan o‘z joyida qotib qoldi.
deb tishlarini g‘ijirlatdi Jinwoo.
Ammo Teahyung unga qiziqarli nigoh bilan tikilib turardi. U nafrat bilan emas, sovuq aql bilan harakat qilayotgan edi. U bu yerda omon qolish uchun faqat kuch emas, balki o‘z aqlliligidan ham foydalanishi kerakligini tushunardi.
Jinwoo yana oldinga intildi, lekin shu payt tashqaridan qattiq hushtak ovozi eshitildi. Soqchilar yugurib kelayotgan edi.
Qoʻrqichilar: Hammasi joyiga qaytsin!
qichqirdi ulardan biri.
Jinwoo Teahyungga so‘nggi marta nafrat bilan tikildi va panjalari bilan bo‘ynini kesish ishorasini qilib orqaga chekinib ketdi.
Teahyung esa chuqur nafas olib, o‘z joyiga qaytdi. U bugun yutqazmagan edi. Bu qamoqxona ham u kabi qoidalarsiz edi va u bu yerda ham o‘z hukmini o‘rnatishi kerak edi.
U devorga suyanib, boshini orqaga tashladi. Yuragi hanuz tez urardi, ammo miyasi faqat bitta narsa
Tea: Men hali bu o‘yinni tugatganim yo‘q
pichirladi u.
Qamoqxonaning qorong‘u devorlari uning so‘zlarini ichiga yutdi
Teahyung kameraga qaytib kelgach bir necha daqiqa hech kim hech narsa demadi. Atrof faqat sokinlik va uzoqdan eshitilayotgan qamoqxona tovushlariga to‘la edi. Ammo bu tinchlik vaqtincha edi bu joyda hamma doimo nimanidir kutardi
Jinwoo va uning odamlarining yutqazganligi tez orada qamoqxona bo‘ylab tarqaldi. Teahyung bo‘lsa go‘yo hech narsa bo‘lmagandek, o‘z yotog‘iga cho‘zildi. Lekin uning ichida olov yonardi. U bu joyni vaqtinchalik panjara deb emas, balki o‘z hukmronligi uchun maydon sifatida ko‘rardi.
Oradan bir necha kun o‘tgach qamoqxonada yangi tartib o‘rnatildi. Jinwoo va uning odamlari ortga chekinishga majbur bo‘ldi. Teahyung endi yolg‘iz emasdi. U atrofga o‘zining odamlarini to‘pladi – kuchli, ishonchli va unga itoat qiladigan mahbuslar.
Har bir qamoqxonada hukmronlik qiladigan guruh bo‘ladi, va endi Teahyung bu taxtni egallagandi. Uning oldiga kelgan mahbuslar unga qasamyod qilib, unga xizmat qilishlarini bildirishardi.
Sen bizga buyruq ber, Kim Teahyung, va biz uni bajarishga tayyormiz!
Teahyung yengil jilmaydi. U endi faqat bu yerda omon qolish haqida emas balki qasos olish haqida o‘ylardi.
Tea: Menga ichkaridagi barcha xabarlar kerak. Qachon meni bu yerdan olib chiqishlari mumkinligini bilishim kerak. Va eng muhimi
u to‘xtadi va ko‘zlarida sovuq nafrat balqidi.
Tea: Menga Suga va Eunhye haqida har qanday ma’lumot kerak!
Odamlar bosh irg‘ab, darhol harakat qilishga tushishdi. Endi Teahyung uchun vaqt kelgandi. U faqat kutardi o‘z soati kelishini kutardi
Teahyung qamoqxonada hukmronlik qilar ammo uning yuragi qasos istardi. U shu yerda bo‘lishi mumkin lekin uning ruhi allaqachon panjaralar ortida
Tea:Bu hali tugaganicha yo‘q, Suga... Men qaytaman. Va bu safar hech kim qochib qutulolmaydi.
U qamoqxonadagi qorong‘u burchakka tikildi, go‘yo kelajakni ko‘rayotgandek.
Oradan haftalar o‘tdi. Teahyung qamoqxonadagi eng qudratli odamga aylandi. Endi unga hurmat bilan emas qo‘rquv bilan qarashardi. Hatto soqchilar ham u bilan ehtiyotkorona muomala qilardi. U esa vaqt kelishini sabr bilan kutardi.
Bir kuni kechasi uning oldiga eng ishonchli odami Dojin keldi. U sekin Teahyung tomon engashdi va shivirlagancha gapirdi
Dojin: Hamma narsa tayyor. Biz istagan paytimizda harakatni boshlashimiz mumkin.
Teahyungning lablari sekin jilmayishga intildi, ammo nigohida sovuq nafrat barq urardi.
Tea: Demak, endi vaqt keldi. Biz boshlaymiz.
Dojin bosh irg‘adi va asta orqaga chekindi. Teahyung esa qamoqxonaning zang bosgan panjaralariga qarab, o‘z rejasini miyasida yana bir bor qayta ko‘rib chiqdi.
Oradan ko‘p o‘tmay
Qamoqxonadagi tungi sokinlikni to‘satdan portlash ovozi buzdi. Shu payt kameralar eshiklari birin-ketin ochila boshladi...
Reak va fkr bildirini unutmang bu fanfic tez ciqiwi va koʻp yoziliwi ucun mativ boʻladi
Sizlarni yaxwi koʻraman mutolacilarm💋❤️