March 6, 2025

Seclusion 14_qism🫦

Quyosh nurlari derazadan tushib, xonani yoritardi. Uyning ichida mayin bolakay kulgusi eshitilar, bu ovoz atrofga baxt tarqatardi.
Eunhye oshxonada tonggi nonushtani tayyorlarkan, ortiga o‘girilib karavotda yotgan jajji qizalog‘iga boqdi. Uning Bora ismini Suga qo‘ygandi
bu ism "moviy osmon" degan ma'noni anglatardi.

Bora – bu ular uchun yangi hayot, yangi baxt ramzi edi.
Suga esa divanda o‘tirib, qizalog‘ini bag‘riga bosgancha unga kulib qarardi. Uning nigohida beg‘ubor mehr bor edi.

Suga: Hey, Bora, otangni eshityapsanmi?

dedi u qizalog‘ining burunchasini sekin qisib.

Bora chuvillab kuldi va qo‘llarini har tomonga sermab, otasining qo‘llariga osildi.

Suga: Seni doim himoya qilaman, kichkintoy!

Eunhye ularni tomosha qilib turar ekan, yuragida qandaydir og‘riq sezdi. Chunki faqat o‘zi biladigan haqiqat uni ich-ichidan ezib borardi. Bora aslida Suganing farzandi emas edi.
Lekin bu sirni u hayotining oxirigacha yashirishga tayyor edi.

Bu orada dunyoning boshqa bir chekkasida, AQShning Nyu-York shahrida butkul boshqacha voqealar sodir bo‘layotgandi.
Qamoqxonada o'tkazgan yillari davomida Teahyung butunlay o‘zgarib ketgandi. Uning ko‘zlaridagi oldingi g‘azab, nafrat va yovuzlik endi yanada chuqurlashgan edi.
U endi oddiy qasos haqida emas, butunlay yo‘q qilish haqida o‘ylardi.
Uning eng katta qo‘llab-quvvatlovchisi esa Amerikadagi kuchli biznesmen va mafiya yetakchilaridan biri – Jon Wild bo‘ldi.
Jon Wild – bu shunchaki oddiy odam emasdi. U jinoyatchilar, korrupsionerlar va siyosatchilar bilan bog‘langan shaxs edi. Uning qo‘li har joyga yetardi.
Teahyung qamoqdan chiqqan kuni, uni qizil rangdagi qimmatbaho avtomobil kutib turardi. Uning ichidan Jon Wild chiqdi va sigaret tutatgancha, unga tikildi.

Jon Wild: Meni eslaysanmi, Teahyung?

dedi Jon Wild uning yoniga kelib

Teahyung jilmaydi. Uning bu odam bilan eski aloqalari bor edi.

Tea: yordam bersang kerak deb o‘ylagandim.

Jon Wild: Senga nafaqat yordam beraman balki yo‘qotgan hamma narsangni qaytaraman.

Teahyung og‘ir qadam bilan mashina tomon yurdi va unga o‘tirdi. U yana kuchga to‘lgandi.
Endi uning bitta maqsadi bor edi – Eunhye va Suga hayotini butkul barbod qilish!

Suga bir necha kun oldin kechki ovqat paytida Eunhye bilan uzoq suhbatlashdi. Uning yuzida jiddiy ifoda bor edi, ammo ovozi har doimgidek sokin edi.

Suga: Men Amerikaga borishim kerak. Muhim ish yuzasidan. Taxminan ikki oycha u yerda boʻlaman

dedi u muloyim ohangda.

Eunhye dasturxonga qo‘yilgan chashkalar ustidan unga qaradi. Ich-ichidan g‘ashlik his qildi, ammo hech qanday narsa bildirmadi.

Eunhye: Qachon ketasiz?

Suga: Ertaga tongda.

Bu javob uni biroz larzaga soldi. Shu qadar tezmi? Bora endi dadasiz ikki oy yashashi kerak bo‘ladi.

Eunhye: Tezroq qaytasiz a?

Suga jilmayib, qizalog‘ining yumaloq yuzidan asta siladi. Bora unga xuddi bir narsa his qilayotganday boshini uning ko‘ksiga qo‘ydi.

Suga: Ha

deya qiyinchilik bilan jilmaydi Eunhye.

U o‘ziga kelib, tez-tez gapirishga harakat qildi

Eunhye:Hammasi joyida bo‘ladi, Suga. Ishlaringizni tezroq tugatib qaytishga harakat qiling

Ertasi kuni tong otar-otmas Suga yo‘lga otlandi. Eunhye uni kuzatdi. Bora hali uxlab yotgani uchun, u qizalog‘ining yana bir bor dadasining issiqligini his qila olmasligidan yuragi ezildi.

1 hafta o‘tdi

Suga ketganidan beri Eunhye har kunini shunchaki tartib bilan o‘tkazayotgandi. Bora bilan bog‘liq ishlari, uy bekasi sifatidagi vazifalari, har kuni Suga bilan qo‘ng‘iroq qilish… Bularning bari uni band qilardi. Lekin yuragida qandaydir bo‘shliq bor edi.
Bugun esa biroz kayfiyati ko‘tarildi. U bir oz do‘konga chiqib, o‘zi va Boraga kerakli narsalarni xarid qilmoqchi edi. Bora hali juda kichkina, uni do‘konga olib chiqish qiyin bo‘lardi. Shuning uchun qo‘shnisi, doim yordam berishga tayyor bo‘lgan Misuk xoladan iltimos qilishga qaror qildi.
Misuk xola doim mehribon, ko‘ngli ochiq ayol edi. Eunhye eshik qo‘ng‘irog‘ini bosganida u xuddi kutib turgandek darrov ochdi.

MiSuk :Voy qizim kel Kir, kir!

Eunhye xijolat tortib jilmaydi

Eunhey: Xola, bugun do‘konga chiqmoqchiydim. Bora siz bilan bir oz qolsa maylimi?

MiSuk: Albatta, albatta! Bu qizcha men bilan ajoyib vaqt o‘tkazadi, shundaymi, Borajon?

dedi Misuk xola, qizalog‘ini quchoqlab.

Bora jilmaydi, ammo onasining yo‘qligini tezda sezib, yuzida biroz noqulaylik aks etdi. Eunhye uning yoniga egilib, peshonasidan o‘pdi.

MiSuk: Onang tezda qaytadi

Bora qo‘llarini onasiga cho‘zdi, lekin Misuk xola uni quchoqlab, xuddi o‘z nabirasiday erkalay boshladi.

MiSuk: Mayli, boraver, qizim. Bu yerda u juda yaxshi bo‘ladi.

Eunhye minnatdorchilik bildirib, chiqib ketdi.
Savdo markaziga yetib kelgach, u avvalroq tuzgan ro‘yxatini chiqarib, kerakli narsalarni ola boshladi. Bora uchun yangi kiyimlar, bolalar ovqati, ba’zi gigiyena vositalari… Lekin u o‘ziga ham bir nechta yangi kiyim oldi. Suga yo‘qligida ham o‘zini chiroyli saqlashni xohlardi.
Do‘kon aylanayotgan paytda bir joyda turgan yosh onalar guruhiga ko‘zi tushdi. Ular o‘z farzandlarini qo‘llariga olib, shirin suhbatlashayotgan edi. Eunhye esa o‘sha lahzada ich-ichidan og‘riq his qildi. Chunki u hamisha bir haqiqatni yashirib yashardi…
U o‘zini darrov bosib oldi va xaridni tugatdi. So‘ng yo‘lda mayda shirinliklar sotib oldi. Misuk xola va Bora bilan choy ichib o‘tirish yaxshi bo‘lar edi.
U uyga qaytganida, har doimgidek, oldin sumkalarini oshxonaga joyladi. Keyin har bir narsani o‘z joyiga qo‘ya boshladi. Bora yo‘qligi sabab, uy g‘ayritabiiy darajada sokin edi. Bu uning yuragini yana siqdi.

Eunhye: Borani olib kelay

dedi o‘ziga o‘zi va eshikka qarab yo‘l oldi.

Misuk xolaning uyiga yetib borib, eshikni taqillatdi. Bir necha soniyadan keyin xola eshikni ochdi.

MiSuk: qizim, keldingmi? kirnichkariga

Eunhye xonaga qadam qo‘ydi va Borani qidirib, ko‘zi uyning ichkarisiga qaradi. Bora gilam ustida o‘tirib, qo‘g‘irchoq bilan o‘ynayotgan edi.

MiSuk: Bora! Onang keldi!

dedi u quvonib.
Bora eshitishi bilan yuzida katta tabassum paydo bo‘ldi va emaklab onasiga intildi.
Eunhye uni bag‘riga bosdi. Yuragi allaqanday og‘ir tuyg‘ularni his qilayotgan bo‘lsa-da, hozircha shunchaki Boraning issiqligini his qilishni istardi.

Eunhye: Rahmat xola. katta rahmat

MiSuk: Rahmat shart emas qizim. Bora bilan vaqt o‘tkazish men uchun baxt!

Eunhye yana minnatdorchilik bildirib, Borani bag‘riga bosgancha uyga qaytdi.
Lekin…
Bu oddiy kunlar, oddiy sokinlik uzoqqa cho‘zilmasligini u hali bilmasdi. Chunki ko‘z ilg‘amas tahdid allaqachon uni ortidan kuzatib yurgandi

Eunhye MiSukni uyidan chiqgandan soʻng uyga yaqinlasharkan uy eshigi ochiqligini koʻrdi

Eunhye:Balki Suga vaqtliroq qaytib kelgandir

deb uyga yaqinlashdi uy ichiga kirganda 2 qavatdan Suganing honasidan oyoq tovushlari eshitildi.

Eunhye mayda qadamlar bilan Bora bilan Suga honasi tomon harakatlandi.Suganing honasi eshigi ochiq edi Eunhye sekin eshikni ochib ichkariga qaradi.

Eunhye:Siz Bu yerda nima qilyapsiz?

X:....

Seclusion
14_qism

The end

Finalga oz qoldi aktiv boʻlamiz Starslarm reak va fkr esdan ciqmasn