Kutilmagan sevgi 🖤
Se jin xonaga kirishi bilan ortidan Jungkook ham kirib keldi. Se jin unga hayron tikilib turdi. Jungkook ustki kiyimlarini yechib yuvinishxonasiga kirib ketdi. Se jin ham kiyimlarini alishtirib yengil tun kiyim kiydi. Imtihonlar sabab qolib ketgan darslarini tayorlay boshladi. Se jin hozir juda charchagan edi, lekin ertangi imtihonlarni yaxshi topshirish uchun darslarini tayyorlashi shart edi. Se jinni kòzlari yumilib ketay desa ham diqqat bilan dars qilardi.
20 minutda vannadan chiqgan Jungkook yotoqga yotib oldi. Qòllarini boshiga tirab Se jinni kuzatdi. Yumilib ketayotgan kòzlarini kòrib sekin kuldi.
- Se jin yonimga kel.
Se jin Jungkookni gapidan bir chòchib tishdi. Nigohini unga kòchirdi yotog'ida bitta shortikda yotgan Jungkook ni kòrib hayron tikilib qoldi.
- Siz xonangizga bormaysizmi?
- men òzimni xonamdaman, xotinim va bolam bilan uxlayman. Yonimga kel xotinjon. - quchog'ini ochgancha gapirgan Jungkookni bu gaplaridan hayron qolib tikilib turardi.
- kelsangchi. Yana gapini takrorlaganda, se jin uy vazifalariga bir qarab oldi.
- men dars tayyorlashim kerak.- òziga ham yoqmayitgan darslarga mayus tikildi.
- bunga majbur emassan, sen kòp dam olishing kerak bolam charchab qoladi, kel yonimga.- qayta quchog'ini ochdi jungkook.
- lekin ertaga imtixonim bor. - Jungkookga tikilgancha gapirdi.
- imtixoningni òzim xal qilaman, kelsangchi endi.
- lekin......
- men senga nima dedim, yonimga kel - endi Jungkookni ovozi balantladi. Qòrqganidan òrnidan turgan Se jin Jungkookni yoniga yotdi. Jungkook uni qattiq bag'riga tordi. Jungkook bag'rida kòrinmay qolgan Se jin haqiqatdan juda kichik.
Se jinni qattiq quchoqlagan Jungkook uni bòyniga yuzini kòmib chuqur hidladi. Va sekin labini bosdi.
Bòyniga tekgan ussiq lablardan nafasini ichiga tortgan se jin Jungkook bòynini bòshatishi bilan nafasini qòyib yubordi. Jungkook Se jinni qayta baxriga bosdi sochini silab, peshonasiga ham lablarini bosdi. Illiq lablarini peshonasida his qilgan se jin boshini kòtarib Jungkookga tikildi. Jungkook ham unga tikilib turgan qizga biroz tikilib lablariga lablarini bosdi. Qisqa bòsadan keyin yana Se jinni peshonasidan òpib quchoqladi.
Se jin ( pov) bilmadim nega lekin har doim uni quchog'ida òzimni qulay his qilaman, uni hidi menga shu qadar yoqyabdi butun umir shunday yotishga ham tayyorman. Lekin hozir uni manabu menga tegib turgan preslarini ushlagim kelyapdi. Bilaman bu xato lekin shuni juda xoxlayapman.
Se jin asta qòllarini Jungkookni preslariga olib borib, silab òynay boshladi, buni sezgan jungkook jilmaydi.
Se jin biroz Jungkookni preslari bilan òynab uxlab qoldi. Jungkook ham uxladi.
Kòzlarini asta ochgan Se jin unga tikilib turgan erini kòrib hayron qoldi - siz qachon turdingiz.
- ancha oldin. - qòlini boshiga tirab hapirdi.
- shuncha payt shunday yotdingizmi
- ha,men gòzal xotinimga tòymayapman.
Jungkookni gapidan Se jinni yuzi qizarib ketdi. Bundan Jungkook qattiq kulib yubordi.
- yaxshi, endi tur nonushta qilamiz.
Se jin turib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Jungkook ham kiyimlarini alishtirdi. Se jin yuvinib chiqib kiyindi. Sochlarini tarab yoydi.
Pastga tushganda Jungkook òtirardi Se jin uni tòg'riysiga òtirdi.
Keyin xizmatchilar ovqat olib kelishdi. Se jin taomni kòrib quvondi, chunki kecha juda yegisi kelgan hotteok shirinligini tayyorlashini xizmatchidan iltimos qilgandi. Xizmatchi uni tayorlagandi. Se jin ularni og'ziga soldi. Ular juda mazzali edi. Jungkook Se jinni og'zini tòldirib ovqatlanishini kòrib jilmayib qòydi.
Shunda tepadan Nabi tushib keldi va jungkookni bòynidan quchoqladi.
- salom azizim kecha nega oldimga kelmadingiz - labini burgancha gapirdi.
- ishim kòp edi. - nabiga qaramay qapirdi Jungkook.
Se jin uni kòrib birdan kayfiyati tushib ketdi. Og'zidagini asta asta chaynab yutdi.
- men ketdim- se jin òrnidan turib sumkasini yelkasiga osdi.
- meni tashqarida kut òzim tashlab qòyaman.
Jungkookni gapidan bosh irg'ibb tashqariga chiqdi. Biroz vaqtdan keyin Jungkook ham chiqib mashinani old òrindig'i eshigini Se jinga ochib berdi. Se jin òtirgandan keyin òzi ham òtirdi. Se jinga himoya reminini taqib, mashinani haydadi.