Kutilmagan sevgi 🖤
Jungkook kiyimlarini almashtirib chiqdi. Se jin hali ham dars tayorlab òtirardi.
Hatto Jungkookga etibor ham bermasdi.
Se jinni hayolini eahikni taqqillatgan xizmatchi buzdi. Se jin boshini kòtarib oldin Jungkookga qaradi keyin xizmatchiga javob berdi. Xizmatchi kechgi ovqat tayyorligini aytdi.
- pastga tush- deb buyirdi. Jungkook.
- Se jin bosh chayqab qòydi. Jungkook xonadan chiqib ketdi. Orqasidan Se jin ham ergashdi. Se jin jkni tòg'risidagi stolga òtirdi. Shu payt uyga Nabi keldi. Nabi kelib Jungkookni bòynidan quchib oldi.
- salom sevgilim- Nabi Jungkookga qarab jilmaydi.
- salom azizam qaytdingmi?
- ha men seni olding shoshdim, seni juda sog'indim.
- men ham seni.
Ikkalasi kulishib bir biriga gapirar ekan, ularni kuzatib òtirgan Se jin qòllarini tinmay bir biriga ishqalardi.
Se jin - meni oldimda shunday gaplashishlari shartmi? Ular ataylab men ortiqchaligimni bildirib qòyishmoqchi. Lekin nega Jungkook Nabiga qaragan muhabba nigohlari bilan menga qaramaydi. Nega Nabiga kòrsatgan muhabbatini atiga bir foyizini menga kòrsatmaydi. Men ham u kabi sevilishni istayman, men nega bu xolga tushdim, orzumdagiday meni sevadigan erkakga turmushga chiqmadim, axir men nima gunox qildim. Jungkookni har safar Nabini oldida kòrganimda g'alati tuyg'u meni qiynayapdi. Bu tuyg'uni tariflash qiyin. Men uni Nabi bilan kòrishni xoxlamayman. Lekin bunga meni haqqim yòq Jungkook faqat uni sevadi. Mendan shunchaki foydalanadi. Unga meni keragim ham yòq.
Se jin pastga qòllariga qarab lablarini qimtidi va u boshqa bu yerda òtirolmasligini sezib òrnidan turdi. Ularga qaramay xonasiga tomon harakatlandi.
Jungkook uni turganini payqadi - tòxta - buyruq ohangda.
- men ovqat yemayman - se jin orqaga ògirilmay gapirdi va yana bir qadam tashladi.
- men senga tòxta dedim - endi Jungkookni ovozi balantladi.
Se jin ovozdan orqaga ògirilib Jungkookga tik qaradi.
- men ham istamayman dedim- se jin ham ovozini bàlandlatdi.
Jungkook òziga bòlgan hurmatsizlikdan òzini bosolmay stolga bor kuchi bilan urdi. Bundan se jin ham Nabi ham chòchib ketdi.
- kelda òtir !!!!! - yana buyruq berdi Jungkook.
Se jin yig'lab yubormaslik uchun labini tishladi. Va stol tomon bir qadam tashlab tòxtab qoldi. Jungkook Se jinni tòxtab qolganidan unga qaradi.
Se jinni butun tanasi bòshab ketdi. Kòzlari asta yumula boshladi, va yerga yiqildi. Jungkook Se jinni bu holatini kòrib òrnidan uchib turdi.
Jungkook Se jinni yoniga uchib kelib, boshini kòtarib, suzini silay boshladi.
- Se jin kòzingni och, senga nima bòldi..... Och kòzlaringni..... Meni qòrqitma.....iltimos..
Jungkook tòxtamay gapirardi. Se jin yuzini silab sekin urib qòyardi.
Nabi Jungkookni bu holatidan qotib qoldi.
Jungkook juda qòrqib ketti.
- Nabi shifokorga qòng'iroq qil!!!!!
Shifokor kelib Se jinni tekshirdi va qòliga ukol ulab qòydi.
Shifokor Jungkookni oldiga kelib Se jin haqida aytdi.
- janob xotiningiz xomilador ekan, menimcha ancha vaqtdan beri yaxshi ovqatlanmagan, qoni pasayib ketgan, homilador payti bunday yurishi kerak emas, bolaga salbiy tasir qiladi.
- lekin u òzi hech nima yemayabdi, yesa ham kòngli aynib ketyabdi.
- homiladorlikning ilk oylari shunday bòladi. Endi xonimni oxvoli og'irlashishi oddiy xol axir yoshi juda kichik ekan, men ularga ukol qildim birozdan keyin òziga keladi.
- ha yaxshi.
Dòktor xonadan chiqib ketdi. Se jin esa hali ham uyquda. Jungkook Se jinni yoniga borib òtirdi. Unga biroz tikilib chuqur xòrsindi. Keyin yuzidaagi sochlarni kulog'i ortiga olib peyonasidan òpib qòydi. Keyin Jungkook ham uni yoniga yotdi. ......
Jungkook hali ham Se jinga tikilgancha yotardi. Keyin asta yuzini burishtirgancha kòzini ochdi. Oldida Jungkook unga tikilib turganini kòrib biroz hayron qoldi.
- ahvoling yaxshimi, hech qayering og'rimayaptimi - Jungkook xavotil bilan Se jinni qòlini ushlab sòradi.
- ha yaxshi- hali ham hayron ohangda gapirdi.
- Se jin biror nima istasang menga aytishing kerak - Se jinni sochlarini silab gabirardi. Bu esa Se jinni battar hayron qoldirardi.
- Se jin òrnidan turib òtirmoqchi edi, Jungkook buni tushinib yordam berdi.
- biror narsa yeb olishing kerak- Se jinni òtirg'izgancha gapirdi.
- yòq men och emasman!!
- lekin biror nima yemasang yana hushingdan ketasan, shifokor tayinladi, bolamizga ziyon yetishi mumkin,- Jungkook Se jinni qornini ushlab siladi. Se jin bundan seskanib ketdi.
- nimadir yeyishni istaysanmi?!!!
Se jin biroz òylab Jungkookga qarab jilmaydi - ummuman olganda ha - jilmaygancha javob berdi Se jin.
- nima ishlaysan - Jungkook Se jinni kulgusiga oshiq bòlgancha gapirdi.
Se jin Jungkookni quloqlariga egilib nima istashini aytdi. Bundan Jungkook ham jilmaydi.
- yaxshi unda kiyin seni òsha joyga olib boraman.
Se jin òrnidan turib kiyina boshladi, bu vaqtda Jungkook ham kiyinib Se jinni yoniga kirdi. Se jin allaqachon kiyinib bòlgandi. Uzun sochlarini taragancha Jungkookga qaradi. Bu payt Jungkook Se jinni uzun sochlariga devorga suyangancha qarab turardi.
- bòldim- se jin tayyor bòlganini aytdi.
- yaxshi ketdik - Se jinni qòlidan ushlab qòliga aylantirdi. Bundan Se jinni og'zi ochilib qoldi, va ich ichidan quvonardi. Ular mashinaga borishdi, Jungkook Se jinni asta oldidagi òrindiqga òtqizib òzi aylanib kelib òtirdi va mashinani haydab ketdi. Ularni tepadan Nabi alam bilan kuzatardi. Va Se jinga alam bilan boqardi.
Jungkook va Se jin bir restaranga kelishdi. U yerda turli xil muzqaymoqlar bor edi. Se jin u yerga kirishi bilan yuziga tabassum yugurdi. Minyuni kòrgancha har xil muzqaymoqlar buyurtma berdi. Jungkook uni xursandligidan yuzi biroz yorishdi.
Jungkook (pov) yo hudoyim bu qizni qarang yosh bolani òzi bitta muzqaymoqga shuncha xursand bòladi. Bu qiz òzi bola, qanday ona bòladi bu hayronman. Lekin uni jilmayishi juda chiroyli, u nega kam kuladi. Men bu kulguni doim kòrishni xoxlayman.
Muzqaymoqlar kelganda se jin ularni maza qilib yeye boshladi. Jungkook qòlini iyagiga tiragancha, uni kuzatar edi.
Se jin - yeyishni xoxlaysizmi - Jungkookni og'ziga qoshiqni olib bordi.
Jungkook qoshiqdagi muzqaymoqni og'ziga oldi. Se jin yana yeyishda davom etdi.
Se jin allaqachon 2idishni tugatdi.
- bòldi, buncha kop yema shamollab qolasan - Jungkook Se jinni yonidagi muzqaymoqni nari Surib qòydi.
- men yana xoxlayman - se jin idishda qolgan muzqaymoqni oldiga oldi.
- bu oxirgisi boshqa yòq.
Se jin etibor bermay idishdagi muzqaymoqni tugatib idishini nari Surib qòydi.
- bòldimi ? Tòydingmi??
Se jin ha degancha boshini qimirlatdi. Jungkook hisobni tòlab chiqdi. Va ikkisi mashinaga òtirishdi. Jungkook Se jinni qorniga qòlini qòyib siladi - meni bolam xoxlaganini yedimi, endi onasini qiynamaydi shundaymi?? - Jungkook Se jinni qorniga qarab gapirar ekan bundan se jinni og'zi ochilib qoldi. Jungkook boshini kòtarib Se jinga qarar ekan, Se jin hali ham hayron tikilib turardi.
Jungkook Se jinni yuz ifodasini kòrib kulib yubordi - nima?? Men bolam bilan gaplashdim, buncha hayron qolding.