July 11, 2025

Kutilmagan sevgi 🖤

ERTA TONG.

Se jin uyg'ondi. Soatga qqradi. Ancha kech bòlibdi. Kecha oyisi bilan kechgacha gaplashgani uchun kech turdi.

Yana òsha òsmir davrini eslatadigan xona se jin biroz xayolga tomdi. U endi bu uyga bu xonaga xuddi begonaday edi. Oldin yaxshi va yomon kunlarini òtkazgan xona, u òsha òsha òzgarmagan.

Se jin yuvinib chiqib , pastga tushdi. Otasi uyda emas shu uchun òzini xotirjam his qildi. Oyis bilan nonushta qilib, biroz hovlilarni aylandi. Bog'lardagi gullarni sug'ordi va ularni biroz qirqib tozalashga qaror qildi. U gullarni yani yoshligida òzi sevgan gullarni, òzi ekgan gullarni yomon barglardan tozalay boshladi. Shu payt hovliga mashinani ovozi eshitildi. Bu Jungkookni mashinasi edi. Ichidan tushib keldi. Va se jinni yoniga keldi.
- endi oyinga tòyding degan umiddaman kettik
- yoq....men 1 hafta shu yerda qolmoqchiman
- hech qachon 1 kunga ruxsat bergandim undan ortig'ini hayolinga ham keltirma
- men shu yerda qolmoqchiman, menga hòjayinlik qilishga haqqingiz yòq.

- nima hali shunaqami? Unda òzingdan kòr. Jungkook Se jinni yelkasiga kòtarib oldi se jin tipirchilab tushirishini tinmay sòrardi. Shu payt hovliga park xonim keldi.
- nima bòldi òg'lim
- uni olib ketaman, bòldi yetarli u joningizga yegdi shundaymi?
- yòq nega ekan, mayli yaxshi boring.

Park xonim se jin va Jungkookha kulgancha qarab qoldi. Jungkook Se jinni mashinaga solib kamarni taqib òzi ham òtirib mashinani yurgizdi. Ular tez uyga yetib kelishdi.
- endi uyga kir.
Se jin qovog'ini solgancha uyga kirib ketdi.

Oradan 2 hafta huddi shunday òtdi. Bugun janob jeon angliyadan qaytadi. Shu uchun uyda bazmga tayyorgarlik.

Se jin ham òqishdan kelib yordamlasha boshladi. Shu payt tepadan Nabi tushib keldi.
- oxxx se jin xonim yaxshilab yig'ishtiring, sizni shu uchun olganmizku.
Nabi piching gaplarni gapirardi, Se jin esa ahamiyat bermaslikga qaror qildi.

- bor ishingni qil - se jin beparvo gapirdi.
- ha aytganday sen endi Jungkookni shaxsiy foxishasisan , bunday ishlar qilishing shart emas. Borib ochiq kiyimlaringni kiyib raqs tush koshki yana yangi òljalaringni toparsan. - Nabi qattiq kulib yubordi.
Bundan se jinni jaxli chiqib ketdi.
- nima deyapsan og'zinga qarab gapir, men unaqa emasman. meni òzinga òxshatma.
- ha albatta seni ota onang foxisha qilib sotgan.
Se jin ortiq òzini bosib turolmay qoldi. Qanday qilib Nabini sochdan tortganini bilmay qoldi.
- sen kim bòlibsan menga bunday gapirasan - se jin nabini sochini ushlagan holda gapirdi.
Se jin Nabini sochini qòygan edi. Se jinni yuziga shapaloq urildi. Tekkan shapaloqdan yerga yiqildi.

Se jin yuzini ushlagan holda boshini kòtardi tepasida Jungkook turardi.
- seni qanday xadding sig'di, meni sevgilimga qòl kòtarishga aaaa.
Jungkook Se jinga gapirar ekan qiz yuzini yerga qaratib, yig'lay boshladi. U shu on òzini hech kimga keraksizligini his qildi. Bu juda og'riqli.

Se jin qizargan yuzidan qòlini tushirib asta turib xonaga kirib ketdi.

Bazm boshlanardi. Lekin Se jin hali ham chiqish niyati yòq, u òz tag'diriga lanat òqib yig'lardi.

Shu payt xonasiga jeon xonim kirib keldi.
- qizim nima bòldi. Nega toyyormasan- se jin kòz yoshlarini artgancha javob bedi.
- haligi...oyi meni biroz tobim yòq bazimda qatnashmasam ham bòladimi?
- ha albatta menga seni sog'lig'ing kerak, òzi yaxshimisan yo shifokor chaqiraymi?
- yòq hammasi joyda biroz dam olsam bòldi.
- ha yaxshi unda uxlabol - jeon xonim shunday degancha chiqib ketdi.

Se jin ham biroz yotib uxlab qoldi.

Ertalab Se jin boshida og'riq bilan uyg'ondi. Yuvinib chiqgach boshidagi og'riq qolganini his qilib pastga tushdi. Pastda hamma bir dasturxon atrofida òtirardi. Se jin ham borib òtirdi. Nabi unga jilmayib masxaromus qarab qòydi. Se jin Nabiga ahamiyat bermay ota onasiga salom berib òtirdi. Xizmatchi uni yoniga shòrva qòyganda u kòngli aynishni his qilib yuzini burishtirib likopchani surib qòydi.

- tinchlikmi qizim nega ovqatlanmayapsan, yoki ovqat yoqmadimi? Jeon xonim se jinni ovqatni surib qòyganini kòrib gapirdi.
- yòq, biroz ishtaxamyòq.- Se jin hali ham ovqatga qaramay gapirdi.
- boshqa biror nima pishirishsinmi?
- yòq shunchaki mevali sharbat ichsam bòldi- jilmaygancha gapirdi.
Xizmatchi uni yoniga sharbat qòydi, Se jin undan bir xòplab òrnidan turdi.
- men òqishga ketdim- biroz egilib izin sòradi.
Jungkook uni tòxtatdi. Va uni tashqarida kitishini aytdi.
- yòq men bugun biroz kòchani aylanmoqchiman- Se jin Jungkookni gapini kutmay chiqib ketdi.

Se jin asta asta kòchani aylandi. Uni hayoli har doimgiday chalkash kechagi voqeani unitishni iloji yòq. Jungkook tarsakisidan keyin unga bòlgan nafrati yanayam oshdi.

Se jin (pov) kechagi tarsaki menga noxaq urildi. Axir nima qilishim kerak, uning achchiq gaplarini ichimga yutishim kerakmi? Har doim noxaq ayblanish, òzimni keraksizday his qilish jonimga tegdi. Men boshqa bu xòrliklarga chidolmayman. Men bu uydan tezroq ketishim kerak. Biroz muddat yashab turaman uy topginumcha.

Se jin hayyollar bilan qanday universitetga yetib kelganini bilmay qoldi.

Jungkook ofisga kirib keldi. Hamma yòl bòshatdi. Hodimlar uni kòrishi bilan tazim qilishardi. Jungkook òz kabinasiga kirib ketdi. Xonada uni Taehyung kutib turgandi.
- meni xonamda nima qilyapsan.
- seni kutyapman, ishlarni hal qildik, mollar egalariga yetkazildi. Pullar hisobingda. Endi keyingi hafta rassiyadagi mollarimiz keladi. Uni janob kanga berishga shartnoma imzolagansan.
- ha mollar kelishiga katta etibor berish kerak, bu mol juda qimmat.
- ha qattiq nazorat ostida keladi. Xavotir olma.
- yaxshi.
Jungkook oldidagi hujjatlardan kòz uzmay tekshirardi.
- amakim qachon kompaniyaga kelar ekan.
- bilmadim 2 kundan keyin oyim bilan ketishar ekan menimcha anchagacha kampaniyaga òzim qarasam kerak.
- ha yaxshi, men esa endi boray bugun sevgilimni aylantirishga vada bergandim, xayir Jungkook

- xayr

Jungkook yana ishlariga shòng'ib ketdi.

.........

Se jin darslardan chiqdi. Holsiz nimagadir shu kunlarda kòp holsizlanayabdi. Ovqatni kòrsa kòngli ayniydi. Umuman ovqat ham uemay qòydi.

Se jin darsdan chiqdi. Taxida uyga yetib keldi. Uyga kirganda jeon xonim zalda òtirgandi. Se jin kelib salom berdi, va xonasiga chiqib ketdi. Hozirda imtihonlar bòlayotgani uchun kòp òqishi kerak, shu uchun Se jin kechgacha xonasidan chiqmay dars tayyorladi.

Kechga yaqin uyga Jungkook kirib keldi. Xizmatchilar kechki ovqat yayyorlash bilan band, jeon xonim va janob jeon birga telivizor kòrishardi. Jungkook yepaga xonasiga chiqib ketdi.

Kechga yaqin hammani nonushtaga chaqirishdi. Se jin ham pastga tushdi. Hamma pastda edi. Se jin yana òsha Jungkook va Nabini kòrib kayfiyati buzilib ketdi. Ularga ahamyat bermay stolga òz joyiga òtirdi.

Xizmatchilar ovqat tortishdi. Se jinni oldiga ovqat qòyilishi bilan yana òsha holat kòngil aynishi uni qamrab oldi. Ovqadan biroz nari surildi. Uni bu ishini Jungkook hayron kuzatardi.
- Se jin nima bòldi, nega yana ovqatlanmayapsan, ertalab ham shunday eding kun davomi hech nima yemay yurolmaysan axir. Ovqatlan.
Jungkook hali ham uni nima qilishini obdon kuzatardi.
Se jin ovqatga yaqin kelib qòliga qoshiq oldi. Va qoshiqni sekin ovqatga solib, bir qoshiq ovqatni og'ziga soldi. Birdan yuzi burishib qòllari og'zini berkitib, shoshib turib ketdi. Jungkook ham òrnidan turgandi. Jeon xonim uni ortidan borgani uchun joyiga òtirishga majbur bòldi.

Nabi Jungkookni bu harakatlarini jaxl bilan kuzatardi.

Se jin ichidagi bor narsani qayt qilib tashlagandi. Yana bu holat qancha davom etadi bilmaydi. Har kuni shu axvol, òziga nima bòlayotganidan bexabar edi.

Jeon xonim yuvinish xonasiga shoshib kirdi.
- qizim yaxshimisan, axvoling qalay, senga nima bòldi òzi.
- bilmayman bir necha kundan beri shu axvol.
- bòldi tur senga boshqa ovqat olib kelishadi.

Se jin yuzini yuvib chiqdi. Stol atrofida hammani kòzi shunda edi.

Ayniqsa Jungkook unga qattiq nazar tashlardi. Se jin stolga yana qaytib òtirdi.
- qizim yaxshimisan - janob jeon sòradi.
- ha hammasi joyida- se jin uyalgancha javob berdi - meni kechiring sizni bezovta qildim- se jin xijolatli gapirdi.
- bu nima deganing qizim seni sog'lig'ing biz uchun muhim- jeon xonim kuyinib gapirdi.
- raxmat sizlarga.
- nima yeging kelsa ayt, ular tayyorlab kelishadi.
- yòq men yaxshisi sharbat ichaman baribir nima yesam kònglim ayniydi.

Shu on jeon xonimni miyyasiga kelib urilgan hayoldan kòzlari katta ochilib ketdi, nafasini bostirolmay gapirib yibordi - sen mobodo homilador emssanmi???!!!!?
Se jin ichayotgan sharbatiga tiqilib qoldi. Tinmay yòtalardi.
- yòq, yòq bundaymas shunchaki oshqozonim buzilgan.
- yòq aniq shunday, ertaga birga shifokorga boramiz. Bu aniqku sen homiladorsan.
Se jin qattiyan rad etardi.
- yòq undaymas......
Se jinni nigohlari Jungkookga qaratildi. U ham hozir bòlayotgan ishlardan hayron edi. Se jinga hayrat bilan tikilardi.
Keyin nigohini Nabiga qartdi alami yuziga uf urib turardi. Se jin esa bu narsa bòlmasligini ich ichidan istardi.