HISSIYOTLARINGIZNI QABUL QILING!
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz
Ba’zi insonlar har qanday emotsiyani kuchsizlik, irodasizlik yoki g‘alati xatti-harakat sifatida baholaydilar. Natijada ular tabiiy his-tuyg‘ularni ham yashirishga, ularni bo‘g‘ishga harakat qiladilar. Masalan, orzu qilgan ishga qabul qilingan kishi quvonchini ifoda etmay, sovuqqonlik bilan “bu oddiy holat” deb o‘zini tutishi — bularning barchasi sog‘lom psixikaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Har qanday holatda sovuqqonlik va hissiy bee’tiborlikni kuchlilik yoki sog‘lomlik belgisi deb qabul qilish jiddiy xato hisoblanadi. Gap emotsiyalarni butunlay bostirishda emas, balki ularni anglab, boshqarishni o‘rganishda. His-tuyg‘ularni doimiy ravishda yashirish yoki bostirish odamning quvonch va qayg‘uni tabiiy tarzda kechirish, idrok etish qobiliyatini susaytiradi.
Shunday ekan, hayratlanarli voqealarga hayrat bilan javob bering, kulgili holatlarda chin yurakdan kuling, quvonchli onlarda shodlaning, qayg‘uli damlarda esa tabiiy qayg‘uga yo‘l qo‘ying. Eng muhimi – his-tuyg‘ularni boshqarishda me’yorni bilish, ichki muvozanatni saqlash va hissiyotlar chegarasidan chiqmaslikni unutmaslik.
Insoniy emotsiyalar bu ijobiy qadriyatdir. Hissiyotsiz hayot esa inson tabiatiga zid bo‘lib, uni ichki bo‘shliq va ruhiy iztirob sari yetaklashi mumkin.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Yusupova Muhabbatxon Abdullajon qizi