ZAMONAVIY BIKARYER OILALARNING MODELLARI
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz
Jahondagi institutsional oʻzgarishlar sharoitida iqtisodiy sohada doimiy siljishlar roʻy bermoqda. Mazkur tendensiya zamonaviy shaxs uchun karyera motivatsiyasini oilaviy farovonlikka erishishdan ustun qoʻyadigan qadriyatlarni belgilashga olib keldi. Ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalashuvda oilada gender rollar taqsimlanishi, bikaryer oilalarning vujudga kelish dinamikasi, mazkur tipdagi oilalarning hayotning tarkibi va tuzilishi, turmush tarzi, ijtimoiy nazorat va ishtirok etish shakllari, shuningdek, prinsipial ravishda yangi ijtimoiy xatti-harakatlar normalarining oilaviy farovonlikka ta’sirining oʻzgarishi keng tarqaldi.
Bikaryer oilaning ekstremal varianti er va xotin uchun kasbiy yoki ijtimoiy-siyosiy faoliyat oilaviy faoliyatdan koʻra muhimroq ekanligini koʻrsatadi.
Bikaryer oilaning mavqeyini mustahkamlashi mumkin boʻlgan bir qator omillarni ta’kidlash kerak.
– – ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotda toʻgʻri va amaliy ishtirok etish imkoniyati;
– bolalarni tarbiyalashda erkaklarni faollashtirish;
– uy xoʻjaligida mehnatni oqilona taqsimlash;
– uy mehnatining ijtimoiy ahamiyatini oshirish;
– an’anaviy rol tuzilmalarini modernizatsiya qilish;
– jinsga mos kasbiy va oilaviy rollarni shakllantirish.
Hozirda aksariyat yosh ayollar “uch fazali model”ni amalga oshirishni niyat qilmoqdalar. Bolalarni parvarish qilish uchun ishni bir muddat toʻxtatib, keyin uni oilaviy hayot bilan birlashtirgan holda ishga qaytish shular jumlasidandir. Ular uzoq muddatli ishdan keyin kasbiy oʻsish imkoniyatlari sezilarli darajada cheklanganligini hisobga oladi. Biroq aksariyat Yevropa va Amerika davlatlarida oilaviy sheriklik modeli hukmron boʻlib, unda turmush oʻrtoqlar oʻzlarining oilaviy va ota-ona vazifalarini teng ravishda taqsimlaydilar. Oilada, koʻp daromad keltiruvchi sohada turmush oʻrtoq ishlaydi, hatto u ayol kishi boʻlsa ham. Xususan, er kamroq ish olib, uy ishlari va bolalarni tarbiyalash bilan ham shugʻullanadi. Oilaviy munosabatlar tizimidagi sheriklik (juftlik) modeli – oila a’zolarining shaxsiy hayotini tartibga solishning gʻayrioddiy usuli. Biroq ushbu usulda nikohda koʻplab xavfli va turli munosabatlar boʻlgani bois ideal model sifatida baholanmasligi mumkin.
XX asrning 50-, 60-yillari oxiri va 70-yillari boshlarida sanoat rivojlangan mamlakatlarda ayollar (shu jumladan, turmush qurganlar)ni samarali mehnat sohasiga faol jalb qilish jarayoni boshlandi. 1993-yilda olib borilgan sotsiologik soʻrovda qatnashganlarning 86 foizi ushbu turdagi ayollarni ma’qullagan (ishlovchi), ammo deyarli uchdan ikki qismi hali ham bolalar uchun ideal oilaviy vaziyat – ota ishlaydigan, ona esa uyda oʻtiradigan va bolalarga gʻamxoʻrlik qiladigan holatni ma’qullashgan. Oila oʻzgarishi umuman jamiyatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarga parallel.
Er-xotin o‘rtasida kechadigan oʻzaro emotsional munosabatlar ulardagi empatiya kanalining barqarorlashuviga olib kelsa-da, tashqi tarafdan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan “stimullar” oila barqarorligiga jiddiy xavf solishi mumkin. Shu bois, sheriklik modeli oilaviy munosabatlar dinamikasini ochib berishda ideal koʻrinishda tavsiflanmaydi.
Sheriklik modelida turmush oʻrtoqlar birga umumiy oilaviy masalalarni hal etadi va kimning ishi va mansabi hozirgi paytda ustuvor ekanligi toʻgʻrisida qaror qabul qilib, bir-birining huquq va erkinliklarini buzmagan holda rivojlanishga imkon yaratadi. Bugun ayollarni yirik tashkilotlar, kompaniyalar yoki mamlakatlarning boshida koʻrish ajablanarli emas. Ish ogʻirligiga qaramay, ayollar oila va oilaviy qadriyatlarni unutmaydi. Ularning erlari oʻz xotinlarining martabalari uchun murosaga kelishga tayyor. Bundan tashqari, erkakning bola parvarishi uchun ta’til olishlari odatiy holga aylangan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, xorijda turmush oʻrtoqlar munosabatlariga aralashuv minimallashtirilgan, ya’ni oilaviy munosabatlarga ota-ona, qarindosh urugʻlari, mahalla va tanishlar aralashmaydi. Yosh oila mustaqil qaror qabul qilishi, oʻz muammolarini oʻzi hal qilishi olqishlanadi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi tomonidan tayyorlandi