DEFEKTOLOG-LOGOPED MASLAHATI
Telegram | Facebook | Instagram| Sayt |Youtube | Bizning loyihalarimiz
Bugungi kunda bolalar o‘rtasida nutqning kech chiqish holati va muloqotga kirishish ko‘nikmasi rivojlanishi kechikib borayotgandek. Quyida farzand va o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashuvchi amaliy tavsiyalar to‘plamini taqdim etamiz.
Bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha umumiy maslahatlar. Sokin va aniq gapiring, chunki bolalar nutqni taqlid orqali o‘rganadi. Kattalarning aniq tarzdagi hamda his-tuyg‘uga boy nutqi bola yangi so‘zlarni idrok etishi va eslab qolishida yordam beradi.
Bolani diqqat bilan tinglang – bola xato gapirayotgan bo‘lsa ham, uning gapini bo‘lmang, chunki bunday nutq ishonch va rag‘batni shakllantiradi.
Nutqiy faoliyatni o‘yinga aylantiring – harakatlarni so‘zlar bilan ifodalagan holda rolli o‘yin (“do‘koncha”, “shifoxona”)lar o‘ynang. Bu nutqni rivojlantirishning tabiiy usullaridan biri hisoblanadi.
Xatolarni tuzatishga shoshilmang, yaxshisi, so‘zni to‘g‘ri, lekin tabiiy holatda takrorlang:
— Katta yoshdagi odam: “Ha, dadang ishga ketdi”.
– Ko‘p holatlarda kattalar bolani erkalab, unga “bola tili”da gapiradilar. Natijada bola nutqni shu holatda qabul qiladi va “bola tili”da erkalanib gapirishga ko‘nikib qoladi.
👅Artikulyatsiyani rivojlantirish. Artikulyatsion mashqlar bilan shug‘ullaning – ko‘zgu oldida lablar va til uchun quvnoq mashqlar (“soatcha”, “otcha”, “naycha”, “tabassum”) bajarish mumkin.
To‘g‘ri nutqiy nafas olish – chiroyli va ravon nutq asosi. Turli mashqlar orqali bola bilan nafas ustida ishlang: patni puflash, paxtani uchirib yuborish, lunjlarni shishirish.
📚 Lug‘at va grammatikani rivojlantirish. Har kuni ovoz chiqarib o‘qing, hatto 10-15 daqiqa davomida rasmlar va matnni muhokama qilgan holda o‘qish ham nutq va tafakkurni rag‘batlantiradi.
Bolaning lug‘at boyligini to‘lidirish uchun “Belgilari bo‘yicha narsani top”, “Kim qanday kasb egasi?”, “Bu narsa bizga nega kerak?” o‘yinlarini o‘ynang.
She’r va qo‘shiqlar orqali ritm va eshitish qobiliyatini rivojlantiring — bu nafaqat nutqqa, balki tovushlarni idrok etishga ham yordam beradi.
“Nutq kundaligi”ni yuriting – rivojlanish dinamikasini kuzatish uchun bola talaffuz qilgan qiziqarli so‘zlarni, nutqda erishilgan yutuqlar va qiyinchiliklarni yozib boring.
“Teletarbiya”dan qochishga harakat qiling. Video va multfilmlar passiv idrokni shakllantiradi. Eng yahshi tarbiya usuli – jonli muloqot.
Bolani har bir to‘g‘ri talaffuzi uchun maqtang. Maqtov nutqni rivojlantirish istagini kuchaytiradi. Bir og‘iz shirin so‘z ham bolani o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undaydi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Saitova Muattar tomonidan tayyorlandi